Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
СтатистикаThe official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
- Последний пост
- 05:16
- Последнее чтение
- 12:18
- Постов за неделю
- 18
- Всего постов
- 172
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 201
- 1/48двое суток
- 230
- 1/72трое суток
- 248
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
#biz_siz_bilan_faxrlanamiz #bitiruvchi_2026 🌟 Tuproqqal‘a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf bitiruvchisi Safarbayev Mehrojbek Farxod o‘g‘li o‘zining yuksak bilim va salohiyatini yana bir bor namoyon etib, Toshkent davlat yuridik universiteti — Yurisprudensiya fakultetiga davlat granti asosida qabul qilindi. 🌹 Aziz Mehrojbek! Sizni ushbu ulkan va sharafli muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizning davlat granti asosida Toshkent davlat yuridik universitetiga talabalikka tavsiya etilganingiz maktabimiz jamoasi, ustozlaringiz va ota-onangiz uchun cheksiz faxrdir. ⚖️ Bugun siz talabalik sari yo‘l oldingiz. Ishonamizki, ertaga Vatanimiz huquqiy tizimining rivojiga munosib hissa qo‘shadigan, bilimli, adolatparvar va fidoyi yurist bo‘lib yetishasiz! 🌍http://t.me/T2022PIMA 🌍http://www.instagram.com 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
видео или голосовое, без подписи
#biz_siz_bilan_faxrlanamiz #bitiruvchi_2026 🌟 Tuproqqal‘a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Sa'dullayeva Yulduzxon Odilbek qizi nufuzli Westminster International University in Tashkent (WIUT) universitetining Foundation Course dasturiga 2026/2027-o‘quv yili uchun muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi! ✅Qolaversa, Sa'dullayeva Yulduzxon Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga grant asosida talabalikka qabul qilindi. 🏆Bu — Yulduzxonning izchil mehnati, intilishi, bilimga bo‘lgan yuksak ishtiyoqi, ota-onasining motivatsiyasi va ustozlarining fidokorona mehnati samarasidir. 🌹 Aziz bitiruvchimiz Yulduzxon, ushbu muvaffaqiyatingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizning bu yutug‘ingiz nafaqat ota-onangiz va ustozlaringiz, balki butun Tuproqqal‘a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi uchun cheksiz faxrdir! 🌍http://t.me/T2022PIMA 🌍http://www.instagram.com ⭐️🌟⭐️🌟⭐️🌟⭐️🌟⭐️🌟⭐️
✅✅✅✅ 🔴 Ayni damda Xorazmda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Hay’at yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati va tuman (shahar) bo’linmalari mas’ullari qatnashmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
XORAZMDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILDI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. ✅ Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi. ✅ Davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan maktablardagi jarayonlar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning takliflari tinglandi hamda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🌍 Qovun sayli 2026 — Guinness World Records rekordchisi! Festivalning eng tarixiy voqealaridan biri “Eng katta qovun degustatsiyasi” bo‘yicha jahon rekordining o‘rnatilgani bo‘ldi. Guinness World Records tomonidan berilgan rasmiy sertifikatga ko‘ra, rekord 2026-yil 9-avgust kuni Xiva shahrida qayd etildi. Rekordni tasdiqlash jarayonida Guinness World Records rasmiy hakami, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Sheyda Subashi Gemiji ishtirok etdi. Tuproqqal'a.uz
видео или голосовое, без подписи
#diqqat_tanlov 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasi qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🔹Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Pro Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ✅ Viktorinada g‘oliblar test va referal bo‘yicha alohida aniqlanadi. ✅ Faol qatnashganlarga QR kodli elektron sertifikat beriladi. Batafsil ma’lumot olish👇 https://t.me/bilimtanlovbot?start=88371447
🍈 Qovun sayli – 2026 boshlandi! Bugundan Xiva shahrida an'anaviy "Qovun sayli" festivali start oldi! Tuproqqal'a tumani ham o'z pavilyonini taqdim etmoqda. Tumanimizning eng shirin va xushbo'y qovunlaridan tatib ko'rish uchun barchangizni kutib qolamiz! 😋 📍 Xiva shahri, Ichanqal'a #QovunSayli2026 #Tuproqqala #Xiva Tuproqqal'a.uz