tgindex

Sariq Dev

описание

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

14 730
подписчиков
Охват к подписчикам
81,0%
ERR
Реакции к просмотрам
1,48%
3 707 на 21 постов
Пересылки к просмотрам
0,78%
1 949
Постов в день
0,1
всего 21

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 11 июл.Alhamdulillah, yana bir marra zabt qilindi – bugun rasman Oxford Universiteti bitiruvchisi boʻldim.10,10%
  • 18 июн.Guruhdagi behayo spam xabarlardan charchab, kecha 2 soatda antispam bot yasadim. Hozir guruhni nazorat qilib turibdi, guruhga yangi obunachi qo'shilganida profilni behayo rasm va kanalga linkka tekshiradi, izoh qoldirganda esa har bir izohni o'qib spam izohlarni o'chirib, foydalanuvchini vaqtincha bloklaydi va yana profilni tekshiradi. Agar profil bot akkaunt bo'lsa, bloklab qo'yaqoladi. Avval bunday botni yaratishga kunlab vaqt ketar edi va eng qiyini spamni aniqlash logikasini qo'lda yozish kerak edi. Hozir esa bekend bu SI. Behayo rasmlarni aniqlash uchun lokal NudeNet modeli, xabarlarni tahlil qilish Gemini 2.5 Flash. Hozir bot bir nechta guruhlarda sinovdan o'tayapti, agar tajirba muvaffaqiyat bilan yakunlansa kodini ochib, botni ommalashtirib qo'yaman, istalgan guruhda ishlatsangiz bo'ladi. @sariqdev #ertagakech4,38%
  • 21 июл.без подписи3,05%
  • 5 авг.- Non nechipul? - 2000 token Hazil-hazil bilan shunga qarab ketayapmiz. Nvidia rahbari Jensen Huang ham yaqinda data markazlarni "elektr energiyasini tokenga konvertasiya qiluvchi fabrikalar" deb atagan edi. Xotira va fikrlashni SI'ga topshirib qoʻyib, ertaga token tugab qolsa, miyamiz ham oʻchib qolmasaydi. Huddi hozir tok yoki internet oʻchsa ish toʻxtab qolganidek, kelajakda bu roʻyhatga SI ham qoʻshiladi. Siz nima deb oʻylaysiz? @sariqdev2,10%
  • 14 авг.Startup ekotizimi haqida tanqidiy fikrim. Balki men adashayotgandurman, fikringizni izohlarda kutaman 👇 @sariqdev1,77%
  • 22 июн.AQSh hukumatining yangi Fable 5 modeliga cheklovi va buning uzoq muddatdagi asoratlari haqida. Xullas, SI poygasining yangi bosqichiga qadam qoʻyapmiz. @sariqdev #ertagaKech1,28%
  • 16 июл.Yaxshi yangilik, bunday tizim to‘g‘ri ishlashi uchun bir nechta muhim omillar bor. Birinchidan, kadrlar haqidagi ma'lumotlar uzoq vaqt davomida to‘g‘ri jamlab borilgani va muhimi raqamlashgan bo‘lishi. Ikkinchisi esa saralash uchun yarartilgan SI modeli to‘g‘ri ishlashi. Gap shundaki, SI modellar avvalgi ma'lumotlar asosida o‘qitiladi va bu ma'lumotlarda ketgan xato modelga ham o‘tadi va SI xato xulosa berishni boshlaydi. Lekin ikkinchi tomondan, agar maqsad aynan halol kadrlarni saralash bo‘lsa, men bunga biroz boshqa tomondan yondoshgan bo‘lar edim. Oxrigi yillarda ko‘p tizimlar raqamlashdi. Fuqarolar haqidagi aksar ma'lumotlar soliq, IIV, chegara, mehnat, adliya, sog'liqni saqlash, sud, bank, moliya, to'lov tizimlari (uzcard, humo) va hokazo bazalarda batafsil saqlana boshlandi. Hozirda mana shu tizimlarga ulangan holda bugun istalgan inson haqida batafsil ma'lumot olish mumkin. Masalan, daromad va xarajat o‘rtasidagi nomutanosiblik, proksi mulkdorlik (birovning nomidagi uylar, mashinalar), ijtimoiy tarmoq monitoringi orqali turmush tarzi va daromadi o‘rtasidagi farq va hokazo. Ya'ni bu yerda davlat tasarrufidagi bazalardagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda turli ssenariylar qilish, korrupsiyaga moillik indeksini shakllantirish, kadrlar reytingini yaratish mumkin. Xullas imkoniyatlar juda ham keng. Umid qilaman, bu tizim qandaydir sodda algoritmlar bilan cheklanib qolmaydi. Mohirdev aynan shunday tizim ishlab chiqish bo‘yicha Prezident Administrasiyasi SI departamentiga o‘z taklifimizni bergan edik. Agar zarracha foydasi tekkan bo‘lsa hursand bo‘lamiz.1,27%
  • 10 июл.Guruhdagi behayo profillar va spam xabarlardan charchab yaratgan botim 1 oy davomida sinovdan oʻtib, ancha sayqallandi. Bugun shu botning kodini ochib (open-source) ommaga eʼlon qilaman, marhamat, oling, foydalaning: https://github.com/anvarnarz/killspam-bot Upd: Bot ikki rejimda ishlaydi, bulut SI bilan (gemini) va local SI bilan (NudeNet). NudeNet profil rasmlarini tahlil qiladi, local severda ishlaydi va ortiqcha xarajat talab qilmaydi. Gemini matnlarni ham oʻqiydi va spam xabarlarni aniqlaydi. Geminini bot orqali /setkey buyrugʻi orqali sozlaysiz. Botdan qanday foydalanish yuqoridagi repoda batafsil yozilgan. @sariqdev0,98%
  • 10 авг.📈 SI bozorida Xitoy ilgarilab ketdi Bu hafta sunʼiy intellekt poygasida yangi oʻyinchilar paydo boʻldi, standartlar oʻrnatildi. Batafsil videoda tomosha qiling. 👉 Si hafta yangiliklari @mohirdev0,96%
  • 21 июл.🚨 OpenAI GPT-5.6 Sol modeli Huggingface platformasiga hujum qildi.0,89%
  • 3 авг.📁 SI kutilmagan joylardan hujum qilishi mumkin Oxirgi vaqtlarda sunʼiy intellekt bilan bogʻliq tahdidlar koʻpaydi. Ular qanday ishlashini tushunish uchun soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻling. 👉 SI hafta yangiliklari @mohirdev0,79%
  • 20 июн.Saytlar va xizmatlarni tobora agentlar uchun moslashtirish davom etmoqda. Cloudlfare ham agentlar uchun vaqtinchalik hosting xizmatini chiqaribdi. Akkaunt ochish, qo'lda sozlash shart emas. Deylik claude code'da sayt yaratib, endi uni cloudflarega joylab ber desangiz, claude o'zi cloduflarega bog'lanib, saytingizni vaqtincha link bilan joylaydi. Link 60 daqiqa amal qiladi, bu vaqt oralig'ida siz bemalol saytga kirib, ishlatib, tahrirlab, yoki mijozga taqdimot qilishingiz mumkin. Agar sayt yoqsa, shu 60 daqiqa ichida Cloudlfarega kirib vaqtinchalik saytni doimiy qilib qo'yishingiz ham mumkin. Hozir ekranda ko'rib turgan rasm ham aslida vaqtinchalik websahifadan skrinshot. Xullas sizga ham bu "skill" qiziq bo'lsa claude codega ushbu linkni bering va "o'rganishni" so'rang: https://blog.cloudflare.com/temporary-accounts/ @sariqdev0,72%