Pulli Gap
описание
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap
32 020
подписчиков
Охват к подписчикам
48,0%
ERR
Реакции к просмотрам
0,24%
732 на 20 постов
Пересылки к просмотрам
0,33%
1 014
Постов в день
0,0
всего 20
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 29 июн.💰3 yildan keyin qaysi kasb egalari ko‘proq pul topadi? Bugun minglab yoshlar va ota-onalarni qiynayotgan savollardan biri aynan shu. Chunki dunyo shunchalik tez o‘zgaryaptiki, bugun mashhur bo‘lgan kasb 5 yildan keyin eskirib qolishi, hozir deyarli e’tibor berilmayotgan yo‘nalish esa millionlab dollar aylantiradigan sohaga aylanishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, yaqin 2–3 yil ichida mehnat bozorida eng katta pulni diplom emas, muammoni hal qila oladigan odamlar topadi. Xo‘sh, kelgusi yillarda qaysi kasblarning “narxi” oshadi? ✔️ IT: kompyuter ortidagi millionlar Bugun deyarli har bir kompaniya raqamlashtirish yo‘lidan ketmoqda. Banklar, do‘konlar, taksi xizmatlari, hatto oddiy kafelar ham texnologiyaga tayanmoqda. Shu sababli dasturchilar, sun’iy intellekt mutaxassislari, kiberxavfsizlik ekspertlari va mobil ilova yaratuvchilariga talab kamayishi emas, aksincha yanada oshishi kutilmoqda. Ayrim xalqaro kompaniyalarda tajribali dasturchilar bir oyda o‘rtacha xodimning bir yillik maoshiga teng daromad topayotgani ham bejiz emas. ✔️Sotishni biladigan odam doim pul topadi Eng zo‘r mahsulot ham sotilmasa, qiymatsiz. Shuning uchun marketing va sales mutaxassislari biznesning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa digital marketing, reklama strategiyasi, SMM va savdo bo‘yicha kuchli mutaxassislar uchun daromad chegarasi deyarli yo‘q. Ko‘plab kompaniyalar natija uchun katta bonus to‘lashga tayyor. ✔️ Telefon ushlab yurganlar orasida kimdir biznes quryapti Bir necha yil oldin blogerlikni ko‘pchilik jiddiy kasb deb hisoblamasdi. Bugun esa kontent yaratuvchilar reklama, hamkorlik va shaxsiy brend orqali katta daromad qilmoqda. Video montajchilar, kontent-menejerlar, UGC-kreatorlar, podkastchilar va media mutaxassislari uchun imkoniyatlar tobora kengaymoqda. Birgina kuchli video ba'zan bir necha oylik maoshga teng daromad olib kelishi mumkin. ✔️Kvadrat metr ortida katta pul yotibdi Aholi soni ortmoqda. Shaharlar kengaymoqda. Yangi uylar qurilmoqda. Bu esa qurilish sohasi va ko‘chmas mulk bozorini doimiy ravishda harakatda ushlab turadi. Rieltorlar, qurilish muhandislari, interyer dizaynerlari va loyiha menejerlari yaqin yillarda ham talabgir kasblardan bo‘lib qoladi. Ba'zi yirik bitimlar esa bir necha oy ishlamasdan topiladigan daromadni bir kunda olib kelishi mumkin. ✔️ Odamlar sog‘lig‘i uchun pulni ayamaydigan davr Iqtisodiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, insonlar sog‘lig‘iga investitsiya qilishda davom etadi. Shuning uchun stomatologlar, kosmetologlar va tor yo‘nalishdagi yuqori malakali shifokorlarning xizmatlariga talab yuqoriligicha qolmoqda. Ayniqsa tajriba va obro‘ ortgani sari bu sohadagi daromad ham keskin o‘sadi. ✔️ Uyda o‘tirib xorij uchun ishlash Bugun Toshkentda yoki viloyatda yashab turib ham Amerika, Yevropa yoki Osiyodagi kompaniyalar bilan ishlash mumkin. Freelance, remote ish va onlayn biznes imkoniyatlari sabab ko‘plab mutaxassislar mahalliy bozor chegaralaridan chiqib ketmoqda. Eng katta ustunlik esa daromadning dollar yoki yevroda bo‘lishidir. ❓O'zi aslida eng daromadli kasb qaysi? Ko‘pchilik aniq bitta kasb nomini eshitishni xohlaydi. Ammo haqiqat boshqacharoq. Kelajakda eng ko‘p pul topadigan odam — eng zamonaviy kasb egasi emas, balki o‘z sohasida eng kuchli mutaxassis bo‘lgan inson bo‘ladi. 🗣️ Chunki bozor diplom uchun emas, natija uchun pul to‘laydi. Shuning uchun kasb tanlashda trend ortidan quvishdan ko‘ra, o‘zingiz qiziqadigan yo‘nalishda chuqur mutaxassisga aylanish ko‘proq foyda keltirishi mumkin. Fikringiz qanday? Telegram • Instagram • YouTube0,48%
- 31 маяReklama qurboniga aylanmang! 📢 “Faqat bugun!”, “Oxirgi imkoniyat!”, “50% chegirma!” kabi yozuvlarni ko‘rib, shoshilib xarid qilganmisiz? Reklama bizni xarid qilishga undashi tabiiy. Ammo har bir taklif ham sizga haqiqatan kerak degani emas. 💡 Moliyaviy savodxonlik — reklamalarga ishonmaslik emas, balki ongli tanlov qilishdir. Esda tuting: eng yaxshi chegirma — kerak bo‘lmagan narsani sotib olmaslik💡 Telegram • Instagram • YouTube0,43%
- 23 июн.Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi 📈 📌Prezident farmoniga asosan, 1-iyuldan boshlab pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi: • Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori — 504 000 soʻm; • Yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 soʻm; • Nogironlik bo‘yicha eng kam pensiya — 1 083 000 soʻm; • Moddiy yordam miqdori — 450 000 soʻm etib belgilanadi. 👶 Bolalar nafaqasi miqdorlari: • 3 yoshgacha bo‘lgan 1-farzand uchun — 386 000 soʻm; • 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1-farzand uchun — 295 000 soʻm; • 2-farzand uchun qo‘shimcha — 177 000 soʻm; • 3- va undan keyingi farzandlar uchun qo‘shimcha — 118 000 soʻm. 💰Shuningdek, 1-sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Yangi miqdorlar: • Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM) — 1 360 000 soʻm; • Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 440 000 soʻm etib belgilanadi Telegram • Instagram • YouTube0,40%
- 14 июл.📚 O‘zbekistonliklar nega chet elda o‘qishni tanlamoqda? 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga yo‘l oldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga kamaygan. Ammo raqamlar pasayganiga qaramay, xorijda ta’lim olish istagi hanuz yuqori. Bugungi kunda yoshlar nafaqat diplom, balki xalqaro tajriba, xorijiy til ko‘nikmalari va global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini ham izlamoqda. 😊 Keling, talab eng yuqori bo‘lgan davlatlarni ko'rib chiqamiz 2026-yil yanvar-aprel oylarida o‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p quyidagi davlatlarni tanlagan: *️⃣Qirg‘iziston — 1 519 nafar *️⃣ Rossiya — 1 515 nafar *️⃣ Janubiy Koreya — 1 184 nafar *️⃣ Turkiya — 554 nafar *️⃣ Tojikiston — 514 nafar *️⃣ Xitoy — 472 nafar *️⃣ Buyuk Britaniya — 413 nafar *️⃣ Boshqa davlatlar — 1 184 nafar 😊 Xo'sh, nega aynan ushbu davlatlar tanlangan? Mutaxassislarning fikricha, tanlovga bir nechta omillar ta’sir qilmoqda: ✔️Ta’lim narxining nisbatan arzonligi ✔️ Grant va stipendiya dasturlarining mavjudligi ✔️ Diplomlarning xalqaro tan olinishi ✔️ Til o‘rganish imkoniyati ✔️ Ish va amaliyot dasturlariga kirish imkoniyati Masalan, Janubiy Koreya va Xitoy texnologiya hamda muhandislik yo‘nalishlari bilan qiziqtirsa, Buyuk Britaniya yuqori reytingdagi universitetlari bilan talabalarni jalb qilmoqda. Rossiya esa geografik yaqinlik va rus tilida ta’lim olish imkoniyati tufayli hanuz eng ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. 🗣️ Bir narsa aniq: bugungi yoshlar uchun ta’lim endi faqat diplom emas, balki dunyoqarashni kengaytirish, yangi imkoniyatlar eshigini ochish va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topish vositasiga aylanmoqda. Shu sababli xorijda o‘qish istagi yaqin yillarda ham dolzarbligicha qoladi. Siz ta’lim uchun qayerni tanlagansiz yoki tanlagan bo'lardingiz? Telegram • Instagram • YouTube0,36%
- 29 мая🕯 Foiz stavkasi nima va u qanday hisoblanadi? Kredit olish oson. Lekin uni tushunmasdan olish — qimmatga tushishi mumkin. Eng ko‘p xatolar aynan bitta joyda qilinadi: odamlar foiz stavkasini ko‘radi, lekin u qanday ishlashini tushunmaydi. Natijada esa qayerdandir ortiqcha to‘lovlar ham paydo bo'ladi. Keling, buni to‘liqroq ko‘rib chiqamiz. 😊Xo'sh, foiz stavkasi aslida nima? Foiz stavkasi — bu bankdan olgan pulingiz uchun to‘lov. Buni ijara bilan solishtirish mumkin: siz pulni “ijaraga olasiz” va buning uchun haq to‘laysiz. Muhim jihati stavka har doim yillik bo‘ladi, ya’ni 24% degani — bu 1 yil uchun, bir oyga emas. Ko‘pchilik aynan shu yerda adashadi va kreditni noto‘g‘ri baholaydi. 📈Foiz nimadan hisoblanadi? Bank foizni boshlang‘ich summadan emas, qolgan qarzdan hisoblaydi. Bu esa albatta siz uchun yaxshi. Chunki, qarzni kamaytirasiz - foiz ham kamayadi, tezroq to‘laysiz - kamroq ortiqcha pul ketadi. 🔍Keling, misol bilan ko'rib chiqamiz: 1mln so'm kredit oldingiz deylik. Kredit: 1 000 000 so‘m Yillik stavka: 22% Birinchi oy uchun foizni hisoblaymiz: 1000000×0.22/12 Taxminan: 18 300 so‘m Endi eng muhimi agar siz darhol 400 000 so‘mni qaytarsangiz, qarzingiz 600 000 so‘m qoladi Keyingi oy foiz: 600000×0.22/12 Taxminan 11 000 so‘mni tashkil etyapti. Farqni ko‘ryapsizmi? Siz qarzni kamaytirib har oy kamroq foiz to‘lay boshlaysiz. ❓Nega ko‘pchilik baribir ko‘p to‘laydi? Chunki ular ko'pincha “Oylik to‘lov qancha?” deb shunga qaraydi, aslida “Umumiy qancha ortiqcha to‘layman?” deb so'ralishi kerak. Bu esa bank uchun qulay, siz uchun esa qimmat variant. Foiz stavkasi — bu shunchaki raqam emas. Bu siz qancha ortiqcha pul to‘lashingizni belgilaydigan mexanizm. Shuni doimo yodda tuting. Bu postni ko'p kredit oladigan do'stingizga jo'natib qo'ying 😉 Telegram • Instagram • YouTube0,34%
- 26 маяYana bir muhim marra zabt etildi! 📗 Tijorat banklari orasida Agrobank YouTube’ning “Silver Play Button” mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi bank bo’ldi. 📹 Youtube platformasida 100 000 dan ortiq obunachi — bu bizga bildirilgan ishonch va birgalikdagi mehnat natijasidir. Agrobank uchun bu faqat raqam emas, balki mijozlarimiz va jamoamiz bilan qurilgan katta hamjamiyat ifodasidir. 🙏 Bizni kuzatib, qo‘llab-quvvatlayotgan barcha obunachilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Birgalikda yanada katta yutuqlarga erishamiz! 📹 YouTube 📱 Instagram 🕸Sayt0,33%
- 9 июл.1 foizlik keshbek bekor qilinmaydi Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan keshbekka oid xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, davlat tomonidan joriy etilgan 1 foizlik keshbek tizimini bekor qilish yoki uning amal qilishini cheklash rejalashtirilmagan. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fiskal cheklarni rasmiylashtirish orqali asossiz ravishda QQS summalarini qaytarib olishga urinish holatlari aniqlangan. May oyi holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 389 ta korxona cheklari orqali QQSni qaytarib olmoqchi bo‘lgan 248,5 ming nafar shaxs shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan. Natijada 83,1 mlrd so‘mlik keshbek to‘lovi vaqtincha to‘xtatilgan. Soliq qo‘mitasi ta’kidlashicha, aniqlangan holatlar keshbek tizimining o‘ziga emas, balki undan noqonuniy manfaat ko‘rishga uringan ayrim shaxslar va tadbirkorlik subyektlarining harakatlariga tegishli. Asosiy maqsad — keshbek tizimining adolatli va manzilli ishlashini ta’minlashdan iborat. Manba Telegram • Instagram • YouTube0,28%
- 10 июн.💰Dollar haqiqiymi yoki soxta? Uni qanday tekshirish mumkin? AQSh dollari dunyodagi eng mashhur va eng ko‘p ishlatiladigan valyutalardan biri hisoblanadi. Shu sababli u eng ko‘p qalbakilashtiriladigan pullar qatoriga ham kiradi. 👀 Ba’zan odamlar valyuta ayirboshlashda, savdo-sotiqda yoki qarz berib-olishda soxta kupyuralarga duch kelib qolishadi. 📌Xo‘sh, dollar haqiqiy yoki soxta ekanligini qanday aniqlash mumkin? 1️⃣Dollar qog‘oziga e’tibor bering Haqiqiy dollar oddiy qog‘ozda chop etilmaydi. U paxta va zig‘ir tolalaridan tayyorlangan maxsus materialdan ishlab chiqariladi. Shuning uchun u qo‘lda ushlaganda o‘ziga xos g‘adir-budir va mustahkam tuyg‘u beradi. Agar kupyura juda silliq, yupqa yoki oddiy printer qog‘oziga o‘xshasa, ehtiyot bo‘lish kerak. 2️⃣Yorug‘likka tutib ko‘ring Dollarning ichida maxsus himoya ipi va suv belgisi mavjud. Kupyurani yorug‘likka tutganingizda: *️⃣ Himoya ipi ko‘rinadi. *️⃣ Portretning suv belgisi paydo bo‘ladi. *️⃣ Himoya ipida "USA" va nominal qiymati yozilgan bo‘ladi. Soxta kupyuralarda bu belgilar ko‘pincha bo‘lmaydi yoki sifatsiz ko‘rinadi. 3️⃣ Rang o‘zgarishiga qarang Yangi namunadagi 10, 20, 50 va 100 dollarlik kupyuralarda rang o‘zgartiruvchi siyoh ishlatilgan. Kupyurani qiyalatganda ayrim raqamlar yashildan mis rangga yoki boshqa tusga o‘zgaradi. Soxta kupyuralarda esa bunday effekt deyarli kuzatilmaydi. 4️⃣ Mayda yozuvlarni tekshiring Dollar kupyuralarida oddiy ko‘z bilan ko‘rish qiyin bo‘lgan mikroyozuvlar mavjud. 🔺Lupa yordamida qaralganda yozuvlar aniq ko‘rinadi va harflar ravshan bo‘ladi. Soxta kupyuralarda esa bu yozuvlar loyqa yoki oddiy chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. 5️⃣Bo‘rtma bosmani his qiling Dollar yuzasidagi ayrim elementlar maxsus usulda bosiladi. Barmoq bilan ushlab ko‘rilganda: *️⃣Portret qismi; *️⃣ Federal Reserve muhri; *️⃣ Ayrim yozuvlar biroz bo‘rtib turadi. Bu haqiqiy kupyuraning muhim belgilaridan biridir. 6️⃣ UV chiroqdan foydalaning Valyuta ayirboshlash shoxobchalari va banklarda ultrabinafsha chiroqlar qo‘llaniladi. UV nur ostida: *️⃣ 5 dollar — ko‘k; *️⃣ 10 dollar — to‘q sariq; *️⃣ 20 dollar — yashil; *️⃣ 50 dollar — sariq; *️⃣ 100 dollar — pushti rangda porlaydi. Agar himoya ipi porlamasa, kupyura shubhali bo‘lishi mumkin. ➡️Bu postni dollar ko'p ishlatadigan tanishingizga yuborib qo'ying. Telegram • Instagram • YouTube0,24%
- 8 июн.💡“Yana svet o‘chdimi?” So‘nggi paytlarda Toshkentdagi ko‘plab odamlarning eng ko‘p ishlatadigan gaplaridan biri shu bo‘lib qoldi. Kimdir ish qilayotgan bo‘ladi, kimdir konditsioner ostida dam olayotgan bo‘ladi, yana kimdir muhim onlayn uchrashuvda bo‘ladi — birdaniga hammasi to‘xtaydi. 😊 Xo‘sh, aslida nima bo‘lyapti? Muammo elektr yetishmayotganida emas. Ko‘pchilik “elektr ishlab chiqarish yetmayapti” deb o‘ylaydi. Aslida muammoning katta qismi elektr tarmoqlaridadir. Chunki Toshkent juda tez o‘smoqda. Har yili minglab yangi uylar, turar joy majmualari, savdo markazlari va biznes markazlari qurilmoqda. Shu bilan birga elektr iste'moli ham keskin oshmoqda. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, ayrim podstansiyalar va transformatorlar ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda. Natijada tarmoqlarda nosozliklar va uzilishlar yuz beradi. 😊Konditsionerlar ham “aybdor” 😊 😊Yozning issiq kunlarida deyarli har bir xonadonda konditsioner ishlaydi. Tasavvur qilib ko'ring: Avvallari bitta uyda muzlatkich va televizor ishlagan bo‘lsa, hozir konditsioner, kir yuvish mashinasi, elektr pech, kompyuterlar va boshqa qurilmalar bir vaqtning o‘zida ishlaydi. Natijada elektr tarmog‘iga tushadigan yuk bir necha baravar oshadi. ⚡️Eski tarmoqlar yangi Toshkentga mos kelmayapti. Toshkent bugungi kunda 10 yil oldingi Toshkent emas. Yangi massivlar, novostroykalar va biznes markazlar soni juda ko‘paydi. Ammo elektr infratuzilmasining bir qismi eski davrdan qolgan. Shuning uchun davlat hozir elektr tizimini keng ko‘lamda modernizatsiya qilmoqda. Yuzlab kilometr elektr tarmoqlari, o‘nlab podstansiyalar va transformatorlar yangilanmoqda. 😊Nega aynan sizning mahallada ko‘p o‘chadi? Bunga bir nechta sabab bo‘lishi mumkin: ✔️Mahalladagi transformator ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan bo‘lishi mumkin. ✔️Ta'mirlash yoki modernizatsiya ishlari ketayotgan bo‘lishi mumkin. ✔️ Kabel tarmoqlarida avariya yuz bergan bo‘lishi mumkin. ✔️ Yangi qurilishlar sabab elektr iste'moli keskin oshgan bo‘lishi mumkin. Bir tumanda svet tez-tez o‘chayotgan paytda boshqa tumanda umuman muammo bo‘lmasligi ham shundan. Sizning mahallangizda svet haftasiga necha marta o‘chadi? 😉 Telegram • Instagram • YouTube0,23%
- 3 июн.Har bir orzuga eltuvchi yo‘lning o‘z sinovlari bor 📗 Ba’zan xatolar, ba’zan omadsizliklar, ba’zan esa hammasi tugagandek tuyuladigan lahzalar… Ammo aynan shunday paytlarda inson o‘zida yana bir bor oldinga qadam tashlashga kuch topadi. 💪 Katta natijalar bir kunda emas, qat’iyat, ishonch va doimiy harakat orqali yaratiladi. 🏆 O‘sish esa har doim birinchi qadamdan boshlanadi. Har kim o‘sishga qodir. Agrobank 💚 Futbol bo‘yicha Jahon chempionati translyatsiyasining bosh homiysi ⚽️0,20%
- 6 июл.✈️ O‘zbekistonliklar nega Vyetnamga oshiqmoqda? So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik sayyohlar orasida yangi trend paydo bo‘ldi. Avvallari Turkiya, BAA yoki Tailand eng ommabop yo‘nalishlar sanalgan bo‘lsa, endi Vyetnam ham tez sur’atlarda mashhurlikka erishmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida 18 330 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vyetnamga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🛍 Qizig‘i shundaki, safarga chiqqanlarning mutlaq ko‘pchiligi dam olishni maqsad qilgan. Vyetnamga borganlarning: ✈️ 17 315 nafari sayohat qilish uchun, 👨👩👧👦 865 nafari qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 🏥 142 nafari davolanish uchun, 💼 atigi 8 nafari xizmat safari bilan yo‘l olgan. Bu esa Vyetnam o‘zbekistonliklar uchun avvalo turistik yo‘nalish sifatida qiziq ekanini ko‘rsatadi. 📌 Xo'sh, Vyetnam nimasi bilan jalb qilmoqda? 1️⃣ Vyetnam Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng arzon turistik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mehmonxonalar, transport va ovqatlanish xarajatlari ko‘plab boshqa mashhur kurortlarga nisbatan ancha hamyonbop. 2️⃣ Mamlakatning tropik tabiati, oq qumli plyajlari va ekzotik madaniyati sayyohlarni o‘ziga tortmoqda. Ayniqsa Nha Trang, Da Nang va Fukuok kabi kurortlar o‘zbekistonliklar orasida tobora mashhur bo‘lib bormoqda. 3️⃣ Turizm kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan tayyor paketlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ham sayohatni ancha qulaylashtirgan. ❓Shunda yangi turistik favorit paydo bo‘lmoqdami? 18 mingdan ortiq sayyoh atigi besh oy ichida Vyetnamni tanlagani bu yo‘nalishning O‘zbekiston bozorida tobora kuchayib borayotganini anglatadi. Agar hozirgi sur’at saqlanib qolsa, yil yakuniga qadar Vyetnamga borgan o‘zbekistonliklar soni 40 ming nafardan ham oshishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbekistonlik sayyohlarning e’tibori tobora yangi yo‘nalishlarga qaratilmoqda. Va bugun ana shunday eng tez ommalashayotgan manzillardan biri — aynan Vyetnam. Siz-chi Vyetnamga borishga ulgurdingizmi? Telegram • Instagram • YouTube0,18%
- 25 июн.🚗 1-sentabrdan boshlab BHM miqdori 440 ming so‘m etib belgilanadi. Shu munosabat bilan ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar miqdori ham o‘zgaradi. Haydovchilikda qoidalarga rioya qilish — xavfsizlik garovi. Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling! 🚦 Jarima miqdorlarini video orqali bilib oling Telegram • Instagram • YouTube0,17%