tgindex
Startup Choyxona

Startup Choyxona

Статистика

Sizga va loyihalaringizni rivojlantirishga yordam beradigan tadbirlar va imkoniyatlar. Maqsad: Odamlarni birlashtirish va rivojlanish🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇲🇹🇯 Donat: https://donate.choyxona.tech Murojaat: @m_makhkamova На русском: @startupchoyxona

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
238
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Бизнес
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 349
−2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 031
40 постов
Вовлечённость
30,8%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 238
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
648
1/48двое суток
742
1/72трое суток
800

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 👩‍💻 “Girls in IT” loyihasining tantanali ochilish marosimi! 💚💗 IT va texnologiya sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib imkoniyat! “Girls in IT” — maktab o‘quvchilari, talabalar hamda IT sohasida ilk qadamlarini tashlayotgan qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus loyiha. Tadbir ishtirokchilarga amaliy bilimlar olish, soha ekspertlari bilan muloqot qilish hamda hamfikr dugonalar orttirish imkonini beradi. Tadbir dasturidan o‘rin olgan: 🟢 Qahva va netvorking 🟢 Interaktiv o‘yinlar 🟢 Ma’rifiy va motivatsion sessiyalar 🟢 Tech Fashion Show 🟢 Maxsus sovg‘alar va tanlovlar 🟢 Pinky Party hamda Photo Booth Joylar soni chegaralangan, bot orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 🗓 Sana: 16-avgust 🕒 Vaqt: 14:00 🎤 Format: Offline 📍 Manzil: School 21 (Toshkent sh., Ziyolilar ko‘chasi, 13) 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish 🏃‍♂️ Yo‘nalish tuzish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #tadbir

  • 🚀 Sovrin jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President AI Award 2026” tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda! “President AI Award” — sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyihalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlovdir. 🏆 Mukofot jamg‘armasi (5 ta yo‘nalish bo‘yicha): 🥇 1-o‘rin — $100 000 🥈 2-o‘rin — $60 000 🥉 3-o‘rin — $40 000 (Har bir yo‘nalishda 3 tadan g‘olib saralanadi) 📌 Ishtirok etish shartlari: • Jamoa: 3 nafardan 8 nafargacha • O‘zbekiston fuqarolari yoki YXM (JShShIR)ga ega shaxslar 📦 Ariza topshirish uchun nimalar talab qilinadi? • Ishchi MVP (minimal hayotiy mahsulot); • Loyihani taqdim etuvchi 3 daqiqalik video-pitch • GitHub repozitoriysiga havola (kodni baholash uchun) • PDF formatidagi Pitch Deck va loyiha logotipi ⏰ Arizalar qabuli: 15-avgustgacha 📄 Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing 🚀 Ariza topshirish —————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • 12 авг.1 45962

    ⚠️ Muhim yangilanish Endi barcha tadbirlar va e’lonlar faqat takliflar botimiz orqali qabul qilinadi 🚀 Botni ishga tushirish

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 😃 Startup Garage ikkinchi mavsumning GRAND DEMO KUNINI o‘tkazadi Dasturning ikki oyi davomida saralab olingan Startup Garage finalistlari o‘z loyihalarini venchur jamg‘armalari va biznes farishtalarga taqdim etadi. Ishtirokchilarni startaplar taqdimoti, investorlar va ekspertlar bilan muloqot, jamoalarni esa salohiyatli investorlarni qiziqtirish hamda moliyalashtirishni jalb etish imkoniyati kutmoqda. Dasturdan o‘rin olganlar: - finalistlarning taqdimotlari; - investorlar va ekspertlar bilan netvorking; - investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati; - tadbir hamkorlaridan sovg‘alar. 🗓 Sana: 13-avgust 2026 🕒 Vaqt: 14:00 🎤 Format: Offline 📍 Manzil: Chilonzor tumani, Qozirabod mahallasi, Arnasoy ko'chasi 1D 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish 🏃‍♂️ Yo‘nalish tuzish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #tadbir

  • 8 авг.1 0601036

    💰 Hayot Ventures: startaplar uchun investitsiya imkoniyati Hayot Bank qoshida yaqinda ish boshlagan Hayot Ventures venchur fondi O‘zbekiston bo‘ylab startaplardan arizalar qabul qilishni boshladi. Fond g'oya, MVP va Pre-Seed bosqichidagi loyihalarga $10 000–$150 000 miqdorida investitsiya kiritmoqda. 📌 Asosiy yo‘nalishlar: AI/ML, FinTech, EdTech, HealthTech, SaaS, Marketplace, Enterprise Tech, Web3, AgriTech, DeepTech va SpaceTech. Fond nafaqat investitsiya, balki mahsulotni rivojlantirish, ekspertiza va keyingi investitsiya bosqichlariga tayyorgarlikda ham startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi. 2026-yilda Hayot Ventures taxminan 20 ta investitsiya kelishuvini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 🚀 Ariza topshirish ——————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • 8 авг.927911

    🌎 UzVC Startup Growth Program 3.0: arizalar qabuli uchun so‘nggi ikki hafta! UzVC Startup Growth Program 3.0 (SGP 3.0) — startaplarni rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarga tayyorlashga qaratilgan 10 haftalik dastur bo'lib, ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda: - Silikon vodiysi investorlari va ekspertlaridan mentorlik - Amaliy workshoplar va individual sessiyalar - AQSh, Yevropa, MENA va Markaziy Osiyo investorlar ishtirokidagi Demo Day - UzVC akseleratsiyasiga qabul qilinganda $20 000 gacha investitsiya olish imkoniyati 🎤 Dastur ekspertlari orasida: - 500 Startups sobiq hamkori Marvin Liao - Venchur investor Asher Siddiqi - Silikon vodiysi investorlari - Google sobiq direktori - AI kompaniyalari asoschilari va xalqaro venchur fondlari rahbarlari 📌 Dastur MVP, dastlabki savdolari yoki PMFga ega hamda faol o‘sish va investitsiya jalb qilishga tayyor startaplar uchun mo‘ljallangan. 📅 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha 🚀 Ariza topshirish ——————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • 🧑‍💻 3D-texnologiyalar olamida o‘zingiz uchun yangi imkoniyatlarni kashf eting UEnter 3D-chop etish bo‘yicha navbatdagi bepul kursga qabul ochdi. Kursni tugatib, siz 3D-modellar yaratishni, raqamli uskunalar bilan ishlashni va o‘z g‘oyalaringizni real loyihalarga aylantirishni o‘rganasiz. Dastur bilan tanishish. 🗓 Sana: 13-avgust – 4-sentyabr 🎤 Format: Oflayn 🌍 Til: O‘zbek 📍 Manzil: UEnter 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish 🏃 Yo'nalish tuzish ——————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • 7 авг.722614

    📣 Founders Hub Fellowship dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda! Startup g‘oyangizni sinab ko‘rish, bozorni o‘rganish va uni real mahsulotga aylantirishni xohlaysizmi? Founders Hub Fellowship — universitet talabalari uchun mo‘ljallangan 6 haftalik intensiv dastur. Dastur davomida sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda: - 24/7 coworking maydoni - Founder va ekspertlardan mentorlik - ChatGPT, Claude, Canva hamda $100 stipendiya - Har kunlik tushlik - Demo Day'da loyihangizni taqdim etish imkoniyati - G‘oyangizni bozorga olib chiqish va real muammolar ustida ishlash bo‘yicha amaliy yordam 📌 Dasturga barcha universitet talabalari ariza topshirishi mumkin. Nomzodlar orasidan 20 nafar ishtirokchi saralab olinadi. 💰 Narx: Bepul (to‘liq qatnashish talab etiladi) ⏰ Arizalar qabuli: 9-avgust 23:59 gacha 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • ⭐️ StartupFest: yirik korxonalar bilan ishlash va startupingizni sinovdan o‘tkazish imkoniyati! StartupFest yangi mavsumida siz nafaqat yirik korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishasiz, balki ularning real muammolari uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqish va startupingizni amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 1 kunlik dastur doirasida sizni quyidagilar kutmoqda: - Yirik korxonalarga eksklyuziv tashrif va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish - Korxonalarning real muammolari ustida ishlash va startup yechimini ishlab chiqish - Korxona mutaxassislari, mentorlar va trackerlar bilan ishlash - Startupingizni Demo Day'da investorlar oldida taqdim etish imkoniyati - Eng istiqbolli loyihalarni real korxonalarda pilot tarzda ishga tushirish imkoniyati ⏰ Arizalar qabuli: 8-avgust, 23:59 gacha 📍 Manzil: Toshkent shahri 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • 7 авг.671510

