TATU | Rasmiy kanali
Статистика🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali 📸https://www.instagram.com/tuit.official/ 🌐 https://tuit.uz 📲 @taturasmiybot ✅ https://t.me/taturektori
- Последний пост
- 17:42
- Последнее чтение
- 05:25
- Постов за неделю
- 36
- Всего постов
- 911
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 952
- 1/48двое суток
- 3 502
- 1/72трое суток
- 3 777
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
✅ Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — muhim vazifalar muhokamada Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B. Maxkamov raisligida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 📝Yig‘ilishda: 🟢Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlash; 🟢yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish; 🟢talabalar turar joylarida qulay shart-sharoitlar yaratish; 🟢ijara-xonadonlar bazasini doimiy yangilab borish; 🟢qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga sodda va tushunarli shaklda yetkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. ✅Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — sifatli ta’lim va qulay talabalik muhiti sari muhim qadam! Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook
✅ Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — muhim vazifalar muhokamada Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B. Maxkamov raisligida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 📝Yig‘ilishda: 🟢Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlash; 🟢yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish; 🟢talabalar turar joylarida qulay shart-sharoitlar yaratish; 🟢ijara-xonadonlar bazasini doimiy yangilab borish; 🟢qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga sodda va tushunarli shaklda yetkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. ✅Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — sifatli ta’lim va qulay talabalik muhiti sari muhim qadam! Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook
Talabalar turar joyi uchun arizalar qabul qilinyapti ⚡️ 1-avgustdan e'tiboran talabalar turar joyi (yotoqxona)ga joylashish uchun arizalar qabul qilina boshlandi. Ariza my.gov.uz portali orqali topshiriladi. 📝 Tartib Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq amalga oshiriladi. 📝 Dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar turar joyga qabul qilinadi. 📝 So'ngra ortib qolgan o'rinlar umumiy ro'yxat bo'yicha navbat asosida taqsimlanadi: ✅ 1-kurs — 55–65% ✅ 2-kurs — 15–20% ✅ 3-kurs va undan yuqori — 20–25%gacha Arizalar qabuli 1-avgustdan o'quv yili yakuniga qadar davom etadi. ❕ Nima o'zgardi? 🔘 Endi turar joyga joylashish va vaqtincha ro'yxatdan o'tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik amalga oshiriladi. Ilgari bu ikki jarayon uchun alohida hujjat yig'ib, turli idoralarga murojaat qilish talab etilardi — endi ular birlashtirildi. Jarayon quyidagicha kechadi: ✅ Arizangiz ko'rib chiqilib, elektron shartnoma va yo'llanma taqdim etiladi. ✅ Shartnomadagi to'lovni amalga oshirganingizda kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro'yxatga olish uchun to'lov shakllanadi. ✅ Ro'yxatga olish to'lovidan so'ng turgan joyingiz bo'yicha qayd varag'i beriladi. 🔔 Eslatib o'tamiz, vaqtincha ro'yxatga qo'yish muddati to'lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko'rsatilgan muddatgacha amal qiladi. 2026/2027-o'quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so'ng ariza yuborishlari mumkin bo'ladi — ular uchun ham joylar yuqoridagi tartibda ajratiladi. Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook
#TATU 🏆 “GENDER TENGLIK TARG‘IBOTCHISI – 2026” KO‘RIK-TANLOVI 🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Gender tenglik targ‘ibotchisi – 2026” ko‘rik-tanloviga taklif etamiz! Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan 40 yoshgacha bo‘lgan 🎓 magistrantlar; 🔬 doktorantlar; 💻 professor-o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin. TANLOV 3 TA SHART ASOSIDA O‘TKAZILADI 📁 1-SHART — “MENING FAOLIYATIM” ⌨️ 2-SHART — “XAVFSIZ RAQAMLI MAKON” 📝 3-SHART — “BILIM VA HUQUQIY SAVODXONLIK” “Teng imkoniyat — kuchli jamiyat, faol tashabbus — barqaror taraqqiyot!” Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lganlar @sultanova75 yoki @ShaazizovaM telegram akkauntlariga murojaat qilishlari mumkin! Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook
#ректор_табриги Азиз ёшлар! 2026/2027-ўқув йили учун олий таълим муассасаларига якуний танлов натижалари — мандат эълон қилинди. Талабаликка тавсия этилган барча ёшларни ушбу қувончли кун билан чин қалбимдан муборакбод этаман! Бугун сизлар ҳаётингиздаги муҳим босқични бошламоқдасиз. Бу ютуқ ортида йиллар давомидаги меҳнат, изланиш, устозлар сабоғи ва ота-оналар ишончи мужассам. Сизлар — Янги Ўзбекистон келажаги, Муҳтарам Президентимиз юксак ишонч билдирган ёшларсиз. Олдингизда катта имкониятлар ва улкан мақсадлар турибди. Замонавий билим ва кўникмаларни эгаллаб, Ватанимиз тараққиётига муносиб ҳисса қўшадиган малакали мутахассислар бўлиб етишишингизга ишонаман. Барча янги талабаларни яна бир бор самимий муборакбод этаман! Талабалик бахти муборак бўлсин! ✈️@taturektori
без подписи
без подписи
без подписи
#TATU #Hamkorlik Dual ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. ⏺Bugungi kunda energetika sohasini barqaror rivojlantirish, eng avvalo, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh mutaxassislarni nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. ⏺Shu maqsadda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining oliy ta’lim muassasasida bilim va malakasini oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning esa energetika obyektlarida amaliy tajribasini boyitish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi va hamkorlik memorandumi imzolandi. Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook
#talabamizdan Endigina talaba bo‘lgan do‘stlarimizni tabriklaymiz! 🎓🔥 Talabalik muborak! Yangi bosqich, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari! 🚀 🌐Kim qaysi yo'nalishga talabalikka qabul qilindi? Instagram sahifamizda yozib qoldiring! ✈️@tuituz_official
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
#TATU 🇺🇿O‘zbekistonlik olimaning innovatsion ishlanmasi KIWIE-2026 xalqaro tanlovida oltin medal bilan taqdirlandi. 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, t.f.d. Saida Safibullayevna Beknaxarova Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi” — KIWIE-2026 xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. KIWIE — dunyoning turli mamlakatlaridan xotin-qiz ixtirochi va innovatorlarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion g‘oyalar xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi. ⬇️Tanlovning rasmiy natijalariga ko‘ra https://kiwie.or.kr/eng/, professor Saida Beknazarova tomonidan taqdim etilgan “The program for geometric modeling of kidney function in medical research” innovatsion ishlanmasi 🥇Oltin medal bilan taqdirlandi. Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook
#TATU #imtihon 🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari qizg‘in davom etmoqda! 🔥 🎓Texnikum bitiruvchilari uchun universitetga suhbat asosida kirish imtihonlari 2026-yil 12-13-14-avgust kunlari bo‘lib o‘tmoqda. ✅Natijalar imtihondan keyin 1 soat ichida e’lon qilinadi! 👨💻Jarayonni jonli efirda tomosha qiling: cams.tuit.uz. Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook
#DIQQAT #GRANT 📢DIQQAT, E’LON! 🇬🇧Buyuk Britaniya hukumati tomonidan “Markaziy Osiyo uchun iqlim, energetika va suv xavfsizligi” dasturi doirasida “Kichik grantlar va iqlim innovatsiyalari jamg‘armasi” orqali mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalar bo‘yicha grantlar tanlovi e’lon qilindi. 📆Ariza topshirish muddati: 14-sentabr, 2026-yil ✍️Grant qiymati: 50 000–80 000 EUR ✍️Amalga oshirish davri: 2027-yil aprel–dekabr ✍️Natijalar: 12-oktabr, 2026-yil 🔺Tematik mavzular: ⚫️Climate Change Adaptation and Resilience ⚫️Climate Change Mitigation ⚫️Climate Finance and Green Investments 🔗Batafsil ma’lumot: https://sgcif.grantplatform.com/page/REOVMKdZ Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook