A.S. Pushkin nomidagi AKM
описание
A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot-Kutubxona markazining telegramdagi rasmiy sahifasi Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring https://taplink.cc/samlibuz
4 323
подписчиков
Охват к подписчикам
2,0%
ERR
Реакции к просмотрам
0,68%
41 на 50 постов
Пересылки к просмотрам
0,50%
30
Постов в день
10,1
всего 158
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 13 авг.без подписи4,91%
- 13 авг.#Mitti_hikoya 🪑 Bo‘sh stul Bir kuni o‘qituvchi sinfga kirib, doska oldiga bitta bo‘sh stul qo‘ydi. O‘quvchilar hayron bo‘lib qarashdi. — Bu stul kim uchun? — deb so‘radi ulardan biri. O‘qituvchi jilmayib dedi: — Bu stul hayotimizda yo‘q bo‘lsa ham, qalbimizda bor insonlar uchun. Sinf jimib qoldi. O‘qituvchi davom etdi: — Ba’zan yonimizdagi insonning qadriga u ketganidan keyin yetamiz. Shuning uchun yoningizda turgan insonni bugunoq qadrlang. Bir bola stulga uzoq qarab turdi. Keyin sekin dedi: — Ustoz, men bugun uyga borgach, bobomni quchoqlayman. O‘qituvchi jilmaydi: — Unda bu bo‘sh stul bugun bir insonni baxtli qilishga sabab bo‘ldi. Xulosa: Hayotdagi eng og‘ir pushaymon — “qaniydi, o‘sha paytda qadrlaganimda...” deyishdir. Yaqinlaringiz borida ularni asrang, mehringizni kechiktirmang. ❤️🪑 ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt4,69%
- 14 авг.#Tuhfa 📚 Kitob — ilm va taraqqiyot sari eng qimmatli tuhfa! A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi fondi yana bir qimmatli ilmiy nashr bilan boyitildi. 🌱 O‘zdaver loyihasi instituti Samarqand viloyat bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan kutubxona fondiga “Samarqand viloyatida sug‘oriladigan yerlarning tuproq ball boniteti, sug‘orish darajasi, agroxim kartogrammalari ko‘rsatkichlari” nomli albom tuhfa qilindi. 📖 Ushbu qimmatli ilmiy nashr tadqiqotchilar, mutaxassislar, talabalar va sohaga qiziquvchi kitobxonlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 🤝 Ilmga berilgan tuhfa — kelajak uchun qoldirilgan bebaho merosdir! ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt3,95%
- 14 авг.#Ekskursiya A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Milliy gvardiya Samarqand viloyat bo'yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari bilan "Qiziqarli kutubxonada" nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo'yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma'lumot bazalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi. ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt3,53%
- 14 авг.#mutolaa "Uzuklar hukmdori" — britaniyalik yozuvchi Jon Ronald Ruyel Tolkin (J.R.R. Tolkien) qalamiga mansub jahonga mashhur epik fantastik romandir. Asar "Hobbit" qissasining mantiqiy davomi bo'lib, unda yovuz hukmdor Sauronning Qudrat uzugini yo'q qilish uchun hobbit Frodo va uning do'stlari boshlagan xavfli sarguzashtlar tasvirlangan. Asar voqealari O'rta yer (Middle-earth) deb nomlangan xayoliy olamda bo'lib o'tadi. "Uzuklar hukmdori" XX asrning eng ko'p sotilgan va eng ko'p tillarga tarjima qilingan kitoblaridan biri hisoblanadi. U jahon fantastika adabiyotining rivojlanishiga ulkan ta'sir ko'rsatgan bo'lib, o'zining chuqur falsafasi, to'qib chiqarilgan mukammal tillari (masalan, elf tili) va noyob qahramonlari bilan ajralib turadi. ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt3,42%
- 14 авг.📚“Kitobxonlik — kelajak sari qadam” A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida “Kitobxonlik — kelajak sari qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga taniqli shoir Yormamat Rustamov tashrif buyurib, davra suhbatida ishtirok etdi. Shoir Yormamat Rustamov yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish borasida o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Davra suhbatida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati haqida fikr almashildi. 📚 Kitob — bilim va ma’naviyat manbai! ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt2,67%
- 13 авг.E'LON‼️ ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt2,56%
- 13 авг.#Mustaqillikning_35_yilligi 🇺🇿 A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xodjayev Asadjon Azatbekovich ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab, soha yoshlari ishtirokida “35 nihol” daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi. 🌱🇺🇿 Yoshlar — yurt kelajagi, ezgu tashabbuslar esa farovon kelajak poydevoridir! ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt2,22%
- 14 авг.📚 Kitob — ilm va taraqqiyot sari eng qimmatli tuhfa! 🌱 O‘zdaver loyihasi instituti Samarqand viloyat bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi fondiga “Samarqand viloyatida sug‘oriladigan yerlarning tuproq ball boniteti, sug‘orish darajasi, agroxim kartogrammalari ko‘rsatkichlari” nomli qimmatli ilmiy albom tuhfa qilindi. 📚 🤝 Ushbu qimmatli tuhfa uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz! ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt2,13%
- 14 авг.#Mitti_hikoya ☁️ Soyabon Bir kuni bir qiz yomg‘irda maktabdan qaytayotgan edi. Yo‘lda bir keksa otaxonni ko‘rib qoldi. Otaxon yomg‘ir ostida, qo‘lida eski sumkasi bilan bekatda turardi. Qiz soyabonini unga tutib: — Ota, birga turamiz, — dedi. Otaxon jilmayib: — Qizim, o‘zing ho‘l bo‘lib qolasan-ku, — dedi. — Mayli, — dedi qiz. — Siz ho‘l bo‘lmang. Bir necha daqiqadan so‘ng avtobus keldi. Otaxon chiqishdan oldin qizga qarab: — Bugun meni yomg‘irdan emas, yolg‘izlikdan asrading, — dedi. Qiz bu gapdan ta’sirlanib, uzoq vaqt jim turdi. Xulosa: Ba’zan insonlarga katta yordam emas, shunchaki yonida ekaningizni his qilishning o‘zi kifoya. Mehrning katta-kichigi bo‘lmaydi. ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt1,72%
- 13 авг.#Saqlash_xizmati Kitob ko‘rgazmasi ✨ “Kitob yangiliklari olamida” A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxona fondini yangi nashrlar bilan boyitish va kitobxonlarni zamonaviy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitob yangiliklari olamida” nomli kitob ko‘rgazma tashkil etildi. 📖 Ko‘rgazmadan kutubxona fondiga yangi kelib tushgan, lotin yozuvidagi turli janr va mavzularga oid adabiyotlar o‘rin oldi. 🌿 Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarda yangi nashrlarga qiziqish uyg‘otish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda mazmunli kitob tanlashlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. 📚 Kitob — bilim manbai, mutolaa esa kamolot sari yo‘l! ✨ ⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!! 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 📱Web Sayt0,72%
- 14 авг.без подписи0,00%