Tuproqqal'a.uz
СтатистикаTuproqqal'a tumani hokimligi Rasmiy veb-sayt: gov.uz/tuproqqala Hokimga murojaat @tuproqqala_aloqa_bot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 21
- Всего постов
- 175
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 079
- 1/48двое суток
- 2 382
- 1/72трое суток
- 2 569
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
#Xorazm_tajribasi 🎥 Xorazmda “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkazilgan 2 kunlik seminar-trening jarayonlaridan videolavha. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ✅Telegram 📹Youtube ✅Facebook 🌐Instagram 🌐Veb sayt
Mukofotlar muborak O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi bilan Tuproqqal’a tumanidagi “Space-S” MCHJ direktori Sabirov Behzod Ko‘chkorovich “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Behzod Sabirovni chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Tuproqqal'a.uz
Mukofotlar muborak O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Tuproqqal’a tumanidagi “Marjona Saboxon” MCHJ rahbari Jumaniyozova Roxat Ishimovna “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi. Roxatjon Jumaniyazovani chin dildan samimiy muborakbod etamiz. Tuproqqal'a.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Tuproqqal'a.uz
🏢 Kompaniya tomonidan xorazmlik tadbirkorlarning 9 mingdan ortiq loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. Bu maqsad uchun jami 2 trln 638 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 🗣Eng ko‘p yordamlardan Bog‘ot tumani (351 mlrd so‘m), Urganch shahri (342 mlrd so‘m) va Urganch (286 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ guruhi orqali tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda quyidagi moliyaviy xizmatlar taklif etilmoqda: 🔅Resurs ajratish Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurslar hisobidan 20 mlrd so‘mgacha kreditlarni 7 yilgacha muddatga ajratish. 🔅Kompensatsiya Kichik tadbirkorlar uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit foizining 5,6 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish. 🔅Mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari tomonidan kichik tadbirkorlarga ajratiladigan garovsiz mikrokreditlarning 200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini qayta moliyalashtirish. 🔅Kafolat Tadbirkor kredit rasmiylashtirayotganda garov taqchilligi yuzaga kelsa, 20 mlrd so‘mgacha kafolat berish. 🔅Ulush kiritish Tadbirkorning loyihalarini amalga oshirishda 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot va uskunalar sotib olib, uni tadbirkorga taqdim etish orqali kapitalga foizlarsiz ulush kiritish. 🔅Xizmatlar ipotekasi 20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot va uskunalarni xizmatlar ipotekasi (lizing) orqali yillik 18 foizdan boshlab ustama yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov taʼminotisiz tadbirkorga taqdim etish. 🔅Qarz Xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga 20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi (qarz) moliyaviy yordamlarini imtiyozli stavkada ajratish. 🔅Ekspress qarz Har qanday tadbirkorlik maqsadlari uchun yillik 21 foiz ustama bilan 3 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha miqdorda qarz ajratish. 🔅Murobaha Islom moliya tamoyillariga asosan 500 ming AQSh dollarigacha tovarlarni xarid qilib, uni kelishilgan ustama bilan muddatli to‘lov asosida taqdim etish. 🔅Ijara Islom moliya tamoyillariga asosan 500 ming AQSh dollarigacha zarur uskuna yoki mol-mulk ijara asosida taklif etish, shuningdek, kelgusida uni sotib olish imkoniyatini ham taqdim etish. 🔅Grant Har yili 100 nafar tadbirkorlik subyektiga faoliyatini raqamlashtirish, xalqaro standartlarni va yashil texnologiyalarni joriy etish bilan bog’liq xarajatlari uchun 300 million so’mgacha grant ajratish. Batafsil ma’lumot uchun: 71-205-57-57
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda Tuman hokimi Akmal Jimalyazov fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Muloqot davomida aholidan bandlik, moddiy yordam, kommunal soha hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid ko‘plab murojaatlar tinglandi. Joyida hal etish imkoni bo‘lgan masalalar bo‘yicha darhol amaliy choralar ko‘rilib, fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa tuman hokimi tomonidan shaxsiy nazoratga olinib, tegishli mas’ul idora va bo‘lim rahbarlariga aniq topshiriq hamda muddatlar belgilandi. Tuproqqal'a.uz
видео или голосовое, без подписи
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Tuproqqal'a tumani tekstil sanoat haqida Tuproqqal'a.uz
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari! Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi. Mazkur tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari hamda ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🏅 “WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🏆 TUPROQQAL’A TUMANI — I DARAJALI DIPLOM SOHIBI! Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan xotin-qizlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinida Tuproqqal’a tumani jamoasi faol ishtirok etib, I darajali diplom bilan taqdirlandi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 🏆🇺🇿 👏 Jamoamizni ushbu munosib natija bilan muborakbod etamiz!
«ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯНИНГ АСОСИ, ПОЙДЕВОРИ БУ — МАКТАБ» — ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ Давлатимиз раҳбарининг ушбу сўзлари замирида катта маъно бор. Зеро, мактабга, таълимга ва ёш авлодга киритилган ҳар бир сармоя — мамлакат келажаги ва инсон капиталига киритилган инвестициядир. Хоразм вилоятининг Тупроққалъа туманида фаолияти йўлга қўйилган хусусий мактаб ҳам ана шундай мақсадларга хизмат қилмоқда. Бу ерда гап шунчаки янги бино ҳақида эмас — болаларнинг сифатли таълим олиши, иқтидорли ёшларнинг қўллаб-қувватланиши ва ҳудудда янги иш ўринлари яратилиши ҳақида бормоқда. 🟦🏦 Ушбу лойиҳа Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси ва Асакабанк ҳамкорлигида қўллаб-қувватланди. Натижада тадбиркор замонавий таълим шароитларини яратиш ва кўпроқ ўқувчиларни қамраб олиш имкониятига эга бўлди. Мактабдаги таълим натижалари ҳам аллақачон ўз самарасини кўрсатмоқда. Ўқувчилар турли фан олимпиадаларида мунтазам равишда фахрли ўринларни эгаллаб келмоқда. Жумладан, ўқувчилар Қирғизистонда ўтказилган халқаро олимпиадада биринчи ўринни қўлга киритган. Бу каби ютуқлар ҳудуддаги болалар учун муносиб таълим муҳити яратилса, улар нафақат республика, балки халқаро майдонда ҳам юқори натижаларга эриша олишини кўрсатмоқда. Лойиҳанинг яна бир муҳим жиҳати — янги иш ўринлари яратилаётгани. Айрим ўқитувчилар ишлаш учун чет элга кетиш арафасида турган бир пайтда, мактаб директори уларни таълим муассасасига жалб қилиб, ўз ҳудудида муносиб иш билан таъминлаган. Шу тариқа, битта тадбиркорлик лойиҳаси орқали бир вақтнинг ўзида таълим ривожланмоқда, иқтидорли ўқувчилар учун имкониятлар кенгаймоқда ва педагоглар учун янги иш ўринлари яратилмоқда. Асакабанк ва Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси ҳамкорлигида тайёрланган ушбу видеолавҳада мактабнинг ташкил этилиш тарихи, эришилаётган натижалар ва лойиҳанинг ҳудуд тараққиётидаги аҳамияти билан танишинг. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
🌍 Qovun sayli 2026 — Guinness World Records rekordchisi! Festivalning eng tarixiy voqealaridan biri “Eng katta qovun degustatsiyasi” bo‘yicha jahon rekordining o‘rnatilgani bo‘ldi. Guinness World Records tomonidan berilgan rasmiy sertifikatga ko‘ra, rekord 2026-yil 9-avgust kuni Xiva shahrida qayd etildi. Rekordni tasdiqlash jarayonida Guinness World Records rasmiy hakami, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Sheyda Subashi Gemiji ishtirok etdi. Tuproqqal'a.uz
#LIVE #Qovun_sayli_2026 Tuproqqal'a povilioni 3-kun 📍Xiva shahri, Ichonqal'a majmuasi #QovunSayli2026 #Xiva Tuproqqal'a.uz