tgindex
Digital.edu IT Career

Digital.edu IT Career

Статистика

Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]

Последний пост
2 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 571
+1 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 385
26 постов
Вовлечённость
151,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
18
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
805
1/48двое суток
922
1/72трое суток
994

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 2 авг.730826

    IOI 2026 doirasida Volontyorlik Imkoniyati (Data Analytics) 🌍9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida dunyoning eng nufuzli dasturlash musobaqalaridan biri – Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi. Har yili ushbu nufuzli xalqaro tadbir dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan iqtidorli maktab o‘quvchilari, delegatsiya rahbarlari hamda xalqaro IT hamjamiyati vakillarini bir joyga jamlaydi. 📊 Data Analytics yo‘nalishi bo‘yicha 4 nafar volontyor qabul qilinmoqda. 📌Volontyor sifatida Siz: ✔️Xalqaro tadbirni tashkil etish jarayonida ishtirok etasiz; ✔️Professional tajriba va netvorking imkoniyatiga ega bo‘lasiz; 👨‍💻Talablar: ✔️Mas'uliyatli va intizomli bo‘lish; ✔️Jamoada samarali ishlay olish; ✔️Vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish; ✔️Ingliz tilini bilish. ➕Volontyorlar uchun: 🤩 IOI 2026 tomonidan rasmiy volontyorlik sertifikati taqdim etiladi; 🏨 Yashash joyi bilan ta’minlanadi; 🍽 Kunlik ovqatlar beriladi; 🎁Tadbir yakunida esdalik sovg‘alari topshiriladi. 📩 CV yuborish uchun: havola ⚡️ Xalqaro tadbirning bir qismiga aylaning, qimmatli tajriba orttiring va IOI 2026 jamoasiga qo‘shiling! 🚀 Telegram

  • 31 июл.8491027

    AI va Machine Learning'ni o‘rganish uchun eng yaxshi 9 ta bepul YouTube kurslari 🤖Sun'iy intellekt (AI) va Machine Learning sohasida mustahkam bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni istasangiz, quyida tavsiya etilgan bepul YouTube kurslari Siz uchun ishonchli boshlanish nuqtasi bo‘la oladi. 🔗Kurslar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 📌Eslatma: barcha kurslar ingliz tilida taqdim etilgan. 🚀 Telegram

  • 28 июл.1 00299

    EPAM .NET Development kursida ishtirok etish imkoniyati 💡EPAM'ning 22 haftalik bepul onlayn dasturida ishtirok eting va .NET dasturlash bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalaringizni rivojlantiring. 💙 Format: Onlayn 📅 Boshlanishi: Oktyabr ⏲️ Davomiyligi: 22 hafta (taxminan 4,5–5 oy) 💰 Narxi: Mutlaqo bepul 🎓 Ta'lim tili: Ingliz tili ⌛ Haftalik yuklama: Taxminan 20 soat 📱 Dastur davomida nimalarni o‘rganasiz? ✔️ C# va .NET platformasi ✔️ ASP.NET ✔️ Design Patterns ✔️ Application Architecture ✔️ Ma'lumotlar bilan ishlash ✔️ Multithreading va Asynchronous Programming ✔️ Serialization ✔️ Git bilan ishlash 👨‍💻 Kimlar qatnasha oladi? ➡️ O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy rezidentlari ➡️ Universitet talabalari, bitiruvchilari va kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar ➡️ 18 yosh va undan kattalar ✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ➡️Ingliz tilini kamida B1 darajasida bilish ➡️ .NET asoslarini bilish ➡️ Git bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish ➕Dastur afzalliklari: ⚫️ EPAM mutaxassislari bilan ishlash imkoniyati ⚫️ Bepul o‘quv materiallari ⚫️ Amaliy topshiriqlar ⚫️ Mentorlar ko‘magida Q&A sessiyalari ⚫️ Dastur yakunida muvaffaqiyatli bitiruvchilar uchun EPAM Lab Internship dasturida ishtirok etish imkoniyati 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola ⚡️Bilimlaringizni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va EPAM mutaxassislaridan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 23 июл.908815из mitcuz

    📇 👨‍💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! 💡 Hurmatli talabalar (Davlat oliygohida 2-bosqichni bitirib 3-bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat! 🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz, unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Vaqtni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida bepul tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting! 📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi; O‘qish davri uchun: – bir mahal issiq ovqat; – rag‘bat puli (oyiga – 1 450 240 so‘m) beriladi. Moddiy texnik ta’minot: – noutbuk; – internet ; – online darsliklar; – amaliyotchi mutaxassislar darslari. 📊 Kursda: “Startup”lar va zamonaviy muammolarni AT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi. 🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyul 23:59 ga qadar belgilandi. 🗺Hujjat topshirish: onlayn, ikki bosqichdan iborat. 1. 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring va ariza qoldiring! 2. 💻 Shaxsiy kabinetga kirib ro‘yxatdagi hujjatlarni yuklang. (Shaxsiy kabinetga kirish uchun arizangizdagi elektron pochtangizga login va parol yuboriladi.) Hujjatlar ro‘yxati: ⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; ⏺ Transkript (GPA); ⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis); ⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin): ⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa); ⏺ Portfolio (OTM da tahsil olish davrida erishilgan yutuqlarni isbotlovchi hujjatlar nusxalari, patent, sertifikat va shu kabi hujjatlar nusxalari). 💼 Barcha hujjatlar bitta *PDF faylga birlashtirilib yuklanishi kerak. Fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi lozim. 👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari 📞 +998 90 177 20 22 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

  • 21 июл.7781018из digitalitvacancy

    “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida hamda Respublika bo‘ylab barcha viloyat markazlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, o‘yin yaratish va boshqa IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni taklif etadi. ✅Mentorlik yo‘nalishlari: ➡️Game Development ➡️Artificial Intelligence & Machine Learning ➡️Data Analytics ➡️Cyber Security ➡️Frontend Development ➡️Backend Development ➡️Android Development ➡️iOS Development ➡️Cross-platform Mobile Development ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qila olish; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyat; ➡️Tahliliy fikrlash ko‘nikmalari. ⚡️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡️Ariza qoldirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀Telegram |📷 Instagram

  • 21 июл.14 тыс9249

    “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga mentorlar qabul qilinmoqda 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ingliz tili bo‘yicha mentorlarni ishga taklif etadi. ⬇️Asosiy talablar: ➡️Tilni o‘qitish bo‘yicha bilim va amaliy tajriba; ➡️Grammatika, lug‘at, talaffuz, tinglab tushunish, o‘qish, yozish va suhbat ko‘nikmalarini o‘rgata olish; ➡️Xalqaro imtihonlarga tayyorlash tajribasi ustunlik beradi. ⬇️Kerakli ko‘nikmalar: ➡️Kuchli kommunikatsiya va jamoa bilan ishlash qobiliyati; ➡️Talabalar bilan ishlashda mas’uliyat va professionallik; ➡️Muammolarni hal qilish va tahliliy fikrlash ko‘nikmalari. 🔥Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ❗️Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/tS8qSx35y1DnaFGp6 ❗️Arizalar 2026-yil 28-iyulga qadar qabul qilinadi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

  • 20 июл.9251013

    Toshkentda yangi ish imkoniyatlari! 💡GS1 Uzbekistan – O‘zbekistonda xalqaro GS1 standartlari asosida mahsulotlarni shtrix-kodlash va identifikatsiya qilish tizimini rivojlantiruvchi tashkilot. Bugungi kunda 5 000 dan ortiq korxona va tashkilot uning a'zosi hisoblanadi. ✅ Bandlik turi: To‘liq ish kuni ⌛ Ish vaqti: 10:00–18:00 (ofisdan) 📍 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 🌍 Majburiy til: Rus tili Quyidagi lavozimlar uchun xodimlar ishga taklif etiladi: ✔️Buxgalter ✔️Kadrlar bo‘limi mutaxassisi ✔️Tender bo‘yicha mutaxassis ✔️Ishlab chiqarish bo‘limi menejeri ✔️Ish yurituvchi ✔️Rahbar yordamchisi 📩 Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun: havola ⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 16 июл.1 183812

    Frontend dasturchilar uchun yangi imkoniyatlar! ↘️ Quyidagi havolalar orqali vakansiyalar bo‘yicha batafsil ma'lumot bilan tanishishingiz va ariza topshirishingiz mumkin: ✔️Frontend Developer – Aviasales (masofaviy) ✔️Middle/Senior Frontend Developer (React) – Rooh Co. (masofaviy) ⚡️ Shoshiling, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash va kuchli jamoalarda tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 16 июл.1 04572

    B2B Sales yo‘nalishida tajriba orttirishni istagan talabalar va yosh mutaxassislar uchun imkoniyat! 📍 Joylashuv: Toshkent, Oazis Business Center 💼Bandlik: Amaliyot (To‘liq ish kuni, 5/2) 💰 Maosh: 4 000 000 so‘m 📌Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ✔️ Kuchli kommunikatsiya va muzokara olib borish ko‘nikmasi ✔️ Mas’uliyatli, tashabbuskor va tez o‘rganishga tayyor bo‘lish ✔️ O‘zbek tilini erkin bilish (rus va ingliz tillari ustunlik beradi) ✔️ 3–4-bosqich talabalari yoki yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar 🤔 Taklif etiladi: ✔️ B2B savdo va CRM mahsulotlari bo‘yicha amaliy tajriba ✔️ Tajribali mutaxassislar tomonidan mentorlik va treninglar ✔️ Haqiqiy korporativ mijozlar bilan ishlash imkoniyati ✔️ 4 000 000 so‘m oylik maosh ✔️Muvaffaqiyatli ishtirokchilar uchun doimiy ishga qabul qilinish imkoniyati 📩 Ariza topshirish uchun: havola ⚡️ B2B Sales va IT sohasida karyerani boshlash hamda amaliy tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 14 июл.1 01097

    O‘zbekistonning birinchi "yakkashox" kompaniyasida amaliyot o‘tash imkoniyati! 📍Lavozim: Influence Marketing Intern 🏢 Manzil: Toshkent (ofisdan) 🎓 Tajriba: Talab etilmaydi 💡Uzum E-commerce jamoasi Uzum Market va Uzum Tezkor loyihalari uchun Influence Marketing Intern qidirmoqda. Agar Siz raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlar va kontent yaratuvchilari bilan ishlashga qiziqsangiz, bu amaliyot Sizga yirik loyihalarda tajriba orttirish hamda soha mutaxassislaridan o‘rganish imkonini beradi. 🔗 Vakansiya haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun: havola ⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • Anorbank jamoasi kengayishda davom etmoqda! 💡Oʻzbekistonda tobora rivojlanib kelayotgan raqamli banklardan biri – Anorbankning bir qismiga aylanish imoniyati endi Sizda ham mavjud. Bankning turli yo‘nalishlar bo‘yicha ochilgan vakansiyalari orasidan o‘zingizga mosini tanlang hamda progressiv jamoaning bir qismiga aylaning. 👨‍💻Anorbankda mavjud boʻsh ish oʻrinlar: ✔️Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis: (havola) ✔️Kontakt-markaz mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis: (havola) ✔️IT Recruiter: (havola) ✔️Business Analyst: (havola) ✔️Middle System Analyst: (havola) ✔️System Analyst: (havola) ✔️Database Administrator (DBA): (havola) ✔️Middle+/Senior Android Developer: (havola) ✔️Java Developer (Middle/Senior): (havola) ✔️Android Developer: (havola) ✔️Senior iOS Developer: (havola) ✔️Java Developer: (havola) ✔️Senior ML Engineer: (havola) ✔️Middle Java Developer: (havola) ✔️Data Analyst: (havola) Hoziroq oʻz rezyumeingizni yangilang, oʻzingizga mos yoʻnalish havolasiga bosgan holda hujjatlaringizni yuboring. ⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 13 июл.2 208866

    AI/ML o‘rganayotganlar uchun TOP 16 ta GitHub repozitoriy 🤖 Qimmat kurslarga pul sarflash shart emas. AI va Machine Learning'ni amaliy loyihalar orqali o‘rganish uchun eng foydali GitHub repozitoriylari 🚀 Telegram

  • 10 июл.1 430917

    Frontend va backend dasturchilar uchun yangi imkoniyatlar! ↘️ Quyidagi havolalar orqali vakansiyalar bo‘yicha batafsil ma'lumot bilan tanishishingiz va ariza topshirishingiz mumkin: ⚫️Odoo Developer Intern+ / Junior ⚫️Junior FullStack Developer (React / React Native / Node.js) ⚫️Frontend Software Engineers ⚫️Frontend Developer ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 10 июл.1 186822

    Frontend yo‘nalishida tajriba orttirishni istagan yoshlar uchun imkoniyat! 📍 Joylashuv: Toshkent, Shayxontohur tumani (G‘afur G‘ulom metro bekati yaqinida) 💼 Bandlik: Amaliyot ⏰ Ish vaqti: 18:00 – 03:00 (6/1, tungi smena) 💰 Stipendiya: $200 – $500 (natijaga qarab) 📌Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ✔️Frontend dasturlash bo‘yicha mustahkam bilim ✔️HTML, CSS, JavaScript, React, Redux va Git bilan ishlash ko‘nikmasi ✔️Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish ✔️Tungi smenada (18:00–03:00) ishlash imkoniyati 🤔 Taklif etiladi: ✔️Real loyihalarda amaliy tajriba ✔️Amaliyot yakunida sertifikat ✔️Muvaffaqiyatli ishtirokchilar uchun doimiy ishga qabul qilinish imkoniyati ✔️Tajribali mutaxassislardan mentorlik ✔️Team building va dasturlash bo‘yicha turli tadbirlarda ishtirok etish ✔️Amaliyot yakunida $200–$500 miqdorida bonus olish imkoniyati 📩 Rezyumeni yuborish uchun: @HR_Specialist_Elvin ⌛ Bilimlaringizni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va malakali mutaxassislaridan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 8 июл.1 249938

    Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etiladi 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-shaharcha" loyihasi uchun mentorlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. "IT-shaharcha" – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha bo‘lib, har bir markazda yiliga 300 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida tahsil oladi. ✅ Mentorlik yo‘nalishlari: ➡️Kompyuter savodxonligi; ➡️Dasturlash; ➡️Kibersport; ➡️Robototexnika; ➡️Grafik dizayn; ➡️Sun’iy intellekt; ➡️Ingliz tili; ➡️Koreys tili; ➡️Nemis tili; ➡️Yapon tili. ✅ Mentorlikka talablar: ➡️Ingliz tili - IELTS sertifikati 6,0 darajadan yuqori yoki ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha diplom (masalan, CELTA) kabi sertifikat; ➡️Koreys, yapon va nemis tillari: B2-C1 darajasi; ➡️Dasturlash - kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, C++, JavaScript, Frontend) chuqur bilish. Tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazalari, tarmoq va boshqa asosiy sohalar bo‘yicha chuqur bilim; ➡️Grafik dizayn - sohaga tegishli dasturlar bilan ishlashda mukammal ko‘nikmalar. Har xil turdagi grafikalar, jumladan UI/UX dizayni, 2D va 3D grafikalarni yaratish tajribasi; ➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi. ➡️IT sohasida ish tajribasi va tegishli sertifikat, diplomlarga ega bo‘lish. ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡️Tahliliy ko‘nikmalar. 💰Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. 📩 Ariza qoldirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 8 июл.1 011611

    DevOps Engineer lavozimiga malakali nomzodlar ishga taklif etiladi ✅ Lavozim: DevOps Engineer 💼 Ish turi: To‘liq masofaviy 💰 Maosh: $3,000 👨‍💻 Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi: ➡️DevOps yo‘nalishida amaliy tajribaga ega bo‘lish; ➡️Linux, Docker va Kubernetes bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️CI/CD (GitHub Actions, GitLab CI yoki Jenkins) bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish; ➡️Cloud platformalaridan kamida bittasi (AWS, Azure yoki GCP) bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish; ➡️Mas'uliyatli bo‘lish va jamoada samarali ishlay olish. 📩 CV yuborish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 8 июл.2 191848

    EVOS jamoasida Frontend dasturchilar uchun ish imkoniyati! 📍 Joylashuv: Toshkent (ofis) 💼 Bandlik: To‘liq stavka (5/2) 💰 Maosh: 16 000 000 – 18 000 000 so‘m 💳 To‘lov: Oyiga 2 marta 👨‍💻Asosiy vazifalar: ➡️React va/yoki Angular asosida zamonaviy veb-ilovalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash ➡️REST API, GraphQL va boshqa servislar bilan integratsiya qilish ➡️Yangi komponent va modullar yaratish hamda mavjud kodni optimallashtirish ➡️Responsive interfeyslar yaratish va frontend arxitekturasini rivojlantirish ➡️Kod ko‘rib chiqish (Code Review) va jamoaviy ishlab chiqishda ishtirok etish ✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ➡️Frontend dasturlash bo‘yicha kamida 2 yillik tijorat tajribasi (3+ yil ustunlik beradi) ➡️React va/yoki Angular bilan ishlash tajribasi ➡️JavaScript (ES6+), TypeScript, HTML5, CSS3, SCSS/SASS bo‘yicha mustahkam bilim ➡️REST API, Git va holatni boshqarish kutubxonalari (Redux, NgRx, Zustand va boshqalar) bilan ishlash tajribasi ➡️SPA, responsive va kross-brauzer dasturlash tamoyillarini tushunish ➕ Quyidagilar ustunlik beradi: ✔️Tailwind CSS yoki Bootstrap bilan ishlash ✔️Firebase tajribasi 📌Taklif etiladi: ⚫️Rasmiy ishga joylashish ⚫️Bepul tushlik, choy va qahva ⚫️Treninglar, konferensiyalar va kurslarda kompaniya hisobidan qatnashish ⚫️Kuchli jamoa va barqaror kompaniyada ishlash imkoniyati Batafsil ma’lumot uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 8 июл.68384из mitcuz

    #IOI2026 #Uzbekistan 🔊 Yana bir tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi! Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi - maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir. 📈 Raqamlarda: ➡️ 97+ davlatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi; ➡️ Delegatlar, hakamlar va kuzatuvchilar soni 900 nafardan oshdi. 2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor! 🔜 9-16-avgust 📍CAEx ko'rgazmalar markazi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

  • Frontend dasturchilar "CONSORT GROUP" jamoasiga ishga taklif etiladi 💡CONSORT GROUP – 2014 yildan buyon kompyuter texnologiyalari sohasida IT konsalting va zamonaviy texnologik yechimlar taqdim etuvchi kompaniya. Ish joyi: Toshkent shahri (ofisdan 5/2) Bandlik: To‘liq ish soati Maosh: 10 000 000 so'mdan (soliqlardan oldin) 👨‍💻Talablar: ➡️React bilan kamida 2 yil tijorat tajribasi; ➡️JavaScript, TypeScript va Next.js'ni yaxshi bilish; ➡️Git bilan ishlash tajribasi; ➡️Komponentli yondashuv va toza kod yozish ko‘nikmasi ✅Ustunlik beradi: ➡️App Router, SSR, SSG ➡️Tailwind CSS, shadcn/ui ➡️Vercel, Supabase yoki Firebase bilan ishlash tajribasi. 🧳Taklif etiladi: ✔️Qiziqarli mahsulot loyihasi; ✔️Texnik qarorlarga ta’sir qilish imkoniyati; ✔️Professional va do‘stona jamoa; ✔️Barqaror maosh va rivojlanish imkoniyati Batafsil ma’lumot uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

  • 6 июл.13,5 тыс8174

    “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida hamda Respublika bo‘ylab barcha viloyat markazlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, o‘yin yaratish va boshqa IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni taklif etadi. ✅Mentorlik yo‘nalishlari: ➡️Game Development ➡️Artificial Intelligence & Machine Learning ➡️Data Analytics ➡️Cyber Security ➡️Frontend Development ➡️Backend Development ➡️Android Development ➡️iOS Development ➡️Cross-platform Mobile Development ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qila olish; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyat; ➡️Tahliliy fikrlash ko‘nikmalari. ⚡️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡️Ariza qoldirish uchun: havola ⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀Telegram |📷 Instagram

Digital.edu IT Career — tgindex