Al-Xorazmiy vorislari
Статистика“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” IT sohasida mutaxassis tayyorlashning milliy dasturi. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Chat: https://t.me/al_xorazmiy_vorislari_Livechat
- Последний пост
- 3 авг.
- Последнее чтение
- 18:57
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 791
- 1/48двое суток
- 3 198
- 1/72трое суток
- 3 449
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Loyihaning ikki nafar mentori xalqaro malaka oshirish dasturida qatnashadi 📖Joriy yilning iyul oyida “Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Day of AI” xalqaro loyihasi doirasida Xitoyning Gonkong fan va texnologiyalar universitetida (HKUST) tashkil etiladigan malaka oshirish dasturiga saralash imtihoni o‘tkazildi. ✅Unda “Day of AI” loyihasi doirasidagi sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 1 400 nafar informatika fani o‘qituvchisi orasidan saralab olingan qariyb 400 nafar pedagog ishtirok etdi. ✅Saralash yakunlariga ko‘ra, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi mentorlari Mahkamjon Oʻrozbayev (Yangibozor tumani AT mentori) hamda Zuxra Yaqubova (Tuproqqalʼa tumani AT mentori) Gonkong fan va texnologiyalar universitetida (HKUST) malaka oshirish dasturida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 🚀Telegram |📷 Instagram
IT sohasida rivojlanishni istaganlar uchun zamonaviy ta’lim. IT Park University EPAM Systems’ning ko‘p yillik xalqaro tajribasiga asoslangan bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi. ITPU’da ta’lim amaliy yondashuv asosida tashkil etilgan: siz zamonaviy texnologiyalarni o‘rganasiz, real loyihalar ustida ishlaysiz, tahliliy va tizimli fikrlashni, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz hamda bilimlaringizni amaliy vazifalarda qo‘llashni o‘rganasiz. Bakalavriat IT sohasida karyera boshlash uchun mustahkam poydevor yaratadi, magistratura bilim va tajribani chuqurlashtirish hamda murakkabroq texnik yoki boshqaruv rollariga o‘tishga yordam beradi. Gibrid ta’lim formati esa o‘qishni ish bilan qulay tarzda birga olib borish imkonini beradi. 🎓 Bakalavriat: Software Engineering O‘quv yo‘nalishlari: — Front-End Development — Back-End Development — Full-Stack Development — Secure & Resilient Software Development 🎓 Magistratura: Software Engineering O‘quv yo‘nalishlari: — Solution Architecture — Advanced Secure Software Engineering — Data Engineering & AI 📌 Karyerangizdagi navbatdagi qadamni tashlang va IT-industriyadagi o‘zgarishlarning bir qismiga aylaning! Ta’limga arizani IT Park University sayti orqali topshirishingiz mumkin. Qabul haqida batafsil ma’lumot oling: +998 55 520 40 00 | @ITPU_bot —— Education for those who want to grow in the IT field. IT Park University offers bachelor’s and master’s degree programs built on EPAM Systems’ many years of international expertise. Education at ITPU is based on a practical approach: you will study current technologies, work on real projects, develop analytical and systems thinking, strengthen teamwork skills, and learn how to apply your knowledge in practice. A bachelor’s degree helps build a strong foundation for starting a career in IT, while a master’s degree allows you to deepen your expertise and move into more advanced technical or managerial roles. At the same time, the hybrid learning format makes it easier to combine study with work. 🎓 Bachelor’s degree: Software Engineering Learning tracks: — Front-End Development — Back-End Development — Full-Stack Development — Secure & Resilient Software Development 🎓 Master’s degree: Software Engineering Learning tracks: — Solution Architecture — Advanced Secure Software Engineering — Data Engineering & AI 📌 Take the next step in your career and become part of the changes shaping the IT industry. Apply through the IT Park University website. Learn more about admissions: +998 55 520 40 00 | @ITPU_bot
Tez-tez beriladigan savollarga javoblar 1. Loyiha doirasida ta'lim jarayonlari hududlarda qayerda tashkil etiladi va batafsil malumot uchun kim bilan bog'lansam bo'ladi? ➡️Loyiha bo'yicha hududlarda mas'ul xodimlar bilan bog'lanish va manzil haqida ma'lumot uchun quyidagi havolaga tashrif buyring. 2. Hujjatlarni topshirdim. Endi nima qilaman? ➡️Ro'yxatdan o'tgan talabgorlar Al-Xorazmiy vorislari loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga obuna bo'lib, yangiliklarni kuzatib borish tavsiya etiladi. Saralash imtihonlari sanasi, o'tkazilish vaqti va joyi haqidagi ma'lumotlar ro'yxatdan o'tish muddati tugaganidan so'ng e'lon qilinadi. 3. Kompyuter sohasiga qiziqishim katta va tayyorlovlarga ham boraman. Men ham qatnasholamanmi? ➡️O'quvchilar Al-Xorazmiy loyihasidan bo'sh vaqtida o'zlari istagan har qanday to'garaklarga qatnashishi mumkin. 2026/2027-o'quv yili uchun joriy yilning sentyabr oyida 8-sinf bo'ladigan barcha o'quvchilar qatnashishi mumkin. 4. Loyiha doirasida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida qatnashish pullikmi? Ta’lim jarayoni uchun ishtirokchilardan qandaydir to‘lov talab etiladimi? ➡️Qabul saralov imtihoni va belgilangan kvota asosida amalga oshiriladi. Pullik va bepul o‘rinlar ajratiladi, o‘qish davomida natijalarga qarab o'quvchilar biridan ikkinchisiga belgilangan tartibda o‘tkazish mumkin. 5. Imtihondan o'tish balli nechi? ➡️Aynan belgilangan o’tish balli yo’q. Imtihonda eng yuqori ball to’plagan talabgorlar olinadi. Kvota har bir tumandagi raqamli texnologiya markazi o'quv xonalarining sig'imi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. 6. Imtihondan o'tsam mashg'ulotlar qayerda o'tkaziladi? ➡️Ta'lim jarayonlari 2026-yil oktyabr oyidan boshlab quyidagi hududlarda tashkil etiladi. 7. Ta'lim jarayonlari o'tkazilgan hududda yashamayman, lekin loyihaga imtihon topshira olamanmi? ➡️Agar Qorqalpog'iston Respublikasi yoki respublikaning boshqa viloyatlarida istiqomat qilsangiz va yuqorida belgilangan hududlarga qatnab ta'lim olish imkoniyatingiz bo'lsa shuningdek 8-sinf o'quvchisi bo'lsangiz imtihon jarayonlariga qatnashishingiz mumkin. 8. 7-9-11-sinflar ham ishtirok etsa bo'ladimi? ➡️Saralash imtihonlari faqat 2026-yil sentyabr oyida 8-sinf bo'ladigan o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi. Saralash imtihonidan o'tgan o'quvchilarga 11-sinfni bitirgunga qadar dars olish imkoniyati yaratiladi. 9. Loyihada Prezident maktabi o'quvchilari qatnasha oladimi? ➡️Loyiha faqat davlat umumta'lim maktablari uchun. Davlat umumta'lim maktablari tarkibiga Prezident maktablari ham kiradi. Demak, mashg'ulot vaqtlari dars vaqtiga xalal bermasa, loyihada ishtirok etish mumkin. 10. Imtihonda nechta masala ishlaymiz va qanday savollar tushadi? ➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” tizimi asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladigan maxsus guruhlar uchun sinov imtihonlari quyidagicha o‘tkaziladi: ➡️tanqidiy fikrlashga doir 10 ta test |har bir to'g'ri javob uchun 3,3 ball, ➡️hamda muammoli masalalarni yechishga doir 10 ta savol, |har bir to'g'ri javob uchun 2,3 ball, ➡️7-sinf informatika va axborot texnologiyalari kitobidan 10 ta savol |har bir to'g'ri javob uchun 2,5 ball, ➡️ingliz tili A1 darajadagi 10 ta savol |har bir to'g'ri javob uchun 2,4 ball, jami 40 ta topshiriqni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Umumiy to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 100 ball. 11. Mashg'ulotlarda nimalar o'rgatiladi? Maxus guruhlarda o'quvchilarga raqamli texnologiyalar va ingliz tili bo'yicha ta'lim beriladi. Raqamli texnologiyalar tarkibida: ➡️ Web full-stack dasturlash ➡️ UI/UX dizayn va Advanced Front-end ➡️ DevOps ➡️ Android dasturlash ➡️ Game design ➡️ IoT ➡️ IT sohasiga yo'naltirilgan ingliz tili ➡️ Python Back-end va Prompt Engineering ➡️ BI mutaxassisligi va ML ➡️ Kiberxavfsizlik 🚀Telegram |📷 Instagram
🌱 AgriTech Gov Challenge uchun arizalar qabuli boshlandi! AgriTech yechimingizni O‘zbekistonning yirik agroklasterlaridan biri bilan sinab ko‘rishni istaysizmi? 🟢 StartupBase platformasida mamlakatning yetakchi agroklasterlaridan biri tomonidan 7ta Gov Challenge e’lon qilindi. Ochiq yo‘nalishlar: 🟢Agri EdTech platformasi 🟢 Agrologistika platformasi 🟢 Agromarketpleys 🟢 Aqlli fermani boshqarish uchun ERP tizimi 🟢 AgriFinTech platformasi 🟢 Aqlli qishloq xo‘jaligi uchun IoT platformasi 🟢 Innovatsion AgriTech yechimlari Tanlab olingan startaplar: 🟢 yirik agroklaster bilan pilot loyihani ishga tushirish; 🟢 mahsulotni amaliy sharoitda sinovdan o‘tkazish; 🟢 yirik korporativ buyurtmachi bilan ishlash; 🟢 mijozlar bazasini kengaytirish; 🟢 uzoq muddatli strategik hamkorlik o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar 30-iyulgacha qabul qilinadi. 📖 Vazifalar bilan tanishing va ariza topshiring AgriTech startapingizni yangi bosqichga olib chiqing va raqamli transformatsiyaning bir qismiga aylaning! @startupbaseuz Читать на русском Read in English LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
IT’ga qiziqasiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? ⚜️Ko‘plab o‘quvchilar IT sohasiga qiziqadi, ammo qaysi yo‘nalishni tanlash va qanday boshlashni bilmaydi. 📖 “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi shu ehtiyojga yechim beradi. Ta’lim, yozgi oromgoh, amaliyot, ish va startap imkoniyatlarini birlashtirgan ushbu kompleks ekotizim Sizga IT sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam beradi. Kelajak kasblarini maktab davridayoq o‘rganing! Loyiha doirasida o‘quvchilar 8-sinfdan boshlab bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT va xorijiy til yo‘nalishlarda 4 yil davomida quyidagi mutlaqo bepul tahsil oladilar: ➡Front-end va UI/UX dizayn; ➡Back-end; ➡DevOps; ➡Kiberxavfsizlik; ➡Ma’lumotlar tahlili (Data Analytics); ➡IoT; ➡O‘yinlar dizayni (Game Design); ➡Mobil dasturlash; ➡Ingliz tili. Dastur so‘ngida Siz: ➡️ Xalqaro IT va til sertifikatlariga ega bo‘lasiz ➡️ Maktab davridayoq daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz ➡️ Xalqaro IT bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan talabgir mutaxassisga aylanasiz. Kelajak imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermang! 🔊 Respublikamizning barcha hududlarida ochilishi kutilayotgan ushbu loyihaning o‘quvchisiga aylaning va zamonaviy IT ekotizimida o‘z yo‘lingizni boshlang. 🔰Saralash imtihonida ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. havola 🚀Telegram |📷 Instagram
“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida hamda Respublika bo‘ylab barcha viloyat markazlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, o‘yin yaratish va boshqa IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni taklif etadi. ✅Mentorlik yo‘nalishlari: ➡️Game Development ➡️Artificial Intelligence & Machine Learning ➡️Data Analytics ➡️Cyber Security ➡️Frontend Development ➡️Backend Development ➡️Android Development ➡️iOS Development ➡️Cross-platform Mobile Development ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qila olish; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyat; ➡️Tahliliy fikrlash ko‘nikmalari. ⚡️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡️Ariza qoldirish: https://forms.gle/RMt3MxBWHcAUUoe1A 🚀Telegram |📷 Instagram
Ikki yil avval Xorazmda “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boshlanib, 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni xorijiy til va axborot texnologiyalariga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur loyihani joriy yildan viloyat markazlari va Qoraqalpog‘istonning barcha tumanida, keyingi yillardan barcha tuman va shaharlarda ishga tushirib, 50 ming yoshni qamrab olish topshirildi. “Biz yoshlarimiz qalbida milliy ruhni shakllantirish, Vatanga muhabbat, el-yurtga hurmat hissini singdirish to‘g‘risida ko‘p gapiryapmiz. Bu juda dolzarb masala. Ochiq aytishimiz kerak, bugun yoshlarimiz asosiy vaqtini raqamli makonda o‘tkazyapti”, – dedi Prezidentimiz. Birgina misol, o‘tgan yili 84 million dollarlik kompyuter va mobil o‘yinlar eksport qilindi. Mutasaddilarga barcha 15 ta AT park hududida kompyuter va mobil o‘yinlar yaratuvchilari uchun inkubatsion markaz ochib, milliy ruhdagi o‘yinlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Shu bilan birga, har yili milliy ruhdagi kamida 20 ta kompyuter va mobil o‘yin yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi berib boriladi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
“Vorislar Parvozi 2026” bitiruv marosimi oʻtkazildi 📖 3 yil avval loyihaga qabul qilingan 984 nafar 9-sinf o‘quvchilardan 298 nafari axborot texnologiyalari va ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro mehnat bozori talablariga mos ravishda ta’lim olib, maxsus o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar. ⚡Bitiruvchilarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Vorislar Parvozi 2026” bitiruv marosimi oʻtkazildi 🗣Joriy yil 25-iyun kuni “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olib, yuqori natijalarni qayd etgan hamda yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar uchun “Vorislar Parvozi 2026” bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. ✅Marosimda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Xaydarov bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladilar va ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. ✅Ma’lumot uchun, 3 yil avval loyihaga 984 nafar 9-sinf o‘quvchilari qabul qilingan edi, o’tkazilgan oraliq imtihonlariga binoan 298 nafar yoshlar axborot texnologiyalari va ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro mehnat bozori talablariga mos ravishda ta’lim olib, maxsus o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar. ⚡️Bitiruvchilarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz! 🚀Telegram |📷 Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” o‘quvchilari yakuniy imtihon topshirmoqda 📖 Loyiha ishtirokchilari uchun 2025–2026-o‘quv yili yakuniy test imtihonlari boshlandi. Imtihonlar Axborot texnologiyalari (AT) va ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. ➡️ Loyihaning keyingi bosqichiga o‘tish uchun ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim: ➡️ AT fanidan — kamida 60 ball to‘plash; ➡️ Ingliz tilidan — kamida A2 darajaga ega bo‘lish. Imtihonlar maxsus monitoring platformasi orqali shaffof va qat’iy nazorat ostida tashkil etilmoqda. Barcha ishtirokchilarga yakuniy imtihonlarda omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🍀 🚀Telegram |📷 Instagram
Xushxabar! 3 nafar oʻquvchimiz OTMʼda tahsil olish uchun umumiy 300 mln soʻmdan ortiq grant sohibi boʻldi 📖“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi Bogʻot tumani va Urganch shahri 11-sinf ishtirokchilari universitetda tahsil olish uchun grantlarni qoʻlga kiritdi. ⬇️Quyidagi oʻquvchilar grant sohibi boʻldi: ➡️Alimbek Alimboev — Koreya Respublikasi Sejong universiteti “Kompyuter fanlari va muhandisligi” yo‘nalishi; ➡️Jamolbek Baltabayev — Al-Xorazmiy universiteti “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi; ➡️Ruhshona O‘ktamboyeva — Al-Xorazmiy universiteti “Amaliy matematika” yo‘nalishi. 🎉Oʻquvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! 🚀Telegram |📷 Instagram