Avtoradio FM 102.0 | Rasmiy kanal
Статистика“Avtoradio” – Avto & mobil qurilmangizda BIRINCHI! 😎 Cheksiz tinglang, his qiling, seving! ❤️ Soʻzgar loyihasi — @sozgaruz 📻
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 698
- 1/48двое суток
- 799
- 1/72трое суток
- 862
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
😕"Avtoradio" efirida "Maxsus mavzu" loyihasi doirasida🇨🇭Shveysariyaning "GLOBOGATE concept" tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Tuychi Ruziboev boʼldi 👳♀️@avtoradiouz
Fosiq nima degani? Odamlar bilan tez-tez urishib, hammadan uzoqlashib, o‘zingizni yakkalab qo‘yyapsizmi? Bu ruhiy holatning juda qadimiy nomi bor. Kelib chiqishi va izohi: Arab tilidan olingan bu so‘z dastlab tabiatdagi oddiy hodisaga nisbatan ishlatilgan: fasaqо aslida pishgan xurmoning o‘z po‘stini yorib, tashqariga chiqib ketishini anglatadi. Shundan kelib chiqib, psixologiyada buni «insonning sog‘lom ijtimoiy va ruhiy chegaralarni buzib chiqishi, ichidagi to‘polon, ziddiyatni tashqariga sochishi va oqibatda yaqinlari bilan aloqani uzishi» tarzida talqin qilish mumkin. Imlosi: Bu so‘zning oxiri «q» harfi bilan tugaydi. Ba’zan bu so‘z xato tarzda fosih deb yoziladi. Demak: Fosiqlik sog‘lom ruhiy va insoniy chegaralarni buzib chiqishdir! Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Tashrif va ajoyib suhbat uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz! 🎙 👳♀️@avtoradiouz
Bugun, Avtoradioda mehmon — Behruz Bozorov (Germaniya Hayoti) 🇩🇪 👳♀️@avtoradiouz
🚧 2026-yil 6-avgust soat 23:59 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Kichik halqa yo‘lining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Arnasoy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi. Shu munosabat bilan, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi mazkur hudud orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari sxemasi ham o‘zgarishini ma’lum qiladi. ⚠️ Eslatma: Cheklovlar davomida ko‘chalarda tirbandliklar ortishi ehtimoli mavjud. Zaruratga qarab yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Avtobuslarning qatnov va oraliq vaqti rejadagidan biroz uzoqroq davom etishi mumkin. Biz avtoradiochilardan o‘z yo‘llarini ushbu ta’mir ishlariga qarab rejalashlarini, ta'mirlash ishlari olib borilayotgan hududda ehtiyotkor bo‘lishlari, vaqtinchalik yo‘l harakati cheklovlariga amal qilishlari hamda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlarini so‘ragan bo‘lardik. Yo‘lingiz ravon bo‘lsin, aziz avtoradiochilar 💛 👳♀️ @avtoradiouz
«Yotig‘i bilan tushuntir» deganidagi yotig‘i nima? Biz bu xitobni odatda janjal paytida, kimgadir "baqirmasdan, sekinroq ayt" degan ma'noda ishlatamiz. Asl ma’nosi quyidagicha: Bu yerdagi "yotig‘i" so'zining o‘zagi "yotmoq" fe'lidan olingan. Ammo bu joydagi ma'no uxlash emas, balki "sokinlashmoq, tekislanmoq, bosilmoq" demakdir. Buni biz "to'lqin yotishdi" yoki "chang yotishdi" degan iboralarda ko'ramiz. “Yotiq" so‘zi g‘adir-budir va o'tkir burchaklardan xoli, silliq va xotirjam holatdir. Bu so’zining psixologik jihati ham bor. Kognitiv psixologiyada inson asabiylashganda uning hissiyotlari "tikka" bo‘ladi (ongning mantiqiy qismi o'chib, amigdala — himoya rejimi ishga tushadi). Bunday "tikka" holatda odamga haqiqatni ham uqtirib bo‘lmaydi. "Yotig‘i bilan tushuntirish" oldin ruhiy to'lqinlarni bosish, vaziyatning o'tkir burchaklarini silliqlash, ana undan keyingina mantiqqa murojaat qilishdir. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Instagramda 100 000 ta boʻldik! 🥳 👳♀️ @avtoradiouz
“TOP TAXI” loyihasining bu galgi sonida ayol haydovchi gʻolibamizga aylandilar 🦋 Dushanbadan-Jumagacha, soat 15:00 da, Avtoradio FM 102.0da “TOP TAXI” loyihasi boʻlib oʻtadi 🚕 Avtoradio FM 102.0 yulduzi Ilova orqali taxi chaqiradi, buyurtmani qabul qilib, bizning boshlovchimizni studiyamizga olib kelgan taksi haydovchisi gʻolibga aylanadi 🎉 Haydovchiga yoʻl haqqi toʻlovi bilan birga, bakini benzinga toʻldirib beramiz⛽️😻 Agar avtomobil FM 102.0ga sozlangan boʻlsa, biriz ikki boʻlgani shu — bunda siz avtomobil yutib olish imkoniyatiga egasiz degani! 🚗 TOP TAXI — TOP RADIODA! 📻 👳♀️ @avtoradiouz
Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur? Bu maqol tulkining tilidan aytilgan. Tulki yogʻga oʻch boʻladi. Oʻtmishda ovchilar uni tutish uchun qopqonni tuproqqa koʻmib, ustiga bir parcha dumba yogʻi qoʻyib qoʻyardilar. Tulki uni yeyman deb kelib, qopqonga ilinardi. Ammo hamma tulkilar ham osongina qoʻlga tushavermasdi. Negaki tulki boshqa hayvonlar ichida eng sezgir, ayyor va hushyordir. Mazkur maqol shuning natijasida yuzaga kelgan boʻlib, majoziy maʼnoda odamlarni hushyor, ehtiyotkor boʻlishga undaydi. Boshqa shakllari: • Bozordagi botmon quyruq, taroziga tortgan quyruq. Bir balosi boʻlmasa, nega shudgorda yotgan quyruq?! • Bir balosi boʻlmasa, kavakda kabob na qilur? Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan *Quyruq soʻzi bu maqolda dumba maʼnosida ishlatilgan. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
10 yoshing muborak Avtoradio! 💛🚗 👳♀️@avtoradiouz
без подписи
без подписи
«O‘takamni yording» iborasidagi o‘taka nima? Hozir biz buni kutilmaganda birovdan qattiq cho‘chib ketishga nisbatan ishlatamiz. Ammo qo‘rqqanda insonning qayeri "yoriladi"? "O‘taka" — bu inson organizmidagi o‘t qopi deganidir. Qadimgi turkiy tabobat va tafakkurda o‘t qopi qat'iyat, botirlik va shu bilan birga qattiq qo‘rquv markazi hisoblangan. Inson to‘satdan kuchli dahshatga tushganda, uning miyasi favqulodda xavf signalini beradi. Natijada organizmda keskin biokimyoviy o'zgarishlar va ichki a'zolarda kuchli spazm yuz beradi. Xalqimiz asab tizimidagi bu kutilmagan va og'riqli zarbani metafora qilib "o‘t qopi yorilib ketish darajasidagi zarba" deb ta'riflagan. Xalq orasida esa qattiq qo‘rquvdan odamning o‘t pufagi yorilib ketishi mumkin degan afsonaviy tushuncha shakllangan. Imlosi: O‘taka so‘zi 3 ta unli, 2 ta undoshdan iborat. O’-ta-ka tarzida 3 ta bo’g’inga ajratiladi. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Chilonzor tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, vakolatli tashkilotlarning ruxsatnomalariga asosan, Bunyodkor shoh ko‘chasining ikkinchi darajali qismi bo‘ylab, KXAY yo‘lining Chilonzor metro bekatidan So‘galli ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida mavjud suv tarmog‘ini mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Mazkur ishlar doirasida "Toshkent shahar Suv injiniring kompaniyasi" tomonidan eskirgan suv quvurlari yangilanadi. Shu munosabat bilan 2026-yil 28-iyul kuni soat 23:00 dan 30-avgustga qadar Bunyodkor shoh ko‘chasining yuqorida ko‘rsatilgan qismida bir tomonlama avtomobil qatnovi vaqtincha yopilishi haqida xabar berilyapti. Haydovchilar va piyodalardan ta'mirlash ishlari olib borilayotgan hududda ehtiyotkor bo‘lishlari, vaqtinchalik yo‘l harakati cheklovlariga amal qilishlari hamda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari so‘raladi. Yo‘lingiz ravon bo‘lsin, aziz avtoradiochilar 💛 👳♀️ @avtoradiouz
Bir tinglovchimiz: “Avtomobilimning yurish masofasi ham Avtoradioning muxlisi” deya rasm yuboribdilar 😁 👳♀️@avtoradiouz
💰 ”XAZINA” shousining navbatdagi soni gʻolibini aniqladik “Xazina” loyihasini tinglang, unda ishtirok eting va gʻolib boʻling 🤑 Dushanbadan Jumagacha, soat 14:00 da — “Xazina” loyihasida koʻrishamiz 🤬 👳♀️ @avtoradiouz
BIR PAS NECHA DAQIQA? Bolalikdagi she’riy mashqlarimning birida shabboda, to‘xta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri: “O‘zbek adabiy tilida bir pas degan so‘z yo‘q, bir nafas deyish kerak”, deb o‘zi qizil qalam bilan to‘g‘rilab qo‘ygan. Ko‘p yillar o‘tib Navoiyning “Layli va Majnun” ida shunday baytni ko‘rdim: Bir pos chu tundin o‘di ul xayl, Tushluq tushi qildi uyquga mayl. Lug‘atlarga qaradim. Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha chasovoy ma’nosidagi atama bo‘lib chiqdi. Pos — o‘zimizning so‘z, deb xato aytmadim. Asli forscha yoki arabcha o‘zakka ega bo‘lgan, asrlar davomida tilimiz tarkibida yashab bizga xizmat qilayotgan so‘zlar ham, albatta, o‘z so‘zlarimizdir. Xuddi shunday, rus, mojar, arab, tojik va boshqa tillarda xizmat qilayotgan o‘zbek so‘zlari ham hozirgi egalariga buyursin. Demak, o‘zbekning bir pasi bir soat bo‘lar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan so‘zning ma’nosini o‘zingiz tushunavering. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
🤩Taksi haydovchisi tugʻilgan kunida “TOP TAXI” loyihasining navbatdagi soni gʻolibi boʻldi 🎉⚡️ Dushanbadan-Jumagacha, soat 15:00 da, Avtoradio FM 102.0da “TOP TAXI” loyihasi boʻlib oʻtadi 🚕 Avtoradio FM 102.0 yulduzi Ilova orqali taxi chaqiradi, buyurtmani qabul qilib, bizning boshlovchimizni studiyamizga olib kelgan taksi haydovchisi gʻolibga aylanadi 🎉 Haydovchiga yoʻl haqqi toʻlovi bilan birga, bakini benzinga toʻldirib beramiz⛽️😻 Agar avtomobil FM 102.0ga sozlangan boʻlsa, biriz ikki boʻlgani shu — bunda siz avtomobil yutib olish imkoniyatiga egasiz degani! 🚗 TOP TAXI — TOP RADIODA! 📻 👳♀️ @avtoradiouz
"Esdalik" so'zi o'zbek tilida esdalik tarzida yoziladi. Tarkibi: es-da-lik (3 bo'g'inli so'z) Ma'nosi: Esda qolgan taassurot, xotira, yodgorlik. Masalan: Sayyohlar yurtimizdan esdalik uchun sovg’alar olishdi. Sizga o’z esdaliklarimdan bir voqeani so'zlab berdim. Ba’zan bu so’z esTalik tarzida t xarfi bn xato yoziladi. Imlo lug'atiga ko'ra so'zning to’g’ri yozilishi, "esdalik" d xarfi bilan yoziladi. Demak, eslab qolamiz: Esdalik — biror voqea, joy yoki insonni yodga solib turuvchi narsa, ya’ni xotira uchun saqlanadigan buyum. Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Gʻolibimizga doimgidek benzin, Jasur Xudayberganovga esa OSCAR! 🏆