SmartWay Education
Статистика😃 Smartway telegram kanaliga Xush kelibsiz! 🔵 TOPIK 🔵 EPS-TOPIK 🔵 Special EPS-TOPIK kurslari https://t.me/smartwayedu_bot 📍https://taplink.cc/smartway_edu Biz bilan bog'laning: ☎️ +998-77-024-40-50 ☎️ +998-77-025-40-50 👤 @smartway_admin
- Последний пост
- 21 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 173
- 1/48двое суток
- 198
- 1/72трое суток
- 213
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️ EPS-TOPIKdan o‘tganlar diqqatiga! Skill Test qachon o‘tishini bilib oling! 🇰🇷 2026-yil 6–23-aprel kunlari o‘tkazilgan EPS-TOPIK imtihonidan (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish-1 yo‘nalishlari) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun 28–31-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill Test) o‘tkaziladi. 📌Har bir nomzod o‘zining imtihon sanasi va aniq vaqtini quyidagi havolalar orqali bilib olishi mumkin. 👥 Imtihonda ishtirok etadigan nomzodlar: 🔹 Ishlab chiqarish — 1 653 nafar 🔹 Xizmat ko‘rsatish-1 — 225 nafar 📍 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy. ❗️Imtihonga kelayotganda quyidagi hujjatlarni albatta olib keling: • Xorijga chiqish pasporti(original) ❗️10–12-iyul kunlari kasbiy malakani baholash uchun talab etilgan hujjatlarni to‘g‘ri yuborgan nomzodlar imtihon kuni barcha hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishlari shart. Aks holda, imtihon natijalari avtomatik ravishda bekor qilinadi. ⚠️ Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma’lumotlar: 1️⃣ Belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish shart. 2️⃣ HRD Korea talablariga muvofiq, Skill Test bo‘yicha qayta imtihon yoki apellyatsiya o‘tkazilmaydi. 3️⃣ Imtihon vaqtida mobil telefon, elektron soat, shpargalka va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. 4️⃣ Imtihon qoidalarini buzgan nomzodlarning natijalari bekor qilinadi hamda ular keyingi testlarda ishtirok etish huquqidan 4-yil muddatga mahrum qilinadi. ⚠️ Muhim eslatma: Migratsiya agentligi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. 🍀 Barcha nomzodlarga omad tilaymiz! 📲 Yaqinlaringizga ham ulashing! 📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
💤 Tayyormisiz! 2026-yil 28-30-iyul kunlari EPS-Topikning ishlab chiqarish sohasi bo'yicha Malaka imtihoni (Skill test)ga ishtirok etuvchi nomzodlar ro'yxati kuni va soati bilan Ro‘yhatni ko‘rish uchun👈 2026 yil 31 iyul kuni EPS Topikning xizmat ko‘rsatish 1 sohasi bo‘yicha Malaka imtixoni (SKILL TEST) ga ishtirok etuvchi nomzodlarning ro‘yhati kuni va soati bilan Ro‘yhatni ko‘rish uchun 👈 Havola orqali kirib chiqqan ro‘yhatdan kuni va soati, o‘rindiqni ko‘rish uchun telefon ekraningizni o‘ngdan chapga suring
🇰🇷 EPS -TOPIK 2026 NATIJALARI MA’LUM BO’LDI 2026-yil 9–12-mart kunlari EPS-Topikning ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish 1 sohalari bo'yicha imtihonlarda ishtirok etish uchun jami 8158 nafar nomzod onlayn ro‘yxatdan o‘tgan edi. Shundan, 6468 nafar nomzod 6–23-aprel kunlari EPS-TOPIK imtihonlarida ishtirok etdi. 📊 Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tomonidan Migratsiya agentligiga taqdim etilgan natijalarga ko‘ra: ✅ Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha — 1653 nafar nomzod ✅ Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi bo‘yicha — 225 nafar nomzod imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. 👉 Ishlab chiqarish sohasi imtihon natijalari 👉 Xizmat ko'rsatish1 sohasi imtihon natijalari Izoh: Ranglarni ajratish (daltonizm) bilan bog‘liq muammosi mavjud nomzodlar “Y” belgisi bilan qayd etilgan bo‘lib, ular to‘plagan ballaridan qat’i nazar, imtihondan o‘tmagan deb hisoblanadi.
#Muhim yangilik 🇰🇷 Koreya vizasida katta o‘zgarishlar: 8-band va moliyaviy hujjatlar "o‘yin"dan chiqmoqdami? Koreya elchixonasidan viza olishda eng ko‘p uchraydigan 8-band (iqtisodiy holat yetarli emasligi) bo‘yicha rad javoblari kamayishi kutilmoqda. Koreya hukumati viza berish tizimini qayta ko‘rib chiqmoqda. Nimalar o‘zgarmoqda? 🔹 Moliyaviy hujjatlar asosiy omil emas: Endi bankdagi katta mablag‘ viza olish uchun "kafolat" bo‘lmaydi. Elchixona asosiy e’tiborni arizachining haqiqiy niyati va vataniga qaytib kelish kafolatiga qaratadi. 🔹 Soddalashtirilgan tartib: Ishonchli ish joyi, ijtimoiy status va xalqaro kredit kartaga ega shaxslar uchun moliyaviy ma’lumotnomalar talabi yumshatiladi. 🔹 Maqsad – turizmni rivojlantirish: Hukumat "soxta" bank ma’lumotnomalari bilan viza oluvchilarni cheklab, haqiqiy sayyohlar uchun yo‘lni ochmoqchi. ⚠️ Xulosa: Endi bankda shunchaki "pul aylantirish" emas, balki safar rejasini to‘g‘ri ko‘rsatish va barqaror daromad manbaini isbotlash muhimroq bo‘ladi.
EPS-TOPIK (til testi) Minimal ball oshdi: O‘tish balini kvota chiqarib beradi, lekin nisbatan taxminiy o‘tish bali ham Koreya tomonidan belgilandi. 🌟Ishlab chiqarish 55 🌟 60 🌟Boshqa sohalar 40 🌟 45 🌟 Xulosa: Tilni oldingidan kuchliroq bilish kerak. Skill test (ko‘nikma testi) Asosiy o‘zgarish skill testda 🌟Asosiy ko‘nikma 40 🌟 20 🌟Suhbat 30 🌟 50 🌟Xulosa: Endi asosiy e’tibor — SUHBAT 🎤Suhbat (면접) yangilandi 🌟 Ish bo‘yicha savollar: 3-5 ta 🌟 Xavfsizlik bo‘yicha savollar qo‘shildi Baholash: O‘zini tanishtirish 🌟Asosiy suhbat 🌟Ish qurollari va topshiriqlar (15 ball) 🌟NCS ko‘nikmalar 🌟Xavfsizlik (10 ballgacha oshdi) 🌟Xulosa: Bunda ishni tushunish + xavfsizlik juda muhim 🌟Ballar taqsimoti 🏭 Ishlab chiqarish: Jismoniy: 30 Ko‘nikma: 20 Suhbat: 50 🌾 Qishloq xo‘jaligi: Jismoniy: 40 Ko‘nikma: 20 Suhbat: 50 🌟Maxsus tanlov 🌟Quyma (casting) kabi yo‘nalishlar qo‘shildi 🌟Ko‘nikma testi bilan birga baholanadi Xulosa qilib aytganda: Suhbat eng muhim bosqich bo‘ldi Amaliy ko‘nikma + xavfsizlik kuchli talab qilinadi 🌟 Maslahat: Agar siz Koreyaga borishga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz Bundan buyon Til + Amaliy ko'nikma + Suhbat Skill testgacha vaqtingiz bor, o‘zingizga qulay bo‘lgan o‘quv markazlarda rejali tayyorgarlik ko‘rish foydali bo‘ladi.
🫱 2026 EPS-TOPIK va ko'nikmalar testi Muhim o'zgarishlar 📈 Koreyaga borishga tayyorgarlik ko'rayotganlar Agar siz ushbu yangilanish haqida bilmasangiz, imkoniyatni qo'ldan boy berishingiz mumkin. EPS TOPIK imtihondan yuqori ball oldim deb xotirjam bo‘lib qolmang. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qib tayyorgarlikni kuchaytiring!
🇰🇷 YANGI TALAB! Migratsiya endi bank pulini tekshiradi ❗️Koreyaning ayrim migratsiya xizmatlari yangi talab qo‘yishni boshladi: 📌 Agar sizda til sertifikati (TOPIK / IELTS) bo‘lmasa: ➡️ Bank hisobingizdagi pulni ❗️VIZA NATIJASI CHIQGUNCHA YECHMASLIK sharti qo‘yilmoqda 📌 Agar sizda til sertifikati mavjud bo‘lsa: ✅ Bunday cheklov qo‘yilmaydi ✅ Pulni erkin boshqarishingiz mumkin ⸻ ⚠️ Bu nimani anglatadi? ❌ Sertifikatsiz topshirganlar uchun risk oshadi ❌ Bank harakatlari kuzatiladi ❌ Pulni yechib yuborsangiz — viza rad bo‘lish ehtimoli yuqori Telegram
반의어 단어 antonim so'zlar ✅가난➖부유= kambag'al: boy ✅간접➖직접=bilvosita:bevosita ✅거절➖승낙=rad etish:ruxsat berish ✅ 규칙적➖불규칙적=qonuniy: noqonuniy ✅기혼➖미혼=uylangan:boydoq ✅낭비➖절약=isrof :tejash ✅다수➖소수=ko'pchilik:kamchilik ✅ 단점➖장점=yaxshi tomon: yomon tomon ✅동양➖서양=sharq: g'arb ✅가능➖불가능=imkoniyat imkonsizlik ✅ 감소➖증가=kamayish: ko'payish ✅겉➖속=tashqari: ichkari ✅고속➖저속=yuqori tezlik: kam tezlik ✅긍정적➖부정적=pozitiv:negativ ✅다운로드➖업로드=yuklash:yuklamaslik ✅등장➖퇴장=kirish:chiqish ✅객관적➖주관적=obyektiv:subyektiv ✅공짜➖유료=bepul:pullik ✅기쁨➖슬픔=xursand: xafa ✅남성➖여성=erkak:ayol ✅능력➖무능력=qobilyat:qobilyatsiz ✅ 단기➖장기=qisqa muddat: uzoq muddat ✅더위➖추위=issiq:sovuq ✅마중➖ 배웅= kutib olish:kuzatish ✅막차➖첫차=oxirgi transpor:birinchi transport ✅미인➖미남=go'zal qiz: chiroyli bola ✅불행➖행복=baxtsiz baxtli ✅상대적➖절대적=nisbatan:mutlaq ✅ 손해➖이익=ziyon:foyda ✅시외➖시내=shahar tashqarisi:shahar ichkarisi ✅온라인➖오프라인=online:offline ✅ 바깥➖안=tashqari:ichkari ✅비관➖ 낙관=pessimist:optimist ✅성공➖실패=muvaffaqiyat: muvaffaqiyatsizlik ✅ 수입➖수출=import:eksport ✅실업➖취업=ishsizlik:bandlik ✅연말➖연초=yil oxiri: yil boshi ✅유료➖무료=pullik:bepul ✅수입➖지출=kirim:chiqim ✅영상➖영하= 0dan baland:0dan past(gradus) daraja ✅ 울음➖웃음=yig'i:kulgu ✅이상➖이하=dan ko'p: dan past ✅이전➖이후=bundan oldin:bundan keyin ✅최대한➖최소한=maxsimum:minimum ✅확대➖축소=kengayish:kichrayish ✅늘다➖줄다=o'smoq:kamaymoq ✅해롭다➖이롭다=zarar: foyda ✅이르다➖늦다=vaqtli:kech
🚨E9 vizasi bo‘yicha Imtixondan o‘tib baʼzada tasdiq muddati tugamaganlar uchun 2026 yilning 2 chi ishchi tanlovi haqida: Ishlab chiqarish sohasiga — 22-maydan 29-maygacha Qishloq xo'jaligi, baliqchilik, o'rmon xo'jaligi, qurilish va xizmat ko'rsatish sohalari uchun — 1-iyundan 8 iyungacha Ortgan kvotaga qarab qo‘shimcha tanlov 10-11-iyun kunlari Baʼzida texnik holatdan kelib chiqib sanalarda o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Kvotalar haqida qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
😊Smartway jamoasi imtihonga kiradigan barcha o'quvchilarimizga omad tilab qoladi🙌
Esda tuting! 🌟 Kelayotgan dushanba — 6-aprel kunidan boshlab E9 vizasi bo‘yicha ishlab chiqarish sohasiga ro‘yhatdan o‘tganlar uchun EPS TOPIK imtixonlari boshlanadi. 🌟 Imtihon sanalari: 🌟 Ishlab chiqarish sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 6–22 aprel kunlari 🌟Nomzodlar belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi va ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 🌟 Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 23-aprel kuni 🌟 Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar: 1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan hamda belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kirishlari mumkin emas. 2. Imtihonda elektron vositalaridan foydalanish qat'iyan man etiladi. 🌟 Imtihon vaqti tartibi: 1. 9:30 2. 11:00 3. 13:30 4. 15:00 5. 16:30 “Bilim va malakalarni baholash agentligi”da bo'lib o'tadi. 📍Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 12-uy. 📍Lokatsiya Ishlab chiqarish sohasi nomzodlari ro'yxati Xizmat ko'rsatish 1 sohasi nomzodlari ro'yxati
🇰🇷 KOREYADA ISHLASH UCHUN KEYINGI QADAM ❗️EPS-TOPIK–2026 imtihonlarida ishtirok etish maqsadida joriy yilning 9–12-mart kunlari onlayn ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar soni 8158 nafarni tashkil etdi. 🔹 Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha: 7624 nafar 🔹 Xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha: 534 nafar 📅 Imtihon sanalari: 🔸 Ishlab chiqarish sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 6–22 aprel kunlari 🔸 Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 23-aprel kuni 📌Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar: 1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan hamda belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kirishlari mumkin emas. 2. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi. 4. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi. Migratsiya agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlarni Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Faqatgina Koreya ish beruvchilari tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Imtihonlar “Bilim va malakalarni baholash agentligi”da bo'lib o'tadi. 📍Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 12-uy. 📍Lokatsiya Diqqat! Avtoturargoh bo'lmaganligi sababli sizdan mashinasiz kelishingizni so'rab qolamiz! ❗️Nomzodlar belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi va ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 👉 Ishlab chiqarish sohasi nomzodlari ro'yxati 👉 Xizmat ko'rsatish 1 sohasi nomzodlari ro'yxati ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 (qisqa raqami) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
без подписи
#eps_topik_2026 🚨 MUHIM E’LON 🇰🇷 EPS-TOPIK imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 💻 Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida) ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin 👇 🔗 https://xorijdaish.uz/service/employee-korea 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish sanasi: 9–12-mart, 2026-yil. 🏭 Ishlab chiqarish sohasi — 1500 nafar 🍽 Xizmat ko‘rsatish-1 (mehmonxona va oshxona ishlari) — 500 nafar nomzod SPAS elektron bazasiga kiritilishi rejalashtirilgan. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi video qo‘llanma va infografikada batafsil ko‘rsatilgan. 📝 Nomzodlarga talablarni 👉 bu postda 👈 o‘qing. ⚠️ E’tibor bering: ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish, talabga mos kelmaydigan foto yuklash, pasport ma’lumotlarida xatolik qilish ro‘yxatdan o‘tish jarayonining muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. ❗️Shu bois ishtirokchilardan jarayonni diqqat bilan, belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish so‘raladi. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
#eslatma 🇰🇷 EPS-TOPIK 2026! Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. 🗓 EPS-TOPIK 2026 — onlayn ro‘yxatdan o‘tish 9–12 mart kunlariga rejalashtirilmoqda! (9-mart kuni havola va video yo'riqnoma beriladi) 🛂 E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish) 📌 Talablar: ▪️ Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; ▪️18 yoshga toʻlgan (2008-yil 9-mart sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1986-yil 10-mart sanasidan keyin tug‘ilgan) ▪️ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim. 📎Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak? ✔️ Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format); ✔️ 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format); ✔️ Faol telefon raqami; ✔️ Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti (to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida) ⚠️ Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
❗️Расмий эълон 2023–2024 йилларда Ташқи меҳнат миграцияси агентлигига ҳамда 2025 йилда Миграция агентлигига хорижга ишга юбориш хизматлари учун тўлов амалга оширган, бироқ хорижий иш берувчи томонида юзага келган айрим ташкилий ёки бошқа ҳолатлар туфайли ишга жўнаб кетмаган фуқаролар манфаатларини таъминлаш мақсадида тўланган маблағлар қайтарилади. 🗓 Мурожаат муддати: 2026 йил 20 мартгача (1 ой ичида) 💻 Электрон ариза юбориш: 🔗 https://xorijdaish.uz/#services?key=refund-money ✔️ Ариза қолдириш қадамларини видеода кўринг. 📌 Мурожаатлар белгиланган тартибда кўриб чиқилади ва тақдим этилган ҳужжатлар асосида қарор қабул қилинади. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
🇰🇷 EPS-TOPIK 2026! Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. 🗓 EPS-TOPIK 2026 — onlayn ro‘yxatdan o‘tish 9–12 mart kunlariga rejalashtirilmoqda! (9-mart kuni havola beriladi) 🛂 E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish) 📌 Talablar: ▪️ Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; ▪️18 yoshga toʻlgan (2008-yil 1-mart sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1986-yil 12-mart sanasidan keyin tug‘ilgan); ▪️ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim. 📎Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak? ✔️ Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format); ✔️ 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format); ✔️ Faol telefon raqami; ✔️ Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti (to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida) ⚠️ Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar. ⁉️ Yuqoridagi shartlar asosida imtihonda ishtirok etish istagingiz bo'lsa ➡️havola so'zini ustiga bosib javobingizni qoldiring! Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
🇰🇷 Koreys tilini qaysi o'quv markazda o'rganishni o'ylayapsizmi? 😄Unda aynan SIZ uchun ha ha Siz uchun yangi kurslarimizga start berilmoqda Darslar haftada 5 kun 2 soatdan 🌟 Koreyada tahsil olgan Ustozlardan ta'lim olasiz 🌟 Tayyor o'quv qo'llanmalar mavjud 🌟 Bilimingizni elektron test yechish orqali baholab ko'rasiz 🌟 Doimiy ustozlar nazoratida bo'lasiz Bularning hammasi "SMARTWAY Education" bilan yanada OSON!😎 SMARTWAY "Smartlar" tanlovi😎 Ha aytgancha, Bizda YOTOQXONA ham bor!;) Hoziroq biz bilan bog'laning!🤗 💬Administratorga yozish @smartway_admin Murojat uchun telefonlar: ☎️ 770244050 ☎️ 770254050
🇺🇿🇰🇷 Diqqat! Joriy yil APREL oyida E-9 vizasi uchun EPS-TOPIK imtihonlari bo‘lib o‘tadi! Janubiy Koreyada E-9 vizasi asosida ishlashni rejalashtirayotganlar uchun Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan EPS-TOPIK testlari o'tkaziladi. 🌀 MUHIM MA’LUMOT Test topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi va tartibi tez orada ushbu kanalda rasman e'lon qilinadi. ✍️ ISHTIROK ETISHNI REJALASHTIRAYPSIZMI? ⌛️ IMTIHONGA IKKI OY QOLDI. VAQTDAN UNUMLI FOYDALANING! ✊SIZDAN ILTIMOS –JIDDIY YONDASHING,ASTOYDIL TAYYORGARIK KO’RING. 💪 TIL KO’NIKMALARINGIZNI KUCHAYTIRSANGIZ TEST JARAYONLARIDAN ALBATTA MUVAFFAQIYATLI O’TASIZ! 📚 ISH JOYIDAGI XAVFSIZLIK ATAMALARINI O’RGANING. 📌🔥 Koreya manbasiga ko'ra, E-9 vizasi uchun koreys tilini bilish talablari yanada kuchaytirilmoqda. Bunga — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ko'proq xorijiy ishchilar bilan sodir bo'layotgani hamda ish beruvchilarning til tayyorgarligi bilan bog‘liq e'tirozlari sabab bo'lgan. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Maʼlumot o‘rnida 🌟 E9 vizasi bo‘yicha 2026 yil uchun qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga imtixon oldi registratsiya sanalari eʼlon qilindi. 📍 O‘zbekiston fuqarolari uchun E9 vizasiga bo‘lishi rejalshtirilayotgan imtixon joylari O‘zbekistonning ikki hududida: Vodiy (Farg‘ona) Voha (Qashqadaryo) da o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. @epskorea1 | @ishborkoreya1 @e8vizasi Kemasozlik 2024 ишлаб чиқариш 2024 қишлоқ хўжалиги 2024 хизмат2 2024 қурилиш