Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Статистика📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali 📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press ☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70 🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy 📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 71
- Всего постов
- 403
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 623
- 1/48двое суток
- 713
- 1/72трое суток
- 770
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://uza.uz/uz/posts/maktabgacha-va-maktab-talimi-vaziri-urganchda-hayat-yigilishi-otkazdi_895021
#Xorazm_tajribasi 🎥 Xorazmda “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkazilgan 2 kunlik seminar-trening jarayonlaridan videolavha. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ✅Telegram 📹Youtube ✅Facebook 🌐Instagram 🌐Veb sayt
📸📸📸 SIFATLI TA’LIM - YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI 13.08.2026 ✅ Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ✅Telegram 📹Youtube ✅Facebook 🌐Instagram 🌐Veb sayt
#Islohotlar_samarasi #KelajakMarkazlari 🎭 “Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Jadidlar izidan” — 1,5 million o’quvchini qarab olgan yirik loyihalar! 📈 Raqamlar dinamikasi mazkur tanlovlar nafaqat ommalashib borayotganini, balki maktab o‘quvchilari hayotida muhim ijtimoiy-madaniy hodisaga aylanayotganini ham ko‘rsatadi. 🌐 Tanlovlar statistikasi haqida batafsil VIDEOLAVHAda. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, siz kutgan kun keldi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli Avlod” Online IT Oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🚀 Endi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda. 📚IT olamining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganing! 💻 Vibe Coding 🤖 Prompt (AI) 🧠 Sun’iy intellekt 💻Data Science 🔐 Cyber Security 🎨UI/UX 🤖 AI Agent 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy havola :[Online.raqamliavlod.uz ] 🌐Taklif va murojatlar uchun. ⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishni o‘tkazib yubormang! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
🌍🌍 YANGI O‘QUV YILI - YANGI DARSLIKLAR Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ✅Telegram 📹Youtube ✅Facebook 🌐Instagram 🌐Veb sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Seminar_trening 🟢Mezonlarga asoslangan baholash tizimi bo‘yicha seminar-treninglar boshlandi ⚪️ Joriy yilning 14–15-avgust kunlari Xorazm viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun mezonlarga asoslangan baholash tizimi bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. ➡️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Urganch filialida seminar-treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X. Bektemirov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “O‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish, apostil xizmatini ko‘rsatish” boshqarmasi boshlig‘i U. Nuriyeva, boshqarma va vazirlik xodimlari hamda seminar-trening ishtirokchilari qatnashdi. ‼️Ochilish marosimida mezonlarga asoslangan baholash tizimining mazmun-mohiyati, uni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish hamda pedagoglarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Shundan so‘ng seminar-trening ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, belgilangan xonalarda amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirdilar. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ✅Telegram 📹Youtube ✅Facebook 🌐Instagram 🌐Veb sayt
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи