FDTU Ilmiy-tadqiqot | Rasmiy kanal
Статистика- Последний пост
- 16 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 645
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun 16-iyul 2026-yil, Payshanba. 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Shirin taomlar kuni. 🌏 Metallurglar kuni. 🌏 Asfaltga rasm chizish kuni. 🌏 Butunjahon ilonlar kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇧🇴 Boliviya - La Pas kuni. 🇬🇪 Gruziya - Gergetoba (ma'naviy sevgi kuni). 🇭🇳 Gonduras - Muhandislar kuni. 🇰🇮 Kiribati - Keksa ayollar kuni (Unaine Day). 🇫🇷 Fransiya - Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni. 🇹🇲 Turkmaniston - G‘alla bayrami. 🇺🇦 Ukraina - Odessada qovunlar festivali. 🇺🇦 Ukraina - Buxgalter va auditorlar kuni. 🇺🇦 Ukraina - Metallurgiya va tog'-kon sanoati xodimlari kuni. 🇻🇪 Venesuela, 🇵🇦 Panama, 🇨🇺 Kuba - Bolalar kuni. 👉 VOQEALAR: - 622 - Islomiy taqvim boshlangan kun, Muhammad s.a.v ning Makkadan Madinaga hijrat qilishi. - 1054 - Xristianlik cherkovi ikkiga ajralib ketdi. - 1439 - Angliyada o'pish taqiqlandi. Sababi - vabo epidemiyasi. 1548 - Ispanlar La Pas shahriga asos solishdi (La Paz - ispan tilida "tinchlik"). - 1643 - Gollandiyalik de Friz ekspeditsiyasi Saxalinni ochishdi. - 1661 - Stokgolm banki tomonidan birinchi Yevropa banknotalari chiqarildi. - 1850 - Fransiyada matbuot erkinligi cheklandi. - 1867 - sobiq fransuz bog'boni Jozef Mone temir-beton uchun patent oldi, bu ko'p qavatli binolarni qurishda asosiy materialga aylandi. - 1877 - Uimbldonda tennis bo'yicha birinchi musobaqa finali. G'olib Spenser Gor bo'ldi. - 1909 - Audi kompaniyasiga asos solindi. - 1920 - Sovet Rossiyasining blokadasi Antanta tomonidan olib tashlandi. - 1944 - ozod qilingan Minskda partizan paradi bo'lib o'tdi. - 1945 - AQSH ning Nyu - Meksiko shtatida atom bombasining ilk sinovi muvaffaqiyatli oʻtdi. - 1950 - Urugvay-Braziliya futbol jamoalari oʻyinida Braziliya magʻlub boʻldi. - 1965 - Mont Blan ostida (Alp tog'larining eng baland cho'qqisi, 4807 m) Fransiya va Italiyani bog'laydigan tunnel ochildi. - 1969 - „Apollon-11“ Oyga uchdi. - 1977 - Barcha sovet mutaxassislari Somalidan chiqarib yuborildi. - 1979 - Saddam Husayn Iroq prezidenti bo'ldi. - 1990 - Ukraina oʻzining suverenitetini eʼlon qildi. - 1990 - Saturnning yo‘ldoshi - Saturn XVIII nomi bilan tanilgan Pan kashf qilindi. - 1994 - Shumeykerlar-Levist kometasi Yupiter bilan to'qnashdi. - 2000 - Internet-domenlar sonini ko'paytirish to'g'risida qaror qabul qilindi. - 2002 - Vashington markazida xalqaro josuslik tarixiga bag'ishlangan noyob muzey ochildi. - 2022 - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati platina ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqini oldi. 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
Dunyoning 5-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Iqtisodiy imtiyozlar: – Kontrakt puli toʻliq qoplanadi – Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi – AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi – Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi – Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi. Arizalar qabuli 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi. Batafsil 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
#Bu_qiziq #Fizika 🏄 Barefuting yoki suv ustida yalangoyoq sirpanish ancha xavfli sport turlaridan biri Chunki sportchini suv yuzasida ushlab turish uchun suvning sirt tarangligi ta’siri ostida kamida 50–70 km/soat tezlik kerak bo‘ladi. Bu esa suv chang‘isida uchish tezligidan ham yuqori. Shu sababli bunday tezlikda suvga yiqilishning zarbasi deyarli yerga qulagandek kuchli bo‘lishi mumkin. 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
без подписи
без подписи
#konferensiyalar ⚡️Respublika ilmiy-amaliy anjumani axborot xati 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
#Mana_innovatsiya 🪞 AQSh'dagi startap quyosh nurini kechalari soatiga 5 000 dollardan sotmoqchi — Metro nashrining yozishicha, ular shu yilning o‘zidayoq koinotga ulkan ko‘zgu olib chiqishadi. AQSh hukumati loyihani allaqachon ma’qullagan. Tunda quyosh nurini aks ettirish uchun 10 yil ichida o‘lchami 18×18 metr bo‘lgan 50 000 ta ko‘zgu uchirilmoqchi. Birinchi navbatda, bu kosmik projektor quyosh elektr stansiyalari 24/7 rejimida energiya ishlab chiqara olishi uchun yaratilmoqda. 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
Sun’iy intellekt Yer yuzidagi daraxtlarning umumiy sonini hisoblab chiqdi Olimlar sayyoramizda qancha daraxt o‘sishini aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalanishdi. Batafsil 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
#Inno_time #hafta_yangiliklari 🌐 Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar! 00:12 – Xitoy quyosh energetikasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi; 00:56 – Olimlar kimyoterapiyasiz saraton hujayralarini 99 foizigacha yo‘q qilish usulini ishlab chiqdi; 01:38 – Tirik neyronlar va mikrochip asosida biohisoblash tizimi yaratildi. 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri deputatlarning savollariga javob berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov deputatlarning savollariga javob berdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/193042 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!
без подписи
#Future100 #SiliconValley “Future 100” dasturi: bir guruh vazirlik xodimlari va yosh muhandis olimlar AQSHda stajirovka oʻtamoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Future 100” dasturi ishtirokchilari AQSHning Silikon vodiysida stajirovkani boshladi. Dastlabki kun tanishuv sessiyalari, amaliy mashg‘ulotlar va innovatsion ekotizim bilan yaqindan tanishishga bag‘ishlandi. Shuningdek, seminar davomida Stenford universitetida professor Georgiy Blank tomonidan “Digital Innovation” mavzusida workshop tashkil etilib, unda startaplar, texnologiyalar transferi, innovatsion tadbirkorlik va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Maʼlumot o‘rnida, Stenford universiteti 1885-yilda tashkil etilgan boʻlib, Silikon vodiysining markazida joylashgan dunyoning yetakchi (QS – 2026 reytingida 3-oʻrin) taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet, ayniqsa, sunʼiy intellekt, muhandislik, kompyuter texnologiyalari, tibbiyot, biznes boshqaruvi, innovatsion tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish yoʻnalishlarida kuchli ilmiy maktabga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
#seminar “Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyiha hisobot hujjatlarini shakllantirish tartibi” mavzusida seminar o‘tkazildi. Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassisi M.Qoraboyev tomonidan 10 dan ortiq savollarga javob berildi. ✔️ Seminar YouTube'dagi sahifada saqlandi. 🗣 Havola https://www.youtube.com/watch?v=TVdrhGZEAdc 🤝 FDTUning @fardtu_nauka telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!