tgindex
SAMARQAND KADASTR

SAMARQAND KADASTR

Статистика

Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali ☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50 📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy

Последний пост
13:45
Последнее чтение
16:35
Постов за неделю
27
Всего постов
250
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 428
+1 за 5 дн.
Сутки
+7
+0,29%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
525
40 постов
Вовлечённость
21,6%
к подписчикам
Постов в день
3,9
всего 250
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
563
1/48двое суток
645
1/72трое суток
695

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xatlov jarayonida har bir ma’lumotning aniqligi muhim! 💠 Bugun viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan xatlov ishlarini sifatli tashkil etish va qonun talablariga muvofiq o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi. 💠 Unda Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Xudoyqulov, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Xatamov hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Shodiqulov ishtirok etdi. ✅ Seminarda, xususan, xatlov jarayonida Qonunning 5-moddasi talablariga muvofiq obyektning qurilgan yili hamda unga oid barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq belgilash, shuningdek, uy-joydan foydalanuvchilarning telefon raqamlarini to‘g‘ri kiritish masalalari muhokama qilindi. ➡️Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xatlov ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish, kadastr xodimlari tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularning barvaqt oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. #Kadastr_Samarqand #Xatlov_tahlili_seminar Rasmiy sahifalarimiz 👇 ✅Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

  • TEZKOR MUNOSABAT 📝 Ijtimoiy tarmoq faoli Baxodir Xasanov o‘zining "Facebook" sahifasi orqali bir guruh fuqarolarning Samarqand shahar kadastr filiali faoliyatidan noroziligi haqidagi murojaatlari Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. 📃 Ushbu murojaatlarda qayd etilgan holatlar batafsil o'rganilgandan so'ng, to'liq axborot berilishini ma'lum qilamiz. #Tezkor_munosabat Rasmiy sahifalarimiz 👇 ✅Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 💠 Sayyor qabul — Fuqarolar muammolariga joyida yechim topiladi! ➡️Avval xabar berganimizdek, bugun Nurobod tumanidagi "Sarikul" mahallasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari rаhbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun "Sayyor qabul" o‘tkazildi. 📃 Tadbir avvalida boshqarma boshlig'i R.Xatamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining O'RQ-937-son Qonuniga asosan sohada bugungi kunda amalga oshirilayotgan "Xatlov" ishlarining mazmun-mohiyati haqida sayyor qabul ishtirokchilariga tushuntirish berildi. ✍️ Shundan so'ng qabulga tashrif buyurgan 15ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shulardan: ⏺4 nafar murojaat ijro uchun qabul qilindi, ⏺7 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan O'RQ-937-son Qonun doirasida huquqiy tushuntirish berildi, ⏺1 ta murojaat esa tegishli tashkilot va Sud organlariga yo‘naltirildi. 🗣Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik va tizim faoliyatining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. #Kadastr_Samarqand #sayyor_qabullar Rasmiy sahifalarimiz 👇 ✅Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📢 DIQQAT E’LON! ▶️ Hurmatli Nurobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari! 🌟Sizning kadastr sohasiga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari rahbariyati hamda tuman bo'limi va filiali mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi. 🗓 Sayyor qabul kuni: 2026-yil 15-avgust, soat 11:00 da boshlanadi. 📍Manzil: Nurobod tumani, Sarikul  MFY. 📃Qabulga yozilish uchun (95) 508-81-50 va (78) 210-01-33 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. #Kadastr_Samarqand #sayyor_qabullar Rasmiy sahifalarimiz 👇 ✅Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook 🌐 Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz! 🇺🇿 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqand viloyat hududiy Kengashining 2026-yil 20-apreldagi qarori ijrosi doirasida 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tuman filialida davra suhbati o‘tkazildi. 🆘 Tadbirda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Qo‘ziboyev hamda Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi boshlig‘i J.Muzrabov ishtirok etib, kadastr sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. ✔️ Mutaxassislar tomonidan xodimlarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va inson hayotiga salbiy ta’siri, qonunga rioya qilish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Korrupsiyaga murosasiz munosabat — qonuniylik va adolat kafolatidir! #Kadastr_Samarqand #Korrupsiyaga_qarshi_kurash Rasmiy sahifalarimiz 👇 ✅Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kadastr raqami nimalarni anglatishini bilasizmi? 🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA : BB : CC : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH. 🚪 АА — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; 🚪 ВВ — tuman yoki shahar kod raqami 🚪 СС — kadastr zonasi raqami 🚪 DD — kadastr massivi raqami 🚪 ЕЕ — kadastr mavzesi raqami 🚪 FFFF — yer uchastkasi raqami 🚪 GGGG — bino yoki inshoot raqami 🚪 HHH — bino yoki inshootning bir qismi raqami #Kadastr_agentligi #Kadastr_raqami Rasmiy sahifalarimiz 👇 ✅Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook 🌐 Instagram

  • 14 авг.3271из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi bo'yicha Samarqand viloyatida o'tkazilgan xatlov natijalari 🗓 2026-yil 14-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 162 127 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi. #Kadastr_Samarqand #DKP_Samarqand  #xatlov2026 Rasmiy sahifalarimiz 👇 ✅Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook 🌐 Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи