SOʻZGAR | FM 102.0
СтатистикаBir so‘z xato bo‘lsa, ma’no ham o‘zgaradi. 🎙 Imlo va talaffuz 📚 So‘zlar tarixi 🧠 Madaniyatli nutq 📻 @AvtoradioUz loyihasi
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 304
- 1/48двое суток
- 2 640
- 1/72трое суток
- 2 847
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Fosiq nima degani? Odamlar bilan tez-tez urishib, hammadan uzoqlashib, o‘zingizni yakkalab qo‘yyapsizmi? Bu ruhiy holatning juda qadimiy nomi bor. Kelib chiqishi va izohi: Arab tilidan olingan bu so‘z dastlab tabiatdagi oddiy hodisaga nisbatan ishlatilgan: fasaqо aslida pishgan xurmoning o‘z po‘stini yorib, tashqariga chiqib ketishini anglatadi. Shundan kelib chiqib, psixologiyada buni «insonning sog‘lom ijtimoiy va ruhiy chegaralarni buzib chiqishi, ichidagi to‘polon, ziddiyatni tashqariga sochishi va oqibatda yaqinlari bilan aloqani uzishi» tarzida talqin qilish mumkin. Imlosi: Bu so‘zning oxiri «q» harfi bilan tugaydi. Ba’zan bu so‘z xato tarzda fosih deb yoziladi. Demak: Fosiqlik sog‘lom ruhiy va insoniy chegaralarni buzib chiqishdir! Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
«Yotig‘i bilan tushuntir» deganidagi yotig‘i nima? Biz bu xitobni odatda janjal paytida, kimgadir "baqirmasdan, sekinroq ayt" degan ma'noda ishlatamiz. Asl ma’nosi quyidagicha: Bu yerdagi "yotig‘i" so'zining o‘zagi "yotmoq" fe'lidan olingan. Ammo bu joydagi ma'no uxlash emas, balki "sokinlashmoq, tekislanmoq, bosilmoq" demakdir. Buni biz "to'lqin yotishdi" yoki "chang yotishdi" degan iboralarda ko'ramiz. “Yotiq" so‘zi g‘adir-budir va o'tkir burchaklardan xoli, silliq va xotirjam holatdir. Bu so’zining psixologik jihati ham bor. Kognitiv psixologiyada inson asabiylashganda uning hissiyotlari "tikka" bo‘ladi (ongning mantiqiy qismi o'chib, amigdala — himoya rejimi ishga tushadi). Bunday "tikka" holatda odamga haqiqatni ham uqtirib bo‘lmaydi. "Yotig‘i bilan tushuntirish" oldin ruhiy to'lqinlarni bosish, vaziyatning o'tkir burchaklarini silliqlash, ana undan keyingina mantiqqa murojaat qilishdir. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur? Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. Tulki yogʻga oʻch boʻladi. Oʻtmishda ovchilar uni tutish uchun qopqonni tuproqqa koʻmib, ustiga bir parcha dumba yogʻi qoʻyib qoʻyardilar. Tulki uni yeyman deb kelib, qopqonga ilinardi. Ammo hamma tulkilar ham osongina qoʻlga tushavermasdi. Negaki tulki boshqa hayvonlar ichida eng sezgir, ayyor va hushyordir. Mazkur maqol shuning natijasida yuzaga kelgan boʻlib, majoziy maʼnoda odamlarni hushyor, ehtiyotkor boʻlishga undaydi. Boshqa shakllari: • Bozordagi botmon quyruq, taroziga tortgan quyruq. Bir balosi boʻlmasa, nega shudgorda yotgan quyruq?! • Bir balosi boʻlmasa, kavakda kabob na qilur? Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan *Quyruq soʻzi bu maqolda dumba maʼnosida ishlatilgan. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
«O‘takamni yording» iborasidagi o‘taka nima? Hozir biz buni kutilmaganda birovdan qattiq cho‘chib ketishga nisbatan ishlatamiz. Ammo qo‘rqqanda insonning qayeri "yoriladi"? "O‘taka" — bu inson organizmidagi o‘t qopi deganidir. Qadimgi turkiy tabobat va tafakkurda o‘t qopi qat'iyat, botirlik va shu bilan birga qattiq qo‘rquv markazi hisoblangan. Inson to‘satdan kuchli dahshatga tushganda, uning miyasi favqulodda xavf signalini beradi. Natijada organizmda keskin biokimyoviy o'zgarishlar va ichki a'zolarda kuchli spazm yuz beradi. Xalqimiz asab tizimidagi bu kutilmagan va og'riqli zarbani metafora qilib "o‘t qopi yorilib ketish darajasidagi zarba" deb ta'riflagan. Xalq orasida esa qattiq qo‘rquvdan odamning o‘t pufagi yorilib ketishi mumkin degan afsonaviy tushuncha shakllangan. Imlosi: O‘taka so‘zi 3 ta unli, 2 ta undoshdan iborat. O’-ta-ka tarzida 3 ta bo’g’inga ajratiladi. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
BIR PAS NECHA DAQIQA? Bolalikdagi she’riy mashqlarimning birida shabboda, to‘xta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri: “O‘zbek adabiy tilida bir pas degan so‘z yo‘q, bir nafas deyish kerak”, deb o‘zi qizil qalam bilan to‘g‘rilab qo‘ygan. Ko‘p yillar o‘tib Navoiyning “Layli va Majnun” ida shunday baytni ko‘rdim: Bir pos chu tundin o‘di ul xayl, Tushluq tushi qildi uyquga mayl. Lug‘atlarga qaradim. Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha chasovoy ma’nosidagi atama bo‘lib chiqdi. Pos — o‘zimizning so‘z, deb xato aytmadim. Asli forscha yoki arabcha o‘zakka ega bo‘lgan, asrlar davomida tilimiz tarkibida yashab bizga xizmat qilayotgan so‘zlar ham, albatta, o‘z so‘zlarimizdir. Xuddi shunday, rus, mojar, arab, tojik va boshqa tillarda xizmat qilayotgan o‘zbek so‘zlari ham hozirgi egalariga buyursin. Demak, o‘zbekning bir pasi bir soat bo‘lar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan so‘zning ma’nosini o‘zingiz tushunavering. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
"Esdalik" so'zi o'zbek tilida esdalik tarzida yoziladi. Tarkibi: es-da-lik (3 bo'g'inli so'z) Ma'nosi: Esda qolgan taassurot, xotira, yodgorlik. Masalan: Sayyohlar yurtimizdan esdalik uchun sovg’alar olishdi. Sizga o’z esdaliklarimdan bir voqeani so'zlab berdim. Ba’zan bu so’z esTalik tarzida t xarfi bn xato yoziladi. Imlo lug'atiga ko'ra so'zning to’g’ri yozilishi, "esdalik" d xarfi bilan yoziladi. Demak, eslab qolamiz: Esdalik — biror voqea, joy yoki insonni yodga solib turuvchi narsa, ya’ni xotira uchun saqlanadigan buyum. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
G‘iybat 😯 Hozirda bu "birovning ortidan yomonlash" deb tushuniladi. Asl ma’nosi: Arabcha "g‘ayb" (ko‘rinmaydigan, yashirin) o‘zagidan. Etimologik nozikligi: "G‘iybat" — bu insonning yo‘qligida, ya’ni u "g‘oyib" bo‘lganida gapirishdir. Bu yerda qiziq nuqta shuki, gapirilayotgan gap rost bo‘lsa ham, inson o‘zini himoya qilolmaydigan (yo‘q) holatida aytilgani uchun bu ma’naviy jinoyat hisoblanadi. Agar yolg‘on bo‘lsa, u allaqachon bo‘hton bo‘ladi. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Oshiq 🌿 Bugun bu so‘z ko‘proq yengil-elpi tuyg‘ular, qo‘shiqlar va seriallar darajasidagi "ishqibozlik"ni anglatadi. Asl ma’nosi: "Ashaqa" — bu bir o‘simlik (pechakgul) bo‘lib, u o‘zi chirmashgan daraxtning hamma sharbatini shimib oladi va daraxtni quritib qo‘yadi. Tasavvufiy jihati: Haqiqiy oshiq — o‘z "men"ligini butunlay quritgan, o‘zligidan kechib, suyuklisi (Xoliq yoki haqiqat) ichida yo‘q bo‘lgan insondir. Vazni: Hozir bu so‘zning "fidoiylik" va "yo‘qlik" ma’nosi yo‘qolib, faqat hissiy "egalik qilish" ma’nosi qolgan. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Malol (Malol kelmoq) "Menga malol keldi" deganda biz "og‘ir botdi", "yoqmadi" deb tushunamiz. Asl ma’nosi: Arabchada "zerikish", "toqatning tugashi" demakdir. Psixologik jihati: Insonning ruhiyati bir xillikdan yoki ortiqcha yukdan charchagan holati "malol" deyiladi. Hadislarda ham "Amallarning Allohga eng seviklisi, garchi oz bo‘lsa-da, davomiysidir" deyilganda, inson o‘ziga "malol" keltirmaydigan (zeriktirib, charchatib qo‘ymaydigan) darajada amal qilishi nazarda tutilgan. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Saxovat nima degani? Hozir bu so‘z ko‘pincha "boy odamning ehsoni" yoki "pul berish" deb tushuniladi. Asl ma’nosi: "Saxa" — "issiq yer", "yumshoq tuproq" demakdir. Saxovatli inson qalbi issiq va yumshoq tuproq kabi bo‘lgan kishidir. Qattiq yerga suv singmaganidek, qattiq qalbga ezgulik kirmaydi. Saxovat — bu mol berishdan avval, qalbning yumshashi va iliqligidir. Saxovat so’zida 3 ta unli, 4 ta undosh xarf bor. Saxovat qattiq x bilan yoziladi. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Уже – allaqachon? Rus tilidagi “уже”, yaʼni harakat yoki hodisaning amalga oshib boʻlganini ifodalovchi soʻz lugʻatlarda “allaqachon” deb berilgan. Lekin biror gapni tarjima qilayotganingizda, bu soʻzni lugʻatdagi soʻz bilan tarjima qilishga aslo yoʻl qoʻymang! “Allaqachon” soʻzi harakat ancha vaqt avval sodir etilganlini bildiradi, lekin men hozirgina ovqatlanib boʻlgan boʻlsamchi? Bunday holatda “boʻlmoq” soʻzidan foydalaning. Fikrimcha, “allaqachon” soʻzi qoʻpolroq va yozma shaklda undan foydalanmagan yaxshi. Я уже пообедал – Men allaqachon tushlik qildim ❌ Я уже пообедал – Men tushlik qilib boʻldim ✅ Vaziyatga qarab: Men tushlik qilib boʻlganman ✅ Men tushlik qilib boʻlgan edim ✅ variantlari ham to’g’ri bo’ladi Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Kulgu yoki kulgi? Eng keng tarqalgan xatoliklardan biri — kulgi soʻzini kulgu deb talaffuz qilish va yozish. Kulgi — i harfi bilan yoziladi. Yodda qolish oson boʻlishi uchun kulgich soʻzini asos qilib oling. Kulgu ❌ Kulgu ustasi ❌ Kulgi ✅ Kulgi ustasi ✅ Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Тво́рог или творо́г? Tvorog (ruscha: творог) — sutni maxsus achitqi yordamida ivitib, hosil bo'lgan zardobini ajratib olish orqali tayyorlanadigan oqsilga boy sut mahsulotidir. So’z rus tilidan olingan bo'lib, o'zbek tilida ba'zan "pishloq" yoki "ivigan sut" deb ham yuritiladi, ammo asosan "tvorog" nomi ishlatiladi. Творог soʻzida urgʻuni birinchi boʻgʻinga ham, ikkinchi boʻgʻiniga ham qoʻyish mumkin. Rus tilida ham, oʻzbek tilida ham shunday. Siz qanday talaffuz qilasiz? Тво́рог ✅ Творо́г ❇️ Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
🎓Qaysi so‘zlarning kelib chiqishi sizga qiziq? Qaysi so‘zlarni yozish va talaffuz qilishda qiynalasiz? 🎓 • Muloqotda ko’p foydalaniladigan, ammo ma’nosini bilmaydigan iboralaringiz bormi? 🌐 Instagram sahifamizga yozing, ularni birgalikda tahlil qilamiz.
“Tomosha” so‘zi qanday yoziladi? Kelib chiqishi va izohi (etimologiya): • So‘z fors-tojik tilidan o‘zlashgan. • Asli: “tamāšā” • Ma’nosi: ko‘rish, diqqat bilan kuzatish, namoyish, sahna, qiziqarli manzara ma’nolarini bildiradi. Imlo (yozuv qoidasi): • Adabiy tilda to‘g‘ri shakl: ✅ tomosha • Xato variantlar: • ❌ tamosha Gapda qo‘llanishi: • Biz kinoni tomosha qildik. • Ular stadionda o‘yinni tomosha qilishdi. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Sariyogʻ / Sayroq Nafaqat yosh bolalar, baʼzida kattalardan ham eshitib qolamiz: sariyogʻ soʻzini sayroq deyishadi. Agar talaffuz qilishda qiynalsangiz, soʻzni ikkiga boʻlib oling. Sariq + yogʻ = sariyogʻ Sayroq soʻzining sayroqi degan shakli ham bor va “sayraydigan” yoki “koʻp gapiradigan” degan maʼnolarni anglatadi. Sayroq ❌ Sariyogʻ ✅ Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Haqiqatdan yoki haqiqatan? Chindan, rostdan ma’nosida ishlatilganda haqiqatan tarzida aytiladi va yoziladi: — O’zbekiston haqiqatdan ham yorqin kelajak sari odimlamoqda ❌ — O’zbekiston haqiqatan ham yorqin kelajak sari odimlamoqda ✅ Shu tarzda hosil bo’lgan boshqa so’zlar: nisbatan, aqlan, ruhan, odatan, taxminan. ——————— Haqiqat so’ziga chiqish kelishigi (-dan) qo’shimchasi qo’shilsa, haqiqatdan so’zi hosil bo’ladi: — Bu gap haqiqatan yiroq ❌ — Bu gap haqiqatdan yiroq ✅ — Haqiqatdan ungan rivoyat. — Haqiqatdan uzoq fikrlar. Haqiqatan shakli ko’p hollarda ham bog’lovchisi bilan birga kelishini bilib olsangiz, esda qolishi oson bo’ladi. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Obdon yoki obdan? Mana bu yerdagi holatda obdan deyilishi to‘g‘ri. Nima uchun? Obdan ravishi juda ham, rosa, yaxshilab, batamom degan ma’nolarni anglatadi. Obdon so‘zi ham bor, lekin uning ma’nosi umuman boshqa. Tojikcha ob oti va -don qo‘shimchasi yordamida hosil bo‘lgan bu so‘z suvdon, ya’ni suv solinadigan yoki saqlanadigan idish degan ma’noni bildiradi. Bu so‘zning ovdan degan shakli ham bo‘lib, u yer osti va yomg‘ir suvlarini bir joyga yig‘ish uchun quriladigan inshootga aytiladi. Demak: ❌ Obdon urinmoq ✅ Obdan urinmoq Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Istihola nima? Istihola arabcha “bir holatdan ikkinchi holatga oʻtish” maʼnosini anglatuvchi soʻzdan hosil boʻlgan va oʻzbek tilida tortinish, andishaga borish, uyalish, iymanish maʼnolarida ishlatiladi. Koʻp hollarda qoʻshma feʼl bilan ifoda qilinadi: — istihola qilmoq — istiholaga bormoq — istihola tortmoq • U fikrlarini ochiq-oydin ifodalashga istihola qildi. • Juda istihola tortib, peshonamdan ter chiqib ketdi. • Tinglovchilar vaqtini oʻgʻirlashimni oʻylab, istiholaga bordim va gaplarimni qisqa qildim. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Shoh yoki shox? Ikkovi ham toʻgʻri, faqat bularning maʼnosi turlicha. Shoh — podshoh, qirol, xalqboshi. Misol: Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha oʻz yurtingda gado boʻl. Shox (1) — daraxtning butogʻi, uning tanasidan oʻsgan shox-shabba. Misol: Daraxtlarning shoxini kesish vaqti keldi. Shox (2) — Baʼzi hayvonlarning boshidan oʻsadigan suyak, muguz. Misol: takaning kichkinagina shoxchalari bor edi, lekin doim raqibini shoxlashga tayyor turardi. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar