tgindex
Qalam | قلم

Qalam | قلم

Статистика
@qalamxonimузбекский

Qalam – bu tajribalar, izlanishlar, xulosalar va yurakdagilar yozilgan joy.

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
10
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
39
22 постов
Вовлечённость
390,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
3
1/48двое суток
3
1/72трое суток
3

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Islom esa: Ona roziligisiz jannatga ruxsat bermaydi, 3 qizni katta qilganga jannatni naqd qiladi. Ehsonni qizdan boshlashni buyuradi, ayollarga pul sarflashga rag'batlantiradi, ularga mehribon bo'lishni nasihat qiladi. Ayol faqat islomda aziz! Faqat undagina biz suyukli insonlarmiz....

  • 21 yoshida yigit o'ziga qiz izlasa - "ha endi yigitda, qoni qaynagan" 21 yoshda qiz yigit izlasa - "ersiragan, jirtillagan, behayo" Yigit kishi o'qiyman va kasb o'rganaman desa - "bo'ladigan bola boshidan ma'lum" Qiz bola o'qiyman, ishlayman desa - "Ayol kishiga ilm kerakmas, uy tutishni bilsa kifoya" Yigit jahlini ko'rsatsa - "erkak ekan" Qiz jahlini ko'rsatsa -"betarbiya ekan, er olmaydi buni" Yigit biroz husnsiz bo'lsa -"maymunda farq qilsa bo'ldida" Qiz husnsiz bo'lsa - "buncha xunuk kim oladi buni" Yigit xiyonati - "Ha, erkakchilik, xotini eplolmaganda", Ayol xiyonati - " Sabr qilolmaptide, nasli buzuqda o'zi".... Hatto bolaligida o'g'il bolaning ishtonini ho'llashi "tarvuzni suvi", qiz bolaniki "harom qiladi"... Yigit 4 qayta uylansa - "Ha, yaxshi xotin peshonasiga bitmagan bechorani", Ayol 2 qayta turmush qilsa - "Ha, bir nima qilib tegvoldida"... Yigit kishi befarzand - "Allohning sinovide" Ayol befarzand - "Bepushtku, 1yilda ham tug'olmadi, issig'ida haydanglar" Bu shunchaki tengsizlik emas. Bu adolatsiz tarozi va adolatsiz hukmlar. Ayol bo'lib yashash - oqimga qarshi suzishdek gap...

  • skrinshot qiladigan joyi buzilgan telefonimda, shunchun link tashadim, erinmasela o'qirsila😅

  • https://chatgpt.com/s/t_6a6863be2fe08191939a4eb7e60de2e7

  • https://chatgpt.com/s/t_6a686217610c819190440d0d96f3bc31

  • без подписи

  • 🌙✨ أَنْتَ سَكِينَةُ قَلْبِي بَعْدَ اللَّهِ

  • MY HOME.... Mening uyim. Bu uy - o'sha men eng qiyin qarorlarimni qabul qilgan joy. O'sha so'zlarni aytishni tuni bilan o'ylab chiqqan joy. O'sha orzularimni shu yerda qilgandim, o'sha kulgularimni shu yerda kulganman. Mening uyim. Uning har bir xonasida joynamoz bor, har birimizning Qur'onimiz bor, biz doim birga o'tirib ovqatlanamiz. Kechalari gap berib chiqamiz. U haqiqiy halovat maskani, kichkina jannatimiz.... 🥰🥰🥰

  • Hayotingizni haftalarga, oylarga, yillarga bo'lmang! Ya'ni, keyingi hafta, keyingi oy, keyingi yildan boshlash degan narsani o'chirib tashlang! Bo'lsa, bugundanoq bo'lsin, boshlasangiz bugundan boshlang. Hammasini oz ozdan 1kuningizga sig'diring. Ibodatmi, sportmi, yaxshi ishmi farqi yo'q. Aytishadiku, mozorlar ishi chala qolganlar bilan to'la deb!

  • Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa yo yaxshi gapirsin yoki tilini tiysin... (hadisdan) #o'zimga

  • Pişmanlik ne kaderini, ne da peşini birakmayacak....

  • Sevmoq - haddan oshmoqdir. Zotan, oshiqlar ishqqa yetmoq uchun tunlari tahajjudlar o'qiydi. Faqat kunduzlari ibodat qiluvchilar esa oshiq emaslar, to'g'rimi? Xuddi shunday, unga pul berib qo'yganing, uy berib qo'yganing, to'kin dasturxon va noz-ne'matga ko'mganing yetmaydi. Uni avayla, arazlasa ko'nglini ol, sev, sevging oldida g'uruingni unut, unga ozor beruvchi har qanday kichik qiyinchiliklarni ham oldini ol. Yuragi siqilishiga, tunlari yolg'iz yig'lashiga, muammolari qarshisida chorasiz qolishiga yo'l qo'yma...

  • Boylik/boylar yomonmi? "Boylar - haromdan pul topadigan, kambag'allarni huquqlaridan mosuvo qiladigan, zolim qatlam" degan stereotipning tub ildizi - Sobiq Ittifoqdan qolgan bo'lsa kerak? Dindachi? Din nima deydi? Din ham boylikni yomonlaydimi? Dinda kambag'allar jannatga avvalroq kirishi ma'lum, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning faqirona hayotlari maqtalgani ma'lum. Xosh, boylarchi? Keling, men faqat fakt bilan aytaman bugun: 1. Jannat xabarini olgan sahobalarning 10 tasi ham boy edi. 2. Islom taqdirini hal qiluvchi janglar asosan boy sahobiylarning ehsoni sabab qurollantirilgan. 3. Boy sahobalarning ehsonlari sabab da'vat ishi yurgan. 4. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ham Haybar fathidan so'ng boy insonga aylanganlar, ammo hammasini sadaqa qilganlar va islomga yangi kirganlarga bo'lib berganlar, xususan, Abu Sufyonning o'ziga, o'g'liga va nabirasiga 100 uvqiyadan oltin olgani ma'lum. 5. "Shubhasiz, beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan yuqori turadi" degan hadis. 6. Kambag'al musulmonlarning jannatga avvalroq kirishi boy musulmonlarning ajrini va darajasini pasaytirib qo'ymaydi. Ular kechroq kirsalarda qilgan ehsonlari mevasini totadilar. 7. Alloh taologa eng yoqimsiz toifa deb zikr qilingan insonlar ichida kibrli kambag'allar tilga olingan, ya'ni kambag'allikni o'zigina fazilat hisoblanmaydi. U qachonki qanoat va shukr bilan birlashsagina jannatga eltadi. Alloh kambag'alga qanchalik rizqni o'lchab bergan bo'lsa, boyga ham xuddi shunday o'lchab bergan. Unisi ham bunisi ham Allohning irodasi va sinovi. Qolaversa, musulmonlarning umumiy ahvoli qashshoqlik va qoloqlik sababli ham hozir ahvolda. Moliyaviy mustaqillik - hozir bizga o'zligimizni va tinchligimizni qaytara oladigan yagona narsa. Demak, boylikni/boylarni yoqtirmaslik, ularga hasad va adovat nigohi bilan qarash qalbni kasal qiladi, jamiyatni buzadi. Havas qilamiz, duo qilamiz...

  • Dardlarimni aytmayman, ha bu to'g'ri... Chunki men ularni yozaman... 😊

  • Ichimdan ko'p o'tadigan gapni yozaman: Qur'onda Abasa surasida insonga qiyomat kuni ahllari, bolalari, do'stlari u insonga yordam berolmasligi haqida yozilgan. Kahf surasida ahllarimiz va oilamiz dunyo ziynati deyiladi va solih amallar yaxshiroqligi aytiladi. Biz esa oilamni boqaman, bolalarimni parvarish qilaman, hayotda nimalargadir erishaman, kimlarnidir ko'nglini olaman deb jon kuydiramiz. Namoz o'qimaymiz, zikr qilmaymiz, oxiratimizni tashlab qo'yamiz. Kim uchun? O'sha kuni faqat o'z jonini o'ylovchi yaqinlarimiz va tanishlarimiz uchunmi? Hech kim va hech narsa sizni o'sha kuni Robbingiz oldida gunohkor bo'lishingizga arzimaydi. Hech qachon dunyo tashvishlariga chalg'ib ibodatingizni tark qilmang. Siz farzlaringizni mahkam tuting, Alloh taolo qolgan g'amlaringizga kifoya qiladi! Bu va'da! Bunga ishoning va doim harakatda bo'ling!

  • Yerda yashaymanu, lekin ko'zim doim osmonlarda.... Nega ekan a?

  • Ayollar nega bunday? Ayol organizmini Al Xoliq bo'lgan Zot juda go'zal yaratgan. Ham ichidan, ham tashqaridan. Ayol kishi har oy xayz ko'rar ekan, 80 ml - 150 ml (1 piyolacha) atrofida qon yo'qotadi. Har bir tug'ruq esa ayol kishidan 0.5-1 litrgacha qon yo'qotishiga sabab bo'ladi. Bitta bolani to'liq muddatda emizish uchun 300-700 litrgacha sut ishlab chiqaradi. Ayol kishi tug'ruq qiyinchiliklarini unutishi, bachadoni qaytadan qisqarishi uchun tana katta miqdorda oksitotsin ishlab chiqaradi, bu ayol kishining tug'ruq davridagi og'riqlarini unuttiradi. Agar bu garmon ishlamaganda ayollar qaytib boshqa tug'ishga qaror bera olmasdi. Har bir xayz davri 3 bosqichda kechadi, 3 bosqichda ham garmonlar harakati bir-biridan farqlanadi, shuning uchun ayollar oyning har 10 kunligida turli xil kayfiyatlarda bo'ladilar. Erkak kishi organizmi esa barqaror, kuch-quvvatga to'la. Ularda bu qadar rang-barang gormonal fon mavjud emas. Ayollar shu sababdan ham erkaklardan ko'ra ko'proq uyquga, g'amxo'rlikka, yaxshi taomlanishga, asrab-avaylanishga muhtojlar. Nozik jasadimizga buncha yukni ko'tarish oson bo'lmaydi. Shuning uchun har vaqt oliyjanob, kechirimli, g'amxo'r juftga muhtojmiz...

  • Oisha onamizdan Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uyda qanday odam ekanliklari haqida so'rashdi. Oisha onamiz u kishini hamma kabi kiyimlarini yamab tikishlarini, sut sog'ishlarini, o'z ehtiyojlari xizmatida bo'lishlarini aytdilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning 9 ta ayollari bor edi, qullari ham bor edi, qolaversa, sahobalari u kishini xizmatida hozir edi. Ammo biror marta sizlar menga xizmat qilishingiz kerak deb majburlamadilar. Chunki go'zal xulq hech qachon o'z yumushini birovga yuklashni hazm qilolmaydi. Bir ma'ruzada eng yaxshi saxiylik birovga o'z yukini ortmaslik deb eshitgandim. Insonlar birovlardan pul, xizmat, non ta'ma qilishga uyalmay qo'ydi. Bu shunchaki uyat emas, bu bir gunoh hamdir. Siz ta'ma qilib olganlaringizga ularni bergan odam norizo ekan, siz zolim hisoblanasiz. Boshqalarni so'kish, yerga urish, ruhiy bosimda ushlash, ayniqsa birovning haqqini yeyish - ko'rinmasdan yig'iluvchi katta gunohlardir. Bunday banda "muflis" deyiladi, bu o'zbek tilida "bankrot" demakdir. "Bankrot" bo'lib, oxirat kuni hamma savoblaringizni o'zingiz zulm qilgan odamlarga bo'lib berishni xohlamasangiz, ta'madan saqlaning. Hojatingizni Allohdan so'rang, har doim Uning O'zigagina muhtoj bo'ling. Sizni hech qachon birovning yordamiga ehtiyojmand qilib qo'ymasin! Boshingizni baland ko'tarib o'z kuchingiz, bardoshingiz bilan yashang!

  • Deydilarki: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hammaga go'zal muomala qilganlaridan ular bilan gaplashgan har kimsa o'zini u kishiga eng sevimlisi deb o'ylardi. Amr ibn Oss roziyallohu anhu ham "Men u kishiga eng sevimli odam bo'lsam kerak deb" bir kuni…