tgindex
Sevara Shakirova

Sevara Shakirova

Статистика
@sbaxodirovnaузбекский

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
12:40
Постов за неделю
3
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
5 754
−126 за 5 дн.
Сутки
−29
−0,50%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
52,7 тыс
28 постов
Вовлечённость
916,3%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 28
Упоминаний
373
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
19 117
1/48двое суток
21 908
1/72трое суток
23 628

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.3 5224821

    📌 Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalarimizning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdim. 🎓 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdik. Pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini ham tingladik. Tashrif davomida Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatiga alohida e’tibor qaratdik. Maktab Al-Xorazmiy universitetiga biriktiriladi, 10–11-sinflardagi o‘quv dasturlari universitetning 1-kurs dasturlari bilan integratsiya qilinadi. Universitet professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilariga oliy ta’lim fanlaridan dars beradi. Belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilar esa Al-Xorazmiy universitetida test va qo‘shimcha imtihonlarsiz, bir yillik qo‘shimcha davlat granti asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-kursdan ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yondashuv orqali maktab va oliy ta’lim o‘rtasida uzviy tizim yaratish, yoshlarni muhandislik yo‘nalishlariga maktab davridan boshlab maqsadli tayyorlashni ko‘zlayapmiz. Eng muhimi, o‘quvchilarimiz maktabni bitirayotganidayoq kelajak kasbi uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Yangi o‘quv yilidagi asosiy maqsadimiz ham — har bir o‘quvchi uchun sifatli ta’lim va katta imkoniyatlarga olib boradigan muhit yaratish. ✅ Rasmiy sahifalar

  • 14 авг.21,6 тыс34

    без подписи

  • 14 авг.23,8 тыс4935

    #YagonaVatan35 🌿 Mustaqillik yillarida ta’limga qaratilgan e’tiborning yana bir samarasi — yoshlarimizdan tarixiy natija! Mustaqillikning 35 yilligi tantanalari arafasida xalqaro maydonlardan kelayotgan bu kabi xushxabarlar barchamizga alohida faxr va quvonch bag‘ishlaydi. 🇺🇿Milliy istiqlol yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan izchil siyosat natijasida yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, olimpiadachilarni tizimli tayyorlash, ular uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratilishi hamda ilg‘or xalqaro tajribalarning joriy etilishi bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan yoshlarimiz — ana shu yuksak e’tibor, izchil islohotlar va yaratilgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir. Ikki nufuzli xalqaro olimpiadada Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari jami 7 ta medal — 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. 🇰🇷 Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan 21-Xalqaro standartlar olimpiadasida (ISO 2026) Prezident maktablari o‘quvchilari: 🥇 Asadbek Baxronov — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Feruza Luqmonova — Buxoro shahridagi Prezident maktabi; 🥇 Saidakbar Jahonaliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi — oltin medallarni qo‘lga kiritdi. ✨Toshkent shahrida O‘zbekiston mezbonligida o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) esa: 🥈 Jaxonali Xaydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab; 🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Timur Kadirbergenov — Nukus shahridagi Prezident maktabi; 🥉 Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi sovrindor bo‘ldi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi IOIdagi ishtiroki tarixida eng yuqori natijani qayd etdi. ✨ Bugungi medallar — yillar davomida ta’limga qaratilgan e’tibor, yaratilgan imkoniyatlar, ustozlar mehnati va yoshlarimizning intilishlari samarasidir. Eng muhimi, bu natijalar Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyati va kelajakda yanada ulkan marralarni zabt etishga qodir ekanini namoyon etmoqda. 💐 G‘olib va sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini Agentlik nomidan samimiy muborakbod etamiz! ✅ Rasmiy sahifalar

  • 5 авг.41,6 тыс84

    без подписи

  • 5 авг.42,8 тыс84

    без подписи

  • 5 авг.39,2 тыс82

    без подписи

  • 5 авг.34,8 тыс7983

    🌱 Iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni 🎓 Yangi Toshkentda barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» universiteti kampusi zamonaviy ta’lim va ilm-fan infratuzilmasining yirik loyihalaridan biridir. Bugun kampus qurilishi jarayoni bilan tanishib, yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. 50 gektar hududda 16 ta binoni o‘z ichiga oladigan kampusda muhandislik, agrotexnologiyalar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, tabiiy va gumanitar fanlar kabi ustuvor yo‘nalishlar uchun zamonaviy ta’lim va tadqiqot muhiti yaratiladi. Innovatsion texnopark, ilg‘or texnik tadqiqotlar instituti, tibbiy ilmiy markaz va klinika esa talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot va ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Universitetning Massachusetts Institute of Technology (MIT) va Technical University of Munich (TUM) bilan strategik hamkorligi ta’lim jarayonlarini xalqaro tajriba va standartlar asosida tashkil etishga xizmat qiladi. ✅ Rasmiy sahifalar

  • 4 авг.33 тыс36106

    #Axborot24 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat maktabiga imtihon jarayonlari Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-, 3- va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi. ✅ Rasmiy sahifalar

  • 31 июл.49,9 тыс373101

    💐 Bugun men uchun unutilmas va katta mas’uliyat yuklaydigan kun bo‘ldi. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Avvalo, menga bildirilgan ushbu yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu mukofotni shaxsiy yutug‘im sifatida emas, balki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning e’tirofi deb qabul qilaman. So‘nggi yillarda Agentligimiz tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun o‘quvchilarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda, ustozlarimiz esa ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ta’lim tizimiga tatbiq etmoqda. Ishonamanki, ta’lim sohasidagi ana shunday hamkorlik xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu fursatdan foydalanib, ushbu sharafli yo‘lda yelkadosh bo‘lib kelayotgan barcha hamkasblarimga, ustozlarimizga, xalqaro hamkorlarimizga, ota-onalar va aziz o‘quvchilarimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman. ➡️ Rasmiy sahifalar

  • 24 июл.97,3 тыс208239

    #BizningPrezident 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! ➡️ Rasmiy sahifalar

  • 20 июл.58,8 тыс7549

    #IChO_2026 #Sevimli TV_"ZAMON" 📚 Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida bir hafta davomida dunyoning 94 ta davlatidan tashrif buyurgan mingga yaqin iqtidorli o‘quvchilar, jamoa rahbarlari va xalqaro ekspertlar nafaqat nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, balki o‘zaro tajriba almashib, ilmiy hamkorlikni mustahkamladilar. 🇺🇿 Yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalarga tizimli tayyorlash va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari medal bilan taqdirlandi: 🥇 Rayhona Tuymurodova – oltin medal; 🥈 Jasur Mustafoyev – kumush medal; 🥈 Azizmuhammad Hafizov – kumush medal; 🥈 Mirjalol Homidjonov – kumush medal. ✅ Rasmiy sahifalar

  • 19 июл.74,7 тыс62

    без подписи

  • 19 июл.83,2 тыс53

    без подписи

  • 19 июл.80,2 тыс53

    без подписи

  • 19 июл.67 тыс54

    без подписи

  • 19 июл.65,2 тыс53

    без подписи

  • 19 июл.64,8 тыс56

    без подписи

  • 19 июл.60,3 тыс54

    без подписи

  • 19 июл.56,2 тыс53

    без подписи

  • 19 июл.56,7 тыс53

    без подписи