Mubayyin
Статистика- Последний пост
- 16 февр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ammo biz nafsimizni hech hafa qilmaymiz... @Robboniylik | Utrujja
Munofiqlik makon tanlamaydi.... @Robboniylik | Utrujja
Ijtimoiy tarmoqdagi kanallar sizu bizga ilm marifat va eslatmalarni bo‘lishish uchun tashkil etilgan. U yerda ko‘rganlaringiz, o‘qiganlaringiz yoki eshitganlaringiz bizni taqvodor deb atashga sabab bolmasin. Bitiklar, hikmatlar va maslahatlar bu bizning pok, ravo amallar qilayotganimizning dalili emas. Bular sizu biz uchun eslatma holos. Zero ularga sizdan koʻra oʻzimiz muhtojroqmiz. Har bir eslatma sizga yo‘lyo‘riq bo‘lsin, bizni qaysidir darajada koʻrishingiz uchun vosita emas. Xulosa shuki: Amallarimizning haqiqiy isboti faqat Alloh huzurida. Bir insonga soʻzlari uchungina nisbat berish toʻgʻri emas. @Robboniylik | by Utrujja
Haqni tanishda xalq fahmi ojiz.... @Robboniylik| ❓
Ilmni sevgan oila olimlarni tarbiyalaydi✨ @Robboniylik|❓
🎙Nasheed with rain🌺
Odamlar Allohdan qorqishadi. Men koproq nasfimdan hafsirayman. Zero nima yaxshilik koʻrgan bolsam, Allohdan, nima yomonlik koʻrgan bolsam nafsimdan kordim. Farididdin Attor @Robboniylik
- Domla, it quvlaganda o‘qiladigan duoni o‘rgatib qo‘ying. - Mayli o‘rgataman, lekin har ehtimolga qarshi qo‘lingda tayoq olib yur, chunki baʼzi itlar arabchani tushunmaydi🥺 Tabassum
Masjid imomi hato qilganda uni hatosini tog'irlaydigan kishi topilmay, Xonanda qoshiq kuylaganda u bilan ohirigacha jo'r boladiganlarning topilishi ajiyb ish.... @Robboniylik
Jannat ahli Alloh taolo bizga dunyo hayotida oʻziga itoatda boʻlishni va solih amallar qilishni buyurgan. Imon keltirish, namozni toʻla tokis ado etish, halol rizqlanish, musibat yetganda sabr qilish, va bizga rizq qlib berilgan barcha narsa uchun shukr qilish, yaxshilikni koʻpaytirish-barcha barchasi dunyo hayotida biz uchun buyurilgan amallardan hisoblanadi Dunyo hayoti xayrli amallar qilish uchun berilgan imkon. Banda buyurilganini ado etsa, qaytarilgan amallardan qaytsa, u uchun Alloh taolo oʻz rahmatini (jannatni) vada qilgan. Va bir kun keladi… bandalar amallari bilan huzurga kelganida, Allohning soʻnggi buyruği yangraydi ﴿ادْخُلُوا الْجَنَّةَ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ﴾ Qilib o‘tgan amallaringiz sababli jannatga kiring. (Nahl surasi) Soʻng Sabr qilganlar sabrining samarasini, shukr qilganlar ne’matlarning ziyodasini, ixlos bilan ibodat qilganlar esa Robbining roziligini ko‘radi. Va Alloh rozi boʻlgan bandalar uchun yana bir nido boʻladi. ﴿ادْخُلُوا الْجَنَّةَ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمْ وَلَا أَنْتُمْ تَحْزَنُون Jannatga kiringlar, Sizlarga hech qanday qo‘rquv yo‘q va sizlar g‘amgin ham bo‘lmaysizlar (Arof surasi) Iymon keltirgan va solih amallar qilgan bandalar uchun soʻnggi buyruq Jannatga kirish boʻladi. Soʻng dunyo g‘amtashvishlari ortda qoladi. U kunda kozlar quvonchdan yosh tokadi, qalblar xotirjam boladi... @Robboniylik |🌑
Shukr qilsangiz......🤩. @Robboniylik|🌑
Shukr qilsangiz......🤩. @Robboniylik|🌑
"Insonlarni rozi qlish yetib boʻlmas istak" deyishadi. Agar insonlarning ahvoliga nazar solsangiz, ularning hatto Alloh taologa gʻazab qilganini koʻrasz... @Robboniylik
Ey Soliha agar tahajjudda seni uyg‘otadigan, Qur’on o‘qib beruvchi erkakni orzu qilsang o‘zing ham tunlari ibodat qiladigan Qur’onni sevuvchi ayol bo‘l. Ey Rijol agar seni etiqodingda mustahkamlaydigan, diningni yarmi boʻladigan juft hohlasan o‘zing ham unga yo‘l ko‘rsata oladigan, dinida sobit erkak bo‘l. Shunda u seni dunyo nishonalariga emas, jannat yo‘liga chorlaydi. Omonat nimaligini bilsang, itoat nimaligini biladigan ayol bilan birga bolasan. Qarasang ko’zing quvonadi, g’oyib bolsang molingni, sharafingni himoya qiladi, agar buyursang itoat qiladi. Bilishimiz kerak; dindor juftni topish emas, unga mos bolish eng muhimi Agar bir insondan qaysidir sifatlarni talab qilsang, ozing ham shunday bol. Chunki Alloh taolo faqat o‘z yolida yuruvchilarga, o‘z yolida yuradiganlarni ato etadi. @Robboniylik |✈️
🔺Men dindor odamga turmushga chiqishni xohlayman. yoki 🎒Men dindor ayol bilan turmush qurmoqchiman Bu sozlar oddiy istak emas bu masuliyatli niyat. Chunki dindor inson tashqi ko‘rinish yoki soz bilan emas, qalbdagi taqvo va amaldagi itoat bilan o‘lchanadi. Dindor erkak degani soqol qoygan, masjidga qatnaydigan insongina emas. U Allohdan qo‘rqadigan, oilasini sunnat asosida boshqaradigan, halolni haromdan ajrata oladigan, rafiqasini Alloh yolida asray oladigan insondir Dindor ayol esa faqat romol oragan yoki tashqi hayo bilan bezangan emas balki Allohga ibodtlarida sadoqatli, farzandlariga va turmush ortog‘iga rahmat manbayi bolgan, etiqodini qalbi bilan asraydigan qiladigan ayoldir Shuning uchun, agar sen dindor juft xohlasang ozing ham dindor bo‘l. Alloh taolo aytadi Pok erkaklar pok ayollar uchundir, pok ayollar esa pok erkaklar uchun🌟 (Nur surasi) Xulosa shuki Alloh har bir bandani oziga mos, niyati va amali bir bo‘lgan juft bilan birlashtiradi.
.☪☪☪☪☪️ ⚫️Umr💚 Yana bir yil nihoyasiga yetmoqda. Biz sezmayotgan bolsakda, har kun, har soat, har nafas bizni oxirat sari olib bormoqda, savol javob kunimiz yaqinlashmoqda. Vaqt shunchaki otayotgani yoq, u umrimiz sahifalarini bir-bir yopib boryabdi. Alloh taolo Oli imron surasida shunday marhamat qiladi: Har jon o‘limni totguvchidir💚 Sizlarga ajrlaringiz faqat qiyomat kuni toliq beriladi.💚 O'lim kelguvchi. Bu dunyo abadiy emas, biz esa safardamiz, abadiyatga qarab ketayotgan musofirmiz Otgan vaqt esa bzni abadiy bolgan manzilga eltadi Payg‘ambarimiz 💚 dedilar: Oyoqlaringiz joyidan siljimay turib besh narsa haqida soralasiz: umringizni nimaga sarfladingiz, yoshlik davringizni qayerda o‘tkazdingiz, molingizni qayerdan topdingiz va qayerga sarfladingiz, va ilm bilan qanday amal qildingiz. (Rivoyat) Ushbu hadis bizga eslatadi: hayotimizning har bir qadami, har bir lahzasi va Allohning bizga ato etgan ne’matlari hisobga olinadi. Har bir amalimiz oxiratdagi hisob-kitobda yaqqol ko‘rinadi. Shuning uchun har bir kunimizni Allohning rizosi yo‘lida yashash va qalbimizni poklash bilan boyitishimiz lozim. @Robboniylik |🌕
Qadarga rozilik ruhning taskini 🩷 Inson hayoti bu sinovlar, quvonchlar va yo‘qotishlar bilan to‘lib-toshgan yo‘l. Har bir lahzada, Alloh taolo biz uchun yozgan taqdirning bir sahifasi ochiladi. Bazan bu sahifa quvonchga to‘la bo‘ladi, bazan esa ko‘z yosh bilan yuviladi. Har bir inson quvonch va dard, boylik va yoqotish, sog‘lik va og‘riq orasida imtihon topshiradi. Ammo haqiqiy mo‘minni boshqalardan ajratib turadigan narsa u har bir sahifani rozilik bilan o‘qiy olishi. Bilishimiz kerak; Har bir narsa qadar bilandir. Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat qiladi Hech bir musibat Allohning iznisiz sodir bo‘lmaydi. Demak bizga yetgan dard tasodif emas. U Allohning yozuvi, u orqali Robbimiz bzni tarbiyalayapti, kuchliroq, sabrliroq bolishimizni istayapti Nega men? Nega shunday bo‘ldi, Nega doim bz shunday yashaymiz. Nega doim biz qiynalishimiz kerak. degan savollar koʻpaygan payt Allohning irodasiga bo‘lgan ishonch sinovdan o‘tadi. Qalbida Bu ham Xudoning taqdiri degan so‘zni his etgan banda taskin topadi, sabr bilan sinovdan o‘tadi. Qadar- biz uchun yozilgan eng mukammal yozuv. U nafaqat bizga yozilgan yozuv, balki hikmatning sirli daftari. Unda adashish ham unitish ham, kechikish ham yoq. Har bir hodisa, har bir nafas, hamma hammasi Allohning ilmi bilan boʻladi. Payg‘ambarimiz ﷺ aytdilar Agar senga bir narsa yetgan bo‘lsa, agar bunday qilganimda bunday bolardi deya nolima, balki ayt: قَدَّرَ اللَّهُ وَمَا شَاءَ فَعَلَ Alloh taqdir qilgan, U istaganini qiladi. Rozilik Alloh taologa bolgan ishonchdir. Alloh szni ozingizdan yaxshiroq bilishini tan olishdir. U szni og‘riq bilan, yo‘qotish bilan, kechikish bilan sinaydi — ammo hech qachon tark etmaydi. Qadarga rozilik bu barchasini oz holiga tashlab qoyish yoki bo‘ysunish emas, bu qalbning Allohga bolgan toliq ishonchi. U biladiki, Robbim men uchun yaxshiroqni tanlagan, hatto men uni hozir tushunmasam ham. Shuning uchun momin banda nolimaydi balki الحمد لله على كل حال "Har qanday holatda ham Allohga hamd bolsin" deydi. Bu so‘z — ruhga davo, g‘amga malham. Rozilik bo‘lgan yurakda g‘azab so‘nadi, hasrat tinadi, shikoyat yo‘qoladi. U yerda faqat tavakkul va sukunat hukmron bo‘ladi. Alloh taolo yana aytadi Alloh hech bir jonni uning toqatidan tashqari narsaga majbur qilmaydi Demakki bizga berilgan sinov — aynan bizning toqatimiz va bardoshimizga yarasha. Sabr bilan o‘tsak, u bzni yuksaltiradi. Xulosa shuki Kim qadarga rozi bo‘lsa, Alloh uning qalbini tinchlik bilan to‘ldiradi, tiliga zikrni joylashtiradi va ruhiga taskin beradi. @robboniylik |🌑
Mehr-oqibat Allohning bandalarga ne’matidir Islom bizga nafaqat Alloh bilan bo‘lgan munosabatda, balki insonlar bilan, ayniqsa yaqinlarimiz bilan bo‘lgan munosabatda ham mehribon bo‘lishni o‘rgatadi. Ota-onamiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz — bular bizga Alloh tomonidan berilgan yaqin ne’matlaridir. Ularga bo‘lgan e’tibor, muhabbat va g‘amxo‘rlik Allohning roziligiga eltuvchi yo‘ldir. Qur’oni Karimda Alloh taolo marhamat qiladi: Allohga ibodat qiling va Unga hech narsani sherik qilmang. Ota-onangizga, qarindoshlaringizga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo‘shningizga, uzoq qo‘shningizga... yaxshilik qiling. (An-Niso surasi, 36-oyat) Bu oyat bizga kimlarga mehr ko‘rsatish kerakligini ochiq-oydin korsatadi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: Kim rizqi kengayishini va umri uzayishini istasa, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani mustahkamlasin." (Imom Buxoriy rivoyati) Mehr-oqibat faqat bayramlarda yoki kerak bo‘lganda emas, balki har kuni bolishi kerak. Ehtimol yaqinlaringizdan kimdir sizning bir og‘iz yaxshi so‘zingizga, hol-ahvol so‘rashingizga muhtojdir. Bazan Mehr so‘zlarda emas, amalda bilinadi. Yaqinlaringizni duo bilan yodga olish, ularning holidan xabar olish, ularga mehr ko‘rsatish. Bu faqat ularni emas, o‘z qalbingizni ham yoritadi. Hadisi sharifda aytiladi Qarindoshlik aloqasini uzuvchi jannatga kirmaydi. (Muslim rivoyati) @Robboniylik|🍓
Hech qachon noumid bo‘lmang Chunki soramagan narsalaringizni bergan Alloh, soragan narsalaringzni bermasligi mumkin emas. Shunchaki yuragingizdan o‘tgan istaklarni quloqsiz eshitgan, ko‘z yoshingizni so‘zsiz tarjima qilgan Zotni tanimaysizmi? Bas, qanday qilib endi, Unga ko‘tarilgan qo‘llaringiz javobsiz qoladi, deysiz? Kechikish jazoni emas, tayyorgarlikdir. Berilmaslik rad etish emas, sinovdir. Sabr og‘riqli bo‘lsa-da, oxiri chiroyli bo‘ladi. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi: Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni kechirur. [ Zumar surasi, 53-oyat] Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Bandaning duosi qabul qilinadi, toki u gunohni tilamasin yoki qarindoshlik rishtasini uzmasin hamda (duosiga javob kelmadi deb) shoshilmasin.” --imom Muslim rivoyati Shunday ekan -Noumid bo‘lma. -Duo qil. -Sabr qil. Va har safar: “Robbim menga yetar” de. @Robboniylik |🍓
Bugungi kunda ko‘plab musulmon jamiyatlarida "madaniyat" ni targ‘ib qilish da’vosi ostida aslida madaniyatsizlik, axloqsizlik, hatto gunoh ishlarni targ‘ib qilish hollari tez-tez uchramoqda. Sahna, ekran va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilayotgan ko‘plab dasturlar, ko‘rsatuvlar va postlar insoniyatni yuksaltirish emas, balki ma’naviy jihatdan yemirishga xizmat qilmoqda. Madaniyat bu — axloq, or-nomus, halollik, insof va iymon bilan uyg‘un bo‘lgan hodisa bo‘lishi kerak. Ammo, aksincha, hozirda haqiqatni aytuvchi emas, mashhurlikka ishlovchi yolg‘on so‘zlovchilar ko‘paymoqda. Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi: "Albatta, Alloh bir qavmni o‘zgartirmaguncha, o‘zlaridagi (yaxshi sifat)ni o‘zgartirmas." (Ra’d surasi, 11-oyat) Bu oyatdan anglashiladiki: har qanday inqiroz yoki buzuqlik, avvalo, insonlarning qalbida, niyatida va e’tiqodida sodir bo‘ladi. Shundan soʻng jamiyatning boshqa qismlariga ham salbiy ta’sir o‘tkaza boshlaydi. Qiyomat alomatlaridan biri: Ish egri kishilarga topshiriladi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ishni (mas'uliyatni) egri kishiga topshirsalaring, bas (qiyomatni) kutaveringlar." (Buxoriy rivoyati) Afsuski, bugungi kunda "Baxtli oila" haqida gapirayotgan kishining o‘zi ajrashgan, yoki diniy mavzuda gapirayotgan shaxslar o‘z hayotida dinga amal qilmayotgan bo‘lsa — bu aynan yuqoridagi hadisda bayon qilingan og‘ir holatga misoldir. Bizning dinimiz — og‘ir vazifalarni egasiga loyiq kishilarga topshirishni buyuradi: "Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni egalariga topshirishni amr qiladi." (Niso surasi, 58-oyat) sabab nima? Islomiy yondashuvda insonning bu tarzda adashishiga sabab — Allohni tanimaslik, ya’ni ma’rifatsizlik, ilmning yo‘qligi, va dinga beparvolikdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: Alloh kimga yaxshilikni hohlasa uni dinda faqih qilib qoyadi. Demak, Alloh bir bandani haq yo‘lda yurishini istasa, unga diniy bilim, haqiqatni ajratish layoqati va ong ato etadi. Bunday inson esa har qanday lavozimda bo‘lishidan qat’i nazar, ishonchli va halol boʻladi. Yechim nima? 1. Ilm olish – Har bir musulmon o‘ziga kerakli diniy bilimni olishga harakat qilishi kerak. Bu orqali u qanday holatda bo‘lmasin, to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajrata oladi. 2. Haqni gapirish va himoya qilish – Qanday sohada bo‘lishingizdan qat’i nazar, haqiqatdan og‘may, mas’uliyatni his qilish kerak. 3. Diniy tarbiya – Oila, maktab, universitet va madaniyat sohasida ishlayotganlar, avvalo o‘zlarini Islomiy tarbiya bilan shakllanishi lozim. Chunki ular jamiyatni shakllantiradilar @robboniylik |🍓