O‘zJU Andijon boʻlimi
СтатистикаO‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limining rasmiy sahifasi Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100089599550916&mibextid=ZbWKwL
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 66
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 438
- 1/48двое суток
- 501
- 1/72трое суток
- 541
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
TABRIKLAYMIZ! Bugun Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasining Andijon viloyati boʻlimi mutaxassisi Muqaddasxon Rahmonovaning shukrona kuni! Hurmatli Muqaddasxon opa! Sizni jurnalistlar uyushmasining Andijon viloyatidagi a'zolari nomidan bugungi shukrona kuningiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizga sixat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz! "Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Andijon viloyat boʻlimi Kanalga obuna bo‘ling: @andjurnalist
#Tavallud_kun 10 август - Ўзбекистон журналистлар ва ёзувчилар уюшмалари аъзоси журналист, шоир, публицист, ёзувчи Нажмиддин Икромий таваллуд топган кун Нажмиддин Икромий (Эргашев) 1960 йил, 10 августда Андижон шаҳрида туғилган. 1985-1991-йилларда Тошкент давлат университетининг журналистика факультетида таҳсил олган. 1986-1999 йиллар давомида «Коммунист» газетасида масъул котиб ўринбосари, савдо ва матлубот жамияти ходимлари касаба уюшмалари вилоят қўмитасида йўриқчи, бўлим мудири, республика «Савдогар», «Мулкдор» газеталарида фаолият юритган. 2000-2020 йилларда «Андижоннома» газетасида мухбир, бўлим мудири, масъул котиб, бош муҳаррир ўринбосари, "Журналистик маҳорат маркази" раҳбари сифатида меҳнат қилди. Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Андижон вилоят бўлими жамоаси устозни бугунги таваллуд куни билан табриклайди. __ O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo'limi Kanalga obuna bo‘ling: @andjurnalist
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“YANGI O‘ZBEKISTON” YANGILANAYOTGAN PAXTAOBOD TUMANIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Andijon viloyati Paxtaobod tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va infratuzilmaviy loyihalar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Unda jurnalist va blogerlar tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy soha obyektlari, yo‘l-transport infratuzilmasi, zamonaviy turar joylar, xizmat ko‘rsatish majmualari hamda mahallalarni yangilashga qaratilgan loyihalar bilan bevosita tanishdilar. Kanalga obuna bo‘ling: @andjurnalist
DIQQAT! OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARI UCHUN E’LON Joriy yilning 8-avgust kuni Paxtaobod tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ularni ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka yoritish maqsadida Paxtaobod tumani hokimligi tomonidan respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etiladi. Ushbu press-turda ishtirok etish uchun barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etamiz. Press-tur ishtirokchilari uchun maxsus transport Andijon viloyati hokimligi binosi oldidan 8-avgust kuni soat 07:00 da jo‘nab ketadi. Sizning ishtirokingiz Paxtaobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va islohotlarni keng yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barchangizni press-turda kutib qolamiz! Sahifa:@paxtaobod_press
#Eslatma‼️ 🌹 “Atirgul – 2026” tanloviga hujjatlar qanday tartibda qabul qilinadi? 📥 So‘nggi kunlarda “Atirgul – 2026” respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etish tartibi yuzasidan jurnalistlar tomonidan turli savollar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan, tanlov Nizomida belgilangan tartibga aniqlik kiritamiz. 📖 Nizomga muvofiq, 2026-yilda tanlovga hujjatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinmaydi. Tanlov ishtirokchilari tavsiyanoma asosida saralanadi. 👀 Nomzodlarni tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar: ➡️ O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining hududiy bo‘limlari — 3 nafargacha; ➡️ O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi huzuridagi Ijodiy kengashlar — 3 nafargacha; ➡️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 10 nafargacha nomzodni tavsiya etishi mumkin. 🗓 Tavsiyanomalar 2026-yil 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi. 📂 Tanlovga tavsiya etilayotgan nomzodlar Nizomda belgilangan mavzular bo‘yicha ijodiy ishlari hamda unda ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plamini taqdim etishlari lozim. ⚖️ Mazkur tartib tanlovni ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etish, shuningdek, nomzodlarni ularning kasbiy faoliyati va ijodiy salohiyatidan kelib chiqib tavsiya etishni ta'minlash maqsadida joriy etilgan. 🌹 “Atirgul – 2026” respublika ko‘rik-tanlovi ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qiz jurnalistlarning kasbiy mahoratini e'tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda eng yaxshi ijodiy ishlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Bizni kuzatib boring 🇺🇿 Telegram🕊Youtube📺 Instagram📱Facebook📱
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи