RTTYOMNF | Rasmiy
СтатистикаRespublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filiali va uning xududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 70
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 325
- 1/48двое суток
- 372
- 1/72трое суток
- 401
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
без подписи
без подписи
⚡️ "Shifokor va hayot" gazetasining yangi soni nashirdan chiqdi. #OAV #ShifokorvaHayot 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram
🔴 🟦🟦🟦 ❗️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi 👍 SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi audiopodkastda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan "Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari haqida so‘z yuritiladi. 🎤 Ovozli chat bugun, 13-avgust kuni soat 16.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali — @ssvuz orqali o‘tkaziladi. ➡️ Ekspert — Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Asatullayev. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
РАҲМАТ СИЗГА, ШИФОКОРЛАР! Республика тез тиббий ёрдам маркази Наманган филиалининг Давлатобод туман бўлими шифокори Насибахон Алижанова, фельдшери Роҳилахон Қосимова ҳамда ҳайдовчи Иброҳимжон Адашевга Қуйи Ровустон МФЙ, Ёш қаҳрамон кўчаси, 50-уйда истиқомат қилувчи 96 ёшли Раҳимахон ая Рашидова номидан оила аъзолари миннатдорчилик билдиришмоқда. Саломатлик посбонларининг ўз вақтида, малакали тиббий хизмат кўрсатишидан онахон ва яқинлари жуда мамнун эканликларини изҳор этишган.
#Audiopodkast 🔴 🟦🟦🟦 ❗️Infarkt va insult kasalliklarining oldini olish mavzusida ekspert bilan audiopodkast o‘tkaziladi 📋SSV Matbuot xizmati tomonidan o‘tkaziladigan navbatdagi audiopodkastda Prezidentimizning 2026-yil 20-yanvardagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. 🎤 Ovozli chat ertaga, 12-avgust kuni soat 11.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali @ssvuz orqali bo‘lib o‘tadi. ✅ Ekspert Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov. ❔ Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Namangan TV | TIBBIYOTDAGI ISLOHOTLAR 4.08.2026 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram
Yangi firibgarlik usuli! 30 daqiqa moliyaviy hayotingizni vayron qilishi mumkin. Bu oddiy telefon firibgarligi emas — u ancha xavfliroq. Ularga sizning pullaringiz, parolingiz yoki ishonchingiz kerak emas. Ularga faqat sizning yaxshiligingiz kerak. So‘nggi vaqtlarda savdo markazlari, metro bekatlari, bozorlar va jamoat joylarida “yordam so‘rash orqali firibgarlik” degan yangi usul paydo bo‘ldi. Firibgarlar odatda yaxshi kiyingan o‘rta yoshli yoki katta yoshli odamlar bo‘ladi. Ular telefondan foydalanishni bilmasligini, pensiya yoki subsidiya miqdorini tekshirmoqchi ekanini yoki noto‘g‘ri sahifani bosib yuborganini aytib, telefonni ko‘rib berishingizni so‘raydi. Xavfli jihati: Siz telefonni qo‘lga olganingizda, unda ko‘pincha videoqo‘ng‘iroq amalga oshirilayotgan bo‘ladi yoki ekran yozuvi va yuzni aniqlash funksiyasi yoqilgan bo‘ladi. Qo‘ng‘iroqning narigi tomonida kimdir sizni kuzatib turadi. Siz yordam berayapman deb o‘ylaysiz, aslida esa biometrik ma’lumotlaringiz yig‘ib olinadi. Bu oddiy firibgarlik emas. Bu sun’iy intellekt yordamida biometrik identifikatsiya orqali amalga oshiriladigan firibgarlikdir. Ularga pul kerak emas. Ularga siz keraksiz. Agar siz telefonga qo‘l tekkizsangiz (barmoq izi), raqamlar yoki tekshiruv kodlarini ovoz chiqarib o‘qisangiz (ovoz namunasi) yoki ekranga qarab tursangiz (yuz harakatlari), sizning uchta asosiy biometrik belgingiz — barmoq izi, ovoz va yuz tasviri — o‘g‘irlanishi mumkin. Zamonaviy sun’iy intellekt sizning deyarli mukammal raqamli nusxangizni yarata oladi. Keyin sodir bo‘ladigan holat qo‘rqinchli. Firibgarlar raqamli nusxangizdan onlayn kreditlar olish, iste’mol qarzlarini rasmiylashtirish, kredit mablag‘larini naqdlashtirish va yuz hamda ovoz orqali avtomatik tekshiruvdan o‘tish uchun foydalanishi mumkin. 