𝐌𝐈𝐋𝐋𝐈𝐘 𝐒𝐄𝐑𝐓𝐈𝐅𝐈𝐊𝐀𝐓||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑
СтатистикаMilliy sertifikat olib, òz faningizning mutaxassisi bòlishni xohlasangiz, biz bilan qoling!
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 62
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 142
- 1/48двое суток
- 162
- 1/72трое суток
- 175
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#Ms Grammatika Parchadagi fe’l turkumiga oid hukmlardan nechtasi to’g’ri? Yer yuzida hayot paydo bo’lgan kundan barcha jonzotlar yashab qolish uchun oziq-ovqat qidirishgan. Shunda odam bug’doyni tanlagan va yillar davomida bug’doyning hosildorligini va to’yimliligini oshirib borgan. 1. Harakat nomi shaklidagi ko’makchi fe’l ishtirok etgan. 2. Aniq, birgalik va orttirma nisbatdagi fe’llar ishtirok etgan. 3. Majhul nisbat shaklidagi sifatdosh ishtirok etgan. 4. O’timli va o’timsiz tub fe’llar ishtirok etgan. A) 1 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
She'riy san'atlarni topamiz!
без подписи
Har uchala gapda qo'llangan fe'l shakllarini aniqlang. I. Biz Vatanni himoya qilish uchun kurashgan jasur o'g'lonlar haqida haqida faxrlanib gapiramiz. II. Ona yer-u ko'kka ishonilmagan qizini erka bo'lgani uchun katta dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi. III. Yuragim hayajondan gupullab urardi, bundan keyin nima qilishga aqlim ham yetmasdi. 1.sifatdosh 2.oʻtimsiz fe'l 3.qoʻshma feʼl 4.yasama fe'l 5.ravishdosh 6.harakat nomi A) 1,2,5,6. B) 2,3,4,6 C) 1, 2, 3 ,4 ,6. D) 2,4,6
🤖 Har bir zamonaviy o‘qituvchi bilishi kerak bo‘lgan 30 ta foydali platforma! Bugungi kunda darsni qiziqarli, interaktiv va samarali tashkil etish uchun sun'iy intellekt hamda raqamli platformalardan foydalanish muhim. Quyida o‘qituvchilar uchun eng foydali vositalardan ayrimlari: 📝 Dars rejalashtirish • ChatGPT • MagicSchool AI • Microsoft Copilot 🎨 Prezentatsiya va dizayn • Canva • Gamma • SlidesAI • Adobe Express 🎯 Interaktiv dars va o‘yinlar • Kahoot! • Wordwall • Nearpod • Blooket 📚 Baholash va topshiriqlar • Google Forms • Google Classroom • ClassPoint • Brisk Teaching 📖 O‘quv materiallari • Quizlet • Diffit • NotebookLM • Padlet 🎥 Video va media • Edpuzzle • Flip • CapCut • ElevenLabs • Suno 🔍 AI yordamchilari • ChatGPT • Gemini • Perplexity • NotebookLM • Copilot 💡 Siz ulardan nechta platformadan foydalanasiz? Izohlarda yozing: 1 tami, 5 tami yoki 10 tadan ko‘pmi? 👇 📌 Postni saqlab qo‘ying — dars tayyorlashda albatta asqotadi!
Gapdagi qoʻshimchalar haqida berilgan TOʻGRI javobni aniqlang. Fikr - daraxtning gullashidir, soʻzlar-gul tugunchalaridir. harakatlar esa daraxt tuggan mevalardir. Inson esa bu bogʻning ham bogʻboni, ham xaridoridir. A) Ismlarga xos lug'aviy shakl yasovchi qoʻshimchalarning faqat bir turi ishtirok etgan. B) Fe 'lga xos sintaktik shakl yasovchilarning faqat bir turi ishtirok etgan. C) Gapdagi yasama soʻzlar ot va fe'l turkumlariga mansub soʻzlardan yasalgan. D) Ismlarga xos munosabat shakllarining faqat ikki turi ishtirok etgan. Javobingizni izohlarda yozib qoldiring
Qutloyamut soʻzining ma'nosi nima?
8. Shoirning qalbi samimiy va beg'ubor tuyg"ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti kun sayin bo'y cho'zadi. Yuqoridagi gapda qo'shimchalar turi va sonini toping. A. So'z yasovchi-2 ta, lug‘aviy shakl yasovchi- 3 ta, so'z o'zgartiruvchi- 3 ta B. So'z yasovchi-3ta, lug‘aviy shakl yasovchi-1ta, so'z o'zgartiruvchi 8 ta C. So'z yasovchi 3 ta, lug‘aviy shakl yasovchi- 6 ta, so'z o'zgartiruvchi- 4 ta D. So'z yasovchi 2 ta, lug‘aviy shakl yasovchi- 3 ta, sintaktik shakl yasovchi 5 ta
Optimistlar falsafasi: Agar bu ishni hamma qila olsa, demak sen ham qila olasan. Agar buni hech kim qila olmasa, sen birinchi bo‘lishing kerak! Pessimistlar falsafasi: Agar bu ishni hamma qila olsa, qo‘yaver, qilaversin. Agar buni hech kim qila olmasa, sen qayerdan qilarding?
✨RASMIY MUOMALAGA ✨kiritilgan soʻzlar ma'nosini izohlaymiz! 📌QAYSI BIRI TOʻGʻRI? 🔰ANTRAKT🔰 A) TANAFFUS B) MAVHUM
⚡️ “Ko‘ra” so‘zining grammatik xususiyatlari 1️⃣ Fe’l sifatida “Ko‘ra” so‘zi aslida fe’l turkumiga mansub bo‘lib, “ko‘rmoq” fe’lidan yasalgan shakldir. Gapda harakat ma’nosini bildiradi va odatda boshqa fe’l bilan birikib keladi (ko‘ra oladi, ko‘ra boshladi va hokazo). Bu holatda vergul qo‘yilmaydi. Misollar: U uzoqni yaxshi ko‘ra oladi. Bola qorong‘ida ham narsalarni ko‘ra boshladi. Men bu xatoni avvalroq ko‘ra bilmagan ekanman. 2️⃣ Ko‘makchi vazifasida Ba’zan “ko‘ra” o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, ko‘makchi vazifasida keladi. Bunda u: ●muvofiq ●binoan ●asoslanib ●asosan ma’nolarini bildiradi va oldingi so‘zga bog‘lanadi. Bu holatda ham vergul qo‘yilmaydi, chunki u gapning bir bo‘lagi sifatida kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanadi. Misollar: Qoidalarga ko‘ra ish yuritiladi. Rejaga ko‘ra safar ertaga boshlanadi. Shartnomaga ko‘ra to‘lov bir oy ichida amalga oshiriladi. 3️⃣ Kirish birikma tarkibida Agar “ko‘ra” so‘zi kirish birikma tarkibida kelsa (ya’ni gapning umumiy mazmuniga izoh yoki manba bildirsa), u holda vergul bilan ajratiladi. 📌 Vergul qo‘yilish o‘rni: Gap boshida kelsa — undan keyin vergul. Gap o‘rtasida kelsa — ikki tomondan vergul. Gap oxirida kelsa — undan oldin vergul. Misollar: Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu masala tez orada hal qilinadi. U, odatiga ko‘ra, ishni erta boshladi. Bu qaror, qonunga ko‘ra, to‘g‘ri hisoblanadi. Bunday yo‘l tutish kerak, tajribaga ko‘ra. 📌 Xulosa “Ko‘ra” so‘zi: Fe’l bo‘lsa — vergul qo‘yilmaydi. Ko‘makchi bo‘lsa — vergul qo‘yilmaydi. Kirish birikma tarkibida kelsa — vergul bilan ajratiladi.
без подписи
✨RASMIY MUOMALAGA ✨kiritilgan soʻzlar ma'nosini izohlaymiz! 📌QAYSI BIRI TOʻGʻRI? 🔰Akkompanement🔰 A)joʻrnavoz B)navoza
39. Berilgan gapda ostiga chizilgan 𝙨𝙞𝙣𝙩𝙖𝙠𝙩𝙞𝙠 𝙗𝙞𝙧𝙡𝙞𝙠 nomini yozing. Boy bo'lish istagi qanchalik kuchli bo'lsa (qancha pul ishlab topishingizdan qat'i nazar), shunchalik o'zingizni kambag'al his qilaverasiz. Javobingizni izohlarda yozib qoldiring
43. She'riy parchaning 𝙦𝙤𝙛𝙞𝙮𝙖𝙨𝙞𝙣𝙞 tahlil qiling. Qaro ko'zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg'il, Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilg'il. a) Ajratib ko'rsatilgan qofiyadosh so'zlardagi raviyni yozing. b) Ajratib ko'rsatilgan so'zlarda raviyning oʻrniga ko'ra qofiyaning qaysi turini hosil qilingan? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring
⚡️Qaysi gapda qoʻshimcha qoʻllash bilan bogʻliq xatolik mavjud? A. Hamiyatli odam panoh istab kelganlarga imkoni boricha najot qoʻlini uzatadi. B. Shoirning orifona mazmun ifodalangan purmaʼno baytlari diqqatga sazovordir. C. Gʻarazgoʻylilik bilan oʻzini yoki oʻzgani maqtagan riyokordan ehtiyot boʻling. D. Saodatmand, dono kimsalarning xush feʼl -atvori najot sarmoyasi hisoblanadi.
8. Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi. U yashin tezligida qamishlarni yamlab borardi. Ammo choʻl shamolidek telba shamol boʻlmaydi. Hozirgina old tarafdan esayotgan shabada saldan keyin orqa tarafdan esadi. Ushbu parchada qatnashgan qoʻshimchalar haqida berilgan fikrlarning nechtasi notoʻgʻri? 1)lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar faqat bir xil turkumdagi soʻzlarga qoʻshilgan; 2)koʻmakchi bilan sinonim boʻla oladigan otning lugʻaviy shakli qatnashgan; 3)feʻllarning munosabat shakli bilan omonim boʻla oladigan soʻz yasovchi qoʻshimcha qatnashgan; 4)sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar faqat tub soʻzlarga qoʻshilgan; 5)sintaktik shakl yasovchi qoʻshimcha ta'sirida ikki xil fonetik oʻzgarish sodir boʻlgan; 6)tarkibida ham lugʻaviy, ham sintaktik shakl yasovchi qoʻshimcha qatnashgan yasama soʻz mavjud. A) 4B) 2C) 3D) 5
❗️Qonunchilik palatasida alifbo islohoti bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham aniqlik kiritiladi. Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarining peshlavhalari, ramziy belgilari va boshqa atributlaridan ham belgilangan muddatgacha foydalaniladi. 📝 Mazkur yondashuv davlat organlari va tashkilotlarida amalda foydalanilayotgan hujjatlar va boshqa vositalarni birdaniga almashtirish xarajatlarining oldini olishga qaratilgan. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi. 👉 @Tilchi_Furqat 👈
Qaysi gapda so’z qo’llash bilan bog’liq uslubiy XATO kuzatilgan? A) Odamlarda tafakkur kuchi ortgani sari ulardagi tasavvur kuchi ham ortib bormoqda. B) Kamina suratlarimda bu kabi gulzorlarni turfa xil nafis ranglarda tavsiflashga urinaman. C) Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi mahorat bilan hikoya qilingan. D) Millatimiz faxri – ona tilimizni ardoqlashimiz, unga muhabbatli bo’lishimiz lozim.