XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
Статистика"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI" 📧-mail: https://mail.ygk.uz ☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 26
- Всего постов
- 333
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 319
- 1/48двое суток
- 365
- 1/72трое суток
- 394
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bilib oling! 🎚 Yer uchastkasiga oid huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjat qaysi? ✔️ Savolga javob toping — bilimingizni sinab ko‘ring! #DavKadastrPalata #Bilib_oling! #bilasizmi #videotest Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram I 📱 Instagram I 📱Facebook I 📱Youtube
Yer mulki va soliqlar tarixi: Kadastr qanday paydo bo'lgan? ✅ Bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylangan kadastr tizimi aslida imperiyalar, urushlar va iqtisodiy islohotlar bilan chambarchas bog'liq ekanini bilasizmi? ✅ Kadastr — bu mamlakat chegaralaridagi barcha ko‘chmas mulk obektlarining to‘liq va rasmiy ro‘yxatidir. Ammo uning kelib chiqishi uzoq o'tmishga borib taqaladi. ✔️Tarixiy bosqichlar: Qadimgi Rimdan Napoleon davrigacha Kadastr tizimining rivojlanishini bir nechta muhim davrlarga bo'lish mumkin: Rim imperiyasi davri: Dastlabki kadastr Rim imperatorlarining buyrug‘i bilan yuritilgan. Maqsad — xususiy shaxslar tomonidan o'zlashtirib olingan davlat yerlarini qaytarib olish va daromadlarni undirish bo‘lgan. ✅ Milodiy 77-yil (Sampaniya tosh markeri): Imperator Vespatsian o‘z hokimiyatining 8-yilida imperator Avgust askarlariga berilgan davlat yerlarini qayta tiklash va hujjatlashtirish haqida toshga yozdirgan. ✅ O‘rta asrlar va Domesday Book (1086-yil): Rim tanazzulidan so'ng kadastr xaritalari o'rniga yozma tavsiflar ishlatilgan. Angliyadagi mashhur "Domesday Book" yerlarni baholash va soliq solishning eng dastlabki ishonchli manbalaridan biri bo'lgan. ✅ Uyg‘onish davri va Kapitalizm (XVI–XVII asrlar): Niderlandiyadan boshlab xaritalash qayta tiklandi. Yer ishlab chiqarish vositasiga aylangach, mulkiy nizolarni hal qilish va soliqlarni aniq belgilash zaruriyati tug'ildi. ✅ Zamonaviy davr va Napoleon islohoti: Napoleon Bonapart Fransiya uchun keng ko‘lamli kadastr tizimini joriy qildi — aynan ushbu tizim bugungi zamonaviy kadastrning asosi hisoblanadi. 💡 Xulosa: Kadastr faqatgina chegaralarni chizish emas — bu davlat boshqaruvi, iqtisodiy barqarorlik va huquqiy kafolatning fundamental poydevoridir. Kadastr tadqiqotlari (chizmalar, jadvallar va xaritalar) asrlar davomida mulk egaligini va adolatli soliq tizimini ta'minlab kelgan. #KadastrTarixi #Geodeziya #KoʻchmasMulk #YerHuquqi #TarixiyFaktlar 📱 Telegram I 📱 Instagram 📱Facebook I 📱Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KORRUPSIYA JAMIYATNING ENG OG'RIQLI DARDI ⚖️Korrupsiya — shaxsiy manfaat yo‘lida qonun va halollik mezonlaridan chekinishdir. Uning oqibati esa bitta noqonuniy manfaat bilan tugamaydi — jamiyat ishonchi, adolat va tenglikka zarar yetadi. 🌟 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan qat’iy va murosasiz pozitsiyani egallaydi. Mansab vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish, pora olish yoki berish, tanish-bilishchilik va boshqa noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. ✅Faoliyatimizning asosiy mezoni — qonuniylik, ochiqlik, halollik va fuqarolar ishonchi. ❗️Korrupsiyaga qarshi kurash — shunchaki talab emas. Bu davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchni asrashdir. #DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Xatlovning natijasini olgandan keyin ko’pchilik qanday xatoga yo’l qo’ymoqda? Javob videoda 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Kadastr boshqarmasi tomonidan onlayn audiomuloqot o‘tkazildi ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari tashabbusi bilan yer va kadastr nazorati yo‘nalishida hamda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan onlayn shaklda audiomuloqot o‘tkazildi. 🎙 Muloqot davomida Xorazm viloyatida yerdan maqsadli foydalanish, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish, yer nazorati tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va huquqiy asoslangan javoblar berildi. ✅ Bu kabi ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish orqali fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, aholining huquqiy xabardorligini oshirish hamda ularning faol ishtirokini ta’minlash maqsad qilingan. #online_afir #Audio_muloqot 📱 Telegram I 📱 Instagram 📱 Facebook I 📱Youtube
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
#Kadastr_agentligi #Etirof #Qonun_937 #Infografika 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida: 📊 Xorazm viloyati bo'yicha 139 259 ta obyekt kadastrchilar tomonidan xatlovdan o‘tkazildi. 📌 Xatlov ishlari izchil davom etmoqda. 🕐 Hisobot 2026-yil 13-avgust holatida. 📱 Telegram I 📱 Instagram 📱Facebook I 📱Youtube
Kadastr tizimidagi yangiliklar odamlar nigohida 💬 Oʻzbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. Batafsil: XORAZM24 informatsion dasturida #Xorazm_Kadastr #TV #Aholi_Fikri 📱 Telegram I 📱 Instagram 📱 Facebook I 📱Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 YER UCHASTKALARI – OCHIQ AUKSION SAVDOLARIDA 🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ochiq va shaffof tartibda elektron onlayn-auksion savdolari uchun taqdim etildi. 🗓 Hisobot davri: 2026-yil, yanvar-iyul #DavKadastrPalata #auksion #DKP_statistikasi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Korrupsiya — taraqqiyotga to‘siq Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasida xodimlarning faoliyatni o‘rganish va monitoring qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 💠Yig‘ilishda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xizmatlar sifatini oshirish, murojaatlar bilan ishlash, ichki nazorat va monitoring tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 💠Shuningdek, xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmat faoliyatida shaffoflik, halollik va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. ✅ O‘rganish va monitoring yakunlari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tizim samaradorligini oshirish hamda fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. ✅ Mazkur amaliy tadbirlar kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. #Xorazm_Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash 📱 Telegram I 📱 Instagram 📱Facebook I 📱Youtube
Xorazmda “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi 💠 Aholiga kadastr xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish, fuqarolarning vaqtini tejash hamda ularga joyida amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Urganch shahridagi Davlat xizmatlari markazida “Kadastr maslahat burchagi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur burchakda fuqarolarga: ✅ kadastr xizmatlaridan foydalanish tartibi; ✅ talab etiladigan hujjatlar; ✅ murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni; ✅ ko‘chmas mulk va yerga oid boshqa kadastr masalalari bo‘yicha joyida va bepul tushuntirishlar beriladi. ✅ Asosiy maqsad — fuqarolarni ortiqcha ovora qilmaslik, vaqt va mablag‘ sarfini kamaytirish, shuningdek, kadastr xizmatlarini qulay, tezkor va sifatli ko‘rsatishni ta’minlash. #DavKadastrPalata #KadastrMaslahatBurchagi #Xorazm #Kadastr 📱 Telegram I 📱 Instagram 📱Facebook I 📱Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTRDA VIDEOTEST 🗺Kadastr pasporti mulk huquqini tasdiqlaydimi? ▶️ Bilishni istasangiz, videotestdagi to'g'ri javobni kuzating! #DavKadastrPalata #bilasizmi #video Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи