tgindex
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Статистика

murojaat uchun: @Narziyev0612 murojaat uchun: @Adxam0803 @sanepidxizmatqashvil

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
93
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 841
−37 за 6 дн.
Сутки
−7
−0,38%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
336
40 постов
Вовлечённость
18,3%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 93
Упоминаний
12
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
324
1/48двое суток
371
1/72трое суток
400

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kuydirgiga qarshi hamkorlik — xavfsizlik garovi Viloyatda kuydirgi kasalligining oldini olish, uning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va favqulodda holatlarda mas’ul xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlarini mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda. 📌 Ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda sanitariya-epidemiologiya, favqulodda vaziyatlar, veterinariya, ichki ishlar va tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etib, kasallik o‘chog‘ini aniqlash, hududni cheklash, epidemiologik tekshiruv va zararsizlantirish ishlarini amaliy namoyish etdilar. 🎥 Kuydirgi kasalligining oldini olishda hamkorlik, tezkor harakat va profilaktika choralarining ahamiyati haqida tayyorlangan ko‘rsatuvni tomosha qiling. Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati. Kanalga obuna bo‘lish 👇 📱https://t.me/sanepidqashvil 🌐 Telegram

  • 🔴 Туберкулёз қандай касаллик? Туберкулёз — бу ўпкани асосан зарарлайдиган, лекин бошқа аъзоларга ҳам таъсир қилиши мумкин бўлган юқумли касалликдир. У ҳаво орқали — йўтал, аксириш ёки гаплашиш пайтида бошқаларга юқади. ❗️Энг хавфлиси — касаллик бошида сезилмаслиги. Одам ўзини оддий шамоллагандек ҳис қилиши мумкин. Белгиларига эътибор беринг: 2 ҳафтадан ортиқ давом этаётган йўтал Тунда терлаш Озиб кетиш Ҳолсизлик Баъзан қон аралаш балғам келиши ❓ Нима қилиш керак? Йўтал узоқ давом этса — шифокорга мурожаат қилинг Флюорография текширувидан ўтиб туринг Иммунитетни мустаҳкамланг Тозалик ва гигиенага риоя қилинг ⚡️ Энг муҳими — уни ўз вақтида аниқлаш ва даволашни тўлиқ олиб бориш. ⚠️ Унутманг: бир оз эътибор — катта муаммони олдини олади! Sanepidqoʻmita Nishon tuman boʻlimi axborot xizmati   Kanalga obuna bo‘ling👇   https://t.me/sanepidNishontum

  • #ЭЪЛОН #Uzb35 Жорий йилда давлатимиз мустақиллигининг 35 йиллиги юртимизда, хусусан, Қашқадарё вилоятида ҳам “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз” деган эзгу ғоя асосида юксак савияда нишонланади. Шу боис, вилоят ва туман (шаҳар)ларда ўтказиладиган байрам тадбирларининг саналари белгиланди: Қарши туманида — 21 август, кечки пайт Ёшлар хиёбонида; Яккабоғ туманида — 22 август, кечки пайт 1-сон спорт мактаби ўйингоҳида; Китоб туманида — 22 август, кечки пайт 1-сон спорт мактаби ўйингоҳида; Чироқчи туманида — 23 август, кечки пайт спорт мактаби ўйингоҳида; Касби туманида — 23 август, кечки пайт спорт мактаби ўйингоҳида; Қамаши туманида — 24 август, кечки пайт болалар ва ўсмирлар спорт мактаби ўйингоҳида; Нишон туманида — 24 август, кечки пайт спорт мактаби ўйингоҳида; Ғузор туманида — 25 август, кечки пайт туман марказий ўйингоҳида; Миришкор туманида — 25 август, кечки пайт спорт мактаби ўйингоҳида; Шаҳрисабз туманида — 25 август, кечки пайт спорт мактаби ўйингоҳида; Косон туманида — 26 август, кечки пайт ИИБ биноси олдидаги майдонда; Муборак туманида — 26 август, кечки пайт "Машъал" футбол ўйингоҳида; Шаҳрисабз шаҳрида — 27 август, кечки пайт Амир Темур хиёбони, катта амфитеатрда; Деҳқонобод туманида — 27 август, кечки пайт Калий завод АЖ олдидаги майдонда; Кўкдала туманида — 27 август, кечки пайт маданият саройи олдидаги майдонда. Вилоятнинг асосий байрами 28 августда Қарши шаҳридаги амфитеатрда ўтказилиши режалаштирилган. Қашқадарё вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.

  • #Foydali Toza qo'llar salomatlik garovi! 🧼Qo’llarimizni tog’ri yuvish tartibini o’rganaylik! Buning uchun albatta videoni tomosha qiling ⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • 🌿 Obod mahalla — sog‘lom muhit! Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida viloyatimizda ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari izchil davom etmoqda. 🟢 Xususan, Chiroqchi tumani Choshtepa mahallasida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va aholi murojaatlarini joyida o‘rganishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. ✨ Sanepidqo‘mitaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Rasulov ishtirokida aholi va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. 🎥 Batafsil — videorolikda. 🔼🔼 Ozoda mahalla — sog‘lom hayot garovi! 🌱 Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati. Kanalga obuna bo‘lish 👇 📱https://t.me/sanepidqashvil 🌐 Telegram

  • OIV testini yashirincha topshirish mumkin — yangi imkoniyatlar 📌OIVga tekshirilish uchun endi navbatda turish yoki shaxsingizni oshkor qilish shart emas. 📍Toshkentda bir necha daqiqa ichida bepul va anonim ekspress-test olish imkoni paydo bo‘ldi. ❓Nega bu bunchalik muhim? ✅Chunki OIV bilan yashayotgan ko‘plab insonlar kasallikni o‘z vaqtida aniqlamasligiga asosiy sabablardan biri — test topshirishdan qo‘rqish va jamiyatdagi noto‘g‘ri munosabat. 📹https://youtu.be/jXSywo8xaCM Batafsil: 👇👇👇 https://uza.uz/posts/893603 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • https://uza.uz/posts/893710

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 📌 Navbatdagi masala savol-javoblarga juda boy bo'ldi Aholining sanitariya-gigiyena sohasidagi madaniyatini oshirish, ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyida joylashgan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida. Mazkur masala yuzasidan Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻi T.Rasulov hisobot berdi. Shuningdek, deputatlar tomonidan bir nechta savollar berildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, senator A.Irkayevdan savol: Viloyatlararo yo‘llarda qancha km yo‘llar mavjudligi va har qancha masofaga hojatxonalar qurilishi normativlarini bilasizmi? T.Berdiyev (javob): Asosiy normativlardan tashqari qo‘shimcha har 50 km da smart hojatxona (15 kv) tashkil etish belgilangan. Shuningdek, Toza qo‘llar tadbiri asosida ham har bir qavatda hojatxonalar tashkil etilishi belgilangan. Bu bo‘yicha viloyatning har bir tashkilotiga xat kiritildi. Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham endi normativlarga muvofiq hojatxonalar qurilishi boshlangan. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Y.Inoyatovdan savol: To‘ylardagi shovqinlar ditsebali Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining viloyat boshqarmasi vakilllari tomonidan tekshiriladimi? T.Berdiyev (javob): Davlat tashkilotlari faoliyatiga hudud shumomter apparati orqali o‘lchanib, SES xulosasi olgandan so‘ng ruxsat beriladi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga esa aralashish imkonimiz yo‘q, fuqarolarning ko‘p sonli murojaati asosida o‘rganilishi mumkin. Shuningdek, deputatlar Y.Ergasheva, Y.Axmatovlar ma'ruzada keltirib o'tilganar faktlar bo'yicha hamda fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. Axborot beruvchi tomonidan ushbu taklif inobatga olinishi ma’lum qilindi.

  • #Profilaktika #Transyoğlar 🧈 TRANSYOG‘LAR — YASHIRIN XAVF! ⚠️ 🍔 Fast-fud, chips, margarin, ayrim qandolat va tayyor mahsulotlarda uchraydigan transyog‘lar sog‘liq uchun zararli. ❗️Ularni ko‘p iste’mol qilish: ❤️ yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi; 🩸 qondagi “yomon” xolesterinni ko‘paytiradi; ⚠️ semirish va boshqa salomatlik muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. 🥗 Maslahat: mahsulot xarid qilayotganda tarkibini o‘qing va “transyog‘”, “qisman gidrogenlangan yog‘” kabi yozuvlarga e’tibor bering. 💚 Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lom hayot garovi! 🔰 Sanepidqoʻmita Dehqonobod      tuman boʻlimi axborot xizmati. ✅  📱Kanalga obuna boʻlish 👇 https://t.me/Dehqonobod_sanepid 🌐 Instagram | Facebook | Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • ✅Baliqning foydali jihatlari   🐟Baliq iste'mol qilish yurak ishini yaxshilaydi, miya faoliyatini kuchaytiradi va organizmni Omega-3 yog‘ kislotalari, oqsil, D vitamini hamda yod bilan ta'minlaydi. U suyaklarni mustahkamlaydi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.   📌Asosiy foydali xususiyatlari 1️⃣Omega-3 kislotalari: Qon tomirlarini tozalaydi, yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi va xotirani yaxshilaydi. 2️⃣Sifatli oqsil: Mushaklarni o‘stirish va tanadagi to‘qimalarni tiklash uchun tez singadi. 3️⃣Vitaminlar: D vitamini va B guruh vitaminlari kalsiy so‘rilishini ta'minlab, asab tizimini tinchlantiradi. 4️⃣Minerallar: Yod, fosfor, temir va rux moddalari qalqonsimon bez hamda qon aylanishini qo‘llab-quvvatlaydi.    ❇️Shuning uchun haftasiga kamida bir marta baliq iste’mol qilish tavsiya etiladi.   Sanepidqo'mita Kitob tuman bo‘limi axborot xizmati 📲https://t.me/sanepidkitobtuman

  • #Ijtimoiy_rolik 🔴 🟦🟦🟦 🫀Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda qayd etilayotgan o‘lim va nogironlik holatlarining katta qismi infarkt hamda insult kasalliklari va ularning asoratlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 🍔 Ko‘pincha bu kasalliklar sezdirmay boshlanadi. Ayniqsa, ortiqcha vazn, kamharakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlar (chekish, alkogol) infarkt hamda insult xavfini bir necha barobar oshiradi. 🏃🏻 Ammo buning oldini olish mumkin. Kuniga 30 daqiqa jismoniy harakat, sog‘lom ovqatlanish va muntazam tibbiy tekshiruv yuragingizni darddan himoya qiladi. 📹 Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi hamkorligida tayyorlangan videorolik sizni sergaklikka chorlasa, ajab emas. SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 🧁Kremli konditer mahsulotlari qanday saqlanadi? ❗️Kremli konditer mahsulotlari (tortlar, pirojniylar va boshqa shirinliklar) tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi, ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • E’LON!!! Hurmatli Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlari fuqarolari va tadbirkorlari! 2026-yil 11-avgust kuni soat 11:00 da Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Atabekov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi. Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda jamoat salomatligi sohasiga oid murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglanadi hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi. Agar sizda sohaga oid murojaat, taklif yoki muammo mavjud bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilishingiz mumkin. 📅 Sayyor qabul sanasi: 2026-yil 11-avgust ⏰ Vaqti: 11:00 📍 Manzil: Beruniy tumani hokimiyati binosi. DAǴAZA!!! Húrmetli Beruniy, Ellikqala, Tórtkúl hám Ámiwdárya rayonları puqaraları hám isbilermenleri! 2026-jıl 11-avgust kúni saat 11:00de Sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı komiteti baslıǵınıń birinshi orınbasarı N. Atabekov tárepinen Qaraqalpaqstan Respublikası Beruniy rayonında kóshpeli qabıllaw ótkeriledi. Kóshpeli qabıllaw dawamında puqaralar hám isbilermenlerdiń sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı tarawına baylanıslı múrájatları, usınısları hám bar mashqalaları tıńlanadı hám olardı nızamshılıqta belgilengen tártipte kórip shıǵıw boyınsha tiyisli ilajlar belgilenedi. Eger sizde tarawǵa baylanıslı múrájat, usınıs yamasa mashqala bolsa, kóshpeli qabıllawda qatnasıp, ózińizdi qızıqtırǵan máseleler boyınsha tikkeley múrájat etiwińiz múmkin. 📅 Kóshpeli qabıllaw sánesi: 2026-jıl 11-avgust ⏰ Waqıtı: 11:00 📍 Mánzil: Beruniy rayonı hákimligi imaratı. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • Muborakda jamoat salomatligi yo‘lida izchil ishlar... Sanepidqo‘mitaning Muborak tuman bo‘limi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 🟢 Zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan bo‘limda 53 nafar mutaxassis 96 ming aholi salomatligi yo‘lida faoliyat yuritmoqda. 📹 📺 Ko‘rsatuvda bo‘lim faoliyati va yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati. Kanalga obuna bo‘lish 👇 📱https://t.me/sanepidqashvil 🌐 Telegram

  • 📊 BOLALAR QIZAMIQQA QARSHI EMLANDI Bolalar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash muhim ahamiyatga ega. 📺 Sevimli telekanalining “Zamon” informasion dasturida qizamiq kasalligi va uning oldini olish, bolalarni emlash jarayonlari haqida maxsus lavha tayyorlandi. 🎥 Lavhani jurnalist Shavkat Aminov tayyorladi. 💉 Qizamiqdan himoyalanishning eng samarali yo‘li — o‘z vaqtida emlanish! Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati. Kanalga obuna bo‘lish 👇 📱https://t.me/sanepidqashvil 🌐 Telegram