Raqamli Makon
СтатистикаRaqamli makon platformasiga ta'lim tizimida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, na'munali maktab hayoti, ilg'or pedagoglar tajribalari va yoshlarning yutuqlari yoritib boriladi. Admin: @Bozarov_Khotambek @MS2025admin
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 38
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 665
- 1/48двое суток
- 762
- 1/72трое суток
- 821
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Jomboy tumani umumta'lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari fanlari o'qituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holatlari tahlil qilindi va o'quv yili davomida bajarilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalar belgilab olindi. Jumladan: 🔹15-avgust sanasiga qadar kompyuter sinflarini tartibga keltirish va ta'lim kontentlarini o'rnatish; 🔹57 nafar o'qituvchilarga xalqaro va unga tenglashtirilgan milliy sertifikatlar olishlari uchun yordam guruhi tashkil etilib, ularga asosiy vazifalar topshirildi; 🔹Asosiy va boshqa turdagi rasmiy olimpiadalarga o'quvchilarni tayyorlash hamda g'oliblikni qo'lga kiritish; 🔹 «Besh million sun'iy intellekt yetakchilari» loyihasiga o'quvchilarni qamrab olish va ularga amaliy yordam ko'rsatishni davom ettirish. Seminarga tuman hokimining sun'iy intellekt bo'yicha maslahatchisi Sanjar Fayziyev shtirok etdi. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱Instagram
видео или голосовое, без подписи
🎓 Sun'iy intellekt ta'limni qanday o‘zgartirmoqda? Maktablar va o‘qituvchilar bunga tayyormi? IT Park Uzbekistan sizni AQShdan tashrif buyuradigan Luwo Education asoschisi Taalai Djumabaev ishtirokidagi ochiq uchrashuvga taklif etadi. Tadbir davomida sun'iy intellektning ta'lim sohasidagi imkoniyatlari, zamonaviy ko‘nikmalar va AI vositalarining amaliy qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Tadbir davomida ishtirokchilar: 🔹 AI mehnat bozoriga qanday ta'sir qilayotganini; 🔹 o‘quv jarayonida sun'iy intellektdan samarali foydalanish usullarini; 🔹 o‘qituvchilar uchun foydali AI vositalari va amaliy misollarni bilib oladilar. Shuningdek, ekspert bilan jonli savol-javob va netvorking sessiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 📍 IT Park Tashkent (Mahtimquli, 114A) 🗓 17-avgust ⏰ 11:00–14:00 Ro‘yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/EfUnKVJennvStk899 ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
#Qabul_2026 #1_sinf ✅ 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoniga doir videoqo‘llanma ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
📢 Diqqat, pedagoglar! O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashgan. Joriy yilning 17-aprel kungi Vazirlar Mahkamasining 175-sonli qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Endilikda pedagog kadrlar navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida emas, 50 foizi miqdorida to‘lov qilishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, 2026-yil 1-avgustdan boshlab avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun pedkadr.uzedu.uz tizimidan roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlangan. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
🎓 O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026 xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etadi ⚡️ 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqa ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilmoqda. Olimpiadada 97 dan ortiq davlatdan 745 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston sharafini esa milliy saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan 8 nafar o‘quvchidan iborat 2 ta terma jamoa himoya qiladi. 1-terma jamoa: 🔵 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan Prezident maktabi, 10-sinf; 🔵 Timur Kadirbergenov — Nukus Prezident maktabi, 11-sinf; 🔵 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf; 🔵 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan Prezident maktabi, 11-sinf. 2-terma jamoa: 🔵Sardor Salimov — Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf; 🔵 Humoyun Abduraupov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 8-sinf; 🔵 Ulug‘bek Kamalov — Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich; 🔵 Ravshan Rahmiddinov — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi, 1-bosqich. Terma jamoa a’zolari 2025-yil noyabr oyidan buyon Qozog‘iston, Polsha va Ruminiyadan jalb etilgan xalqaro ekspertlar ishtirokida 8 ta o‘quv yig‘inida qatnashdi. Shuningdek, ular Ruminiya va Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro sport dasturlash oromgohlarida malaka va tajriba almashdi. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
❗️Malaka sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish boshlanmoqda 📌2026-yil 1-avgust kuni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida pedagog kadrlarning ishtirok etishi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi. Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi. 👉 Murojaatlar: ➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi; ➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali; ➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
📢DIQQAT, HURMATLI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI RAHBARLARI! 📲 BBIT.UZ dasturida bolani bog‘chaga qabul qilish tartibi o‘zgardi! ⚠️Endi bolani qabul qilishda quyidagi bosqichlarni to‘liq bajarganingizdan keyingina qabul jarayoni yakunlanadi: 🔵 Yo‘llanmani SMS kod orqali yuklab olish 🔵 Tibbiy ma’lumotnomaning elektron tizimda shakllanib turganini DMED.UZ orqali tekshirish 🔵 Ota-ona ariza-shartnomasining yuridik markaz tomonidan tasdiqlanganini tekshirish 🔵 «Yangilash» tugmasi orqali ma’lumotlarni avtomatik chaqirish 🔵 SMS orqali kelgan 5 xonali kod bilan buyruqni shakllantirish ❗️ Eslatma: Ushbu amallar bajarilmasdan turib, bola tizimda qabul qilingan hisoblanmaydi! ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 29.07.2026 dagi 411-sonli qarori ❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
IC3 Digital Literacy Certification sertifikatini ERP bazasiga kiritish tartibi va ketma- ketligi. 1️⃣. Jismoniy shaxs nomi. O'qituvchining I. F. O. 2️⃣.Seriya va raqami. Master sertifikatini verify.certiport.com dagi raqami. 3️⃣. Amal qilish muddati 3 yil. 4️⃣.Sertifikati toifasi Xalqaro sertifikat. 5️⃣. Ta'lim sertifikati turi IC3 Digital Literacy Certification. 6️⃣. Sertifikat darajasi 3 ta moduldan to'plangan sertifikat natijasini qaysi biriniki kam bo'lsa o'sha modulni natijasi qo'yiladi. 700-800 ball oralig'i (B+) 800-900 ball oralig'i (A) 900-1000 ball oralig'i (A+) 7️⃣. Sana Sertifikatni ERP ga kirtilayotgan sana. 8️⃣. Boshlanish sanasi. Master sertifikati berilgan sana. 9️⃣. Tugash sanasi. Boshlanish sanasi kiritilganda to'g'ridan to'g'ri o'zi qo'yiladi.(qo'lda kiritilmaydi) 1️⃣0️⃣. Fanlar. Informatika va axborot texnologiyalari. 1️⃣1️⃣. Berilgan tashkilot. Certiport (pearson VUE) 1️⃣2️⃣. Sertifikat natijasi. Eng kam to'plangan modul natijasi. 1️⃣3️⃣. Izoh. telefon raqami va JSHSHIR 1️⃣4️⃣. Sertifikat bo'limida. 3 ta modulni natijalari(sertifikat va ilovalar) va Master sertifikat yuklanadi. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
❗️1-avgustdan farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi Bunda birinchi bosqichda topshirilgan arizani bekor qilish shart emas. Ikkinchi bosqich uchun my.gov.uz portalidagi “1-sinfga qabul” (https://my.gov.uz/uz/service/797) xizmati orqali yangi ariza yuborish kerak. Buning uchun ariza topshirishda “Ariza topshirishning hududiy darajasi” maydonida “Tuman doirasida qabul” bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi, bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi. ℹ️ Yangi ariza tasdiqlansa, tizim maktabga hujjat topshirish sanasini avtomatik belgilaydi va bu haqda xabarnoma yuboradi. Shundan keyin ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borishi lozim. #1Sinf #Qabul2026 #MyGov #Maktab #Ta'lim #RaqamliMakon ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
🚨 Bugun — so'nggi imkoniyat! 🎓 Oliy toifali o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura qabuli yakunlanmoqda! Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega pedagoglar pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistraturaga hujjat topshirishlari mumkin. ⏰ Arizalar BUGUN (30-iyul) soat oxirigacha qabul qilinadi! 📌 Hujjatlarni my.edu.uz portali orqali topshiring. ❗️Vaqtni boy bermang! Agar hali hujjat topsshirmagan bo‘lsangiz, hoziroq ariza yuboring! #Magistratura #OliyToifa #Pedagog #Ta'lim #RaqamliMakon ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🖐 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi g‘oliblari Xitoyda sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirmoqda ➡️ “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan 10 nafar maktab o‘qituvchisi Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishida malaka oshirmoqda. ➡️ Siz ham ushbu imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt bo‘yicha bepul ta’lim olib, Coursera kurslarida tahsil olish, zamonaviy AI vositalarini o‘rganish hamda kelgusida xalqaro malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 🔘 Sun’iy intellektni bugundan o‘rganishni boshlang va zamonaviy texnologiyalar olamida yangi imkoniyatlarni aileaders.uz bilan kashf eting. ✈️ Каналга уланиш: 👇 🌐 Telegram 🌐 Instagram
#tanishing 🌟 Raqamli avlodni tarbiyalayotgan ustoz! Xudoyqulov G‘ayrat Mamaradjabovichning IT yo'nalishi bo'yicha erishgan yutuqlari: ✅ Microsoft va IC3 Digital Literacy xalqaro sertifikatlari sohibi. ✅ 2025-yil informatika fani olimpiadasida o‘quvchilari Surxondaryo viloyat bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. ✅ "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasida 80 nafar o‘quvchini muvaffaqiyatli tayyorlab, ularning barchasi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan. ✅ Birinchi toifali informatika fani o‘qituvchisi. ✅Bizni kuzating: 🕊 Telegram | 📱 Instagram
⚡️Энди паспортини йўқотганлар жаримага тортилмайди Ўзбекистонда паспорт ёки ID-картани йўқотиб қўйганлик учун маъмурий жавобгарлик бекор қилиниб, фақат қўшимча давлат божи ундириш йўлга қўйилади. Бу ҳақда президентнинг 15 июлдаги қарорида кўзда тутилган. “Аҳолига кўрсатилаётган давлат хизматларини такомиллаштириш ҳамда фуқаролар учун қўшимча қулайликлар яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорга кўра, Ички ишлар вазирлиги ҳамда Адлия вазирлиги 2026 йил октябрига қадар паспорт, ID-карта ёки хорижга чиқиш паспортини йўқотиб қўйганда ёки яроқсиз ҳолга келтирганда маъмурий жавобгарликка тортмасдан, қўшимча миқдорда давлат божи тўлаш орқали янги ҳужжатни расмийлаштириб бериш юзасидан таклифларни Вазирлар Маҳкамасига киритиши лозим. Яъни бу ҳақда тегишли норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаси ишлаб чиқилади. Эслатиб ўтамиз, ID-карта, хорижга чиқиш биометрик паспортини йўқотганлик, уларни яроқсиз ҳолга келтирганлик учун жавобгарлик БҲМнинг иккидан бир қисмидан уч бараваригача миқдорида жарима солишга сабаб бўларди. ✈️ Каналга уланиш: 👇 🌐 Telegram 🌐 Instagram