tgindex
Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
308
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
371
21 постов
Вовлечённость
120,5%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
38
1/48двое суток
43
1/72трое суток
46

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • O'z hissiyotlariga haddan ortiq ma'no beradigan insonlar bor. Ular uchun hissiyotlar hamma narsani hal qiladi. Aql tarozisida tortilmay faqat his-tuyg'ular asosida qabul qilingan qarorlar aksariyat hollarda xato bo'lib chiqadi. Hissiyotlar uzoq davom etmaydi. Shuning uchun ularga haddan tashqari berilib, qattiq ahamiyat qaratish kishini yomon vaziyatda qoldiradi. Bugun bizni xursand qilgan narsa ertaga bizga yoqmay qolishi ehtimoldan xoli emas. Chunki biologiyamiz hamisha yangi narsa xoxlaydi. Baxtga haddan ortiq qiziqish hech qachon tugamaydigan "yangi nimanidir izlash" jarayonini boshlab beradi: yangi uy, yangi ishqiy aloqalar, yana bir farzand yoki oylikka qo'shimcha pul. Ammo to'kilgan ter va sarflangan asabga qaramay, o'zimizni avvalgiday qoniqmagan holatda topaveramiz. "Pofigizm" Mark Menson

  • Shaytonning insonlarga do'stlik taklif qilishini va do'stligi ortidan ularga o'zlari istagan hayotni va'da qilishi; Va eng qizig'i shaytonning bu taklifini faqatgina shuhratparast, boylikka va dabdabaga o'ch, insoniy fazilatlardan uzoqlashishga moyil qalblar, xudbin odamlargina qabul qilishi; Xudoni yo'q deb hisoblovchi e'tiqodsiz va hayotdan ma'no topmagan insonlarning ruhiyati tasvirlangan asar; Pul bilan hamma narsaga erishish mumkin deb hisoblaydigan asar qahramon Jeffri, katta boylikni qo'lga kiritgach, faqatgina atrofida soxta va ikkiyuzlamachi odamlarga, faqat boyligi uchun sevilish, pullari va undan keladigan manfaat evaziga yolg'on qadrlanishga erishadi. Odamlarga ishonchi va xafsalasi yo'qoladi, nafrat va tubanlashishga erishadi, odamlarda topmagan do'stlik, mehr va sadoqat tuyg'ularini chiroyli tashqi ko'rinishga ega, baland bo'yli, istarali, g'amxo'r inson qiyofasidagi shayton Lusio Rimanezda topadi ( Ha! U odamlar va dindor qatlam tasvirlaganidek tuyoqli va shoxli, qo'rqinchli maxluq emasdi) va shayton bilan ittifoqi juda go'zal tarzda uni halokatiga sabab bo'lishi qahramon tilidan sodda tilda bayon qilinadi. Shayton aytadi: insonlar o'zlarining mangu fitratlariga va ularni yaratgan Xudoga sodiq qolishsa...agar ular saxiy, halol, qo'rqmas, vafodor, e'tiqodli, mehribon bo'lishsa men ham insonlarga nisbatan muhabbatni his qilmasmidim?! Insonning olijanobligi shaytonni yana farishtalar safiga qaytarishi mumkin, biroq insonning razilligi meni tobora tubanlikka sudrayapti. Mana nega u insoniyatdan nafratlanadi va insonlar sabab Xudoning dargohiga, o'zining maqomiga qayta olmayotganidan nadomat chekadi. Asarni o'qish davomida siz Xudosiz bir insonning halokati natijasida Xudoni topishi, unga tavba qilishi va yana bir imkon berilishi juda ta'sirli tarzda guvohi bo'lasiz. Biroz qo'rqitadigan tasvirlar ham bor va shu bilan birga sizni o'yga ko'mib qo'yadi. Qalbingizni, ruhingizni, nafsingizni va o'zingizning qay darajada insoniy fazilatlarga ega qola olayotganligingizni tahlil qilishga undaydi.

  • без подписи

  • без подписи

  • Hayot bu - sahna! Unda har birimizning rolimiz bor. Ota-ona, er va xotin, farzand, hamkasb, do'st, dushman rollari. Agar biz bu rollarni o'ynamasak unda kimligimiz qoladi?! Biz shaxs sifatida mavjudmizmi o'zi? Uyga mehmon chaqirganda mezbon rolini o'ynaymiz, ishda hamkasblar bilan boshqa bir rolni ijro etamiz, erning oldida boshqa, farzand oldida yana boshqa rollarimiz bor. Biz faqat o'zimiz ijro etgan son-sanoqsiz rollarning yig'indisi emasmizmi? Agar inson alohida shaxs sifatida majvud bo'lganida aslida u qanday ko'rinishga ega bo'lardi?! Har birimiz istasak istamasak jamiyat oldida rollar ijro etishga mahkumdekmiz go'yo. Bu rollarsiz biz jamiyatning, ijtimoiy hayotning, turmushning, insoniyatning bir bo'lagi bo'la olmaymiz va bu sahnada kimdir rolini maromiga yetkazadi, kimdir esa no'noq o'yinchi. Bu rollarimiz esa qanchalik bizni charchatadi va ruhiy cho'kishlarga olib keladi?! Somerset Moemning "Teatr" romanini o'qib tugatdim. Unda aktyor Maykl va aktrisa Juliya sahnada tanishib qolib, turmush qurishadi. Rojer ismli farzandi tug'iladi. Erining oilaparvarligi, sadoqatiga qaramasdan, uning ishiga, kasbiga mukkasidan ketishi Juliyada eriga nisbatan qalbida bo'shliqni paydo qiladi, go'yoki hislari qondirilmagandek oqlovlar bilan o'zidan ancha yosh 25 yoshli (Juliya 45 yoshda) muxlisi Tom bilan o'tkinchi hislar va ehtiroslarga berilib, bir necha bor eriga xiyonat qiladi. Mahoratli aktrisaligiga borib hayot sahnasidagi barcha vaziyatlardan, nohaqliklardan chiroyli intiqom bilan chiqib ketadi. Kitob manga yoqti. Juda qiziqarli, tavsiya qilaman. Uni o'qiganingizda ko'pgina anglashlar olasiz. O'zingizni qaysi rolda ekanligingiz va rolingizni qay darajada o'ynayotganingiz borasida mushohada qilishga undaydi.

  • без подписи

  • без подписи

  • O'zim bilan kitob ham olib kelgandim. Hatto ochib qarashga ham vaqt bo'lmadiku 😅

  • Saks va brit qabilalari o'rtasidagi urush va qo'zg'olonlarga barham berish maqsadida sehrgar Merlin urg'ochi ajdarni sehrlab qo'yadi ya'ni undan chiqayotgan nafas tumanga aylanib,odamlardagi bor yo'q dushmanlik kayfiyati, yaxshi va yomon xotiralarni unuttiradi.…

  • 21 мая540122

    Saks va brit qabilalari o'rtasidagi urush va qo'zg'olonlarga barham berish maqsadida sehrgar Merlin urg'ochi ajdarni sehrlab qo'yadi ya'ni undan chiqayotgan nafas tumanga aylanib,odamlardagi bor yo'q dushmanlik kayfiyati, yaxshi va yomon xotiralarni unuttiradi. Qabilalar dushmanligini unutib, tinch-totuv yashashni boshlashadi. Lekin yillar o'tib ritsar Vistan yomonliklar va zulm, begunoh o'ldirib yuborilgan odamlar va go'daklar ruhi haqqi uchun ham xotiralar qaytishi kerak deb hisoblab, ajdarni o'ldirish payiga tushadi. Unga esa qayerdadir unutib qoldirilgan o'g'lini topish, o'tmishda birga kechirgan shirin xotiralarini eslash istagi bilan er-xotin Aksel va Beatriss xonim hamrohlik qilishadi. Ajdarni himoya qilayotgan ikkinchi ritsar ser Gaveyn esa "odamlar xotirasidan ayrilishi evaziga dushmanlik va qasos unutilib, yurtda davomli tinchlik ta'minlanganini, eski yaralar abadiy bitganini, yurt unutish ichra omonlikda qolishini aytib, ajdarni o'ldirmaslik kerak" deb hisoblaydi. Beatrissni elas-elas xotiralarida o'tmishda eri Akselning xiyonati gavdalanadi, o'zining eri oldidagi qilmishlarini eslagandek bo'ladi. Shunda u shunday deydi: - Ajdar o'lib, tuman tarqalsa, xotiralarimiz qaytsa, o'shanda ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladigan manzaradan cho'chib qolmaymizmi? Xotiralarimiz qayta uyg'onsa, bular orasida seni bir paytlar ranjitganim, yoki hozir ko'rayotgan ko'zingda meni boshqa odamga aylantirgan nomunosib ishlarimni eslab qolsang... Jilla qursa hozir yuragingda men haqimda nimalar sezayotgan bo'lsang, shu tuyg'uni unutmaslikka so'z ber. Chunki xotira tumandan chiqib kelsayu, o'zi bilan birga yurakdagi muhabbatimizni haydab chiqarsa, bunday xotiraning qanchalik qadri bor? Tuman tarqalgach nimalarni eslashingdan qat'iy nazar, hozir yuragingdagi menga bo'lgan hislarni abadiy saqlab qolishga va'da ber, malikam" Ajdar o'ladimi, ularning xotirasi qaytadimi, o'tmishdagi gunohlari uchun bir birini kechira olishadimi, xotiralar, o'tmish inson uchun, jamiyat uchun qanchalik ahamiyatli kabi savollar o'rtaga tashlanadigan falsafiy kitob "Ko'milgan dev" va ushbu asar Nobel mukofotini olgan. Nima deb o'ylaysiz, nimadirga erishish uchun xotiralaringizni bergan bo'larmidingiz?! Ortingizda bari unutilib borishiga ruxsat berarmidingiz?!

  • Odamni muloqotning yo'qligi o'ldiradi. Bizga yolg'izlik sen o'ylaganchalik qo'rqinchli emas, yolg'izlikda ham comfortda yashash mumkin va shunga o'xshash turmush tarzini o'rgatishmoqchi bolishadi. Go'yoki yolg'izlik bu erkinlik, sening yashash markazingda o'zing birinchi va yagona bo'lishing kerak, atrofingda aylanishi kerak bari deyishadi qavs ichida. Odamzotda yolg'izlikka ko'nikma shakllantrish uchunmi?! Man boshqalarni bilmayman, bilganim odamga jamiyat kerak, muloqot kerak, oila kerak, juft kerak. Bularsiz inson o'ziga o'zi stress, o'ziga o'zi sekin o'ldiruvchi zahar bo'lib boradi. Unga yolg'izlikdagi o'zi kifoya, dushmanni keragi yo'q. O'zingizni va istaklaringizni har narsadan ustun qo'ymang. Olam bilan, atrof bilan murosa qilib yashashni o'rganaylik. Chunki ular bilan asli tirikligimiz.

  • 3 мая462131

    Instagramga kirsam ko'pchilik psixolog, motivator, maslahatgo'y, kimdir qanday yashashni o'rgatayapti. Ularni maslahatlari o'rinli albatta. Lekin har bir narsani ikkala tomonini borligini hisobga olsak, tabiatan hamma har xil xarakter, temperament va qalbga ega. Hammaning tajribasi va tarbiya olayotgan, tug'ilgan muhiti turlicha. Odamni uni qil, buni qilma bilan o'zgartirib qo'yish imkonsiz. Odam qachon o'zgaradi, qachonki o'zini tajribasida ko'rgandan keyingina. Bizga qavs ichida baxtli yashash qoidalarini singdirishadi va biz ko'pincha shoshib qolamiz yoki yo'limizdan chalg'iymiz. Qoidalarni hammasi ham biz uchun mo'ljallanmagan yoki biz vaziyat va holatimiz bilan u qolipga tushmasligimiz mumkin. Nima demoqchiman o'zingiz istaganingizcha yashang. Qalbingiz va vijdoningiz amricha yashang. Har xil baxt va omad, boyish qoidalariga chalg'ib, asli o'zligingizga xos bo'lmagan o'zlikni o'zgartiraman deb vaqtdan yutqazib qo'ymang.

  • "Ko'proq" hamisha ham yaxshiroq emas. Aslida teskarisi to'g'riroq: kamroq bilan ko'proq baxtlimiz. Imkoniyatlar va variantlar ko'p bo'lsa, "tanlash paradoksi" dan aziyat chekamiz. Imkoniyatlar qancha ko'p bo'lsa, tanlaganimiz shuncha kam qanoatlantiradi, chunki boshqasini tanlasam, foydaliroq bo'larmidi deymiz. Masalan, qayerda yashash kerakligiga qaror qilyapsiz, sizda tanlash uchun ikkita variant bor, ulardan biriga to'xtalsangiz, o'zingizda ishonch va xotirjamlikni his qilasiz. Qaroringizdan qoniqasiz. Ammo sizda 28 ta variant bo'lsa-chi? "Tanlash paradoksi"ga muvofiq yillar davomida qiynalasiz, ikkilanasiz va to'g'ri tanladimmi, deb o'zingizdan so'raysiz. Balki, boshqa joyda baxtliroq yasharmidim, deysiz. Ideal variantni topa olmaslik hissi sizni baxtsiz qiladi. Shu imkoniyatlarning ko'pligi aslida bizni nima xoxlashimizni anglolmaslikka olib keladi yoki chalgitadimi deb o'ylab qolaman. Shaxsiy qadriyatlar asosida o'zingiz uchun eng ahamiyatli narsalarni anglashingiz va ajratishingiz zarur.

