Satrlar soʻzlaganda
Статистика♻️Assalomu aleykum hurmatli kanalimiz a'zolari ❗Mualliflik huquqi mavjud❗ ✍️She'r va statuslar 🎬Tasirli videolar 🎙️Ijrolar 🎼🎶 Albatta 👇👇👇 🧑🎓Abrorbek Abdullayev qalamiga mansub. 💯 Sizlarga yoqadi degan umiddaman. ☝Taklif uchun:
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 71
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 22
- 1/48двое суток
- 25
- 1/72трое суток
- 27
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#yangi #mashq *** Toʻlib ketdi ichim... sigʻmaydi bir soʻz, Sukunat devorin yorib oʻtdi dod. Men qaysi daryodan izlayin orom, Olovga aylansa koʻksimda faryod. Dunyo oʻz yoʻliga, yugurar, chopar, Biz esa lahzada toʻxtatdik vaqtni. Niyating — osmonga yetmoqdir, lekin, Tuproqdan qidirgin eng oliy baxtni. Yongin! Agar yonsang — tutun boʻlma hech, Yongin, atrofingga taralsin ziyo. Kulgili tuyular balandparvoz gap, Lekin shu yonishdan tirikdir dunyo! Menga ber: koʻksingni tilgan u darding, Poyimga yiqilsin zamon ham, makon! Shoir boʻlib kelmoq shunchaki qismat, Yonib oʻta olmoq — eng buyuk unvon! ✍️Abrorbek Abdullayev @shoirin
Imkonim boʻlsa-yu oʻtmishga qaytsam... ✍️Abrorbek Abdullayev 🎙🎬Hilola Anvarova @shoirin
Ushbu tanlovda 3-oʻrinni oldim. Ustozlar e'tirofi va e'tiboridan judalar minnatdor boʻldim. Andijon yosh ijodkorlari ham adabiyotda adabiy jarayonda oʻz ovozi oʻz soʻzi borligi, adabiy muhitga yonib-yorib kirayotgani meni quvontirdi. Ushbu tadbirni oʻtkazishda jonbozlik qilgan viloyat yozuvchilar uyushmasi boʻlimi ustozlariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 “ANDIJON OQSHOMLARI” MUSHOIRA-TANLOVI OʻTKAZILDI ⚡️Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi bog‘da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlanib “Andijon oqshomlari” mushoira-tanlovi o‘tkazildi. 🔰Tadbirda 35 yoshgacha boʻlgan ijodkorlar, “Bobur izdoshlari”, "Hilol" (Jalaquduq), "Yosh adiblar" (Baliqchi) adabiy to‘garaklari a’zolari, Zomin respublika seminari qatnashchilari, Andijon garnizoni harbiy qismi muddatli harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar. Yosh ijodkorlar mushoirasi qizgʻin tarzda boʻlib oʻtdi. Harbiylar kuy-qo‘shiqlari barchaga zavq ulashdi. ⚜Tadbirda Qirg‘iz milliy-madaniy imarkazi rahbari Obidjon Nosirov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Avaz Abdusalom, Vosit Ahmad, adib Shukrullo Xayitoxunov ishtirok etdi. 🔸O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi g‘oliblarga va barcha qatnashchilarga faxriy yorliq, esdalik sovg‘alar topshirdi. Yozuvchilar uyushmasi Andijon boʻlimi https://t.me/Yozuvchilar_Andijon
#yangi #tahrirlanmagan RAYHON Rayhon... Hidlaringga oshufta bu jon, Tuproqqa to‘kilsa bir tomchi hayot. Sen zamindan o‘sib chiqqan ibodat, Men esa o‘yingda adashgan inson. Ishqingda mudraydi ilohiy bir sir, Hidsiz bu dunyodan izlayman seni. Bir nafas bo‘yingdan simirgan ko‘ngil, Ming yillik g‘aflatdan uyg‘otdi meni. Umr — barmoqlardan to‘kilgan qumday, O‘tadi, ketadi bu foniy sarob. Lekin sen muattar ufqqa o‘xshab, Ruhimning qa’rida qolasan obod. Poyimda chiriydi ne-ne xazonlar, Sen esa mangulik atrini sochib, Sukunat bag‘rida xomush yig‘laysan — O‘zingni topishga bag‘ringni ochib. Rayhon... Senda zamin dardi, osmon havosi, Hidlaringga bandi bo‘lgan bu yurak — Bir kun tuproq bo‘lib ketganda hamki, Sening bo‘ying bo‘lib yashasa kerak... ✍️Abrorbek Abdullayev @shoirin
XAZINAMSAN KITOB | 06.08.2026. Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
XAZINAMSAN KITOB | 06.08.2026. Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
ATV ga ijodiy uchrashuv uchun keldik. Andijon telekanalida zangori ekran ortida koʻrishamiz.
*Akamga Ulg'aygansan qara aka ulg'aygansan, Kechagina Bag'ringda ho'p uchar edim. Bugun esa bag'ring tugul hayolingdan, Ko'char edim... Hatto tom ham shashtlarimdan kelgandi past, Yulduzlarni tutar edim osmonlardan. Mehrga zor, mehriboning, erkatoying, Bir shirin so'z kutayabdi bugun sendan! Hech kami yo'q ukang edi ancha mag'rur, Hayot uni siltab-siltab tashlayabdi. Aka, o'sha jajjigina yurakkinam Bilmam meni qay yo'llarga boshlayabdi?! Mag'rurginam, o'jarginam, o'jarliging, Qonginangdan, Qonginamga o'tmaganmi? Aka ayt-chi mehr oqibat deganlari, Ikkimizni yolg'iz tashlab ketmaganmi?! Sog'inyabman bolalikda o'tgan kunni, Yelkangda huv tog'lardan ham baland edim! Mag'rur eding, masrur eding, Mansur eding, Bsxtli edik, baxtli eding, baxtli edim. Endi esa vaqt bizlarni ayamaydi, Ikkimiz ham ikki tomon bo'lib ketdik. Sog'inchni qo'y, mehrni qo'y, visolni qo'y, U joylardan boshqa joyga ko'chib ketdik... Aka nega kelmayabsan holim so'rab, Bor mehringni bolalikda qoldirdingmi? Ko'p sog'indim seni juda ko'p sog'indim Senchi, aka aytgin meni sog'indingmi?! Aka...esingdami bolaligim... @shoirin
SHOIR Dalli iyul, darg‘azab iyul, Ketaverdi qilmay xayr-xo‘sh. Bir mujdaga ichikkan ko‘yi Ko‘zlarim to‘rt, daftarim bo‘m-bo‘sh. Daydibadar kechalar – sohir, Na salom, na alvido yozdim. Shabnamlarga qorishdi ohim, Manglayini o‘pmay qog‘ozning. So‘ng sen kelding, kelganday momom Qand-qurs olib ma’raka-to‘ydan. Va zim-ziyo sukunat tamom, Misralarga yiqildi o‘ylar. Saf-saf turar tashbehlar – qo‘shin, Yashab olay kelmasidan kuz. Mozorbosdi g‘amlarga qo‘shib, Shoda-shoda ilhom ber, avgust. ✍ Nurmuhammad AZIZ @shoirin
Shunaqasiyam boʻp turadi😁 @shoirin