O'ktam Salomov | Blog
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Har bir inson o'z ustida mukammal ishlasa, oliy maqsadiga yetadi! Ijtimoiy sahifalar: fb.com/salomovblogs instagram.com/salomov_blog
- Последний пост
- 2 февр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 96
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#ximat_safari INNO texnopark Jizzax yoshlari uchun innovatsion imkoniyatlar maskani boʻladi 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov, Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov hamda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Akmal Savurbayev bilan birgalikda yangidan barpo etilgan INNO texnopark binosida boʻlib, obyektning tayyor holati bilan tanishdilar. Sh. Rashidov tumanidagi “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan INNO texnopark binosi toʻliq qurib bitkazilgan boʻlib, u zamonaviy innovatsion infratuzilma sifatida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashga xizmat qiladi. Texnopark hududida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda yosh tadqiqotchi va muhandislar uchun qulay ish muhitini yaratish imkoniyatlari mujassam etilgan. Tashrif davomida INNO texnopark binosining arxitektura yechimi, ichki bezak ishlari, devorlarida aks ettirilgan suratlar hamda zarur mebel jihozlari bilan taʼminlangani qayd etildi. Shu bilan birga, vazir o‘rinbosari texnopark faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish maqsadida uni ilmiy va innovatsion uskunalar bilan jihozlash, laboratoriya va ishchi zonalarni bosqichma-bosqich shakllantirish ishlarini olib borish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi. INNO texnopark faoliyati hududda innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratish hamda yoshlarni ilmiy-texnik ijodkorlikka keng jalb etishda muhim maydon boʻlishi taʼkidlandi Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#ximat_safari Vazir oʻrinbosari Jizzax politexnika instituti ilmiy salohiyati bilan tanishdi 31-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov xizmat safari bilan Jizzax politexnika institutida boʻldi. Tashrif doirasida vazir oʻrinbosari institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tuzilmalarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan loyihalarning mazmun-mohiyati alohida koʻrib chiqildi. Shuningdek, institutda olib borilayotgan startap va innovatsion tashabbuslar, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy ishlanmalar hamda ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Vazir oʻrinbosari ushbu yoʻnalishlarda amaliy natijadorlikni oshirish, ilmiy gʻoyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish masalalari boʻyicha qator taklif va muhim tavsiyalarini bildirdi. Uchrashuv davomida mamlakatda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda ustuvor hisoblangan yoʻnalishlar, xususan, muhandislik, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalar hamda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va grant loyihalarida faol ishtirok etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Tashrif yakunida bildirilgan fikr va takliflar Jizzax politexnika institutida ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram