Qo‘shko‘pir.uz | Rasmiy
СтатистикаQo‘shko‘pir tumani hokimligi Axborot xizmatining telegramdagi rasmiy sahifasi • http://gov.uz/qushkupir • fb.com/qushkupir.tuman.hokimligi • instagram.com/Qushkupiruz Murojaat uchun: @QushkupirMurojaat_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 37
- Всего постов
- 109
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 715
- 1/48двое суток
- 819
- 1/72трое суток
- 883
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
🏢 Kompaniya tomonidan xorazmlik tadbirkorlarning 9 mingdan ortiq loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. Bu maqsad uchun jami 2 trln 638 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 🗣Eng ko‘p yordamlardan Bog‘ot tumani (351 mlrd so‘m), Urganch shahri (342 mlrd so‘m) va Urganch (286 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
https://www.youtube.com/watch?v=tMJY19ZTf8U
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Payshanba — Yoshlar kuni Maʼlumki, har haftaning payshanba kuni yoshlar bilan turli mavzularda ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Bugun Qo‘shko‘pir tumani Shixmashhad mahallasida tuman prokurori Shoxrux Radjabov, DSI rahbari O‘lmasbek Ashirov hamda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Sirojbek Azamatovich yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim, bandlik hamda o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Muloqot jarayonida yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, ularning murojaatlari yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Qo‘shko‘pir yoshlari — Respublika bosqichida kuchli uchlikda! “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stritbol turi bo‘yicha 16–21 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida Respublika bosqichi Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy kechgan musobaqada turli hududlaridan kelgan yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Quvonarlisi, musobaqada munosib ishtirok etgan Qo‘shko‘pir tumani Xonobod mahallasi jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi, iqtidor va salohiyati, shuningdek, tumanda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy samarasi ekanini ko‘rsatadi. Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
Xorazm viloyati IIB va DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan "Yoshlar kuni" munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sayyor qabul o‘tkazildi. ——— Хоразм вилояти ИИБ ва ДХХ Хоразм вилояти бўйича бошқармаси раҳбарияти томонидан "Ёшлар куни" муносабати билан Қўшкўпир туманида ёшлар иштирокида маънавий-маърифий тадбирлар ҳамда сайёр қабул ўтказилди. Веб-сайт / You Tube / Facebook / Instagram / Telegram / Matbuot kotibi
Uzum yetishtirish koʻrsatkichlari 📊 2026– yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 16,8 ming tonna uzum yetishtirildi. 📈 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan. ✅ Umumiy hosilning 92,2 %i dehqon va tomorqa xoʻjaliklar hissasiga toʻgʻri kelgan. 🍇 Hududlar oʻrtasida uzum hosilining asosiy qismi Qoʻshkoʻpir ( viloyat umumiy hajmining 28,6 %i), Shovot (27,4 %) va Gurlan (16,7 %) tumanlarida yetishtirilgan. Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
Qoʻshkoʻpir tumanida eng koʻp kichik tadbirkorlik subyekti savdo sohasida faoliyat yuritgan 📊 2026- yilning 1- iyul holatiga Qoʻshkoʻpir tumanida 1 957 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan. 📈 Ularning iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha tarkibida savdo (633 ta), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (417 ta), sanoat (365 ta), qurilish (131 ta) sohalarining salmogʻi yuqori boʻlgan. Rasmiy sahifalar: Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI O‘RGANISHLARI 12.08.2026 ✅ Web-sayt | Telegram | Instagram | Face book | You Tube
⚡️Urganch, Gurlan, Qo’shko’pir, Hazorasop tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlishi mumkin. ⚡️Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning: Qo’shko’pir tumanining: Yovgʻir, Gulzor, Yangilik, Nezaxos, Oʻrtaqishloq, Qoravul, Vahimchi, Doʻstlik, Ilgaldi, Mehnatobod, Sherobod, Paxtakor mahallalarida; 📆 Joriy yilning 13-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz. 🖥 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Telegram 🌐 Instagram ▶️ You Tube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи