Samandar Odilovich official✨
СтатистикаTenacity, Loyalty, Wisdom * JIB Uzbekistan Chairperson * Founder of InnoPeak * Business Analyst and Manager * Marketing, Sales, Project manager * Stanford & Harvard Graduate Qo’shimcha savollar uchun: https://t.me/samandar_odilov2705
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 32
- 1/48двое суток
- 36
- 1/72трое суток
- 39
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💙 OMOİYARI — Empathy in Action Haqiqiy liderlik — faqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatish emas. Ba’zan u hech kim so‘ramasidan turib, boshqalarning ehtiyojini his qilish, g‘amxo‘rlik qilish va kerakli harakatni amalga oshirishdan boshlanadi. 🇯🇵 Omoiyari — yapon madaniyatidagi chuqur empatiya va fidokorona g‘amxo‘rlik tamoyili. Bu treningda biz empatiyani shunchaki his qilishdan ko‘ra, uni amalga aylantirish haqida gaplashamiz. 🎤 Trainer: B. Solongo ⭐ JCI Mongolia Academy — 3 Stars Trainer 📅 21-avgust 📚 Subject: Omoiyari Birgalikda boshqalarni yaxshiroq tushunishni, ehtiyojlarni oldindan sezishni va mehrni amaliy harakatga aylantirishni o‘rganamiz. Be Better. Together. 💙 #JCIUzbekistan #JCIAcademy #Omoiyari #Leadership #Empathy #JCI #PersonalDevelopment #ActiveEmpathy #BeBetterTogether #JCIUzbekistanAcademy
🎉🎂 Qo’shaloq bayram — qo’shaloq quvonch! 🎂🎉 Bugun biz uchun ikki bor quvonchli kun! Hayit ayyomi bilan birga JCI oilamizning ikki qadrli a’zosi yangi yoshini nishonlamoqda. 🥳 🌟 Samandar Odilov — JCI Tashkent Vitse-prezidenti 🌟 Azizbek Inamov — JCI Uzbekistan NP Assistanti Aziz hamkasblar, sizlarni tug’ilgan kuningiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz! 🤲 Hayotingiz hamisha muvaffaqiyat, ilhom va yangi marralarga boy bo’lsin. Qalbingizdagi ezgu orzular ushalsin, yo’lingiz doimo nurli, atrofingiz sevimli insonlarga to’la bo’lsin. JCI oilamiz uchun qilayotgan mehnatlaringiz va fidoyiligingiz uchun rahmat! 💛 Sizlardek g’ayratli va tashabbuskor liderlar bilan birga bo’lish — biz uchun katta sharaf! Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin! 🎈🎁 #JCIUzbekistan #JCITashkent #TugilganKun #HappyBirthday
🚪 Mijoz "yo'q" deganda — bu ko'pincha "hozir emas" degani - 44% sotuvchilar 1ta "yo'q"dan keyin tashlab ketadi - Lekin sotuvlarning 80% i 5-12-marta kontaktdan keyin yopiladi Demak, sotuvchilarning yarmidan ko'pi — mijoz tayyor bo'lgunga qadar taslim bo'lib qo'yadi. 😱 🧠 PSIXOLOGIK ASOS: Inson qaror qabul qilishdan oldin o'rtacha 7 marta brendni ko'rishi kerak (Marketing Rule of 7). ❌ NOTO'G'RI: "Javob yo'q, demak qiziq emas" ✅ TO'G'RI: "Hozir vaqti emas, qaytib kelaman" 💡 BUGUN QILING: 3 oy oldin "yo'q" degan 3 ta mijozga yangi qiymat bilan yozing. "Salom, esladimki, sizga foydali bo'lishi mumkin..." formula bilan. ❓ Savol: Sizga oxirgi safar "yo'q" deganlardan keyin yana yozdingizmi? #sales #followup #marketing
🎯 NARX EMAS, QIYMAT — sotuvning eng katta sirri Mijoz "qimmat ekan" deganda, aslida nima deyayotganini bilasizmi? U sizning mahsulotingiz qimmat demayapti. U "men bu pulga arziydiganini ko'ra olmadim" deyapti. 📚 Behavioral economics tadqiqotlari ko'rsatadiki: Inson narxni o'zicha emas, qiymat bilan solishtirib baholaydi. Misol: ❌ "Bizning kursimiz $200" ✅ "1 oy ichida 3 ta yangi mijoz topasiz — kurs $200, lekin bitta mijoz $500 olib keladi" Ikkinchi variantda narx o'zgarmadi. O'zgargani — qiymat ko'rinarli bo'ldi. 💡 BUGUN QILING: Mahsulotingiz haqida 1 ta jumla yozing, lekin narx o'rniga natija ko'rsating. ❓ Savol: Siz oxirgi marta nimani "qimmat" deb sotib olmagansiz, keyin afsuslangansiz? #marketing #sales #biznes
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇬🇧Kimyo International university in Tashkent and Junior Chamber International Uzbekistan (JCI Uzbekistan) signed a cooperation memorandum. Within the framework of the partnership, training programs, forums, and international projects focused on leadership, entrepreneurship, international careers, and personal development will be organized for students. This collaboration will contribute to developing students’ modern skills and supporting their active participation in the international arena. 🔗 🇺🇿🇷🇺: www.kiut.uz
Muvaffaqiyatning kaliti — davomiylik. Odatlar insonni bir kunda o‘zgartirib yubormaydi. Ular shunchaki bizni kundan-kunga kuchliroq qiladi. Har kuni bir xil intilish. Har kuni yugurishga chiqish — va vaqt o‘tib jismonan kuchli bo‘lish. Har kuni 10 bet kitob o‘qish — va bir yil ichida 10 tadan ortiq kitob tugatish. Har kuni namoz — ruhiy quvvat, Allohga yaqinlik va gunohlardan uzoqlashish. Har kuni o‘rganish — va yillar o‘tib moliyaviy hamda ma’naviy barqarorlikka erishish. Ha, boshida bular zerikarli tuyulishi mumkin. Lekin aynan shu oddiy, takroriy odatlar sizning kelajagingizni yaratadi. Aksariyat insonlarning eng katta xatosi — boshlagan ishini davomiy qila olmaslik. Muvaffaqiyat ba’zan katta sakrashlarda emas, har kuni takrorlangan kichik intizomlarda yashirin bo‘ladi. Bugungi odatlaringiz — ertangi hayotingizning poydevori.
Don't Miss JCI Uzbekistan's Premier Business Event! 🚀 Join us for the JCI Uzbekistan Tashkent Conference 2026 – A pivotal gathering for leaders, innovators, and investors from across the globe. 🗓 Date: APRIL 25, 2026 📍 Venue: Wyndham Tashkent hotel Silk Road Hall B ✨ MAIN CONFERENCE DAY: Connecting Leaders. Creating Opportunities. PROGRAM HIGHLIGHTS: • 🎉 Official Opening Ceremony • 📈 Deep Dive: Uzbekistan's Investment & Business Opportunities • 🌐 International Market Insights: Featuring Sakhalin Region, Russia • 💡 Advanced Professional Development Workshops • 🤝 Uzbek-Japan JCI Collaboration: Fostering Bilateral Partnerships • 💼 Elite Networking Session with Global Peers --- 🎉 EXCLUSIVE GALA DINNER & CONCERT 🕖 19:00 – 23:00 📍 Barvilla Restaurant An evening of unparalleled networking, exquisite dining, and live entertainment to cap off a day of insights. (Gala Dinner: By Invitation Only) --- PARTICIPATION TERMS: ✔️ Conference: FREE of Charge (Registration is Required) 🔒 Gala Dinner: By Invitation Only --- WHY ATTEND? 🌍 Connect with prominent international business leaders. 💼 Discover high-potential investment opportunities in Uzbekistan. 🤝 Forge global partnerships and strategic alliances. 🚀 Elevate your professional network and expertise. --- Don't miss this opportunity to drive impactful change and expand your influence. Limited spots available! ➡️ REGISTER NOW: Azizbek Inamov, NP Assistant 2026 Tel: +998909380911, Telegram: https://t.me/I_Azizbek #JCIUzbekistan #TashkentConference2026 #BusinessNetworking #InvestmentUzbekistan #GlobalLeaders #ProfessionalDevelopment
2025 - yil juda dangasa bo'lipman. Odatda 15+ kitob o'qirdim. Ammo 2025- yil atiga 7 ta kitob o'qipman. 2026 - yil ko'proq kitob o'qishni maqsad qildim va bugungacha 4 ta kitob tugatipman. Qizig'i, 3 kunda 2 ta kitob tugatdim. Siz nechta kitob o'qidingiz ?
Assalomu alaykum hammaga. 2026- yilni bir talay yangiliklar bilan boshladim. Anchadan buyon kanalimni ham yuritishga vaqt bo'lmagandi. Endi aktiv qilib borishga harakat qilamman. Sizlar ham reaksiya bildirib qo'ying. Men bo'lsa asta sekin yangiliklarni bo'lishib boraman.
Savdogar egallashi shart bo‘lgan 3 ta asosiy ko‘nikma Savdo — bu faqat gapirish emas. Bu ichki holat, odamni tushunish va to‘g‘ri munosabat. Quyidagi 3 ko‘nikma har bir yetuk savdogarda bo‘lishi shart: 1️⃣ Ishonch Savdogar eng avvalo sotayotgan mahsulotiga o‘zi ishonishi kerak. Uning sifati, foydasi va taklifiga ichidan amin bo‘lmasa, savdo uzoqqa bormaydi. Chunki yolg‘on bilan uzoq sotib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, savdogar o‘z ishiga ham ishonishi kerak. Hamma ish ham hammaga yoqavermaydi. Qiyinchilik bo‘lsa — tashlab ketish emas, balki sababini topish, xatoni ko‘rish va boshqa yo‘lni sinab ko‘rish kerak. Ishonch — savdoning asosi. 2️⃣ Insonlar bilan munosabat Kuchli savdogar — kuchli psixolog. U faqat “mijozga nima kerak?” degan savol bilan cheklanib qolmaydi. U odamning holatini, hissiyotini, ichki muammosini his qila oladi. Chunki ko‘p hollarda odam mahsulot emas, tushunilishni sotib oladi. Mijozni shaxs sifatida tushungan savdogar har doim ustun bo‘ladi. 3️⃣ Ma’qullash (rozilik ko‘nikmasi) Bu eng qiyin, lekin eng kuchli ko‘nikma. Tasavvur qiling: kun davomida kim nima desa ham, siz avvalo uni rad etmaysiz, inkor qilmaysiz — tushunishga harakat qilasiz. Qiyinmi? Juda. Lekin aynan shu ko‘nikma savdogarni yetuk qiladi. Chunki mijoz o‘zini haq deb his qilganida va siz uni chin dildan tushunishga harakat qilganingizda, savdo o‘zi keladi. Ko‘proq sotish — ko‘proq tushunishdan boshlanadi. 💡 Xulosa: Savdoda gap ko‘p bo‘lishi shart emas. Ishonch, to‘g‘ri munosabat va ma’qullash — mana haqiqiy savdogar qurollari.
без подписи
без подписи
🎉 Tug‘ilgan kun muborak, Bunyodbek Ibragimov! 🎉 Bugun JCI Uzbekistan tarixida muhim o‘rin egallagan inson — JCI Uzbekistan birinchi prezidenti, JCI Uzbekistan Advisory Board Chairperson, JUTH korporatsiyasi asoschisi, Global Silk Road kompaniyasi asoschisi, yurist, biznesmen, biznes coach va investor, shuningdek “Shuhrat” medali va “Eng faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibining tavallud kuni. Sizning yetakchiligingiz, strategik fikrlashingiz va tajribangiz minglab yoshlar hamda tadbirkorlar uchun ilhom manbai bo‘lib kelmoqda. JCI Uzbekistan’ning poydevorini yaratgan holda, siz nafaqat tashkilot, balki butun bir biznes avlodining shakllanishiga katta hissa qo‘shdingiz. Tavallud ayyomingizda sizga mustahkam salomatlik, cheksiz energiya, yirik g‘alabalar, yangi investitsion cho‘qqilar va barqaror muvaffaqiyatlar tilaymiz. Sizning bilim va tajribangiz hali yana ko‘plab yutuqlarga sabab bo‘lishiga ishonamiz. Hurmat va ehtirom bilan, JCI Uzbekistan hamjamiyati 💙
без подписи
🇺🇿 JCI Uzbekistan — Yangi bosqich sari dadil qadam! Bugun JCI Uzbekistan Bosh Assambleyasi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga JCI APDC hamda JCI Japan vakillari tashrif buyurdi, jamiyat yosh liderlari sifatida foydali ijtimoiy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan maxsus treninglar o‘tkazib, Yaponiya va Taivandagi tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. 🌍 Ma'lumot o'rnida, JCI - 18 va 40 yosh oralig‘idagi dunyoning 200 mingdan ortiq faol, tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli yoshlarini birlashtirgan dunyodagi eng yirik yetakchilik tashkilotlaridan biridir. JCI Uzbekistan esa 3-yilda o'zining tarixiy burilish nuqtasida turibdi. Atigi 2 yil ichida — jadal rivojlanib, o‘z loyihalari, treninglari va xalqaro aloqalari bilan e’tirof qozondi. 2025-yil esa JCI Uzbekistan tarixida burilish nuqtasi bo‘lib, tashkilotning yanada kuchli, ta’sirchan va yosh yetakchilar uchun haqiqiy platformaga aylanishi kutilmoqda. 🇯🇵 JCI Vitse-Prezidenti sifatida tashkilotning global darajadagi rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan Kohei Oya — bu safar JCI APDC Councilor (CL) sifatida JCI Uzbekistan’ni yanada yirik va faol tashkilotga aylantirish maqsadida bevosita qo‘llab-quvvatlamoqda. 🤝 JCI APDC jamoasi bu yil, JCI Japan bilan hamkorligida — Accountable Sustainable Leaders dasturi doirasida ikki muhim loyihani namoyish qildi va amalga oshirish rejasini taqdim qildi: 1️⃣ Hands-Up — bolalar uchun tajribaviy ta’lim dasturi, yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi bo‘yicha 2️⃣ Tabiiy ofatlardan evakuatsiya bo‘yicha treninglar: zilzila, yong‘in, suv toshqini va boshqalar Bu loyihalar mamlakatimizdagi yoshlar va bolalar xavfsizligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. *2026 yilda JCI Uzbekistan delegatsiyasi dunyoning eng katta yoshlar forumlaridan biri — JCI ASPACda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Ushbu yirik tadbir Niigata shahrida o‘tadi, va men ham shaxsan qatnashishni niyat qildim.
🇺🇿 JCI Uzbekistan Bosh Assambleyasi va “Chain Turnover” marosimi Hurmatli JCI a’zolari va yosh liderlar! Sizlarni 30-noyabr kuni Lotte Hotel Hallda bo‘lib o‘tadigan muhim tadbirlarga taklif qilamiz. 📌 Bosh Assambleya — JCI Uzbekistanning yil yakuni bo‘yicha hisobotlari, rejalar va muhim qarorlar qabul qilinadigan yig‘ilishi. 📌 “Chain Turnover” (Zanjir topshirish marosimi) — JCI rahbariyati vakolatlari rasmiy tarzda yangi Prezident va jamoaga topshiriladigan an’anaviy marosim. Bu ikki muhim tadbir — bir yilda qilgan ishlarmizni baholash, yangi maqsadlarni belgilash va jamoamizni yanada birlashtirish uchun katta imkoniyat. 📅 Sana: 30-noyabr 📍 Joy: Lotte Hotel Hall ⏰ Vaqt: 16:00 Qatnashmoqchi bo’lsangiz bu yerga bosing Barchangizni ushbu ahamiyatli kunning guvohi bo‘lishga samimiy taklif qilamiz! Birgalikda yanada kuchliroq JCI yaratamiz! 💙