Buxoro Kadastr ️
СтатистикаKadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali Murojaat uchun: @Kadastr_muloqot_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 19:13
- Постов за неделю
- 23
- Всего постов
- 1 571
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 340
- 1/48двое суток
- 389
- 1/72трое суток
- 420
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA 🌟 Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xafizov boshchiligida Buxoro viloyatining Buxoro tumanida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. 🌟 Qabul davomida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining kadastr sohasi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer munosabatlari va boshqa tegishli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 🌟 Murojaatlarning har biri individual tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning huquqiy yechimi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlarni joyida hal etish choralari ko‘rilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar mas’ul mutaxassislar nazoratiga olindi. 🌟 Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Ularning har biri bo‘yicha tegishli tartibda ish olib borish, aniqlangan muammolarga qonunchilik doirasida yechim topish hamda murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🌟 Sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlarni joyida o‘rganish, fuqarolarga zarur tushuntirish berish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi. #Kadastr_agentligi #Sayyor_qabul 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTRDAGI O‘ZGARISHLAR HAQIDA FUQAROLAR FIKRI 🇺🇿 937-sonli Qonun asosida Buxoro viloyatining Romitan tumanida ham fuqarolarning ko‘chmas mulkka hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. 📹 Ushbu jarayon haqida fuqarolar qanday fikrda? Ularning munosabati — videoda! #Buxoro #Kadastr #Aholi_fikri 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 EZGULIK KARVONI — MEHR VA SAXOVAT YO‘LIDA! 🌏O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyasi tashkil etildi. ✅ Aksiya doirasida keksa avlod vakillari va ijtimoiy ko‘makka muhtoj xodimlar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi. 📚 Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Buxoro shahridagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga badiiy va xorijiy adabiyotlar taqdim etildi. #Buxoro #Kadastr #Ezgulik_karvoni #Xayriya_aksiyasi 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 G‘ijduvon tumanida|Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan xatlov natijalari bilan tanishing: 🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni — 11 332 ta 🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar — 7 855 ta ⏰ shundan: ▪️ Turar joy obyektlari – 7 837 ta ▪️ Noturar joy obyektlari – 18 ta 🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 5 332 ta 🔹 Muhokamada – 729 ta 🔹 Huquqlari e'tirof etilgan – 1 442 ta 📌 Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi. ⌛️ Hisobot 2026-yil 13-avgust holatida #Kadastr #Buxoro #Etirof #Qonun_937 #Infografika #Xatlov2026 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastr agentligi direktorining “Tizimda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi doirasida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasida tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari ishtirokida Qorovulbozorl tumani filiali xodimlari bilan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi. 💬 Tadbir davomida “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-son Qonuni ijrosi jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibatlari hayotiy misollar asosida batafsil tushuntirildi. 📌 Davra suhbati davomida xodimlarga xizmat vakolatidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qat’iyan man etilishi, har qanday korrupsion holat uchun javobgarlik va jazo muqarrarligi yana bir bor eslatib o‘tildi. Shu bilan birga, tizimda halollik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi. 🔗 Hududlarda korrupsiyaning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. #Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Kadastr #Buxoro 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Xatlovning natijasini olgandan keyin ko’pchilik qanday xatoga yo’l qo’ymoqda? Javob videoda 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTRDAGI O‘ZGARISHLAR HAQIDA FUQAROLAR FIKRI 🇺🇿 937-sonli Qonun asosida Buxoro viloyatining Romitan tumanida ham fuqarolarning ko‘chmas mulkka hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. 📹 Ushbu jarayon haqida fuqarolar qanday fikrda? Ularning munosabati — videoda! #Buxoro #Kadastr #Aholi_fikri 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 💠 OAV BIZ HAQIMIZDA ✅ "Istiqlol" telekanalida jonli efirga uzatilgan ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida ”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Buxoro viloyatida, xususan, Buxoro shahrida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z bordi. ✔️ Batafsil: "Tushlikda" dasturida 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Tanishimning uyini(yerini) bir qismini sotib oldim. Lekin hujjat qila olmayapman. Nima qilsam bo'ladi? Javob videoda 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 YER UCHASTKALARI – OCHIQ AUKSION SAVDOLARIDA 💫 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ochiq va shaffof tartibda elektron onlayn-auksion savdolari uchun taqdim etildi. 