StartupBase
СтатистикаThis is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors. Introduce your startup to the world and find investors and partners. Website: https://startupbase.uz/en
- Последний пост
- 08:36
- Последнее чтение
- 18:45
- Постов за неделю
- 24
- Всего постов
- 93
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Бизнес
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 244
- 1/48двое суток
- 1 425
- 1/72трое суток
- 1 537
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Startap ekotizimini rivojlantirish — IT Park Uzbekistan’ning muhim vazifalaridan biri. Bu yondashuv jamoa ichida ham qo‘llanadi: g‘oya yaratish, gipotezani sinash va yechimni himoya qilish. Shu sababli departamentning ichki vazifalari ustida ishlash uchun korporativ Ideathon o‘tkazdik. Loyihalarni baholash uchun Astana Hub, CS Angels Club, IT Park Ventures vakillari hamda IT Park Uzbekistan rahbariyati taklif etildi. Unda 100 ga yaqin xodim 24 ta jamoaga birlashdi. Har bir jamoa o‘z yechimini 3 daqiqada taqdim etdi, so‘ng 5 daqiqalik savol-javob bo‘ldi. Ideathon yakunlariga ko‘ra, 4 yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi: 🥇 One Employee — One AI Company — Nexus 🥇 Venchur investitsiyalar — Joinme 🥇 Xalqaro bozorlarga chiqish — ITPMS 🥇 Yangi eksport nishasi — HELPS G‘oliblarni tabriklaymiz va ularning g‘oyalarini amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etishlarini tilaymiz! 🔗Batafsil saytimizda o’qing Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti? Rubrikamizda startaplar, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz. 👇Bugungi dayjestda: 1. Cerberus — Road to TechCrunch Disrupt 2026 mintaqaviy finali g‘olibi 2. IT Park Uzbekistan startaplar uchun treking dasturini taklif etmoqda 3. Startapingizni Baku ID’da xalqaro investorlarga taqdim eting 4. Oliy Majlis Senati «Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi 5.Markaziy Osiyo startaplari uchun ASEAN bozoriga chiqish imkoniyati 6. Plug and Play Uzbekistan xalqaro pre-akseleratsiya dasturining 7-oqimiga arizalar qabuli boshlandi 7. Global Startup Ecosystem Awards 2026 ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi 8. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalar qabuli yakunlandi 9. O‘zbekiston terma jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi 10. Navoiydagi National AI Hackathon yakunlandi 11. Xorazm startaplari investorlar e’tiborida 12. NVIDIA trillion parametrli ochiq Nemotron 4 AI modelini ishlab chiqmoqda 13. LVL.35 Game Jam’ga arizalar qabuli davom etmoqda 14. Xalqaro sertifikat taqdim etiladigan bepul IT-treningning ikkinchi bosqichiga arizalar qabuli boshlandi 🚀 Texnologiyalar olami bir joyda turmaydi — keyingi #News sonida yana eng muhim yangiliklarni jamlaymiz. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
LVL.🌠 Game Jam’da 50,000,000 so‘mgacha maqsadli grant yutib oling! 21–23-avgust kunlari O‘zbekiston mustaqilligining 🌠 yilligiga bag‘ishlangan LVL.35 Game Jam bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga 48 soat ichida o‘yin prototipini yaratish va yakuniy versiyasini itch.io platformasiga joylashtirish vazifasi beriladi. Asosiy mukofotlar: 🥇 1-o‘rin — 50 mln so‘m 🥈 2-o‘rin — 35 mln so‘m 🥉 3-o‘rin — 20 mln so‘m Mavzular tadbir boshlanishida e’lon qilinadi, ishlab chiqishda AI vositalaridan foydalanish mumkin. 🗓 21–23-avgust 📍 Oflayn — School 21, Toshkent 💻 Onlayn — butun O‘zbekiston bo‘ylab Ro'yxatdan o'tgandan so'ng ishirikchilar guruhiga qo'shing 👇 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish 👥 Ishtirokchilar guruhi 🚀 Jamoangizni yig‘ing va o‘z o‘yiningizni yaratishga tayyorlaning! