Xalqaro hamkorlik | Rasmiy kanali
Статистика🇺🇿Universitet Xalqaro hamkorlik faoliyatini rivojlanitirish rasmiy kanali. 🇬🇧 The official channel of international cooperation of the university. 📩Murojaat va takliflar uchun- @aslidd1novich
- Последний пост
- 09:50
- Последнее чтение
- 02:43
- Постов за неделю
- 16
- Всего постов
- 87
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Образование
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 169
- 1/48двое суток
- 193
- 1/72трое суток
- 208
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇨🇳 XITOYDA XALQARO O‘QUV-TRENING DASTURI Xitoy–O‘zbekiston kasbiy ta’lim alyansi tomonidan O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari vakillari uchun raqamli texnologiyalar yo‘nalishida maxsus o‘quv-trening dasturi tashkil etilmoqda. 📍 Manzil: Chongqing Polytechnic University of Engineering, Chunsin, Xitoy 🗓 Muddat: 11–30-sentabr 2026-yil 👥 Qabul: 20 nafar ishtirokchi 📌 Yo‘nalishlar: • Sun’iy intellekt • IoT • Kompyuter ilmlari • Dasturiy muhandislik • Telekommunikatsiya muhandisligi • Raqamli texnologiyalar 👨🏫 Ishtirokchilar: professor-o‘qituvchilar, rahbar xodimlar va talabalar. 🎓 O‘quv mashg‘ulotlari bepul, dastur yakunida sertifikat beriladi. 💰 Aviachipta, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlar — 1 500 AQSH dollari, ishtirokchi yoki yuboruvchi tashkilot hisobidan. 📌 Nomzodlarni taqdim etish muddati: 25-avgust 2026-yil. 📞 Murojaat uchun: +998 97 310 09 22 📱 Telegram 😎 Instagram
🌐 UNESCO YOUTH HACKATHON 2026 — XALQARO TANLOV YUNESKO tomonidan “O‘z hissangizni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” mavzusida Youth Hackathon 2026 xalqaro tanlovi e’lon qilindi. 💡 Tanlov yo‘nalishlari: • media va axborot savodxonligi; • sun’iy intellekt; • raqamli xavfsizlik; • noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurash. 👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin? 18–30 yoshdagi 2–6 nafar ishtirokchidan iborat milliy yoki xalqaro jamoalar. 🏆 G‘oliblar 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida o‘tkaziladigan xalqaro festivalda o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 16-avgust 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://tally.so/r/MePkYk ℹ️ Batafsil ma’lumot: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youth-hackathon-2026 📢 Innovatsion g‘oyangiz bo‘lsa, uni xalqaro maydonga olib chiqish uchun ayni imkoniyat! 📱 Telegram 😎 Instagram
🇵🇹Portugaliyada toʻliq moliyalashtiriladigan trening va konferensiya — ICANN Fellowship Program 2026 Moliyalashtirish: To'liq Til talabi: Ingliz tili Kimlar uchun ➡️Kamida 21 yoshda boʻlish; ➡️Internet siyosati, DNS operatsiyalari va internet xavfsizligi sohasiga qiziqishi yoki ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritishi; ➡️ICANN Learn onlayn kurs(lar)ini muvaffaqiyatli tugatish kerak. Foydali tomonlari ➡️Tadbirda ishtirok etish uchun borish-kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi; ➡️Turar joy va kunlik xarajatlar uchun stipendiya beriladi; ➡️Soha mutaxassislaridan individual mentorlik koʻmagi beriladi. Dastur haqida ➡️Ushbu dastur internet boshqaruvi, domen nomlari tizimi (DNS) va kiberxavfsizlik sohasiga qiziquvchilar uchun uchun moʻljallangan trening va konferensiya hisoblanadi. 🕓Oxirgi muddat: 21-avgust, 2026 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/edumsf #Portugaliya #tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi 💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
без подписи
без подписи
#Xalqaro_yozgi_maktab 🇺🇿🇨🇳 XALQARO YOZGI MAKTAB: NAZARIY BILIMDAN AMALIY TAJRIBAGACHA ✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Xitoyning Shihezi universiteti talabalari ishtirokida Xalqaro yozgi maktab mashg‘ulotlari o‘tkazildi. ✅O‘quv dasturi doirasida xorijiy talabalar darslarda ishtirok etib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. ✅Jumladan, "Dukkakli don ekinlarining umumiy tavsifi" mavzusidagi mashg‘ulotni dotsent Baxodir Mavlonov olib bordi. Unda ekinlarning xususiyatlari va oziqa bazasini shakllantirishdagi ahamiyati tushuntirildi. ✅Dasturdan qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, resurs tejamkor texnologiyalar hamda genetika va seleksiya bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘rin oldi. ✅Ushbu yozgi maktab ikki mamlakat o‘rtasidagi akademik hamkorlik va tajriba almashinuvini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !!р 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
без подписи
без подписи
#Xalqaro_hamkorlik ✅Ilm-fan, innovatsiya va amaliy ta’lim uyg‘unligi: Shihezi University delegatsiyasi universitetimizning zamonaviy ta’lim muhitida ✅Shu kunlarda universitetimizda mehmon bo'lib turgan Shihezi University delegatsiyasi uchun Jahon banki hamda Islom taraqqiyot banki ko‘magida tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalar namoyish etildi. ✅Ushbu markazlar talabalar va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari uchun keng imkoniyat yaratmoqda. ✅Tashrif davomida mehmonlar veterinariya meditsinasi, diagnostika, oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiya yo‘nalishlaridagi amaliy ta’lim jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar. ✅Ayniqsa, Chorvachilik va texnologiyalar fakultetidagi seleksiya, genetika va mahsulotlarni qayta ishlash imkoniyatlari xalqaro delegatsiya a'zolarida katta qiziqish uyg'otdi. ✅SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !!р 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Xalqaro_hamkorlik ✅Xalqaro hamkorlik amalda: Shihezi universiteti delegatsiyasi Samarqandda! ✅O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik doirasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. ✅Bu hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida bugun, 11-avgust kuni, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Shihezi University delegatsiyasi ishtirokida “Xalqaro yozgi maktab–2026” o‘z ishini boshladi. ✅10 nafar talaba va 2 nafar professor-o‘qituvchidan iborat Shihezi University delegatsiyasining tashrifi 11–13-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan. Tashrifning dastlabki kunida mehmonlar universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, oliy dargohning ta’lim jarayoni va ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. ✅Xorijlik mehmonlarga universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalari namoyish etilib, mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. ✅Yozgi maktab dasturidan zamonaviy agrotexnologiyalar va mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish, dukkakli don ekinlari, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, energiya hamda resurs tejamkor texnologiyalar, shuningdek, chorvachilikda genetika, seleksiya va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan. ✅Shuningdek tashrif davomida xitoylik talabalar Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish maqsadida Amir Temur maqbarasi, Registon, Bibixonim majmuasi, Boqiy shahar hamda Imom Al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan. ✅ “Xalqaro yozgi maktab–2026” O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish va qishloq xo‘jaligi, muhandislik hamda zamonaviy agrotexnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !!р 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
🎓 XALQARO STIPENDIYA IMKONIYATI | TWAS FELLOWSHIP PROGRAM 🌍 The World Academy of Sciences (TWAS) tomonidan qishloq xo‘jaligi, biologiya va biotexnologiya, kimyo, muhandislik hamda yer va atrof-muhit fanlari yo‘nalishlarida PhD va postdoktorantura bosqichlari uchun xalqaro stipendiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi. 📍 Stajirovka va ilmiy tadqiqotlar Hindiston, Xitoy, Pokiston, Janubiy Afrika hamda boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy muassasalarida amalga oshiriladi. 🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 10-avgust 📌 Muhim talab: Ariza topshirishda qabul qiluvchi ilmiy muassasadan Acceptance Letter (dastlabki rozilik xati) talab etiladi. 🔗 Onlayn ariza: https://onlineforms.twas.org/apply/301 ℹ️ Batafsil ma’lumot: https://www.twas.org 📱 Telegram 😎 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik 🌍 Xalqaro hamkorlik yo‘lida navbatdagi muhim qadam Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vakili ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou shahrida o‘tkazilayotgan “Asian-African Foot and Mouth Disease Prevention and Control Technology Seminar” xalqaro seminarida ishtirok etmoqda. Mazkur seminar FAO hamda Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Lanchjou Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda Osiyo va Afrika davlatlaridan yetakchi olimlar, xalqaro ekspertlar hamda veterinariya sohasi mutaxassislari qatnashmoqda. Seminar doirasida hayvonlarning yuqumli kasalliklari, xususan, oqsil kasalligini (Foot-and-Mouth Disease – FMD) oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, xalqaro tajriba hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir universitetning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda veterinariya sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !! 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
📢 [Tabiiy mahsulotlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlardan yuqori impakt-faktorli ilmiy nashrlargacha: Ikki kunlik bepul ma'ruzalar turkumi] 📢 Dorivor o‘simliklar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy nashrlar tayyorlash sir-asrorlarini ushbu sohaning dunyo miqyosidagi yetakchi mutaxassisidan bevosita o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ling! Sizni nufuzli xalqaro ma'ruzachi ishtirokidagi ikki kunlik maxsus ma'ruzalar turkumiga taklif etamiz! 👤 *Professor. Mushtaq Ahmad* 🏫 Pokistondagi Quaid-i-Azam universiteti Biologik xilma-xillik va bioenergetika tadqiqotlari markazi direktori. 🌍 TWAS–UNESCO xalqaro stipendiyasi sohibi 🔝 Jahonning eng ko‘p iqtibos keltirilgan Top 1% olimlari qatoriga kiruvchi olim 📊 H-Index: 80 | 26,600+ Citations 📚 900 dan ortiq ilmiy maqola va kitoblar nashr etgan muallif 🌿 Dorivor o‘simliklar hamda biologik xilma-xillik sohasidagi xalqaro ekspert 🏅"Tamgha-e-Imtiaz" davlat mukofoti sohibi 📅 1-kun | Chorshanba, 5-Avgust 2026-yil Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida dorivor o‘simliklar: Etnofarmakologiyadan fitokimyo va tabiiy dori vositalarini kashf etish hamda ishlab chiqishgacha O‘zbekiston vaqti (Toshkent vaqti) bo‘yicha: 🕖 Vaqti: 07:00–09:30 (O‘zbekiston vaqti, UTC+5) 📍 Manzil: Padjadjaran universiteti Farmatsiya fakulteti auditoriyasi 📅 2-kun | 2026-yil 6-avgust, payshanba Q1 toifasidagi yuqori impakt-faktorli ilmiy maqolalarni yozish ko‘nikmalari: O‘simliklarga asoslangan bioinnovatsiyalardan sanoat mahsulotlarigacha 🕖 Vaqti: 07:00–14:00 (O‘zbekiston vaqti) 📍 O‘tkazilish joyi: Padjadjaran universiteti Farmatsiya fakulteti, Dekanat binosining 1-qavati, IUP o‘quv xonasi (IUP Classroom) 📝 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://linktr.ee/PusdiHerbalFFUP Sizni ushbu tadbirda kutib qolamiz! 🌱
без подписи