SHO'RTAN-LEDY
СтатистикаShurtan-Ledy (G'uzor) Birinchi liga va U-14 qizlar jamoasining rasmiy kanali! Telegram kanalimiz @pfcshurtanledy
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Спорт (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 44
- 1/48двое суток
- 50
- 1/72трое суток
- 54
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⭐️📋Ayollar Birinchi ligasi - 2026 / 3-davra taqvimi 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX |⚡️@ayollar_futboli
O'zbekiston Ayollar Birinchi ligasi musobaqasining 3-davra o'yinlariga qur'a tashlandi 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️@ayollar_futboli
Hurmatli Ravshan Ermatov! Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉🎂 Sizga avvalo mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr va barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilaymiz. Futbol rivoji yo‘lidagi mehnatlaringiz, tajribangiz va fidoyiligingiz doimo yuksak e’tirof etilib, yangi-yangi muvaffaqiyatlarga sabab bo‘lsin. ⚽🏆 Har bir kuningiz quvonchli xabarlar, omad va zafarlar bilan to‘lsin. Oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-salomat bo‘lib yuring! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Ravshan Ermatov! 🎊🎂 Yangi yoshingiz omad, baxt va ulkan muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📋 O‘zbekistonda ilk bor ayol murabbiylar uchun AFC 1A darajali Fitness Course boshlandi Bugun Toshkent shahrida ayol futbol murabbiylari uchun mo‘ljallangan AFC 1A darajali Fitness Course o‘quv-kursiga start berildi. Mazkur kurs Osiyo mamlakatlari orasida ilk bor tashkil etilayotgani bilan ahamiyatlidir. AFC 1A darajali Fitness Course ayollar futbolida faoliyat olib borayotgan murabbiylarning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan. Dastur davomida futbolchilarning funksional tayyorgarligi, mashg‘ulot yuklamalarini boshqarish, tiklanish jarayonlari hamda zamonaviy fitness metodikalari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi. Kursda Osiyo futbol konfederatsining malakali fitness instruktori Mr Gholamreza Jahani Ghaeh Ghashlagh murabbiylarga nazariy va amaliy darslar olib boradi. Mazkur dastur ayollar futbolida faoliyat yuritayotgan murabbiylarning malakasini oshirish va ularni xalqaro standartlar asosida tayyorlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan AFC 1A darajali Fitness Course mamlakatimizda ayollar futbolini rivojlantirish, murabbiylar salohiyatini yuksaltirish hamda xalqaro tajribani keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. 💳Uzcard | 🔴Coca-Cola | ❤Uzum Bank | 👍APEX |⚡️@ayollar_futboli
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
⚽️ QIZLAR FUTBOLIGA MARHAMAT! 🌟 "SHO‘RTAN" PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI "SHO‘RTAN-LEDY" QIZLAR JAMOASIGA TAKLIF QILADI! Futbolga qiziqasizmi? Iqtidoringizni namoyon etishni istaysizmi? Unda "Sho‘rtan-Ledy" ayollar jamoasi safiga qo‘shiling! ✅ Malakali murabbiylar bilan mashg‘ulotlar ✅ Professional futbol muhitida rivojlanish ✅ Musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati ✅ Kelajakda yurtimiz sharafini himoya qilish sari ilk qadam ⚽ Biz bilan birga ayollar futbolini rivojlantiraylik! 📍 "Sho‘rtan" Professional Futbol Klubi 💙 "Sho‘rtan-Ledy" – G‘alabalar sari birga! ☎️Murojaat uchun telefon: +998943330098
⭐️📋 Ayollar Birinchi ligasi 2026-yilgi mavsumi 2-davra uchrashuvlar jadvali bilan tanishing 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | ❤️ Uzum Bank | 👍 APEX | ⚡️@ayollar_futboli
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak boʻlsin! Kelajagimiz egalari, quvonchimiz va faxrimiz boʻlgan aziz bolajonlar! «Shoʻrtan» futbol klubi barcha bolalarni bugungi yorqin bayram bilan chin qalbdan tabriklaydi! Ushbu quvonchli sana munosabati bilan klubimiz tomonidan bolalar oʻrtasida maxsus futbol turniri tashkil etildi. Maydondagi ehtiroslar, jajji futbolchilarning gʻalabaga boʻlgan intilishi va ularning yuzidagi samimiy tabassum turnirning eng goʻzal bezagi boʻldi! ⚽️✨ Bizning maqsadimiz — yosh avlodni sportga oshno qilish, ularning sogʻlom boʻlib ulgʻayishiga va kelajakda yurtimiz bayrogʻini baland koʻtaradigan professional sportchi boʻlib yetishishiga hissa qoʻshishdir. Barcha qatnashchilarga va yosh chempionlarimizga rahmat aytamiz! Koʻzlaringizdagi quvonch hech qachon soʻnmasin, aziz bolajonlar!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! “Shoʻrtan” professional futbol klubi musulmonlarning eng aziz bayramlaridan biri boʻlgan Iyd-Al Adha — Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.
“Xalqimiz yuqori kayfiyat bilan sizlarga oq fotiha berib, katta mundialga kuzatyapti. Sizlarni oldinda Portugaliya, Kolumbiya, Kongo terma jamoalari bilan muhim o‘yinlar kutib turibdi. Katta kuch-g‘ayrat, ishonch bilan maydonga chiqing! Shuni bilingki, biz doim sizlar bilanmiz! Haqiqiy o‘zbekona jasorat, matonat va irodangiz bilan chiroyli va ishonchli o‘yin ko‘rsatib, barchamizni xursand qilasiz deb ishonamiz. Bugun sizlar qatori mening qalbim ham faxr va iftixorga to‘lib turibdi. O‘zbek xalqi hamisha katta orzu-umidlar bilan faqat oldinga intilib yashagan. Kelinglar, bugun hammamiz yaxshi niyat qilaylik! Jahon chempionatida futbolchilarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin! Har bir o‘yinda xalqimizning duosi madadkor bo‘lsin! Yashasin o‘zbek futboli! Yashasin Yangi O‘zbekiston yoshlari! Yashasin bunyodkor O‘zbekiston xalqi!”, – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizni jahon chempionatiga kuzatish marosimida nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari barchani katta futbol bayrami bilan tabrikladi. “Bugun o‘zbek futboli uchun yana bir tarixiy kun. Katta ishonch va ezgu tilaklar bilan milliy terma jamoamizni AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kuzatamiz. Fursatdan foydalanib, bizga mana shunday unutilmas kunlarni taqdim etgan mahoratli futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalariga, ustoz va murabbiylariga, terma jamoamizning barcha a’zolariga butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning milliy jamoaga bo‘lgan mehr va sadoqatingiz har qancha tahsinga loyiq. Issiqni issiq, yomg‘irni yomg‘ir demay, g‘alaba onlarida ham, qiyin damlarda ham futbolchilar bilan birga bo‘lib, haqiqiy vatanparvarlik namunasini ko‘rsatib kelyapsiz. Buning uchun stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarga, sizlar orqali futbolsevar xalqimizga alohida rahmat aytaman”, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
“Endi futbolchilarga qarata aytmoqchiman: jahon chempionatida oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Sizlar Portugaliya, Kolumbiya, Kongo kabi terma jamoalar bilan o‘ynaysizlar. Xalqimiz har bir o‘yinda sizlardan g‘alaba kutishi tabiiy, albatta. Lekin bir narsani doimo yodda tuting: sizlar tarixni allaqachon yaratib bo‘ldingiz! Oldingizda turgan muhim uchrashuvlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan, boringizni berib o‘ynang. Har bir to‘p, har bir vaziyat, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing! Mundialdagi barcha o‘yinlaringizda fan-klublar a’zolari, minglab futbol muxlislari, Amerikadagi vatandoshlarimiz ham stadiondan sizlarni qo‘llab-quvvatlab turadi. Maydondagi har bir harakatingizni 40 millionga yaqin xalqimiz ekran ortida katta hayajon bilan hayqirib kuzatadi, yuraklarni junbishga keltiradigan hissiyot oladi. Yodingizda bo‘lsin: el-yurtimiz sizlarga ishonadi, Prezident sizlarga ishonadi! Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar! G‘alaba va omad hamisha yor bo‘lsin!” – dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X
Bugun terma jamoamiz bilan katta tajriba va chempionlik xarakteriga ega Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishlayotgani qayd etildi. 2006-yilda Germaniyada o‘tkazilgan mundialda Kannavaro sardorlik qilgan Italiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgan. O‘sha yili Kannavaro dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etilgan va futbol tarixida “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan kam sonli himoyachilardan biriga aylangan. Yangi murabbiy jismoniy tayyorgarlik va hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiylarni, shifokor, nutritsiolog va oshpazlarni olib kelgani hamda xalqaro tajribaga ega yaxshi jamoani shakllantirgani ta’kidlandi. "Fursatdan foydalanib, Fabio Kannavaroni murabbiy sifatida mundialdagi birinchi ishtiroki bilan tabriklab, murabbiylar shtabiga yangi zafarlar tilayman", – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X