  • Inkor qilish qadriyatlarimizni saqlashning muhim va ajralmas qismidir. Nimani inkor qilganimizga qarab bizga baho berishadi. Agar hech narsani inkor qilmasak bizda shaxsiyat yo'q.

  • Hech qachon nimanidir yoki kimnidir yo'qotish haqida o'ylash kerak emas. Shu o'yning o'ziyoq kishini chalkashtiradi.

  • Frans Kafkani " Evrilish " hikoyasini qayta o'qidim. Asar qahramoni Gregor mehnatsevar, oilasi uchun borini beradigan, g'amxo'r yigit. Kutilmaganda jirkanch hasharotga aylanib qolgach, na o'ziga va na oilasiga yordam bera oladi, na ularni oldingidek moddiy tomondan ta'minlay oladi. Avval boshida ota-onasi va singlisining achinish va rahm hissi bilan qarashlari o'rnini borib borib, jirkanish va undan qutulish haqida o'ylari egallaydi. Chunki, Gregor endi oldingidek oilasiga ko'makchi odam emas, aksincha, tekintomoq, ishga yaroqsiz, jirkanchli maxluq edi. Gregor yolg'izlikda, ochlikda va tashlandiq holatda, qalbida so'ngsiz og'riqlari bilan vafot etadi. Kitobni o'qib nimani o'ylayman. Insonni qanchalik yaxshiligini ahamiyati yo'q, agar undan manfaat yetmasa yaqinlariga, jamiyatga, olamga... Insonni uning atrofga beradigan manfaatlarigina inson qiladi. Nimadir bera olgan odamgina ham oila, ham jamiyat uchun qadrli. Aks holda insoniy qiyofang yo'qoladi va sen shunchaki qadrsiz insonligingcha qolasan... Kitobni o'qib yana shuni o'ylaymanki Gregorni o'tmishda qilgan yaxshiliklari bugunda u befoyda maxluqqa aylangandan keyin unutilishni boshladi. Odam o'tmishdagi yaxshiligu, yaxshi amallari bugunda ham davomli bo'lishi kerak. Sen o'tmishdagi qilgan qaysidir ishing uchun doimiy qadrni topa olmaysan, agar bugundayam manfaatlilar safida turmas ekansan. Yaxshi inson bo'lishimizni o'zi yetarli emas...

  • Nima qadrli-yu, nima qadrsiz ekanini ta'riflay olmasligimiz sababli ham chuqur ma'nosizlik va bo'shliq hissini boshdan kechiramiz. Qadrli deb hisoblagan narsalarimizga erishganimizda hech biri bizni baxtli qilishga yetmasligini ko'rgach, aslida o'ylaganimizchalik qadrli emasligini anglab, o'rnini boshqa qiymatli narsa bilan to'ldirishga oshiqamiz. Oxir-oqibat faqat va faqat sotib oladigan, qo'lga kiritishga urunadigan va buni bir amallab uddalagan insonlarga aylanamiz.

  • Sergey Yesenin Erkin Vohidov tarjimasi

  • Inson esini tanishni boshlaydiki nimadirlarni ongli yoki ongsiz kutib yashaydi. Hattoki, bu bolalikdan boshlanadi. Ota-onamizni ishdan qaytishini kutamiz, bog'chadan bizni olib ketishlarini, maktabda darslar tez tugashini, o'yinqaroqligimiz sabab ko'chaga intilamiz. Vaqt tez o'tishini, tezroq ulg'ayishni, o'zimiz mustaqil qarorlar qabul qilishni, mustaqil va erkin hayotga qadam qo'yishni kutamiz, shoshamiz... Kutuvlarimiz qanchalik oqlanadi?! O'zi kutish inson uchun qanchalik manfaatli?! Hayotdan nima kutamiz va nimani izlaymiz?! Hayotdan olishimiz kerak bo'lganlarimiz bormi va bor bo'lsa ular nima? Yashashdan maqsad va ma'no nima?! Hayot sizni nimalarni olishizga ishontirdiyu aslida haqiqat nimada edi?! Tan olamizmi yo'qmi har birimizda bo'shliq bor. Uni qanday va nimalar bilan to'ldirish mumkin?! Baxtni qanday his qilish mumkin?! Javoblar esa sizni hayratlantiradi. Siz aslida oluvchi emas, beruvchi ekanligingizni bilish sizni hayratlantiradi. Chunki doim olish bizga qulay va yengil. Berish esa biroz mushkuldek. O'qing! Ichingizdagi bo'shliqni to'ldiring va yengillik his qiling!