tgindex
IT Park Namangan filiali

IT Park Namangan filiali

Статистика

©IT Park Namangan filiali rasmiy kanali 🏛Rasmiy sahifa https://t.me/nitschool/2038 🟢 Jonli chat: https://t.me/joinchat/TvE6yoA1_a3jSz1v 🌐 it-park.uz

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
12
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
tl
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
268
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
43
30 постов
Вовлечённость
16,0%
к подписчикам
Постов в день
1,7
всего 30
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
35
1/48двое суток
40
1/72трое суток
43

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi! 🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi. ⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing: 🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal; 🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal; 🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal. 📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi. ✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir. ✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. 🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

  • 11 авг.43из xalqaro_it_olimpiada

    🟦🟦 IOI 2026: birinchi kun bahslari yakuniga yetdi 🏆 Bugun, 11-avgust kuni Toshkentda o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) doirasida birinchi kun musobaqa bahslariga start berilgan edi. ✅Dastlabki natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakillari quyidagi natijalarni qayd etishdi: ➡️Avazxonov Jahongir — 183.00 ball; ➡️Kadirbergenov Timur — 175.00 ball; ➡️Xaydaraliyev Jahonali — 175.00 ball; ➡️Salimov Sardor — 175.00 ball; ➡️Rakhmatullaev Ulug'bek — 165.00 ball; ➡️Kamalov Ulug'bek — 142.00 ball; ➡️Abduraupov Humoyun — 55.00 ball; ➡️Rahmiddinov Ravshan — 23.00 ball. ⚡️Olimpiadaning navbatdagi bahslarida vakillarimizga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring.

  • Farg‘ona vodiysi qizlari uchun "Digital Kaleidoscope" AT taʼlim dasturi! School 21 , Women in Tech Uzbekistan va UNICEF bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qizlar uchun "Digital Kaleidoscope" keng qamrovli AT dasturini ishga tushirmoqda. Agar siz 18–24 yoshda bo‘lsangiz hamda Farg‘ona, Andijon yoki Namangan viloyatlaridan birida yashasangiz va AT sohasida o‘z faoliyatingizni boshlashni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda? 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn intensiv — IT muhitiga sho‘ng‘ish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda yangi do‘stlar orttirish imkoniyati; 💻 6 oylik onlayn ta’lim — o‘qish yoki ish bilan birgalikda olib borish uchun qulay format; 💼 AT kompaniyalarda 3 oylik amaliyot — olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash va haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyati; 🌐 Ekspertlar bilan uchrashuvlar — dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi AT mutaxassislari bilan amaliy sessiyalar; 🤝 Dastur davomida mentorlik ko‘magi — tajribali mentorlar bilan muntazam uchrashuvlar, maslahatlar va professional rivojlanish uchun amaliy ko‘mak. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, siz School 21, UNICEF va Women in Tech tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lasiz. Talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdan birini tanlang: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Biznes va tizimli tahlil 3️⃣ QA — Dasturiy ta’minotni testlash 4️⃣ Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz! Muhim sanalar: 15-sentyabrgacha — arizalar qabuli 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi 2026-yil oktyabr – 2027-yil mart — onlayn ta'lim 2027-yil mart – may — amaliyot 2027-yil iyun — bitiruv va sertifikatlarni topshirish 👉 AT sohasidagi ilk qadamingizni qo‘ying — hoziroq ariza topshiring! 📲 Barcha savollar bo'yicha: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 Dastur Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) doirasida amalga oshiriladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpa.uzbekistan | @unwomenca _______________ IT-программа Digital Kaleidoscope для девушек из Ферганской долины! School 21 совместно с Women in Tech Uzbekistan и UNICEF при финансовой поддержке Европейского Союза запускает масштабную IT-программу Digital Kaleidoscope для девушек. Если вам от 18 до 24 лет, вы живёте в Ферганской, Андижанской или Наманганской области и хотите начать свой путь в IT — эта возможность именно для вас! Что вас ждёт в рамках программы? 📍 3-дневный очный интенсив в Фергане — погружение в IT-среду, новые знания и навыки, а также новые знакомства; 💻 6 месяцев онлайн-обучения — удобный формат, который легко совмещать с учёбой или работой; 💼 3 месяца стажировки в IT-компаниях — возможность применить полученные знания на практике и получить реальный опыт работы; 🌐 Встречи с экспертами — практические сессии с ведущими IT-специалистами из разных стран мира; 🤝 Менторская поддержка на протяжении всей программы — регулярные встречи с опытными менторами, консультации и практическая помощь в профессиональном развитии. После успешного завершения программы вы получите официальный сертификат от School 21, UNICEF и Women in Tech. Выбирайте одно из 4 востребованных направлений: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Бизнес- и системный анализ 3️⃣ QA — Тестирование программного обеспечения 4️⃣ Разработка программного обеспечения Главное — ваше желание учиться! Ключевые даты: До 15 сентября — приём заявок До 20 сентября — отбор участников Октябрь 2026 – Март 2027 — онлайн-обучение Март – Май 2027 — стажировка Июнь 2027 — финал и вручение сертификатов 👉 Сделайте первый шаг в IT — подайте заявку прямо сейчас! 📲 По всем вопросам и для связи: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 «Программа реализуется в рамках Совместной программы по расширению экономических возможностей женщин (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) и финансируется Европейским Союзом» @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn

  • 🇺🇿 The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent. 🏆 The IOI is the ultimate coding competition for high-school students. Years ago, many members of the Telegram team won medals there. 🤝 To support the best young programmers in the world, Telegram will award the 235 winners exclusive digital collectibles — Algorithm Cups — worth at least $117,000 in total. 🕌 It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm." Let the best algorithm win! 💪

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 10 авг.37из xalqaro_it_olimpiada

    Jamoa yetakchilari ishtirokida ilk umumiy yig‘ilish o‘tkazildi 🏆 Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 doirasida 97 davlat jamoalari yetakchilarining birinchi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ➡️Olimpiadaning ikkinchi kunida jamoa yetakchilari “Yangi Toshkent” kongress markazida tashkil etilgan Bosh Assambleya yig‘ilishida (GA Meeting) ishtirok etdi. ➡️Yig‘ilish davomida musobaqa qoidalari, ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar hamda kontest jarayoniga oid muhim tashkiliy masalalar batafsil muhokama qilindi. 🗣IOI 2026 haqidagi so‘nggi yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring @xalqaro_it_olimpiada

  • 10 авг.30из digitaledu_uz

    🔴IOI 2026 ochilish marosimini ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring! O‘zbekiston tarixda ilk bor 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi. Olimpiadada 97 dan ortiq davlatdan 745 nafar ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston sharafini esa milliy saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan 8 nafar o‘quvchidan iborat 2 ta terma jamoa himoya qiladi. IOI 2026ning ochilish marosimini bugun soat 14:00 dan boshlab quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin: 🌐 https://youtube.com/live/ArDnzvUIJe4?feature=share 🔴 https://www.facebook.com/share/1EEAPobbZ4/ 🌐 https://youtube.com/live/WJ_917PpVmI?feature=share 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

  • 10 авг.32из xalqaro_it_olimpiada

    Xalqaro informatika olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi 🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda ilk bor 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) ga mezbonlik qiladi. Olimpiada baxslarida 97 ta davlatdan tashrif buyurgan yosh dasturchilar ishtirok etadi. ✅Bugun O‘zbekistonga yetib kelgan ishtirokchilardan IOI 2026 dan nimalar kutayotgani hamda xalqaro informatika olimpiadasi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. ⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada

  • 7 авг.661из fatimakushkhova

    Пожалуйта опубликуйте в своих группах https://t.me/startupbaseuz/8637

  • 7 авг.581из aistashkent

    АҚШ таълими энди Тошкентда. American International School of Tashkent ўқувчиларга: • Америка таълим дастури • Тўлиқ инглиз тилида дарслар • Халқаро ўқитувчилар • American High School Diploma ва Ўзбекистон давлат аттестати Дастур Cognia аккредитациясига эга Ivy Global School билан ҳамкорликда амалга оширилади. Шунингдек, Study Abroad дастури орқали кейинчалик АҚШда таълимни давом эттириш имконияти мавжуд. Ҳозирда 8, 9, 10 ва 11 синфларга қабул давом этмоқда. Ўринлар чекланган. 📞 +998 55 504 07 77 📍Тошкент шаҳри, Шарқ Тонги кўчаси, 8 🌐 aistashkent.uz

  • 6 авг.51из startupbaseuz

    🚀 Startapingizni Markaziy Osiyoning eng yirik IT-tadbirida namoyish etmoqchimisiz? ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi maxsus startaplar hududi — Startup Alley uchun arizalar qabuli boshlandi. 22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda 10 ta startup bepul stendga ega bo‘ladi: Startup Alley ishtirokchilari: 🟢 ko‘rgazmaning barcha to‘rt kuni uchun bepul stend; 🟢 Demo Day’da investorlar va hamkorlar oldida chiqish imkoniyati; 🟢 ishtirokchilar katalogida startup sahifasiga ega bo‘ladi. Kimlar ariza topshirishi mumkin? ✔️ O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan; ✔️ ishlaydigan mahsulotga ega; ✔️ new.startupbase.uz platformasidagi profilini 100% to‘ldirgan startaplar. 🔹 5 ta o‘rin — eksport natijalariga ega startaplar uchun; 🔹 5 ta o‘rin — xorijiy bozorlarga chiqishga tayyor startaplar uchun. 4 kun davomida mahsulotingizni investorlar, yirik kompaniyalar va xalqaro hamkorlarga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🗓 Arizalar qabuli: 1–25-avgust 🔗 Ariza topshirish Startapingizni ICT Week Uzbekistan 2026’da namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

  • 5 авг.53из shshermatov

    Бугун тарихий воқеа рўй берди: Марказий Осиё шаҳарлари орасида илк бор Самарқанд номи космосга кўтарилди Олти аср аввал Мирзо Улуғбек Самарқандни илм-фан ва астрономиянинг йирик марказига айлантирган эди. Бугун эса шу заминдан илҳом олган янги авлод Президентимизнинг қўллаб-қувватлашлари билан космос сари яна бир тарихий қадам ташламоқда. “Samarkand-2028” — Марказий Осиё шаҳри номи билан аталган тарихдаги илк сунъий йўлдош ва Ўзбекистоннинг энг йирик халқаро космик лойиҳасидир. “Samarkand-2028” сунъий йўлдоши “O‘zbekkosmos” агентлиги иштирокида яратилди ва 2026 йил 5 август куни Хитойнинг Хайянг космодромидан муваффақиятли учирилди. Илк бор ўзбекистонлик мутахассислар яратган сунъий интеллект модули “Samarkand-2028” бортига ўрнатилди. У маълумотларни орбитадаёқ қайта ишлаб, Ерга энг муҳим натижаларни узатади. Бу эса маълумотларни тезроқ олиш ва таҳлил самарадорлигини ошириш имконини беради. “Samarkand-2028” қишлоқ хўжалиги, сув ресурслари, атроф-муҳит мониторинги, табиий офатларни барвақт аниқлаш ва шаҳарлар инфратузилмасини ривожлантиришга хизмат қилади. Бу ном бежиз танланмаган. Самарқанд 2028 йилги Халқаро астронавтика конгрессига мезбонлик ҳуқуқини қўлга киритди. Бу нуфузли космик анжуман илк бор Марказий Осиёда ўтказилишини англатади. “Samarkand-2028”нинг муваффақиятли парвози Ўзбекистоннинг илм-фан, инновациялар ва халқаро ҳамкорликда янги босқичга кўтарилаётганини кўрсатади. Бу мамлакатимизнинг жаҳон космик ҳамжамиятида муносиб ўрин сари муҳим қадамдир. #IAC2028 #UzSpace #Samarkand #Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35

  • 5 авг.36из startupbaseuz

    без подписи

  • 5 авг.40из startupbaseuz

    🏫 Founder Institute bilan yangi imkoniyatga tayyormisiz? IT Park Uzbekistan Founder Institute bilan hamkorlikda dastur ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. AzizAI asoschisi videoda Founder Institute dasturidagi tajribasi va uning startap rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlab beradi. 🙋🏻‍♀️ Siz ham xalqaro mentorlar bilan ishlash, biznes modelingizni takomillashtirish va startapingizni investitsiyaga tayyorlashni istaysizmi? 👉 Dasturda qatnashishga qiziqsangiz, quyidagi so‘rovnomada «Ariza topshirishga tayyorman» javobini bosing. Shuningdek, tadbirkorlik salohiyatingizni dunyo standartlari asosida taskillangan🧬 Entrepreneur DNA testidan o'tib tekshirib ko‘rishingiz mumkin. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

  • 1 авг.45из xalqaro_it_olimpiada

    🟥🟥🟥 Xalqaro informatika olimpiadasi Oʻzbekistonda! Milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlaylik! 🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. ✅Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini 2 ta terma jamoa himoya qiladi. 1-jamoa aʼzolari: ➡Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf; ➡Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf; ➡Ulugʻbek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf. 2-jamoa aʼzolari: ➡Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf; ➡Ulugʻbek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich ➡Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich. ⚡️Yigitlarimizga IOI 2026 da omad tilaymiz! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada

  • 31 июл.36из xalqaro_it_olimpiada

    🟥🟥🟥 Xalqaro informatika olimpiadasi Oʻzbekistonda! Milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlaylik! 🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. ✅Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini 2 ta terma jamoa himoya qiladi. 1-jamoa aʼzolari: ➡Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf; ➡Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf; ➡Ulugʻbek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf. 2-jamoa aʼzolari: ➡Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf; ➡Ulugʻbek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich ➡Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich. ⚡️Yigitlarimizga IOI 2026 da omad tilaymiz! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada