RANCH Yangiliklari
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 323
- 1/48двое суток
- 370
- 1/72трое суток
- 399
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: shaxmat taxtasidagi tafakkur bahsi Bugun 13-avgust kuni RANCH universitetida “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” mavzusida rahbariyat va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida rahbar va yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etilib, talabalar prorektor A. Xudayebergenov bilan birgalikda shaxmat o‘ynadilar. Bu jarayon yoshlarning mantiqiy va strategik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga, rahbariyat va talabalar o‘rtasidagi samimiy muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Uchrashuv ochiq, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. 🎓 Unleash your potential with RANCH Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Tarixiy an’ana va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligi yoxud “Qovun sayli” ramziga aylangan ijod namunasi “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivalida RANCH Universiteti tomonidan yaratilgan “Jaloliddin Manguberdi” nomli tezyurar poyezd kompozitsiyasi O‘zbekiston 24 telekanalining “O‘zbekiston vaqti bilan” ko‘rsatuvida namoyish etildi. Milliy an’analar, tarixiy meros va zamonaviy ijod uyg‘unligida yaratilgan mazkur kompozitsiya festival mehmonlari, xususan, xorijiy sayyohlarning ham e’tiborini tortdi. Ijod namunasining O‘zbekiston 24 telekanalida yoritilgani RANCH Universitetining festivaldagi faol ishtiroki hamda ijodiy tashabbuslariga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. RANCH Universiteti — milliy qadriyatlar va zamonaviy tafakkur uyg‘unligi. 🎓 Unleash your potential with RANCH Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
без подписи
без подписи
без подписи
RANCH universitetida malaka oshirish kurslari yakunlandi O‘zDJTU huzuridagi tarmoq markazi tomonidan RANCH universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining muhim bosqichi yakuniga yetdi. Yakuniy imtihonlardan o‘tgan tinglovchilar o‘z bitiruv loyihalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Taqdimotlarda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi dolzarb yo‘nalishlar aks etdi: -Xorijiy tillarni o‘qitishning yangi metodikasi -Sun’iy intellektni dars jarayoniga jalb qilish -Inklyuziv ta’lim va innovatsion yondashuvlar -To‘liq shaffoflik va xolislik prinsiplari asosida o‘tgan himoya jarayoni professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim qadam bo‘ldi. 🎓 Unleash your potential with RANCH Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
RANCH UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRISH KURSLARI YAKUNLANDI 📚 O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan RANCH Universiteti bazasida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. 📝 Tinglovchilarning kurs davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida yakuniy test sinovlarini tashkil etish uchun Tarmoq markazi rahbariyati va mas’ul xodimlari RANCH Universitetiga tashrif buyurdilar. 🤝 Mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan samimiy kutib olinib, ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, moddiy-texnik baza hamda ta’lim jarayonini tashkil etish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. ✅ Shundan so‘ng belgilangan tartib asosida tinglovchilar ishtirokida yakuniy test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayonlari shaffoflik, xolislik va belgilangan mezonlarga to‘liq rioya etilgan holda tashkil qilinib, tinglovchilarning malaka oshirish kurslari davomida o‘zlashtirgan bilimlari baholandi. 🌟 Mazkur hamkorlikdagi malaka oshirish kurslari professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi. 🎓 Unleash your potential with RANCH Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. 🎓 Unleash your potential with RANCH Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
☀️ Startapingiz uchun imkoniyatlarga boy yoz Bu yoz startaplar uchun imkoniyatlarga juda boy. Avvalroq biz xalqaro akseleratorlar haqida ulashgan edik, endi esa mamlakatimizdagi eng yirik ikki tanlovni eslatib o'tamiz. 🥇 President Tech Award 2026 Umumiy mukofot jamg‘armasi va investitsiyalar — $5,000,000 Turli bosqichdagi startaplar uchun 3 ta yo‘nalish: 🔹 Incubation Program 🔹 Acceleration Program 🔹 Best Startup Project 📲 Rasmiy Telegram-kanal Sun’iy intellekt yechimlarini rivojlantirayotgan jamoalar uchun esa quyidagi tanlovga arizalar qabuli davom etmoqda: 🧠 President AI Award 2026 Mukofot jamg‘armasi — $1,000,000 5 ta yo‘nalish: 🔹 AI in Public Services 🔹 Industry & Business AI 🔹 Healthcare & Medicine AI 🔹 Education AI 🔹 Green Economy & Agrotech AI 📲 Rasmiy Telegram-kanal Arizalar qabuli awards.gov.uz saytida qizg‘in davom etmoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔔 Eng muhim yangiliklar va startaplar uchun imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimiz bildirishnomalarini yoqing. 🎓 Unleash your potential with RANCH Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
без подписи
без подписи