💠 Shundan, yanvar-iyul oylari davomida Buxoro viloyatidan 2 234 ta yer uchastkasi onlayn auksion savdolariga chiqarilgan. 💫 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz platformasidagi savdolarda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling! #Kadastr #Buxoro #Auksion #DKP_statistikasi #Infografika 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📲 Davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali foydalanishning 5 ta afzalligi 1.🕔 Vaqt va masofani tejaysiz! Uydan yoki ish joyidan chiqmasdan 800 dan ortiq xizmatdan 24/7 rejimida onlayn foydalanish mumkin. 2. 🗺 Navbatlarsiz xizmat olish! Davlat xizmatlari markazlaridagi navbat va ovora bo‘lishlarsiz, arizalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tarzda topshirish imkoniyati mavjud. 3. 💳 Kam pul to‘laysiz! Barcha to‘lovlarga 10 foiz chegirma beriladi, DXMlarda olinadigan pullik xizmat haqlari umuman mavjud emas. 4. 🇺🇿 Korrupsiyaning oldi olinadi! Davlat xizmatchisi bilan bevosita muloqotga kirishilmaydi. 5. 🫥Shaffoflik! Arizalarning ko‘rib chiqish jarayonini, bosqichma-bosqich holatini onlayn kuzatib borish imkoniyati mavjud. ➡️ MUHIM! my.gov.uz portalida barcha kerakli ma’lumotnomalar, hujjatlar nusxalari va shaxsiy ma’lumotlar elektron shaklda shaxsiy kabinetda jamlanadi va ulardan istalgan vaqtda foydalanish mumkin. #Foydali #Kadastr_xizmatlari #Kadastr #Buxoro 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ANTIKORRUPSIYA | KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH YO‘NALISHIDA SEMINAR 🌟 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi S. Abdullayev tomonidan boshqarma xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etildi. 💠 Seminar davomida tizim xodimlariga korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarga kadastr idoralarida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida joriy qilingan "Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha Nizom" talablari bilan tanishtirildi. Seminar doirasida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda xodimlarning huquq va majburiyatlari, xodimlarning faoliyatidagi cheklovlar xodimlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. 🫥 Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodimning kasbiy faoliyatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi. #Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Kadastr #Buxoro 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝 Kadastr pasportingiz yo‘qoldimi yoki yaroqsiz holga keldimi? Xavotirga o‘rin yo‘q — uni qayta tiklash oson va tez! ➡️ Batafsil videoda #Foydali #Kadastr_pasporti #Kadastr #Buxoro 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟢Hurmatli Buxoro viloyatidagi tadbirkorlari va fuqarolari❗️ 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati tadbirkorlari va fuqarolari uchun joriy yilning 14-avgust kuni sayyor qabul o‘tkaziladi. 🗣 Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi rahbariyati hamda Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari hamda tizim mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi. 📍 Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro tumani, tuman madaniyat bo‘limi binosi. 🕙 Boshlanish vaqti soat 11:00 da. ☎️ Murojaat uchun: +998 65 220-02-85 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ko‘chmas mulk sotib olishdan oldin unda "taqiq" bor-yo‘qligini tekshiring ➡️ Ko‘pincha fuqarolarimiz uy-joy yoki yer uchastkasi sotib olayotganda, bitim oxirgi bosqichga kelganda (notariusda) obyektga nisbatan taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, bu ortiqcha vaqt va asabbuzarlikka sabab bo‘ladi. ⚖️ Qonunchilikka ko‘ra: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda barcha cheklovlar va taqiqlar Davlat kadastrlari palatasining yagona bazasida saqlanadi. 🔍 Taqiq bor-yo‘qligini tekshirishning oson yo‘li: Davlat xizmatlari markazlari yoki My.gov.uz portali orqali "Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish" xizmatidan foydalanib ma'lumotlari tekshirib oling. Bunda kadastr idorasiga borish shart emas! 💡 Bu nima uchun muhim? 1️⃣Mulk garovga qo‘yilmaganiga ishonch hosil qilasiz; 2️⃣Sud yoki MIB tomonidan qo‘yilgan cheklovlarni oldindan bilasiz; 3️⃣Umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirish imkoni bor. 4️⃣Mablag‘ingizni firibgarlardan himoya qilasiz. ✅Mulk sotib olishdan oldin nafaqat kadastr hujjatlari, balki uning huquqiy holatini (taqiq bor-yo‘qligini) tekshirish — xavfsiz bitim garovidir! 🗣 Ushbu ma’lumotni uy olmoqchi bo‘lgan yaqinlaringizga ham yuboring! #Foydali #Infografika #Kadastr #Buxoro 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube