Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
СтатистикаVeb-sayt: https://ijodmaktabi.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/muhammadyusuf.ijodmaktabi Instagram: https://instagram.com/m_yusuf_ijod_maktabi Telegram: @ima_myim Murojaatlar uchun @sardor_sirojiddin
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 17
- Всего постов
- 254
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 477
- 1/48двое суток
- 546
- 1/72трое суток
- 589
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Yagona_Vatan_35 Vatan Onam aytgan allalaring jarangdor, Dadam ekkan tutzorlaring betakror. Bolaligim qaldirgʼochlar qaytgan uy, Har qadamim senga talpinar - Vatan, Yuragimda mangu yasharsan - Vatan. Koʼklaringda oq bulutlar erk suzar, Dashtlaringda har bahorda gul boʼzar. Jannat hidi singgan aziz bu makon. Koʼzimdagi eng aziz nur - shu Vatan, Qalbimdagi bitmas surur - shu Vatan. Ota yurtim, har toshingda tarix bor, Har daraxting soyasida bir diyor. Har xokida avliyolar izlari bor, Tirik ruhim, tirik jonim - shu Vatan, Qalbim senga ibodatdir - shu Vatan. Sen borsanki, koʼnglim gulzor, bogʼ boʼlar, Sen borsanki, har bir orzu togʼ boʼlar. Bir duom bor: mangu yashna, elim deb, Tilimdagi eng shirin soʼz - shu Vatan, Yuragimda soʼnmas yulduz - shu Vatan. Bobolarim shamshir tutgan shu tuproq, Momolarim koʼz yosh toʼkkan shu tuproq. Tomirimda ajdod ruhi joʼsh urar. Eʼtiqotim, ezgu yoʼlim - shu Vatan. Peshonamning eng pok toji - shu Vatan, Men tuproqman, yana tuproq boʼlurman, Yaproq kabi bir kun yerga qoʼnarman. Mendan qolsa, muqaddas bir soʼz qolar Ismim aytsa sen deb aytsin - ey Vatan, Soʼnggi nafas sen deb chiqsin - ey Vatan. ✍️Sardor Sirojiddin O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi murabbiyi 🎙Sevara Temirova Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xo‘jaobod tuman bo‘limi rahbari 👇Bizni kuzatishda davom eting! 👉@ima_myim
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yagona_Vatan_35 Andijon ✍Muhammad Yusuf O‘zbekiston xalq shoiri 🎙Durdona Abdukarimxodjayeva Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktor o‘rinbosari 👇Bizni kuzatishda davom eting! 👉@ima_myim
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
⏳⏳⏳⏳ 13-avgust – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavallud topgan kun 📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/OzM6JzMhHDI Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Yagona_Vatan_35 Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh gʻoyasi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-d sinf o‘quvchisi O‘g‘iloy Kamoldinova tomonadan tayyorlangam "Mustaqillik menga nima berdi?" mavzusidagi viderolik. 👇Bizni kuzatishda davom eting 👉@ima_myim
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul qilingan 7-sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova, maktab pedagoglari hamda yangi qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar. Yig‘ilish davomida ota-onalarga ijod maktabining ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va yangi o‘quv yilida belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilarning ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi, maktab formasida kelishi, dars mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etishi, odob-axloq me’yorlariga amal qilishi kabi muhim masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ijod maktabida o‘quvchilarning nafaqat fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, balki ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, turli ijodiy va intellektual loyihalarda faol ishtirokini ta’minlashga katta e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. @ima_myim
DIQQAT TANLOV! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda mavjud vakant direktor o‘rinbosari lavozimlariga tanlovning birinchi bosqichi o‘tkaziladi Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning birinchi bosqichi — hududiy saralash jarayonlari o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi: 👉🏻 O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 10–11-avgust kunlari; 👉🏻 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga — 2026-yil 12–13-avgust kunlari. Mazkur bosqich Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov komissiyasi hamda hududiy ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi. ✔️ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etiladi. Suhbat savollari Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan oldindan tayyorlanib, maxsus himoyalangan paketlarda, muhrlangan konvertlar ko‘rinishida hududlarga yetkaziladi. ✔️ Konvertlar nomzodlar ishtirokida ochiladi. Suhbat jarayonlari ochiqlik, shaffoflik, xolislik va teng imkoniyatlar tamoyillari asosida tashkil etiladi. Tanlov nizomiga muvofiq, har bir vakant direktor o‘rinbosari lavozimi uchun eng munosib 3 nafargacha nomzod tanlovning ikkinchi bosqichi — asosiy suhbatga tavsiya etilishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tanlov jarayonlarining ochiq, shaffof, xolis va adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
O‘zbekiston quruvchilariga bayram tabrigi — Праздничное поздравление строителям Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#OAV_biz_haqimizda 🎓 Iqtidorli yoshlar — Yangi O‘zbekiston ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi Iqtidorli yoshlarni erta aniqlash, ularning salohiyatini rivojlantirish va xalqaro maydonda munosib natijalarga erishishi uchun imkoniyatlar yaratish — ta’lim siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalar soni 234 taga yetdi. O‘quvchilarimiz so‘nggi olti yil davomida 70 dan ortiq nufuzli xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida ishtirok etib, jami 276 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Shundan 44 tasi oltin, 80 tasi kumush va 152 tasi bronza medallari bo‘ldi. Joriy yilda Toshkent shahrida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2026)ning o‘tkazilishi O‘zbekiston ta’lim tizimiga xalqaro miqyosda bildirilayotgan yuksak ishonchning yana bir yorqin ifodasidir. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor