tgindex
Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
11
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Психология (по похожим)
В каталоге с
15 авг.
Подписчики
397
−2 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 804
10 постов
Вовлечённость
1210,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 11
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
102
1/48двое суток
116
1/72трое суток
126

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yo harakatni ko’paytir yoki xohishlaringni kamaytir. Yo mas’uliyatni ol yoki nazoratni topshir. Yo vaqtingni sarmoyaga aylantir yoki daromad kutishni kamaytir. Yo ishingni ustasiga aylan yoki yuqori natijalar kutishni bas qil. Yo mutaxassisligingni kuchaytir yoki hayollaringdagi summalarni kamaytir. Yo boshqacha harakat qilishni o’rgan yoki avvalgi natijaga rozi bo’l. Bitta qilib aytganda Yo o’zgar yoki hech narsa kutma.

  • 5 мар.1 570238

    Bir bo’lakcha non yesa yoki bir ikki tomchi suv ichsa ham ro’za ochiladi, shundaymi? Lekin… Birovni asabini yesa, vaqtini yesa, umrini yesa, haqqini yesa, sog’lig’ini yesa, obro’sini maydalab yesa, o’lgan odamni go’shtini yesa, boshqa odamni qadrini yerga urib turib keyin uni qalbini yesa, odamni yoki odamlarni nomusini talab tashlanib yesachi, ro’za ochilarmikin? “Ovqat pishayotgan qozonni oldiga birib to’yib hidlama, ro’zang ochiladi”, - deyishadi. Lekin… Birovga yeb qo’ygudek qarasachi, yig’latgudek zaharli gapirsa, boshqani ketini ochib tashlagudek kavlasa ham, og’iz ochilarmikin-a? Ro’za faqat yeyish ichishdan to’xtash emasligini odamlarga aytish kerakmi yo shart emasmi? M.H.

  • Zo’r odatlarimiz bor. - Haydab yuborgandan keyin izlaydigan; - Bezdirib bo’lib keyin kutadigan; - O’zimiz kasal qilib keyin tuzalsin deb duo qiladigan; - Bahtli bo’lishsin deb qilyapman deya er-xotinni o’rtasini buzadigan; - Voz kechdim deb e’lon qilib keyin umid qiladigan; - O’zimiz qilmaydigan ishni boshqalardan talab qiladigan; - Hamma narsani buzib tashlab “Nimaga bunday bo’ldi?” deb yig’lab o’tiradigan odamlarmiz. Nima hohlayotganimizni o’zimiz bilmaymizu boshqalardan nima kutishimiz kerak... M.H.

  • Odamlarni senga xavas qilishini xohlashing, ichingda boshqalarga nisbatan yashirin xasad borligini belgisi bo’ladi. Devona Musofir

  • Mehribonlikni zaiflik bilan adashtirib qo’yma. Hotirjam odam degani qo’rqoq degani emas. Ilmli degani seni be’mali gapinga javob qaytara olmaydi degani emas. Har narsaga aralashavermaydigan odam, hech narsaga qiziqmaydi degani emas. Baqir-chaqirlaringni, har hil gaplaringni, jim eshitib, kuzatib turgan odam seni nima maqsadda bu ishlarni qilayotganingni tushunib turgan bo’lishi mumkin. O’rni kelganda sen kutmagan tomondan shu gaplaringni hammasini o’zingga qilishi qurol qilishi ham mumkin. Yodingda bo’lsin, ko’rganing xaqiqat emas, asl xaqiqatni ko’rishni istasang o’zingni xatolaringa qara. Boshqalarni esa tinch qo’y. Chunki boshqalarga qilgan “hunarlaring” eng kutilmagan vaqtda va sen uchun eng yoqimsiz bo’lgan paytda o’zinga qaytadi.

  • Ushbu Formula, Bashar ulashayotgan eng asosiy xabar. Aytishi bo'yicha, bu formula falsafa emas, balki hayotimizning 'Foydalanuv qo'llanmasi', borliq qanday ishlashining bizga tushunarli tilda ifodalangan ko'rinishi, shuning o'zi hayotimizni qiyinchiliksiz yaratib yashashimiz uchun yetarli. Unga amal qilib yashasak, bizga boshqa hech narsa kerak bo'lmaydi, barcha bilishimiz kerak bo'lgan narsalar sinxronik ravishda bizga kerakli vaqtda oldimizda paydo bo'ladi - barcha bilishimiz kerak bo'lgan narsalarni bilishimiz kerak bo'lgan vaqtda bilamiz. Aytishi bo'yicha, hayotning ishlashi aslida juda oddiy va biz odamlar hamma narsani murakkablashtirib yuborganmiz va o'z hayotimizni o'zimiz qiyinlashtirganmiz. Ular har doim shu formulaga amal qilgan holda yashashadi, shu sababli ularning realligida barcha narsa sinxronik sodir bo'ladi.

  • Kelinlar qo’zg’oloni degan kino bor. Shu kinoni yosh paytida ko’rgan ayollarni bir nechtasini eslayman. Ular Nigorani juda yaxshi ko’rishar va Sottidan jahllari chiqar edi. Farmonbibini esa, o’ta ketgan egoist odam sifatida ko’rishar edi. Taqdirni qarangki oradan 30 yil o’tib, o’sha ayollar qaynona bo’lganida ham yana men shu kinoni ko’rayotgan paytlarida oldilarida edim. Endi Nigora bir iflos kelin, buzg’unchi, hammani o’rtasiga fitna soladigan “Выскочка” edi ular uchun. Sotti esa oila ucun jon kuyduradigan bir inson. Farmonbibi esa, hammani hotirjamligi uchun o’zidan voz kechga ayol sifatida qaralar edi. Men shok holatga tushdim, ularni kinoni ko’rayotib aytayotgan gaplarini eshitgan zahoti shokim ham shokka tushib qoldi. Hozirgi kunda “CHIDAMA, YASHASHNI TANLA, O’ZING BO’L, O’ZINGNI SEV, O’ZING UCHUN YASHA, O’ZLIGINGNI NAMOYON QIL, GAPINGNI ICHINGDA SAQLAMA!” deyotganlarni ko’rsam, shu kinoni ko’rgan ayollar esimga tushadi. Qiziq, ular o’zlari aytgan gaplarni 10-15 yil o’tib o’z farzandlari ularga aytsa, “Men chidamayman, o’z xohishimni tanlayman, o’zingiz shuni doim aytgansiz” desa, keyin nima qilishar ekan a? Bir kun oldimga bir ayol konsultatsiyaga keldi va gapi davomida bir necha marta “Men o’zimga ruxsat berdim” deb juda ko’p qilgan ishlarini gapirdi. Gapni biroz aylantirib, “Keliningiz huddi sizdek o’ziga ruxsat bersa, sizga yoqadimi? Siz buni ma’qullaysizmi?” dedim. Jim bo’lib qoldi va “Yo’q, yoqmasdi” dedi. “Unda nima uchun siz bu ishni eringizni uyidagilarga qilyapsiz va bundan faxrlanyapsiz?” dedim. Javob esa yo’q. O’sha ayol mana 4 yildirki hali qaytib kelmadi. Chunki asli yuzimiz hecham yoqmaydi. Biz ishlagan vaqtiimiz rahbarimizdan, rahbar bo’lganimizda hodimimizdan, kelin bo’lganda qaynonadan, qaynona bo’lganda kelinlardan har doim nimalarnidir kutib yashaydigan insonlarmiz. Bizda faqat ikki tomonlama STANDARTlar bor. Qolgan hammaga bitta standart, bizga kelganda boshqacha bo’lishi kerak. O’ylab ko’rsangiz bo’ladigan mavzu. Agar post yoqmagan bo’lsa ko’pchilik qatori kanaldan qoching va “yallama yorim, siz meni borim” deydiganlarni kanaliga qo’shiling. Faqat 15 yildan keyin sizni ustingizda ham o’zlariga ruxsat berishlari esingizdan chiqmasin. Muslim Holdarov

  • видео или голосовое, без подписи

  • Bashar ta'limotiga ko'ra, fizik reallikda yashashimiz uchun ushbu 7 ehtiyojlarni qondirishimiz yetarli. Ya'ni, shulardan ortiq narsaga ega bo'lmasdan ham yashash mumkin. Agar qiyin vaziyatda bo'lsangiz, shu narsalar sizda borligini tekshiring. Agar ular sizda bor bo'lsa, havotirga hojat yo'q. Agar yo'q bo'lsa, ularga ega bo'lish uchun zarur amallarni bajaring.

  • Borgan sari bitta narsaga ishonchim komil bo'lib boryapti. Bizdagi har qanday psixologik muammo (kelishmovchilik, munosabatlarning buzilishi, alam, qo'rquv, nafrat, dangasalik, kasallik, jaxl, ota-ona bilan kelishmovchilik, farzand bilan gaplasha olmasligimiz... Hamma hammasi), o'zimizni kimdir deb o'ylab qolishimizdan bo'lar ekan. Aslida kimligimizni bilishni istamaymiz ham...

  • Channel created

Psixologiya — tgindex