tgindex

Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi

описание

Samarqand viloyat Statistika boshqarmasining rasmiy sahifasi 🌐 www.samstat.uz - vebsayt 👥 @samstat - Murojaat uchun (telegram guruh)

589
подписчиков
Охват к подписчикам
18,5%
ERR
Реакции к просмотрам
0,00%
0 на 47 постов
Пересылки к просмотрам
0,50%
32
Постов в день
1,9
всего 47

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 14 авг.📊Oʻzbekistonda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 10,1 foizga, eksport qiymati 24,1 foizga oshdi 2026-yil yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 54,4 trln soʻmlik toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,1 foizga oshgan. Mazkur davrda Oʻzbekiston xorijga 1,6 mlrd dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,1 foizga oshgan. Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha: Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 53 % Ip-kalava – 31 % Trikotaj mato – 9 % Gazlamalar – 5 % Paypoq mahsulotlari – 1 % Gilamlar – 1 % Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 14 авг.📊Yarim yilda Oʻzbekistonda 7,7 mln kv. metr turar joy foydalanishga topshirildi 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonda umumiy maydoni 7,7 mln kv. metr boʻlgan yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan. Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga koʻp. Hududlar kesimida foydalanishga topshirilgan turar joylar maydoni: Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 463,7 ming kv. metr; Andijon viloyati — 373,8 ming kv. metr; Buxoro viloyati — 978,5 ming kv. metr; Jizzax viloyati — 396,7 ming kv. metr; Qashqadaryo viloyati — 510,4 ming kv. metr; Navoiy viloyati — 353,7 ming kv. metr; Namangan viloyati — 697,1 ming kv. metr; Samarqand viloyati — 200,3 ming kv. metr; Surxondaryo viloyati — 699,9 ming kv. metr; Sirdaryo viloyati — 63,2 ming kv. metr; Toshkent viloyati — 984,1 ming kv. metr; Fargʻona viloyati — 691,2 ming kv. met Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 14 авг.📊Oʻzbekistonga elektromobillar importi 2,6 barobarga oshdi 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 447,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 37 874 dona elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 ming donaga yoki 2,6 barobarga oshgan. Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp elektromobil yetkazib bergan davlatlar: Xitoy – 37 560 dona Gonkong (Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi) – 141 dona; Koreya – 80 dona Germaniya – 42 dona AQSH – 21 dona Boshqa davlatlar – 30 dona Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 14 авг.без подписи0,00%
  • 14 авг.без подписи0,00%
  • 14 авг.без подписи0,00%
  • 14 авг.📊Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatining muhim omili Davlat fuqarolik xizmatchilarini mamlakatimiz va jahon miqyosida yuz berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida har haftaning juma kunlari "Siyosiy-ma’rifat soati" onlayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar yuzasidan tayyorlangan siyosiy dayjest hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘lib, siyosiy-huquqiy bilimlari va dunyoqarashlarini yanada mustahkamladilar. Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 13 авг.📊Yarim yilda Oʻzbekistonda 126 mingdan ortiq dvigatel ishlab chiqarildi 2026 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 126,7 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan. Yillar kesimida ishlab chiqarish hajmi (yanvar-iyun): 2026-yil — 126 671 dona; 2025-yil — 116 543 dona; 2024-yil — 125 210 dona. Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 13 авг.📊Oʻzbekistonda istirohat bogʻlariga tashriflar soni 27 mlnga yetdi 2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 161 ta madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat yuritmoqda. Ularning soni 2024 yilga nisbatan 25 taga koʻpaygan. Madaniyat va istirohat bogʻlarining umumiy maydoni 1,8 ming gektarni tashkil etgan. 2025-yil davomida mazkur bogʻlarga 27 mln tashrif qayd etilgan. Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 3,2 mln taga oshgan. Madaniyat va istirohat bogʻlariga tashriflar hamda bogʻlar soni hududlar kesimida: Toshkent shahri — 14,5 mln marta (29 ta bogʻ); Namangan viloyati — 9,2 mln marta (5 ta); Buxoro viloyati — 631 ming marta (11 ta); Samarqand viloyati — 537,1 ming marta (17 ta); Fargʻona viloyati — 384 ming marta (8 ta); Andijon viloyati — 365,5 ming marta (20 ta); Jizzax viloyati — 356 ming marta (4 ta); Navoiy viloyati — 327,5 ming marta (9 ta); Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 13 авг.📊Oʻzbekiston dunyoning 57 ta mamlakatiga mayiz eksport qildi 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 57 ta xorijiy davlatga qiymati 60 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 47,7 ming tonna mayiz eksport qilgan. Eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 704,5 tonnaga oshgan. Mazkur davrda Oʻzbekiston eng koʻp mayiz yetkazib bergan davlatlar: Qozogʻiston – 15,2 ming tonna; Xitoy – 6 ming tonna; Rossiya – 5,6 ming tonna; Turkiya – 3,9 ming tonna; Eron – 1,7 ming tonna; Ukraina – 1,6 ming tonna; Ozarbayjon – 1,4 ming tonna; Gruziya – 1,2 ming tonna; BAA – 1,1 ming tonna; Germaniya – 1 ming tonna; Braziliya – 994,2 tonna; Boshqa davlatlar – 8 ming tonna. Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 12 авг.📊Oʻzbekistonliklar 6 oyda taʼlim xizmatlari uchun 23 trln soʻmdan ziyod mablagʻ sarflagan 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 23,8 trln soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan. Taʼlim xizmatlari tarkibida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar eng yuqori ulushga ega boʻlib, jami taʼlim xizmatlarining 42,4 foizini tashkil etdi. Hududlar kesimida taʼlim xizmatlari hajmi: Toshkent shahri — 12,7 trln soʻm; Samarqand viloyati — 1,5 trln soʻm; Fargʻona viloyati — 1,5 trln soʻm; Andijon viloyati — 1,2 trln soʻm; Toshkent viloyati — 1,1 trln soʻm; Namangan viloyati — 1,1 trln soʻm; Buxoro viloyati — 1 trln soʻm; Qashqadaryo viloyati — 877,7 mlrd soʻm; Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 691,3 mlrd soʻm; Xorazm viloyati — 602,5 mlrd soʻm; Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%
  • 12 авг.📊7 oyda Oʻzbekistonga 7,7 mln nafar turist tashrif buyurdi 2026-yilning yanvar-iyuloylarida jami 7 749 308 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 22,6 foizga oshgan. Oʻzbekistonga eng koʻp turistlar kelgan TOP-10 davlat: Qirgʻiz Respublikasi – 2 177 108 nafar; Qozogʻiston – 1 855 562 nafar; Tojikiston – 1 728 978 nafar; Rossiya – 710 824 nafar; Afgʻoniston – 281 200 nafar; Xitoy – 269 735 nafar; Turkmaniston – 192 830 nafar; Turkiya – 111 908 nafar; Hindiston – 32 462 nafar; Koreya – 26 512 nafar. Manba: Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi ✅Rasmiy sahifalar 🌐Web sayt|Telegram kanal|Telegram guruh|FacebookSamarqand0,00%