KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
СтатистикаRasmiy sahifalarimiz: 🌐 veb-sayt: www.kadastr.uz 📌Instagram: www.instagram.com/uz_kadastr/ 📌Facebook: www.facebook.com/kadastr.uz 📌 X tarmog'i: x.com/Kadastr_uzb ☎️ Ishonch telefoni 1097 Pochta: info@kadastr.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 34
- Всего постов
- 257
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 4 590
- 1/48двое суток
- 6 818
- 1/72трое суток
- 7 353
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA 🌟 Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xafizov boshchiligida Buxoro viloyatining Buxoro tumanida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. 🌟 Qabul davomida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining kadastr sohasi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer munosabatlari va boshqa tegishli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 🌟 Murojaatlarning har biri individual tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning huquqiy yechimi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlarni joyida hal etish choralari ko‘rilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar mas’ul mutaxassislar nazoratiga olindi. 🌟 Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Ularning har biri bo‘yicha tegishli tartibda ish olib borish, aniqlangan muammolarga qonunchilik doirasida yechim topish hamda murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🌟 Sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlarni joyida o‘rganish, fuqarolarga zarur tushuntirish berish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi. #Kadastr_agentligi #Sayyor_qabul 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTRDAGI O'ZGARISHLAR HAQIDA ODAMLAR QANDAY FIKRDA? ✅"Zamonaviy kadastr xizmatlari — aholi manfaatlari uchun” g‘oyasi bugun nafaqat shior, balki sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylanmoqda. ▶️ Videolavhada ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida yurtdoshlarimizning samimiy fikrlari aks etgan. #Kadastr #Islohot #Toshkent #aholi_fikri #video Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ezgulik karvoni” loyihasi Sirdaryo tumanidagi 25-sonli hamda Xovos tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida o'tkazildi. 📚Tadbirlar davomida ta’lim muassasalarining har biriga 🌟Kadastr agentligi tomonidan 500 turdagi turli xil kitoblar shuningdek, dunyo va O‘zbekiston xaritalari hamda zamonaviy so‘zlovchi (interaktiv) xaritalar taqdim etildi. 📖Ushbu kitoblar o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni ilm-ma’rifatga chorlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. 🇺🇿Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Ezgulik karvoni” loyihasi doirasidagi bunday xayrli tadbirlar ezgulik, saxovat, hamjihatlik va ma’rifat ulashishning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. #Kadastr_agentligi #Ezgulik_karvoni 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
KADASTR MASLAHAT BERADI Kadastr masalalari bo‘yicha turli idoralarga qatnab, vaqt va mablag‘ sarflamasdan kadastr xizmatlaridan sifatli va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz foyalanish uchun Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi. ✅ Bu yerda fuqarolar kadastr xizmatlari, zarur hujjatlar va arizalarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha joyida bepul, huquqiy va amaliy maslahatlar olishmoqda. “Kadastr maslahat burchagi” — inson qadri, uning vaqti va manfaatini asrash yo‘lidagi yana bir amaliy qadam. ________ KADASTR MÁSLÁHÁT BEREDI Kadastr máseleleri boyınsha túrli uyımlarǵa qatnap, waqıt hám qarjı jumsamay kadastr xızmetlerinen sapalı hám artıqsha áweregershiliksiz paydalanıw ushın Ámiwdárya rayonı Mámleketlik xızmetler orayında "Kadastr másláhát múyeshi" shólkemlestirildi. ✅Bul jerde puqaralar kadastr xızmetleri, zárúr hújjetler hám arzalardı kórip shıǵıw tártibi boyınsha ornında biypul, huqıqıy hám ámeliy másláhátler aladı. "Kadastr másláhát múyeshi" - insan qádiri, onıń waqtı hám mápin qásterlep saqlaw jolındaǵı jáne bir ámeliy qádem. Qaraqalpaqstan kadastr Telegram | Youtube |instagram
Xatlovning natijasini olgandan keyin ko’pchilik qanday xatoga yo’l qo’ymoqda? Javob videoda 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 259 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI E'TIROF ETILDI 🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida bo‘lib o‘tdi hamda uning qaroriga muvofiq, xatlov natijalari asosida 259 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari, ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari e'tirof etildi. 📑 Shu tariqa, Samarqand viloyatida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosi bo‘yicha huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni 13 585 nafarga yetdi. ✔️ Bugungi kunga qadar kadastr muhandislari tomonidan viloyatdagi 161 325 ta ko‘chmas mulk obyekti to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. #Kadastr_agentligi #Etirof 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 RASMIY MUNOSABAT. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Muallif Alisher Nazar bilan telefon orqali suhbat o‘tkazilib, buyurtma-arizasining raqami olindi. Ariza mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, fuqaro M.G. my.gov.uz orqali joriy yilning 29-iyul kuni soat 20:30 da turarjoy obyektlarining kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza yuborilgan ma’lum bo‘ldi. Mazkur ariza shu kunning o‘zida soat 22:16 da bosh muhandis tomonidan ijroga qaratilgan hamda soat 22:20 da muhandisga ijro uchun yuborilgan. 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga muvofiq, turar-joy obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish muddati 8 ish kuni etib belgilangan. Shuningdek, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-noyabrdagi O'RQ-803son Qonunining 43-moddasiga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati 10 kun etib belgilangan. 🌟Kadastr pasportini shakllantirish uchun belgilangan 8 ish kunlik muddat 2026-yil 10-avgust kuni yakunlangan, biroq kadastr pasporti shakllantirilgandan so‘ng ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan 10 kalendar kunlik muddatni hisobga olganda, mazkur xizmat bo‘yicha umumiy muddat 2026-yil 20-avgust kuni yakunlanadi. Hurmatli jurnalistlar, blogerlar! Bugun kadastr sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalqqa yengil va qulay bo‘lishi uchun xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish va ko‘plab boshqa loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Tizimda 9 mingga yaqin xodimlar faoliyat olib boradi. Ularni orasida halol, o‘z ishiga sadoqat va sitqidildan yondoshadiganlari juda ko‘p. Yuqoridagi kabi xabarlar xodimlarning ishchi kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmaydi. Shu sabab Sizdan tekshirilmagan, asoslanmagan xabarlarga ishonmaslikni so‘raymiz. #Kadastr_agentligi #rasmiy_munosabat 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 KADASTRDAGI O'ZGARISHLAR HAQIDA ODAMLAR QANDAY FIKRDA? 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. ▶️ Videolavhada yurtdoshlarimizning samimiy fikrlari va quvonchi aks etgan. #Kadastr #Islohot #Toshkent #aholi_fikri #video Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 🚀 Telegram |📷 Instagram |🔵Facebook
NAMANGAN SHAHRIDA "KADASTR MASLAHAT BURCHAGI" TASHKIL ETILDI Joriy yilning 4-avgust kuni Davlatimiz rahbari Kadastr agentligi faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish, aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishib, aholi sarson boʻlmasligi uchun "Kadastr maslahat burchagi” ni yoʻlga qoʻyish bo'yicha vazifalar belgilandi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Namangan shahridagi Davlat xizmatlari markazida “Kadastr maslahat burchagi” tashkil etildi. Mazkur maslahat burchagi orqali fuqarolarga kadastr sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, zarur hujjatlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari hamda boshqa masalalar yuzasidan joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, ushbu yangi imkoniyatlarning fuqarolar uchun qulayligi va samaradorligini o‘rganish maqsadida aholi fikrlari bilan tanishildi. Asosiy maqsad — aholiga qulay, tezkor va sifatli kadastr xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashining oldini olishdir. 📹 Batafsil videoda #Aholi_fikri #Kadastr_maslahat_burchagi Matbuot xizmati. ✅Telegram ✅Instagram ✅Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastrdagi o‘zgarishlardan yurtdoshlarimiz mamnun! 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda. 🎥 Videolavhada xatlovdan o‘tgan yurtdoshlarimizning samimiy fikrlari va quvonchi aks etgan. ➡️ Batafsil videoda #Kadastr #Xatlov #Islohot #Fargona #Etirof Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи