tgindex
ANDIJON AVTOMOBIL YOʼLLARI BOSH BOSHQARMASI

ANDIJON AVTOMOBIL YOʼLLARI BOSH BOSHQARMASI

Статистика

Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi rasmiy kanali 🌐https://www.facebook.com/profile.php?id=100087258916434&mibextid=ZbWKwL 🌐https://instagram.com/andijonavtoyol?igshid=NzZlODBkYWE4Ng==

Последний пост
9 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
92
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 082
−8 за 4 дн.
Сутки
−5
−0,46%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
239
40 постов
Вовлечённость
22,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 92
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
175
1/48двое суток
200
1/72трое суток
216

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • BAYRAM TABRIGI Hurmatli yo‘lsozlar va quruvchi bunyodkorlar! Aziz hamkasblar! Avvalo, siz, azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ kasb bayramingiz – Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda mohir quruvchi va me’morlar, loyihachi va dizaynerlar va albatta yo’lsozlik sohasi ham muhim o‘rin tutib keladi. Yo‘lsozlik — yurtimiz taraqqiyotining poydevori bo‘lib, xalqimizning har kuni ishonch va xavfsizlik bilan harakatlanishini ta’minlaydigan sharafli kasbdir. Sizlarning mashaqqatli va fidokorona mehnatingiz natijasida Andijon viloyatida zamonaviy yo‘llar barpo etilmoqda, yo‘l infratuzilmasi doimiy ravishda takomillashmoqda. Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Hurmat bilan, Andijon viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi boshlig’i Mirzohid Nurmatov 📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Korrupsiyadan holi hudud "Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi muassasalarni korrupsiyadan holi hududga aylantirish" mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.   Avtomobil yo‘llari qo‘mitasini korrupsiyadan holi hududga aylantirish yuzasidan, sohada davlat xaridlari doirasida manfaatlar to‘qnashuvi, afillanganlik holatlari va korrupsiyaning oldini olish yuzasidan, kelgusida ushbu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini hamda ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida, Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Z.Djaborkulov, barcha tizim muassasalari bosh muxandislari va yo‘l bo‘limi boshliqlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. 📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🎞Youtube

  • 27 июл.346из Press_Secretary_Uz

    Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun barcha sohalarda, xususan, energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini ta’kidladi. Hozir 25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis tayyorlanmoqda. “Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti”, – dedi Prezidentimiz. Mas’ullarga bir oyda oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash topshirildi. 1-sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish boshlanadi. Yangi o‘quv yilidan 3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi. Chunki kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda. Yangi o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.259из Press_Secretary_Uz

    Andijon viloyatida olti oyda rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. 318 ta mahallada ta’minot grafikdan orqada qolmoqda. Endi tadbirkorlar o‘zi import qilgan yoki birjadan xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berishi mumkin bo‘ladi. Yil boshidan xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan. Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya beriladi. Yil yakunigacha bu borada “Andijon tajribasi” yaratiladi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yil yakunigacha rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Hozir aholiga gaz standart hajmdagi 20 kilogrammli ballonlarda yetkaziladi. Vaholanki, ayrim xonadonlarga oylik iste’mol uchun 5-6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30-40 kilogrammli ballon zarur. Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oyda xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.1911из Press_Secretary_Uz

    Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Hozir tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahalla mavjud. Mas’ullarga uch oyda ushbu mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish topshirildi. Birinchi navbatda moliyalashtirish talab etiladigan mahallalar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bugungi kunda 3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur tizim raqamlashtirilib, ancha tartibga keltirilgan bo‘lsa-da, gazni o‘z vaqtida yetkazish muammosi to‘liq hal etilmagan. Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish va buni Andijon viloyatidan boshlash taklifi ma’qullandi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.151из Press_Secretary_Uz

    Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming, “Hududgaz”da 16 ming xodim ishlaydi. Lekin xodimlar ishini boshqarish raqamlashmagani sababli kun davomida kim nima bilan bandligini na elektr tarmog‘i, na gaz ta’minoti rahbari biladi. Shu bois, mehnat unumdorligi boshqa davlatlardan 1,5-2 barobar past, avariyalarni bartaraf etish muddati esa 3-4 barobar ko‘p. Energetika vazirligi tarkibida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi. Markaz “ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish” zanjiri, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minotini “stress-audit”dan o‘tkazadi. Shu asosda sohani rivojlantirishning bir nechta ssenariysi ishlab chiqiladi. Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqaradigan tizim yaratiladi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma ishga tushiriladi. Tizimdagi 106 ming xodim uchun 10 ta asosiy KPI belgilanadi. Unda avariyaviy va rejali o‘chishlar, yo‘qotishlar, debitor qarzdorlik, quvvatlar rezervi va ta’mirlash dasturlarining bajarilishi asosiy mezon bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.119из Press_Secretary_Uz

    Yangiyo‘l misolidagi tizim respublikadagi barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi. Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi. Ular hokimlar bilan birgalikda yil yakunigacha o‘ziga biriktirilgan hududda yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yadi. Islohotlar shtabi, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq va bank rahbarlari ham hududlarga chiqadi. Aholi va tadbirkorlarning elektr va gaz bilan bog‘liq masalalari o‘rganilib, mas’ullarga yil yakunigacha va kelasi yilda amalga oshiradigan ishlari aniq ko‘rsatiladi. Mazkur ishlar uchun mablag‘ manbalari ham belgilab beriladi. Elektr va gaz hisobini yuritish, tarmoqdagi yo‘qotishlar va debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish imkoniyatlari joyida ko‘rsatib beriladi. Davlatimiz rahbari viloyat va tumanlardagi elektr hamda gaz ta’minoti rahbarlarining “ko‘zini ochish”, ularni natija uchun ishlash uchun mas’uliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.106из Press_Secretary_Uz

    Yangiyo‘l tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi. Mas’ullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, choraklik va yillik talabini o‘rganadi. Shu asosda “energiya iste’moli balansi” shakllantiriladi. Qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlash qurilmasini yangilash, qayerda tarmoq tortish zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi. Elektr va gaz yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bunda zarur mablag‘ning qanchasi tizim korxonalari, qanchasi mahalliy qo‘shimcha daromad hisobidan ajratilishi aniq ko‘rsatiladi. Yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish uchun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barcha bog‘cha, maktab, texnikum, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi. Ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha ish olib boriladi. Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.108из Press_Secretary_Uz

    Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 million dollar sarflashga to‘g‘ri kelmoqda. Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi. “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Natija bo‘lmasa, ular ham ishdan ketishi haqida ogohlantirildi. Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov bugundan yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi ta’kidlandi. “Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.88из Press_Secretary_Uz

    Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 million dollar sarflashga to‘g‘ri kelmoqda. Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi. “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Natija bo‘lmasa, ular ham ishdan ketishi ogohlantirildi. Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov bugundan yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi ta’kidlandi. “Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.126из Press_Secretary_Uz

    Bugungi kunda ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha aniq hisob-kitob mavjud emas. Tarmoqdagi yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etmoqda. O‘tgan olti oyda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan. Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida yo‘qotishlar 25 foizdan yuqori. ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga to‘rt yildan oshgan bo‘lsa-da, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagich tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda debitor qarzdorlik kamayish o‘rniga ko‘paymoqda. Lekin ko‘p rahbarlar samaradorlik deganda faqat quyosh paneli o‘rnatishni tushunib yurgani, uy energiya samarador bo‘lmasa, sarflangan mablag‘ behuda ketaverishi qayd etildi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.153из Press_Secretary_Uz

    Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan bog‘liq. Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas’ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi. “Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak”, – dedi davlatimiz rahbari. Har yili yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining o‘zida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan. So‘nggi besh yilda Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste’moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq mas’ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan. Prezidentimiz har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste’moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.165из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi. Prezidentimiz investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi. Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi. So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trillion so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p. “Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!” – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  • 27 июл.172из Press_Secretary_Uz

    Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в топливно-энергетической отрасли. Facebook|Instagram|X

  • без подписи

  • без подписи