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🌠 yil ichida O‘zbekiston startap ekotizimi qanday o'zgardi? 20 yildan so‘ng Vatanga qaytib, Deepen’ni O‘zbekistonda rivojlantirishga nima undadi? Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda texnologik tadbirkorlar uchun xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi. Bugungi kunda 100 dan ortiq O‘zbekiston startapi xalqaro bozorlarda faoliyat yuritmoqda. Deepen ham o‘z texnologik yechimlarini global auditoriyaga olib chiqayotgan mahalliy startaplardan biridir. 🎙 Deepen asoschisi Farhod Furqatov videoda O‘zbekistonda startap yaratish uchun shakllangan imkoniyatlar, mahalliy loyihalarning xalqaro salohiyati va yangi avlod asoschilarining global ambitsiyalari haqida fikr bildirdi. 🌠 yillik yo‘l — O‘zbekistonda yaratilgan g‘oyalarni jahon bozoriga olib chiqish sari. #Mustaqillik35 #Uzb35 @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
видео или голосовое, без подписи
🥇 Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalar qabuli yakunlandi! President Tech Award 2026 inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga ro‘yxatdan o‘tish rasman yopildi. 📊 Bu safar: 🔵 Inkubatsiya dasturiga — 896 ta jamoa; 🔵 Akseleratsiya dasturiga — 133 ta jamoa; Jami 1 029 ta jamoa dasturlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Endi arizalarni saralash bosqichi boshlanadi. Eng kuchli jamoalar dastur davomida o‘z loyihalarini rivojlantirish va keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 👉 Yangiliklarni rasmiy Telegram-kanal orqali kuzatib boring. 🚀 Barcha jamoalarga saralash bosqichida omad tilaymiz! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🇦🇿 Startapingizni Baku ID’da xalqaro investorlarga taqdim eting Xalqaro VC va angel investorlar oldida pitch qilishga tayyormisiz? SABAH.HUB Markaziy Osiyo startaplarini sentabr oyida o‘tkaziladigan Baku ID innovatsiya va investitsiya tadbirida ishtirok etishga taklif qilmoqda. Tadbir davomida siz: 🟢 startapingizni xalqaro sahnada taqdim etishingiz; 🟢 investorlar va korporativ hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishingiz; 🟢 yangi investitsiya imkoniyatlarini kashf etishingiz; 🟢 founderlar, investorlar va soha ekspertlari bilan networking qilishingiz mumkin. 🗓 Arizalar 17-avgustgacha 23:59 gacha qabul qilinadi. 🔗 Ro'yxatdan o'tish @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🤔 Startapingizni rivojlantiryapsiz va ekspert ko‘magiga ehtiyoj sezyapsizmi? Oldingizga katta maqsadlar qo‘ygansiz, ammo kundalik operatsion vazifalar orasida strategik yo‘nalishni yo‘qotib qo‘yyapsizmi? Bunday vaziyatda 🏳️ startup trekkerining ko‘magi jamoangizga rivojlanish jarayonini tizimlashtirishga yordam beradi. IT Park Uzbekistan’ning Treking dasturida ta’lim olgan mutaxassislar startup jamoalari bilan ishlashga tayyor. Trekkerlar jamoangizga: 🟢 rivojlanishdagi asosiy to‘siqlarni aniqlash; 🟢 ustuvor vazifalarni belgilash; 🟢 gipotezalarni shakllantirish va sinovdan o‘tkazish; 🟢 biznes modelni takomillashtirish; 🟢 mahsulotni keyingi bosqichga tayyorlashda ko‘maklashadi. Trekkerlar bilan ishlash startup jamoalari uchun mutlaqo bepul. 🔗 Ariza topshirish Operatsion vazifalar orasida qolib ketmang — jamoangiz uchun aniq rivojlanish yo‘lini trekker bilan birgalikda belgilang! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🏆 Cerberus — Road to TechCrunch Disrupt 2026 g‘olibi! O‘zbekistonning Cerberus 🇺🇿 startapi Road to TechCrunch Disrupt 2026 mintaqaviy finalida ko’plab chet davlatlari ishtirokchilari orasida 1-o‘rinni egalladi. 🚀 Ushbu g‘alaba orqali jamoa TechCrunch Disrupt 2026 doirasidagi Startup Battlefield’da ishtirok etish va o‘z yechimini global texnologik sahnada namoyish etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 🇺🇿 Bu — O‘zbekiston startaplarining xalqaro maydondagi navbatdagi katta natijasi. Cerberus jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz va 🇺🇸San-Fransisko bosqichida omad tilaymiz! @startupbaseuz
🧠 President AI Award 2026: ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun $1 000 000 mukofot jamg‘armasiga ega milliy tanlovda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang. 🏆 G‘oliblar nimalarga ega bo‘ladi? Har bir yo‘nalishda uchta eng yaxshi loyiha investitsiya oladi: 🥇 1-o‘rin — $100 000 🥈 2-o‘rin — $60 000 🥉 3-o‘rin — $40 000 Jami 15 ta jamoa IT Park Ventures tomonidan KPI natijalariga muvofiq bosqichma-bosqich investitsiya, shuningdek, akseleratsiya, mentorlik va investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha 📄 Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing. Vaqtni boy bermang — arizangizni yakunlab, belgilangan muddatgacha topshiring. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🇦🇪 Startapingizni MENA bozoriga olib chiqishni rejalashtiryapsizmi? 👉 IT Park Uzbekistan Tumar Innovation Hub va Astana Hub bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan Digital Startups Scale Up xalqaro akseleratsiya dasturining…
видео или голосовое, без подписи
🛠 #ToolOfTheWeek ❓ Mijozlaringizning ehtiyojlarini aniqlamoqchimisiz? Tally — kod yozmasdan zamonaviy so‘rovnoma va onlayn formalar yaratishga yordam beradigan vosita. U orqali bir necha daqiqada CustDev savolnomasi, MVP uchun feedback formasi yoki kutish ro‘yxatini tayyorlash mumkin. Tally yordamida: 🟢 foydalanuvchilarning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish; 🟢 MVP yoki yangi funksiya bo‘yicha fikr-mulohaza yig‘ish; 🟢 mahsulotga talabni tekshirish uchun kutish ro‘yxatini yaratish; 🟢 ariza va ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlarini jamlash; 🟢 javoblarni Google Sheets, Notion va boshqa servislar bilan bog‘lash mumkin. Platformada cheksiz formalar yaratish va javoblar yig‘ish bepul. 💡 Maslahat: Yangi funksiyani ishlab chiqishdan oldin Tally’da 5–7 savoldan iborat qisqa anketa tuzing va uni potensial foydalanuvchilarga yuboring. Bu gipotezangizni vaqt va resurs sarflashdan oldin tekshirishga yordam beradi. 👌 Startapingiz uchun ekspertlar fikrini olish uchun 11-avgust kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan Startup Advice sessiyasiga qo‘shiling. 🚀 Taxminlarga emas, foydalanuvchilarning real javoblariga tayangan holda mahsulotingizni rivojlantiring. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
🧠 Umummilliy AI Hackathon | Qarshi 15–18-avgust kunlari Umummilliy AI Hackathonning navbatdagi bosqichi Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir sun’iy intellektga qiziqqan yoshlarni bir maydonga jamlab, ularga o‘z bilim va g‘oyalarini amaliy loyihaga aylantirish, tajribali mutaxassislar bilan ishlash hamda yechimlarini ekspertlarga taqdim etish imkonini beradi. Hackathon yo‘nalishlari: 🟣 Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika 🟣 Ta’lim 🟣Tadbirkorlik 🟣 Qo‘shimcha treklar tez orada e’lon qilinadi Maxsus nominatsiyalar: 🔵 Eng qiziqarli taqdimot 🔵 Eng dolzarb ijtimoiy loyiha ❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin? • 16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar; • Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar; • Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchilar; ❗️Umummilliy AI Hackathonning boshqa hududiy bosqichida qatnashgan nomzodlar Navoiy bosqichida ishtirok eta olmaydi. 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish 13-avgustgacha davom etadi. 📍 Qarshi shahri 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website