Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
СтатистикаIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi 📍Manzilimiz: Marg‘ilon shahar, Turkiston ko‘chasi 138-uy
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 29
- Всего постов
- 243
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 308
- 1/48двое суток
- 352
- 1/72трое суток
- 380
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚀Mandat booomba!!!
#tezkor ⚡️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — oliy ta’lim vaziri 📊 Mandat natijangizni oldindan taxmin qiling: @mandatjavobbot ✅️@Talim24uz
#Mustaqillik_iftixori FARGʻONA Enaxon Siddiqova, Oʻzbekiston xalq shoiri Mening baxtim, yorug‘ iqbolim, Taqdirimdan tushmam alamga. Tangrim ekib qo‘ygan daraxtman Farg‘onaday bog‘i Eramga! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#Yagona_Vatan35 #Mustaqillik35 #Erkin_Vohidov_ijod_maktabi Istiqlol muborak... ✏️Enaxon Siddiqova, O'zbekiston xalq shoiri 🎤Odinaxon Nishonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-"D" sinf o'quvchisi 🇺🇿Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak! 📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati 🌐Bizning sahifalarimiz👇 🚀Telegram 🔵Facebook ▶YouTube 📷Instagram
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: ✅ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; ✅ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; ✅ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; ✅ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; ✅ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; ✅ qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; ✅ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; ✅ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#Yagona_Vatan35 #Mustaqillik35 #Erkin_Vohidov_ijod_maktabi Seningdirman ✏️Erkin Vohidov, O'zbekiston xalq shoiri 🎤Husnirabonu Sobirova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi 🇺🇿Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak! 📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati 🌐Bizning sahifalarimiz👇 🚀Telegram 🔵Facebook ▶YouTube 📷Instagram
⏳⏳⏳⏳ 13-avgust – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavallud topgan kun 📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/OzM6JzMhHDI Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yagona_Vatan35 #Mustaqillik35 #Erkin_Vohidov_ijod_maktabi 🗣Har birimizning qalbimizda Vatan haqidagi tasavvurimiz turlicha. Ammo barchamizni birlashtiradigan tuyg‘u bitta — Vatanga muhabbat! 🖌Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ushbu videorolik orqali O‘zbekistonimizning 35 yillik shonli ayyomi oldidan ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz. 🇺🇿Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak! 📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati 🌐Bizning sahifalarimiz👇 🚀Telegram 🔵Facebook ▶YouTube 📷Instagram
#Mustaqillik_iftixori YANGI FARG‘ONA QO‘SHIG‘I Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Diyoru maskanlar ko‘pdir dunyoda, Ammo bir gulshan bor fayzi ziyoda. Yurtga chiroy bergan ezgu tilakdir, Ezgu tilak to‘la tolmas yurakdir. Fidoyi insonlar zamonasi bu, Yangi O‘zbekiston Farg‘onasi bu! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Yagona_Vatan35 #Mustaqillik35 #Erkin_Vohidov_ijod_maktabi 🗣Yurtimiz bo‘ylab ulug‘ ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami shukuhi kezmoqda! ✨Shu qutlug‘ kunlar arafasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! 🇺🇿Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va buyuk kelajak sari birgalikda odimlaylik! 🟦Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati 🌐Bizning sahifalarimiz👇 🚀Telegram 🔵Facebook ▶️YouTube 📷Instagram
Farg‘ona vodiysi qizlari uchun "Digital Kaleidoscope" AT taʼlim dasturi! School 21 , Women in Tech Uzbekistan va UNICEF bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qizlar uchun "Digital Kaleidoscope" keng qamrovli AT dasturini ishga tushirmoqda. Agar siz 18–24 yoshda bo‘lsangiz hamda Farg‘ona, Andijon yoki Namangan viloyatlaridan birida yashasangiz va AT sohasida o‘z faoliyatingizni boshlashni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda? 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn intensiv — IT muhitiga sho‘ng‘ish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda yangi do‘stlar orttirish imkoniyati; 💻 6 oylik onlayn ta’lim — o‘qish yoki ish bilan birgalikda olib borish uchun qulay format; 💼 AT kompaniyalarda 3 oylik amaliyot — olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash va haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyati; 🌐 Ekspertlar bilan uchrashuvlar — dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi AT mutaxassislari bilan amaliy sessiyalar; 🤝 Dastur davomida mentorlik ko‘magi — tajribali mentorlar bilan muntazam uchrashuvlar, maslahatlar va professional rivojlanish uchun amaliy ko‘mak. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, siz School 21, UNICEF va Women in Tech tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lasiz. Talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdan birini tanlang: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Biznes va tizimli tahlil 3️⃣ QA — Dasturiy ta’minotni testlash 4️⃣ Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz! Muhim sanalar: 15-sentyabrgacha — arizalar qabuli 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi 2026-yil oktyabr – 2027-yil mart — onlayn ta'lim 2027-yil mart – may — amaliyot 2027-yil iyun — bitiruv va sertifikatlarni topshirish 👉 AT sohasidagi ilk qadamingizni qo‘ying — hoziroq ariza topshiring! 📲 Barcha savollar bo'yicha: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 Dastur Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) doirasida amalga oshiriladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpa.uzbekistan | @unwomenca _______________ IT-программа Digital Kaleidoscope для девушек из Ферганской долины! School 21 совместно с Women in Tech Uzbekistan и UNICEF при финансовой поддержке Европейского Союза запускает масштабную IT-программу Digital Kaleidoscope для девушек. Если вам от 18 до 24 лет, вы живёте в Ферганской, Андижанской или Наманганской области и хотите начать свой путь в IT — эта возможность именно для вас! Что вас ждёт в рамках программы? 📍 3-дневный очный интенсив в Фергане — погружение в IT-среду, новые знания и навыки, а также новые знакомства; 💻 6 месяцев онлайн-обучения — удобный формат, который легко совмещать с учёбой или работой; 💼 3 месяца стажировки в IT-компаниях — возможность применить полученные знания на практике и получить реальный опыт работы; 🌐 Встречи с экспертами — практические сессии с ведущими IT-специалистами из разных стран мира; 🤝 Менторская поддержка на протяжении всей программы — регулярные встречи с опытными менторами, консультации и практическая помощь в профессиональном развитии. После успешного завершения программы вы получите официальный сертификат от School 21, UNICEF и Women in Tech. Выбирайте одно из 4 востребованных направлений: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Бизнес- и системный анализ 3️⃣ QA — Тестирование программного обеспечения 4️⃣ Разработка программного обеспечения Главное — ваше желание учиться! Ключевые даты: До 15 сентября — приём заявок До 20 сентября — отбор участников Октябрь 2026 – Март 2027 — онлайн-обучение Март – Май 2027 — стажировка Июнь 2027 — финал и вручение сертификатов 👉 Сделайте первый шаг в IT — подайте заявку прямо сейчас! 📲 По всем вопросам и для связи: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 «Программа реализуется в рамках Совместной программы по расширению экономических возможностей женщин (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) и финансируется Европейским Союзом» @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi #diqqat_eʻlon ☄️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasiga qo‘shiling! Siz shunchaki dars o‘tuvchi o‘qituvchi emassiz, siz — yo‘l ko‘rsatuvchi, mentor va kelajak ijodkorisiz. Agar darslaringiz an’anaviy qoliplardan tashqarida bo‘lsa, g‘oyalaringiz esa cheksiz bo‘lsa, biz aynan Sizni qidirmoqdamiz! ✨Xo‘sh, nega aynan biz? 🔴Komfort zona: Har bir sinfda maksimal 20 nafar o‘quvchi. Til va ixtisoslik darslarida guruhlar yanada kichikroq bo‘linadi. Bu — har bir o‘quvchiga individual yondashuv degani! 🔴Raqamli ekotizim: Bo‘r va doska zamoni o‘tdi. Bizda barcha xonalar eng so‘nggi smart-texnologiyalar bilan jihozlangan. 🔴Munosib daromad: Haqiqiy professional munosib haq olishi kerak. Bizda 100% lik ustama tizimi mavjud. 🔴Sifatli networking: Ilm-fan va adabiyot muhitida o‘z sohasining yetakchilari bilan bir jamoada ishlaysiz. ✔️Biz kimlarni qidiryapmiz? 🔣STEM va Aniq fanlar: ✅Kimyo; ✅Informatika va AT; ✅Robototexnika; ✅Laborant: fizika. 🌏Gumanitar yo‘nalish: ✅Tarix; ✅Nemis tili; ✅Davlat va huquq fani asoslari. 🎨📱 Art & Digital (Ijodiy jamoa): ✅Kompyuter grafikasi; ✅Tasviriy va raqamli san’at; ✅Badiiy tarjima; ✅Kutubxona xodimi. 🗂Siz biz qidirayotgan "O‘sha" lider pedagogmisiz? Imkoniyatni boy bermang, o‘z hujjat va rezyumeingizni bizga yuboring va suhbatga taklif kuting! ✈️Hujjatlaringizni quyidagi telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin: ☎️Aloqa va savollar uchun: 📞+998996393252 📞+998999973961 📞+998998582691 📣14-avgust kuni talabgorlar o'rtasida tanlov (suhbat) bo'lib o'tadi. 🗺Manzil: Marg‘ilon shahar, Turkiston ko‘chasi, 138-uy 🟦Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati 🌐Bizning sahifalarimiz👇 🚀Telegram 🔵Facebook ▶️YouTube 📷Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи