EDU.DIGITAL.UZ
СтатистикаRaqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 35
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 481
- 1/48двое суток
- 551
- 1/72трое суток
- 594
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Yirik IT va Fintech kompaniyalari yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda 🏆 IOI 2026 doirasida “Uzum ekotizimi”, Squarepoint, HRT, HUAWEI, OpenAI, Cognition, Ucell, NVIDIA, Codemao va Wincent kompaniyalari Olimpiadani qo‘llab-quvvatladi. Hamkorlar uchun Fun Zone hududida maxsus pavilyonlar tashkil etilib, ishtirokchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. ➡️Bunday hamkorlik yoshlarning texnologiyaga qiziqishini oshirish, ularni xalqaro IT hamjamiyati bilan bog‘lash va iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. IOI-2026ni qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz! _______ Leading IT and fintech companies are supporting young talents 🏆 At IOI-2026, “Uzum Ecosystem”, Squarepoint, HRT, HUAWEI, OpenAI, Cognition, Ucell, NVIDIA, Codemao, and Wincent supported the Olympiad. Special pavilions were set up for partners in the Fun Zone, where company representatives interacted with participants and presented them with memorable gifts. ➡️ Such partnerships play an important role in inspiring young people to explore technology, connecting them with the global IT community, and supporting talented youth. We sincerely thank all our partners for supporting IOI-2026! —— Крупные IT- и финтех-компании поддерживают молодые таланты 🏆 В рамках IOI-2026 компании «Экосистема Uzum», Squarepoint, HRT, HUAWEI, OpenAI, Cognition, Ucell, NVIDIA, Codemao и Wincent поддержали проведение Олимпиады. В зоне Fun Zone для партнёров были организованы специальные павильоны, где представители компаний общались с участниками и вручали им памятные подарки. ➡️ Такое партнёрство играет важную роль в повышении интереса молодёжи к технологиям, укреплении связей с международным IT-сообществом и поддержке талантливой молодёжи. Выражаем искреннюю благодарность всем партнёрам за поддержку IOI-2026! @xalqaro_it_olimpiada
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi! 🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi. ⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing: 🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
38-Xalqaro informatika olimpiadasining musobaqa bahslari yakunlandi 🏆 Toshkentda o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) doirasidagi barcha musobaqa bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. ✅Ayni paytda Xalqaro ilmiy qo‘mita tomonidan ishtirokchilarning natijalari ko‘rib chiqilmoqda va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda. ⚡️Yakuniy natijalar tez orada e’lon qilinadi. 🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
🏆 IOI 2026: Raqamli iqtisodiyot va AT-kadrlar salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 nafaqat iqtidorli yoshlarni saralash, balki mamlakatimizda AT-kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mehnat bozorini zamonaviy talablarga moslashtirish uchun ham muhim platforma hisoblanadi. Olimpiada doirasida uning rasmiy hamkori — Uzum ekotizimi bilan navbatdagi mazmunli intervyu tashkil etildi. 🎙 Suhbat davomida Uzum HR-direktori Vera Dianova zamonaviy AT-mutaxassislarga bo‘lgan talab, yosh iqtidorlarni yirik raqamli loyihalarga jalb etish hamda iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ekotizim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, Vera Dianova IOI 2026 ishtirokchilariga muvaffaqiyat va zafarlar tiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
🏅 Scoreboard - Day 2 (1:47:06) 🇺🇿 🟢 22. Xaydaraliyev Jahonali — 266.29 🥇 🟡 86. Avazxonov Jahongir — 212.05 🥈 🔴 116. Timur Kadirbergenov — 193.92 🥉 🔵 154. Salimov Sardor — 175.00 🥉 🟠 175. Ulug'bek Rakhmatullaev — 165.00 🥉 ⚫️ 186. Kamalov Ulug'bek — 159.00 🟣 276. Abduraupov Humoyun — 93.70 ⚪️ 342. Rahmiddinov Ravshan — 28.00
Gennadiy Korotkevich: kim bilan muloqot qilishingiz, kelajakdagi hayotingizni belgilaydi 🏆 Sport dasturlash bo‘yicha 6 karra jahon chempioni Gennadiy Korotkevich IOI ishtirokchilariga bir-biri bilan faol muloqot qilishni tavsiya qildi. ➡️ Uning ta’kidlashicha, musobaqadagi natijalar qanchalik muhim bo‘lmasin, insonning kelajagiga uning atrofidagi muhit va hamjamiyat ham katta ta’sir ko‘rsatadi. ➡️ “Kim bilan muloqot qilishingiz, kelajakda hayotingiz qanday kechishini belgilab beradi. Shuning uchun atrofingizdagi hamjamiyat juda va juda muhim”, — deya ta’kidladi Gennadiy. IOI — nafaqat bilim va raqobat, balki kelajakdagi do‘stlar, hamkasblar va hamfikrlar bilan tanishish uchun ham katta imkoniyat. 🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
🟦🟦 38-Xalqaro informatika olimpiadasining ikkinchi kun bahslari boshlanmoqda 🏆 Birozdan so‘ng IOI 2026 doirasidagi musobaqalarning ikkinchi kuni boshlanadi. Bugungi bahslar olimpiadaning yakuniy natijalarini belgilab beradi. ✅Bugungi bahslarda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar murakkab algoritmik masalalarni yechib, mantiqiy fikrlash va dasturlash bo‘yicha o‘z bilim hamda mahoratini yana bir bor sinovdan o‘tkazadi. ✅Musobaqa jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib boring va yosh dasturchilarga muxlislik qiling! ➡️Onlayn natijalar bilan ranking.ioi2026.uz sahifasi orqali tanishib boring. 🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.
For the first time in history, International Olympiad in Informatics is in Uzbekistan, in the land known for coining the terms “algebra” and “algorithm”! On August 10, Tashkent hosted the Grand Opening Ceremony of the 38th International Olympiad in Informatics. Hosting IOI 2026 stands as a direct testament to President Shavkat Mirziyoyev’s comprehensive policy on digital transformation. This year sets a historic record, uniting 386 contestants from over 97 countries, with total attendance exceeding 900 participants. Inspiring addresses were delivered by the IOI President Sun Teck Tan and Gennady Korotkevich, the most successful competitor in the history of the IOI. Highlighting the global tech community's support for young talent, Telegram established a dedicated prize fund for the tournament's winners. Hosting this global event in Uzbekistan holds deep historic symbolism, taking place in the homeland of Al-Khwarizmi, father of algebra, who inspired the concept of algorithms. As the host nation, Uzbekistan is represented by two national teams of eight selected finalists. Beyond nurturing local talent and expanding the IT sector, this landmark forum drives international tourism and elevates Uzbekistan's global standing. The competition rounds have officially kicked off. Follow our channels for live updates. Welcome to IOI 2026 Uzbekistan! #IOI2026 #Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
🧠 President AI Award 2026: ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun $1 000 000 mukofot jamg‘armasiga ega milliy tanlovda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang. 🏆 G‘oliblar nimalarga ega bo‘ladi? Har bir yo‘nalishda uchta eng yaxshi loyiha investitsiya oladi: 🥇 1-o‘rin — $100 000 🥈 2-o‘rin — $60 000 🥉 3-o‘rin — $40 000 Jami 15 ta jamoa IT Park Ventures tomonidan KPI natijalariga muvofiq bosqichma-bosqich investitsiya, shuningdek, akseleratsiya, mentorlik va investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha 📄 Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing. Vaqtni boy bermang — arizangizni yakunlab, belgilangan muddatgacha topshiring. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! @startupbaseuz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи