NAMANGAN KADASTR
СтатистикаKADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI 📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy. ☎️ Tel. +99869 233-27-64 🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13 🌎 Web-sayt: namkadastr.uz ✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 403
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 461
- 1/48двое суток
- 528
- 1/72трое суток
- 569
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️Kadastr pasportini onlayn rasmiylashtirish mumkinligini bilasizmi? 📄 Kadastr pasportini navbat, ortiqcha vaqt va ovvoragarchiliksiz onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. 📱 Buning uchun zarur tartiblarni batafsil videomiz orqali bilib olishingiz mumkin. Matbuot xizmati. ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook
Xatlovning natijasini olgandan keyin ko’pchilik qanday xatoga yo’l qo’ymoqda? Javob videoda 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTR XIZMATLARI Ko'chmas mulk tarixi haqida ma'lumot olish ximzati: 🌟 Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi; 💰 Shakllangan invoys bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi; 📝 Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan QR-kodli ma’lumotnoma yuklab olinadi. Xizmat narxi: YIDXP orqali topshirilganda miqdori - 0.45 BHM 🕔 Xizmat ko'rsatish muddati: 3 ish kuni 📄Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 380-son qarori #Kadastr_xizmatlari Matbuot xizmati. ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook
Tanishimning uyini(yerini) bir qismini sotib oldim. Lekin hujjat qila olmayapman. Nima qilsam bo'ladi? Javob videoda 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Muallif Alisher Nazar bilan telefon orqali suhbat o‘tkazilib, buyurtma-arizasining raqami olindi. Ariza mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, fuqaro M.G. my.gov.uz orqali joriy yilning 29-iyul kuni soat 20:30 da turarjoy obyektlarining kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza yuborilgan ma’lum bo‘ldi. Mazkur ariza shu kunning o‘zida soat 22:16 da bosh muhandis tomonidan ijroga qaratilgan hamda soat 22:20 da muhandisga ijro uchun yuborilgan. 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga muvofiq, turar-joy obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish muddati 8 ish kuni etib belgilangan. Shuningdek, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-noyabrdagi O'RQ-803son Qonunining 43-moddasiga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati 10 kun etib belgilangan. 🌟Kadastr pasportini shakllantirish uchun belgilangan 8 ish kunlik muddat 2026-yil 10-avgust kuni yakunlangan, biroq kadastr pasporti shakllantirilgandan so‘ng ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan 10 kalendar kunlik muddatni hisobga olganda, mazkur xizmat bo‘yicha umumiy muddat 2026-yil 20-avgust kuni yakunlanadi. Hurmatli jurnalistlar, blogerlar! Bugun kadastr sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalqqa yengil va qulay bo‘lishi uchun xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish va ko‘plab boshqa loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Tizimda 9 mingga yaqin xodimlar faoliyat olib boradi. Ularni orasida halol, o‘z ishiga sadoqat va sitqidildan yondoshadiganlari juda ko‘p. Yuqoridagi kabi xabarlar xodimlarning ishchi kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmaydi. Shu sabab Sizdan tekshirilmagan, asoslanmagan xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz. #Kadastr_agentligi #rasmiy_munosabat 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Shaharsozlik sohasiga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida birinchi o‘qishda ma'qullandi. Telegram|Facebook| Instagram |Youtube
NAMANGAN SHAHRIDA "KADASTR MASLAHAT BURCHAGI" TASHKIL ETILDI Joriy yilning 4-avgust kuni Davlatimiz rahbari Kadastr agentligi faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish, aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishib, aholi sarson boʻlmasligi uchun "Kadastr maslahat burchagi” ni yoʻlga qoʻyish bo'yicha vazifalar belgilandi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Namangan shahridagi Davlat xizmatlari markazida “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi. Mazkur maslahat burchagi orqali fuqarolarga kadastr sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, zarur hujjatlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari hamda boshqa masalalar yuzasidan joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, ushbu yangi imkoniyatlarning fuqarolar uchun qulayligi va samaradorligini o‘rganish maqsadida aholi fikrlari bilan tanishildi. Asosiy maqsad — aholiga qulay, tezkor va sifatli kadastr xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashining oldini olishdir. 📹 Batafsil videoda #Aholi_fikri #Kadastr_maslahat_burchagi Matbuot xizmati. ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ORTIQCHA EGALLANGAN YER UCHASTKALARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH TARTIBI SODDALASHTIRILDI (O‘RQ-1153-son, 15.06.2026-y) ◾️Avvalgi tartibda ortiqcha egallangan yer uchastkasida belgilangan muddatgacha bino yoki inshoot qurilgan bo‘lishi huquqni e’tirof etishning shartlaridan biri hisoblanar edi. ◾️Yangi tahrirda, endilikda qonunchilikka muvofiq ajratilgan yer uchastkasi hamda ortiqcha egallangan yer uchastkasining umumiy chegarasida joylashgan bino va inshootlarning belgilangan muddatga qadar qurilganligi ham huquqni e’tirof etish uchun asos sifatida belgilandi. ◾️Mazkur o‘zgartirish ortiqcha egallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonini yanada qulaylashtirishga va amaliyotda uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. #huquqiy_ma_lumot #O_RQ_1153 #infografika Matbuot xizmati. ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 NAMANGAN VILOYATIDA XATLOV JARAYONLARI | FUQAROLARNING MULKIY HUQUQLARI E'TIROF ETILMOQDA 💠 Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida xatlov ishlari izchil davom ettirilmoqda. 📹 Xatlov jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijalari haqida 😀🥹🥲😍 Namangan viloyati telekanalining “Yangiliklar” informatsion dasturida batafsil ma’lumot berildi. #qonun_937 #OAV_biz_haqimizda Matbuot xizmati. ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastrdagi o'zgarishlar haqida odamlar qanday fikrda? 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. 🎥 Ushbu video lavhada aynan shu jarayonlardan o‘tgan fuqarolarimizning samimiy fikrlari, quvonchi va minnatdorligi aks etgan. 📊 Bugungi kunda millionlab obyektlar xatlovdan o‘tkazilib, bu jarayon izchil davom etmoqda . ➡️ Batafsil videoda #Kadastr #Xatlov #Islohot #Fargona #Etirof
Yangi tizim (PF-18, PF-68-son Farmon)ga asosan, Namangan viloyati hududlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun yer maydonlaridan lotlar savdoga chiqarildi: ✅ Mingbuloq tumani (ko‘rish) ✅ Kosonsoy tumani (ko‘rish) ✅ Namangan tumani (ko‘rish) ✅ Norin tumani (ko‘rish) ✅ Pop tumani (ko‘rish) ✅ To‘raqo‘rg‘on tumani (ko‘rish) ✅ Uychi tumani (ko‘rish) ✅ Uchqo‘rg‘on tumani (ko‘rish) ✅ Chortoq tumani (ko‘rish) ✅ Chust tumani (ko‘rish) ✅ Yangiqo‘rg‘on tumani (ko‘rish). ________ ⛳️ "E-auksion" savdo platformasida ko‘rish. #auksion Matbuot xizmati. ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 IQTISOD 24 | Kadastr agentligi faoliyati yangicha yondashuvlar asosida tashkil etiladi 🌟 “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan lavhada sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga qulay va shaffof xizmatlar ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan taqdimotda belgilangan vazifalar ijrosi haqida so‘z bordi. #Kadastr_agentligi #OAV_biz_haqimizda 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
O‘zbekiston quruvchilariga bayram tabrigi Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по достигнутым результатам и дальнейшим приоритетным задачам развития экосистемы искусственного интеллекта в нашей стране. #Mirziyoyev #taqdimot #raqamlitexnologiyalar #SI Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X