Zairzade (Islom psixologiyasi)
СтатистикаRuhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari 🎓 MA in Philology & Psychology 📚 Researcher in Religious Psychology Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna ✅Kurslarga yozilish uchun 👇 @zairzade_admin
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Психология (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 11 586
- 1/48двое суток
- 13 277
- 1/72трое суток
- 14 320
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Murojaat uchun admin🫴@zairzade_admin
видео или голосовое, без подписи
Biror kimsaning sen haqingdagi yomon gumonini tuzatishga urinib, o‘zingni charchatma. Chunki seni yomon deb ko‘rishga qaror qilgan inson, mingta dalilingdan ham ayb izlaydi. Xato qilgan bo‘lsang uzr so‘ra. Tushunmovchilik bo‘lsa bir marta izohla. Ammo o‘zingni qayta-qayta isbotlashga majbur emassan. Ba’zan eng chiroyli javob sukut, eng kuchli dalil vaqt. Sening haqiqatingni esa ALLOH biladi. @zairzadee
Senga atalgani – senga yetgusi, Dunyoda eng nochor, zaif bo‘lsang ham, Va le, yetib kelmas senga atalmagani, Eng kuchli, pahlavon, sharif bo‘lsang ham. Shu bois, ko‘ngilni keng qil va yo‘yma, Bu holni omadning kulmaganiga, Yetib kelganiga shukr ayla, va Qayg‘urmagil yetib kelmaganiga. Xayrulla Hamidov @zairzadee
Shayx Sha’roviydan go‘zal bir duo: “ALLOHim! Aqlimni uni bezovta qiladigan narsa bilan, qalbimni unga rahm qilmaydigan kimsa bilan va vaqtimni o‘ziga foyda bermaydigan narsa bilan mashg‘ul qilib qo‘yma… Robbim, men tarafda bo‘l, men bilan bo‘l va meni O‘zing ila kuchli qil”. @zairzadee
Bugun ASMA UL HUSNA 23-mavsum startiga yakuniy Juma tuhfasini so’raganlar uchun maxsus imkon: 19:00 ga qadar qo’shila olasiz. ✅20:30 dan boshlab jonli efirda ko’rishguncha 💙 Admin🫴@zairzade_admin @zairzadee
❗️ERTAGA Asma ul husna 23-mavsum START oqshomida biz bilanmisiz? ✏️To’liq ma’lumot uchun bu link🫴 https://t.me/zairzadee/7373 ✈️Admin🫴@zairzade_admin @zairzadee
📍Uydan chiqishni istamaydiganlarning hammasi ham dangasa emas. Ba’zi insonlar uchun uy shunchaki yashaydigan joy emas. Uy xavfsizlik. Jimlik. Nazorat. O‘zini hech kimga isbotlamaydigan makon. Uydan chiqishni istamaslik turli sabablardan bo‘lishi mumkin: Kimdir tabiatan introvert-odamlar orasida emas, yolg‘izlikda quvvat to‘playdi. Kimdir tashqi muhitdan tez charchaydi-shovqin, tirbandlik, ko‘p suhbat, begona nigohlar uning ruhiy energiyasini yutadi. Kimdir uyini shunchalik qulay qilib olganki, tashqariga chiqishga kuchli sabab topolmaydi. Yana kimdir esa uyni panohga aylantirgan. Chunki tashqarida tanqid, taqqoslash, rad etilish yoki bezovtalik bor. Shuning uchun “uyda o‘tiraverma”, “odamovi bo‘lib ketibsan” deyishdan oldin uning ichki holatini tushunish kerak. Lekin bir haqiqat ham bor: Uy dam olish joyi bo‘lishi kerak, hayotdan yashirinish joyi emas. Agar inson uydan chiqishni istamasayu, lekin qalban bundan rozi bo‘lsa, bu uning tabiati bo‘lishi mumkin. Ammo chiqishni xohlab ham qo‘rquv, tushkunlik yoki xavotir sabab chiqa olmayotgan bo‘lsa, bu holatga befarq qarab bo‘lmaydi. Ba’zida o‘zingizni majburlab katta davralarga olib chiqish shart emas. Derazani ochishdan boshlang. Hovliga tushishdan boshlang. Yaqin inson bilan sayr qilishdan boshlang. Chunki ruhiyat ham birdaniga emas, sekin-sekin ochiladi. Siz uyda kuch yig‘adigan tipmisiz yoki uyga yashirinadigan tipmisiz? @zairzadee
Asmaul Husna… shunchaki yod olinadigan 99 ismlar emas… Har bir ism qalbga alohida ta’sir qiladi. Jumladan: “Ya Salaam” ichki bezovtalikni tinchlantirishga, “Ya Latif” qalbni muloyimlashtirishga, “Ya Vadud” muhabbatni poklashga, “Ya Fattah” berk tuyulgan yo’llarni ko’ra olishga, “Ya Sabur” sabrni mustahkamlashga sabab bo’ladi. Ruhiyat faqat motivatsiya bilan emas, qalbning ROBBIsi bilan bog’langanda o’zgaradi. Asmaul Husna insonni o’zidan ALLOHga buradigan eng go’zal tarbiya maktabidir. Qalb ALLOHning ismlari bilan yashay boshlasa, qo’rquv o’rnini tavakkul, g’azab o’rnini halovat, bo’shliq o’rnini esa sakinat egallaydi. 💚Ilmun Nafs va Asmo ul husna ilmini jamlab o’rganishni istasangiz, 2️⃣kun vaqtingiz bor. Murojaat uchun admin🫴@zairzade_admin @zairzadee
❗️Asma ul husna 23-mavsum startiga 3️⃣kun qoldi! ✏️To’liq ma’lumot uchun bu link🫴 https://t.me/zairzadee/7373 ✈️Admin🫴@zairzade_admin @zairzadee
✍️Homiladorlik va onalik ta’tili davrida ayol ERIning unga qilgan muomalasi, mehri va e’tiborini umr bo’yi unutmaydi. Chunki bu davr ayol uchun shunchaki homiladorlik emas. Bu jismonan, ruhiy va hissiy jihatdan eng nozik davrlardan biridir. Go’yo “zaiflik ustiga yana bir zaiflik” qo’shilgan holat. QUR’ONda ham shunday deyiladi: “Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko’tardi…”(Luqmon surasi, 14-oyat) Shuning uchun aynan shu davrda ayolga eng ko’p kerak bo’ladigani qimmatbaho sovg’alar emas, balki mehr, tushunish, sabr va e’tibor. Psixologik jihatdan ham bu davr juda muhim. Ayolning miyasi homiladorlik va tug’ruqdan keyin katta o’zgarishlarni boshdan kechiradi. Gormonal o’zgarishlar, uyqusizlik, yangi mas’uliyat va tanadagi o’zgarishlar uni hissiy jihatdan juda ta’sirchan qiladi. Shu paytda erining bir og’iz iliq so’zi, “Men yoningdaman” degan ishonchi, bolaga yordam berishi, ayb topish o’rniga tushunishga harakat qilishi, ayolning ichki xavfsizlik hissini mustahkamlaydi. Aksincha, beparvolik, sovuqqonlik, tanqid yoki qo’llab-quvvatlamaslik ham chuqur iz qoldirishi mumkin. Chunki inson miyasi ayniqsa kuchli hissiyot bilan kechgan davrlarni uzoq vaqt eslab qoladi. Bugun erning qilgan muomalasi ertaga ayolning xotirasiga, qalbiga va oiladagi ishonchiga aylanadi. Mehr berilgan uyda farzand ham o’zini xavfsiz his qilib ulg’ayadi. Chunki ota-onaning bir-biriga bo’lgan munosabati bolaning ilk psixologik maktabidir. @zairzadee
❗️Asma ul husna 23-mavsum startiga 5️⃣kun qoldi! 📝Ro’yxatdan o’tishdan avval tanishing🫴@zairzade_otziv ✏️To’liq ma’lumot uchun bu link🫴 https://t.me/zairzadee/7373 ✈️Admin🫴@zairzade_admin @zairzadee
Har safar dengizni ko’rsam, ALLOHning qudratini yana bir bor his qilaman. Bugun esa uni sog’indim… 🤍🌊 @zairzadee
🤭 @zairzadee
❗️Asma ul husna 23-mavsum startiga 1️⃣ hafta qoldi! 📝Tongni mo’jizalar bilan boshlang🫴@zairzade_otziv ✏️To’liq ma’lumot uchun bu link🫴 https://t.me/zairzadee/7373 @zairzadee
📍NAFS NIMANI XOHLAYDI, QALB ESA NIMAGA MUHTOJ? Ba’zida bizga yangi kiyim kerakdek tuyuladi. Ba’zida kimdir yozishi, maqtashi, e’tibor berishi kerakdek bo‘ladi. Ba’zida esa telefon, ovqat, xarid yoki uyqu bilan o‘zimizni ovutamiz. Lekin savol boshqa: Biz rostdan ham shu narsaga muhtojmizmi yoki ichimizdagi bo‘shliqni yopmoqchimizmi? Nafs shoshiltiradi: — Hozir ol. — Hozir yoz. — Hozir javob ber. — Meni ko‘rishsin. — Meni qadrlashsin. Qalb esa sokin aytadi: — Menga ma’no kerak. — Menga xotirjamlik kerak. — Menga halol mehr kerak. — Menga ALLOHga yaqinlik kerak. Har bir istak gunoh emas. Lekin har bir istakka ergashish ham erkinlik emas. Ba’zida e’tibor talabimiz ortida bolalikdagi “meni ko‘ring” degan og‘riq turadi. Ba’zida ortiqcha xarid ortida qadrsizlik hissi turadi. Ba’zida ko‘p ovqat ortida ochlik emas, charchoq turadi. Ba’zida telefon ortida zerikish emas, o‘zimiz bilan yolg‘iz qolishdan qo‘rquv turadi. Shuning uchun istak kelganida darhol bajarmang. O‘zingizdan so‘rang: Men hozir nimani his qilyapman? Qalbim aslida nimaga muhtoj? Bu ish meni keyin yengillashtiradimi yoki yanada bo‘shashtiradimi? Bu tanlov meni ALLOHga yaqinlashtiradimi? 🫴Bugungi kichik mashq: Biror narsani juda xohlaganingizda uni 20 daqiqaga kechiktiring. Telefonni tekshirishni. Shirinlik yeyishni. Achchiq javob yozishni. Keraksiz xaridni. Bu istakni inkor qilish emas. Bu boshqaruvni nafsdan qaytarib olishdir. ✍️Siz charchaganingizda o‘zingizni nima bilan ovutasiz? @zairzadee
Ba’zida o’zingizni shunday his qilasiz.Hatto yuvinib chiqishlik siz uchun bir yutuqdek tuyuladi🥲 Hozir tanangiz ham, qalbingiz ham dam olishni so’rayotgandir. Bugun katta rejalar emas, kichik qadamlar kifoya: ovqatlanish, suv ichish, biroz sayr qilish, yaqin inson bilan dildan suhbatlashish. Va eng muhimi, qalbingizni ALLOHdan uzmang. Hatto uzun zikr qilolmasang ham, ichingizda sekin: “Yaa Latif”, “Yaa Salam” deb ayting. Qalb asta-sekin yengillashadi, in shaa ALLOH💚🤲🏻 @zairzadee
Kishining xato qilishi ayb emas, balki unga haqiqat ayon bo‘lganidan keyin ham unga qaytmasligi aybdir. @zairzadee
видео или голосовое, без подписи
👆Yuqoridagi maktublar sizga umid baxsh qilsa ajab emas..🩵 ‼️Asma ul husna 23- mavsum qabuli yopilishiga sanoqli kunlar qoldi. 📍O’rningizni band qilishdan avval loyiha bilan tanishing🫴 https://t.me/zairzadee/7373 📝Qizlarimizning natijalarini ko’ring🫴@zairzade_otziv ✍️Ro’yxatdan o’tish yoki hadya qilish uchun🫴@zairzade_admin @zairzadee