    🚀 Texnologik startaplar uchun “Deal Velocity by MOST” akseleratoriga qabul ochildi MOST C-Space Hub “Startup Booster” bilan hamkorlikda O‘zbekiston bozorida rivojlanishga tayyor bo‘lgan texnologik startaplar uchun 8 haftalik xalqaro akseleratsiya dasturini yo‘lga qo‘ymoqda. Dasturda sizni nimalar kutadi: • amaliy vorkshoplar va mentorlik sessiyalari; • startaplarni rivojlantirish uchun sun’iy intellekt vositalari bilan ishlash; • xalqaro ekspertlar ko‘magi; • investitsiyalarni jalb qilishga tayyorgarlik; • yakuniy Demo Day. Dasturga MVPga ega va O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirilgan startaplar taklif etiladi. Ustunlik FinTech va RetailTech sohalaridagi loyihalarga beriladi, biroq arizalar barcha startaplar uchun ochiq. Dastur yakunlariga ko‘ra, “Startup Booster” jamoasi loyihalarni investitsiyaviy jozibadorligi nuqtai nazaridan baholaydi. 🗓 Ariza topshirish: 30-avgustgacha 🌐 Format: gibrid (onlayn + oflayn) 🗣 Til: rus / ingliz 🚀 Ariza topshirish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #hamkorlik_materiali

  • 6 авг.837134

    ☕️ Claude Code yordamida Product Manager ishini qanday tezlashtirish mumkin? Product Choyxona navbatdagi uchrashuviga taklif qiladi. Bu safar Product Managerlar uchun Claude Code bo‘yicha amaliy workshop bo‘lib o‘tadi. 🎤 Mehmon: Nuruddin Iminokhunov — Global Move Uzbekistan CEO'si va GDG Tashkent Community Lead. Workshop davomida Product Managerning kundalik vazifalarini Claude Code yordamida qanday bajarish mumkinligi amaliy misollar orqali ko‘rib chiqiladi. 📅 Sana: 8-avgust 🕒 Vaqt: 15:00 🌍 Til: O'zbek 📍 Manzil: Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Qorasaroy kampusi, 310-xona 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish 🏃 Yo'nalish tuzish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #tadbir

  • 🎤 AWS User Group Tashkent ma’ruza takliflarini qabul qilmoqda! ☁️ AWS Community Day Central Asia Toshkentda ICT Week doirasida 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi! AWS yoki bulutli texnologiyalar bilan bog‘liq hikoya, loyiha yoki boshqalar bilan bo‘lishishga arziydigan tajribangiz bormi? Biz AWS, AI/ML, serverless, DevOps, xavfsizlik, ma’lumotlar, arxitektura, xarajatlarni optimallashtirish va boshqa mavzulardagi ma’ruza takliflarini kutamiz Ilk bor konferensiyada ma’ruza qilmoqchimisiz? Sizga yordam beramiz! Texnik jamoamiz mavzuni takomillashtirish, slaydlarni yaxshilash va sahnaga tayyorlanishda ko‘maklashadi 📅 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 25-avgust 🚀 Arizangizni awsug.uz sayti orqali yuboring

  • 💥 Sales Doctor asoschilari bilan Fuckup Talks Muvaffaqiyat ortida qanday xatolar va qiyin qarorlar turadi? Fuckup Talks'ning navbatdagi uchrashuvida Sales Doctor jamoasi o‘z tajribasi, xatolari va ulardan olgan saboqlari bilan bo‘lishadi. Uchrashuv davomida kompaniyaning o‘sish yo‘lidagi xatolar, muhim qarorlar va amaliy tajribalar muhokama qilinadi. Spikerlar: • Davron Abidov — General Manager / CEO • Hasan Xo‘janazarov — CTO • Otabek Suvonov — Co-founder & Global CEO Bugungi kunda Sales Doctor deyarli $4 mln ARR'ga erishgan va keyingi o‘sish bosqichi uchun $4–5 mln investitsiya jalb qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniya Markaziy Osiyo va MENA bozori uchun ERP va biznes platformasini rivojlantirmoqda. 🗓 Sana: 21-avgust 🕒 Vaqt: 15:00–18:00 🌍 Til: Rus 📍 Manzil: C-Space Yunusobod 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish 🏃‍♂️ Yo‘nalish tuzish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar #tadbir

  • 3 авг.3 807539

    💻 NEXUS30 Hackathon uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 14–30 yoshdagi dasturchi va muhandislar uchun mo‘ljallangan NEXUS30 Hackathon innovatsion g‘oyalarni 72 soat ishlovchi ishchi prototipga aylantirish imkoniyatini taqdim etadi. Hackathon yo‘nalishlari: • 🏥 Sog‘liqni saqlash • 📚 Ta’lim • ✈️ Turizm • 🏛 Davlat boshqaruvi • 💳 FinTech 40 ta jamoa (har biri 3 nafardan ishtirokchi) saralab olinadi. Ishtirokchilar 72 soat davomida o‘z yechimlari ustida ishlab, yakunda Pitch va Live Demo taqdim etadilar. 🗓 Sana: 14–16-avgust 📍 Manzil: Toshkent ⏰ Arizalar qabuli: 7-avgust, 23:59 gacha 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • 🚀 Yahoo, Google va Kakao tajribasi: global kompaniyalardan startup saboqlari Startup'ni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalari tajribasidan nimalarni o‘rganish mumkin? Shu mavzudagi master-klassda Sunghyun Hwang o‘zining 35 yillik tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Spiker Yahoo, Google, Kakao, SK Group va Applied Materials kabi kompaniyalarda faoliyat yuritgan hamda startup'lar, innovatsiyalar va tashkiliy rivojlanish yo‘nalishlarida ko‘p yillik tajribaga ega. Master-klass davomida: • global texnologik kompaniyalarda startup ekotizimi qanday ishlashi; • tez o‘sayotgan startup'lar qanday qarorlar qabul qilishi; • Janubiy Koreyadagi Gachon Cocone Startup School tajribasi; • 35 yillik faoliyatdan olingan amaliy tavsiyalar muhokama qilinadi. 🗓 Sana: 18-avgust 🕚 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: School 21 Tashkent 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish 🏃 Yo'nalish tuzish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar #tadbir

  • 1 авг.1 590612

    🎙IT Park Uzbekistan maslahatchisi Abdulaxad Kuchkarov bilan Guest of Honor TechTalk Global o‘zbek ilmiy diasporasi O‘zbekiston innovatsion ekotizimini rivojlantirishga qanday hissa qo‘sha oladi? Shu mavzudagi navbatdagi Guest of Honor TechTalk mehmoni — Abdulaxad Kuchkarov, IT Park Uzbekistan sobiq CEO'si va maslahatchisi. Abdulaxad Kuchkarov 12 yildan ortiq vaqt davomida Markaziy Osiyoda texnologiyalar, venchur investitsiyalar va startup ekotizimini rivojlantirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hozirda u IT Park Ventures, Aloqa Ventures va SQB Ventures investitsiya qo‘mitalari a'zosi hisoblanadi. Uchrashuv davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi: • global o‘zbek diasporasining innovatsion ekotizimdagi o‘rni; • Markaziy Osiyo startup ekotizimini rivojlantirish tajribasi; • venchur investitsiyalar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari; • yosh mutaxassislarning O‘zbekiston raqamli transformatsiyasidagi roli. 🗓 Sana: 16-avgust 🕗 Vaqt: 20:00 GMT+5 🌐 Format: Onlayn 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar #tadbir

  • 31 июл.1 046918

    😺 OpenAI 100 000 nafar olim va tadqiqotchiga ChatGPT hamda Codex’ni bepul taqdim etmoqda OpenAI “ChatGPT for Academic Researchers” (Akademik tadqiqotchilar uchun ChatGPT) dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ishtirokchilar kompaniyaning GPT-5.6 kabi ilg‘or modellaridan, shuningdek, Codex, Deep Research, oshirilgan limitlar va kengaytirilgan kontekst oynasidan bepul foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Bundan qanday vazifalarda foydalanish mumkin? 👨‍🏫 Ilmiy faoliyat: adabiyotlarni izlash va tahlil qilish, gipotezalarni shakllantirish, g‘oyalarni sinab ko‘rish, tajriba natijalari va murakkab ma’lumotlar to‘plamlarini tahlil etish. 👨‍💻 Dasturlash: tadqiqot kodini yozish va diskretlash, tahlilni avtomatlashtirish, hisoblash konveyerlari va takrorlanuvchan tajribalarni yaratish. ✍🏻 Akademik muloqot: grant arizalarini, maqola qo‘lyozmalarini, nashr uchun materiallarni, taqdimotlarni tayyorlash hamda tadqiqot natijalarini tushuntirish. 🧬 Biologiya va tibbiyot: genom tahlili, oqsillarni modellashtirish, biologik ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va dori vositalarini yaratish bilan bog‘liq vazifalar. Arizani tanlab olingan universitetlar va yuqori tadqiqot faolligiga ega boshqa ilmiy muassasalarning amaldagi tadqiqotchilari topshirishlari mumkin. Buning uchun muassasaga aloqadorlikni tasdiqlash, o‘z tadqiqoti hamda OpenAI vositalaridan foydalanishning taxminiy ssenariysini ta’riflab berish lozim. Ma’qullangan ishtirokchi o‘z muassasasidan to‘rttagacha hamkasbini taklif qila oladi. Ishchi maydonlar korporativ darajadagi ma’lumotlar himoyasini ko‘zda tutadi, foydalanuvchilarning materiallaridan esa sukut bo‘yicha modellarni o‘qitish uchun foydalanilmaydi. Dastlab bu imkoniyat 10 000 nafar tadqiqotchiga taqdim etiladi. 2027-yil oxiriga qadar OpenAI dastur ishtirokchilari sonini 100 000 nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda. 🚀 Ariza topshirish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar #imkoniyatlar

  • 30 июл.1 147822

    🚍 320 mln sovrin jamg'armasiga ega National Transport Hackathon O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan National Transport Hackathon bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar transport sohasidagi real muammolar uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hackathon yo‘nalishlari: • Mobil xizmatlar (Mobility Services) • Transport vazirligi tizimlari uchun sun’iy intellekt • Katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili 🏆 Eng yaxshi loyihalar 320 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashadi. Eng istiqbolli yechimlar esa real loyihalarda joriy etilishi mumkin. 🗓 Sana: 6–8-avgust 🕡 Jamoani ro'yxatdan o'tkazish: 2-avgustgacha 📍 Manzil: Toshkent shahri 🚀 Ro‘yxatdan o‘tish ——————————————— @startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar #imkoniyatlar

Startup Choyxona — tgindex