30 daqiqa ichida sizga ajratilgan barcha kredit limiti ishlatib yuborilishi mumkin. Bank xabarnomalari kelganda, pul yo‘qolmaganini, aksincha, siz katta qarzga botganingizni tushunib yetasiz — balki minglab pul miqdorida. Ushbu 3 qoidani eslab qoling: 1. Hech qachon begona odamga telefondan foydalanishda yordam bermang. Telefonni ushlamang, bosmang, ko‘rmang va ovoz chiqarib hech narsa o‘qimang, hatto “faqat bir marta bosing” deyishsa ham. 2. Noma’lum videoqo‘ng‘iroqlarga javob bermang. Darhol o‘chiring. Kameraga qarab gapirish yoki yuzni ko‘rsatish iltimoslariga rozi bo‘lmang. 3. Bu xabarni keksa insonlar, bolalar va samimiy do‘stlar bilan ulashing. Firibgarlar endi yaxshi odamlarni nishonga olayapti. Oxirgi eslatma: Hech qachon “menga bunday bo‘lmaydi” yoki “men aldanmayman” deb o‘ylamang. Aynan shu ishonch va yaxshilikni firibgarlar ishlatadi. 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram
#29_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️Beg‘araz donorlik — insonparvarlik namunasi Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimini raqamlashtirishda faoliyat olib borayotgan AKT xodimlari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 23 yanvardagi “2026 — 2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz donormiz!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Unda tibbiyot xodimlari va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 30 nafardan ziyod ko‘ngilli donor ishtirok etdi. Ular o‘z salomatligini tekshirtirgan holda bemorlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladigan qon topshirish orqali ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Tadbir davomida Qon quyish markazida 14 litrdan ortiq qon zaxirasi yaratildi. Mazkur qon mahsulotlari shoshilinch jarrohlik amaliyotlari, og‘ir ahvoldagi bemorlar, onalar va bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, beg‘araz donorlik harakatini kengaytirish aholi o‘rtasida mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday aksiyalar hududda qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasini barqaror ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga minnatdorlik bildirilib, barcha fuqarolarni inson hayotini saqlab qolishdek savobli ish — donorlik harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi. Ilhomjon Musayev 🔵 Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
🟦🟦🟦 Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xodimlar va fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filialining barcha shahar va tuman bo‘limlarida "Korrupsiya — tibbiyot dushmani!" mavzusidagi targ‘ibot plakatlari o‘rnatildi. Mazkur plakatlar orqali tibbiyot sohasida korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish, halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillarini keng targ‘ib etish, shuningdek, noqonuniy pul talab qilish holatlariga duch kelganda 1203 ishonch telefoni hamda @SSV_antikorbot orqali murojaat qilish tartibi fuqarolarga tushuntirilmoqda. 🔵 Telegram 👥FB 📷 Instagram
#No_comment Mustaqilligimizning 35-yilligi: Yurtimizda bayram shukuhi 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️2026-yil 28-iyul kuni Uychi tuman tez tibbiy yordam bo‘limida xodimlar ishtirokida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–20-son "O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida xodimlarga PQ–20-son qarorida belgilangan kasalliklarni barvaqt aniqlash, erta o‘lim va nogironlik holatlarini kamaytirish hamda kardiologik va nevrologik tibbiy yordam sifatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, mazkur kasalliklarning oldini olish va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartiblari muhokama qilindi. Tadbirda filialning tezkor ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Muradov hamda shifokor-kardiolog M. Tursunov ishtirok etib, xodimlarning savollariga atroflicha javob berdilar. #tez_tibbiy_yordam #seminar #Uychi_tumani 🔵 Telegram 👥Fb 📷 Instagram