President Tech Award
Статистика💸 Competition for the best startups with a total prize fund of $5 000 000 President Tech Award @uztechaward
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15:02
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Бизнес
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 959
- 1/48двое суток
- 3 391
- 1/72трое суток
- 3 657
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🥇 Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalar qabuli yakunlandi! President Tech Award 2026 inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga ro‘yxatdan o‘tish rasman yopildi. 📊 Bu safar: 🔵 Inkubatsiya dasturiga — 896 ta jamoa; 🔵 Akseleratsiya dasturiga — 133 ta jamoa; Jami 1 029 ta jamoa dasturlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Endi arizalarni saralash bosqichi boshlanadi. Eng kuchli jamoalar dastur davomida o‘z loyihalarini rivojlantirish va keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👉 Yangiliklarni rasmiy Telegram-kanal orqali kuzatib boring. 🚀 Barcha jamoalarga saralash bosqichida omad tilaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 Incubation Program va Acceleration Program — arizalar qabuli yakunlanishiga 7 kun qoldi ❗️President Tech Award doirasidagi Incubation Program va Acceleration Program uchun arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi. Dasturlardan qaysi biri siz uchun?…
🥇 President Tech Award 2026: ariza to‘ldirish yo‘riqnomasi President Tech Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi? ✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling. Biriktirilgan yo‘riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan: 🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish; 🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish; 🔵 ommaviy ofertani to‘ldirish; 🔵 arizani yakuniy yuborish. ⚠️ Arizalar qabuli: 🔹 Inkubatsiya dasturi — 10-avgustgacha; 🔹 Akseleratsiya dasturi — 10-avgustgacha; 🔹 Best Startup Project — 31-avgustgacha. 👉 Arizangizni awards.gov.uz orqali topshiring. Yo‘riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 President Tech Award'dan yangi marralar sari 2024-yilda Cradle Vision Tech “Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi. Bank, retail, ta’lim va davlat sektori uchun AI-video tahlil yechimlarini yaratayotgan startap IT Park Ventures’dan $110,000 jalb qildi hamda Plug and Play Batch 4 va NVIDIA Inception dasturlariga qabul qilindi. “President Tech Award bizni yanada strategik fikrlashga, aniq maqsadlar belgilashga va haqiqatan muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratishga o'rgatdi”, — Sardorbek Atakhanov, Cradle Vision Tech CEO’si 👉 awards.gov.uz orqali ariza topshiring va startapingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching! 📲 Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalida kuzatib boring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
видео или голосовое, без подписи
🥇 Incubation Program va Acceleration Program — arizalar qabuli yakunlanishiga 7 kun qoldi ❗️President Tech Award doirasidagi Incubation Program va Acceleration Program uchun arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi. Dasturlardan qaysi biri siz uchun? 🔹 Incubation Program: MVP yoki dastlabki prototipga ega bo‘lgan early-stage startup jamoalari uchun. 🏆 Eng yaxshi 25 ta startup $40,000 grant sohibiga aylanadi. 🔹 Acceleration Program: Bozorda ilk natijalarga erishgan, traction'ga ega va tezroq o‘sishni maqsad qilgan startup jamoalari uchun. 🏆 Eng yaxshi 15 ta startup $100,000 investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar qabuli 10-avgust kuni yakunlanadi. 🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — startupingiz uchun mos dasturga awards.gov.uz orqali ariza topshiring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 President Tech Award’dan yangi hamkorlik va o‘sish sari 2025-yilda Robosell “Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda Robosell platformasidan 800+ biznes foydalanmoqda. Kompaniya, shuningdek, Click Super App’da bizneslar uchun mo‘ljallangan ilk mini-ilovani ishga tushirdi. “President Tech Award biz uchun yangi hamkorliklar, faoliyatni kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ochdi”, — Shokhrukh Khaytimov, Robosell CMO’si va hammuassisi 👉 awards.gov.uz orqali ariza topshiring va startapingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching! 📲 Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalida kuzatib boring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🎤 Hatto Konsta qo‘shildi, siz nimani kutyapsiz? Agar sizda texnologiya orqali haqiqiy muammoni hal qiladigan loyiha bo‘lsa, 🥇 President Tech Award 2026 aynan sizni kutmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Qaysi bosqichdasiz? 🌟 Inkubatsiya — prototipga ega jamoalar uchun. 25 ta g‘olibga $40 minggacha grant. 📈 Akseleratsiya — dastlabki sotuvlarni amalga oshirgan startaplar uchun. 15 ta jamoa $100 ming investitsiya uchun tanlab olinadi. 🏆 Best Startup Project — investitsiya jalb qilishga tayyor startaplar uchun. 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 30 ta g‘olib aniqlanadi. Tanlovda ishtirok etish bepul. 📅 Arizalar qabuli: Inkubatsiya 10-avgustgacha; Akseleratsiya 10-avgustgacha; Best Startup Project 31-avgustgacha. 🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 Master-klass: President Tech va AI Awards’ga arizalar qanday topshiriladi? President Tech Award yoki President AI Award'ga hujjat topshirmoqchimisiz? 👉 Unda bugun bo'lib o'tadigan onlayn master-klass aynan siz uchun. Jarayon davomida siz: ✅ Ariza topshirish bosqichlari; ✅ Eng ko‘p uchraydigan xatolar; ✅ Hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar; ✅ Tanlov bo‘yicha barcha savollarga javob olasiz. 🎙 Spikerlar: • Fariza Islomova — loyiha menejeri, President Tech Award • Abduqahhor Mirzayev — loyiha menejeri, President AI Award 📅 28-iyul | 15:00 🔗 Online qo'shilish Qo‘shilishni unutmang! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 President Tech Award’dan global GameDev sari 2023-yilda Doomers “Kompyuter va mobil o‘yinlar” yo‘nalishida “The Golden Horde: Turan” loyihasi bilan 3-o‘rinni egallab, $30,000 mukofotga sazovor bo‘ldi. Bugun Doomers o‘z o‘yinlarini global auditoriyaga olib chiqmoqda. “Black Plague: Survival” Steam’da 10,000 ta organik wishlist to‘pladi, “Ram Fights” treyleri esa IGN’da namoyish etildi. Yaqinda kompaniya Hicham Nouhou’dan seed-investitsiya jalb qildi. “Kelajak yangi bozorlarni o‘rganishga tayyor va global fikrlaydigan founderlarga tegishli”, — Firdavs Mamadkhonov, Doomers asoschisi va CEO’si. awards.gov.uz orqali ariza topshiring va global o‘sish sari qadam tashlang! 📲 Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalida kuzatib boring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 President Tech Award bilan boshlangan yangi bosqich Diip.uz tarixi bitta imkoniyat startapning butun yo‘lini o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatadi. 2024-yilda jamoa “Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishida 3-o‘rinni egallab, $30,000 mukofotga sazovor bo‘ldi. Bugun DIIP.uz 26 davlat bo‘ylab yuk qatnovlarini qamrab olib, kuniga 3,000+ yuk e’lonlarini joylashtiradi. Platformadan 8 mamlakatdagi 10,000+ foydalanuvchi foydalanadi. “Ba’zan bitta imkoniyat butun yo‘lingizni o‘zgartirib yuboradi”, — Dilshodbek Yusupov, Diip.uz asoschisi va CEO’si. awards.gov.uz orqali ariza topshiring va katta o‘sish sari qadam tashlang! 📲 Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalida kuzatib boring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 President Tech Award: startapingizni masshtablash sari navbatdagi qadam 2024-yilda MicroSaaS va AdTech yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan TTLK (ex. OYGUL) misoli g‘alaba xalqaro o‘sish uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Fashion-riteyl uchun AI-yechim bo'lgan startap bugungi kunda Buyuk Britaniya va AQShda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. «Agar siz chin dildan ishonadigan mahsulotni yaratayotgan bo‘lsangiz, mukammal fursatni kutmang. Ariza topshiring», — Temur Qosimov, TTLK hammuassisi. Keyingi g‘olib siz bo‘ling — awards.gov.uz orqali ariza topshiring. 📲 Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalda @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 $1,000,000 dan boshlangan muvaffaqiyatlar. Endi maydonda — $5,000,000 President Tech Award avvalgi g‘oliblari mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan mavsumlarda kuchli g‘oya, aniq maqsad va qat’iyat bilan g‘oliblikka erishgan edi. Bu yil esa imkoniyat yanada katta — mukofot jamg‘armasi rekord darajadagi $5,000,000ga yetdi. Avvalgi g‘oliblar o‘z imkoniyatidan foydalandi. Endi navbat sizda. awards.gov.uz orqali arizangizni yuboring va keyingi muvaffaqiyat sizning startapingizdan boshlansin! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Best Startup Project Startapingiz bilan yirik investitsiyalar sari qadam tashlashga tayyormisiz? 🔎 Best Startup Project — President Tech Award doirasidagi tanlov yo‘nalishi bo‘lib, eng istiqbolli texnologik startaplarni aniqlash, ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya bilan ta’minlashga qaratilgan. G‘olib startaplar investitsiya, ekspert ko‘magi va xalqaro rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kimlar uchun? 🔹FinTech, 🔹Enterprise, 🔹AdTech, 🔹GovTech, 🔹GameDev, 🔹EdTech, 🔹Logistics, 🔹HealthTech 🔹DeepTech Yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan, mahsuloti va bozor natijalariga ega bo‘lgan startup jamoalari uchun. Nimalarga ega bo‘lasiz? 🥇 1-o‘rin — $125 000 investitsiya 🥈 2-o‘rin — $75 000 investitsiya 🥉 3-o‘rin — $50 000 investitsiya 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 1-iyul – 31-avgust 🏆 G‘oliblar: 30 ta startup 📍 Final: 23-dekabr 🔗 Ro'yxatdan o'ting President Tech Award g‘oliblari safidan joy oling! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🎙 2024-yilgi President Tech Award g‘olibi, TASS Vision asoschisi Shaxzod Umirzakovdan founderlarga murojaat: President Tech Award va President AI Award imkoniyatlaridan foydalaning! Ariza topshiring!!! 🔈 Bu yil tanlovlar doirasidagi grant va investitsiyalar miqdori: 👨💻 President Tech Award — $5 million 🤖 President AI Award — $1 million 📝 Arizalar qabul qilinmoqda: awards.gov.uz Eslatib o‘tamiz, TASS Vision IT Park Ventures'ning portfel startaplaridan biri hisoblanadi. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Acceleration Program Startupingizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz? 🔎 Acceleration Program — mahsuloti bozorda ilk natijalarni ko‘rsatayotgan va traction'ga ega startuplar uchun mo‘ljallangan 3 oylik intensiv dastur. Ishtirokchilar biznesni masshtablash, investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik ko‘rish hamda Demo Day'da investorlar oldida o‘z loyihasini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kimlar uchun? MVP yoki tayyor mahsulotga ega, product-market fit sari harakat qilayotgan hamda investitsiya jalb qilish va tezroq o‘sishni maqsad qilgan early-stage startuplar uchun. Nimalarga ega bo‘lasiz? 🔹 Tajribali mentorlar va industriya ekspertlari bilan ishlash 🔹 Demo Day'da startapni investorlar oldida taqdim etish 🏆 Eng yaxshi 15 ta startuplar uchun $100,000 investitsiya 💬 Format: Offline 📁 Arizalar qabuli: 1-iyul – 10-avgust 🔗 Ro'yxatdan o'ting Ariza topshiring va startapingizni yangi bosqichga olib chiqing! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Incubation Program G‘oyangizni haqiqiy startupga aylantirishga tayyormisiz? 🔎 Incubation Program — MVP yoki dastlabki prototipga ega bo‘lgan, mahsulotini rivojlantirish va keyingi o‘sish bosqichiga chiqishni istayotgan startup jamoalari uchun. Kimlar uchun? MVP yoki dastlabki prototipga ega bo‘lgan, mahsulotini rivojlantirish va birinchi yirik bosqichga chiqishni istayotgan early-stage startup jamoalari uchun. Nimalarga ega bo‘lasiz? 🔹 Workshop va amaliy sessiyalar 🔹 Mahsulot va biznesni rivojlantirish bo‘yicha ekspert yordami 🔹 Demo Day'da startapni taqdim etish imkoniyati 🏆 Eng yaxshi 25 ta startup $40,000 grant sohibiga aylanadi! 💬 Format: Online + Offline 📁 Arizalar qabuli: 1-iyul – 10-avgust 🔗 Ro'yxatdan o'ting Keyingi katta startup aynan sizniki bo‘lishi mumkin! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🚀 $6 million. Ikki tanlov. Cheksiz imkoniyatlar. O‘zbekistonda texnologik va AI-startaplar uchun eng katta imkoniyatlardan biri boshlandi. President Tech Award — raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi startaplar uchun $5 millionlik grant va investitsiya fondi. President AI Award — sun’iy intellekt asosidagi loyihalar uchun $1 millionlik investitsiya jamg‘armasi. Bu faqat tanlov emas — bu g‘oyani real mahsulotga, MVP’ni kuchli startapga, startapni esa global bozorga olib chiqish imkoniyati. Keyingi katta muvaffaqiyat aynan sizning jamoangizdan chiqishi mumkin. ⏳ Deadline: President AI Award — 1-avgustgacha, President Tech Award — 30-avgustgacha 📝 Batafsil ma’lumot olish va ariza topshirish: awards.gov.uz @PresidentTechAward
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🥇 President Tech Award - katta orzular uchun katta maydon 2026-yilda President Tech Award yangi bosqichga chiqmoqda. Ilk bor tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $5 000 000 ni tashkil etadi. Bu shunchaki mukofot emas. Bu — O‘zbekiston startup ekotizimi uchun yangi davr. Eng yaxshi texnologik loyihalar. Eng kuchli founderlar. Eng yirik mukofot. Tayyormisiz? 👉 awards.gov.uz orqali arizangizni topshiring va President Tech Award 2026 g‘oliblari safidan joy oling. @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website