tgindex
Suhbatlar🇺🇿

Suhbatlar🇺🇿

Статистика
@suhbatlar123узбекский

Assalamu Aleykum va Rahmatulloh Allohning izni ila bir yaxshi ishni boshladik, biz bu kanalda Rasulluloh Alayhissalomning yo'llarini tushuntirib boramiz, bu ishimizni Hanafiy mazhabi Motrudiya yo'li va Naqshbandiya tariqati asosida berib boramiz.

Последний пост
19 янв.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
142
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
622
20 постов
Вовлечённость
438,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Shayx Ahmad Zarruq rahimahulloh shunday deydi: “Tasavvuf uchun qariyb ikki mingta ta’rif berilgan. Ularning barchasining xulosasi shuki: tasavvuf — Alloh taologa sidqidildan (rostlik va ixlos bilan) yuzlanishdir.” 📘 Iddatul-murid, 13-bet Abdulqodir Geyloniy quddisa sirruhuning so‘zlariga ko‘ra: “Qur’oni karim bilan amal qilishing seni uni nozil qilgan Alloh taologa yetkazadi, sunnat bilan amal qilishing esa seni Rasululloh ﷺ ga yetkazadi.” 📘 Al-Fathu’r-Rabbaniy va-l-Fayzu’r-Rahmoniy, 76-bet Sahl ibn Abdulloh at-Tustariy rahimahulloh shunday degan: “Kitob (Qur’on) va sunnat tan olmaydigan va qabul qilmaydigan har qanday kashf — botildir.” 📘 Avoriful-ma’orif, 61-bet Abu Yazid rahimahullohga “so‘fiy kim?” deb savol berilganda, u zot shunday javob berganlar: “So‘fiy — Qur’onni o‘ng qo‘liga, Rasululloh ﷺ ning sunnatini esa chap qo‘liga olgan kishidir.” 📘 A‘malun-nabiyyin va-s-salafis-solihin min samarati ‘ilmil-qulub, 250-bet Imom G‘azzoliy rahimahulloh shunday degan: “Tasavvuf ilmini o‘rganish farzi ayndir. Chunki payg‘ambarlardan boshqa har bir insonning qalbi kasallik va nuqsonlardan xoli emas.” 📘 Sharhul-Hikam al-Ataiyya, 21-bet Ibn Obidin rahimahulloh Durrul-Muxtorga yozgan hoshiyasida shunday deydi: “Ixlos ilmi — o‘zini yoqtirish (ujb), hasad, riyo kabi yomon axloqlardan qutulish uchun farzi ayn bo‘lgan ilmdir.” 📘 Raddul-Muxtor ‘ala d-Durril-Muxtor, 1-jild, 107-bet Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • Uqba ibn Amr roziyallohu anh rivoyat qiladilar: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: “Kim bir kechada Baqara surasining oxirgi ikki oyatini o‘qisa, u unga kifoya qiladi.” Olimlar “kafatahu” (كفتاهُ) — “unga kifoya qiladi” iborasining ma’nosi borasida ixtilof qilganlar: Ba’zi olimlar: ya’ni o‘sha kechadagi ofatlar va balolardan himoya qilishga kifoya qiladi, deganlar. Boshqa olimlar esa: ya’ni u kishiga o‘sha kechani ibodat bilan o‘tkazgandek savob bo‘lishiga kifoya qiladi, deganlar. Manba: Imom Navaviy rahimahulloh, Al-Azkar (Ezkâr) Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • MEROJ KECHASI Kimki Rajab oyining 27-kechasida har ikki rakatda bir salom berib 12 rakat namoz o‘qisa va har rakatda 1 Fotiha hamda Qur’oni Karimdan bir sura o‘qisa, namozni tugatgach: 100 marta: “Subhanallohi valhamdulillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar” 100 marta: “Astag‘firullohal ‘azim” 100 marta: “Allohumma salli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala ali sayyidina Muhammad” — deb tasbehlarni aytsa, va o‘sha kechaning ertasiga ro‘zaga niyat qilsa (bu ro‘zaning fazilati haqida bir rivoyatda 100 yil, boshqa bir rivoyatda esa 1000 yil ro‘za savobiga teng, hamda 1000 qulni ozod qilgandek savob berilishi zikr qilingan), Alloh taolo uning dunyoviy yoki oxiratga oid nima istagi, nima muradi bo‘lsa, barchasini qabul qiladi, deyiladi. (Bayhaqiy, Suyutiy, Ali al-Muttaqiy) Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • «كَانَ النَّبِيُّ ﷺ لَا يُفْطِرُ أَيَّامَ الْبِيضِ فِي سَفَرٍ وَلَا حَضَرٍ» Rosululloh(alayhissalom) har oyning hijriy 13, 14,15 kunlari(ayyomi biz ro'zalari)ni safarda ham muqimlikda ham (uyda bo'lgan vaqtlarida) hech qachon tark etmazdilar. İzoh: Rosulullohning(alayhissalom )unutilgan sunnatlaridan bir sunnat har oyning hijriy 13, 14, 15 kunlari ro'za tutishlikdir, oxirgi zamonda bir sunnatni tiriltirish 100 shahid savobiga tengdir, ertaga hijriy 13 Rajab kunidir ro'zaga niyat qilish esimizdan chiqmasin İmom Taboroniy rivoyati (Majmaul Avsat kitobi. Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • 25 дек.1 985532

    Rag‘oib (Regaib) kechasi namozi va uning fazilatlari Rag‘oib kechasida (Rajab oyining birinchi juma kechasi) shom bilan xufton orasida 12 rakat namoz o‘qiladi. Namoz har 2 rakatda bir salom bilan ado etiladi. (Ya’ni: 2×6 = 12 rakat) Har ikki rakat quyidagicha o‘qiladi: 1-rakat: Subhanaka A’uzu Bismillah Fotiha surasi 3 marta “Inna anzalnahu” (Qadr surasi) 12 marta “Qul huvallohu ahad” (Ixlos surasi) 2-rakat: Bismillah Fotiha surasi 3 marta Qadr surasi 12 marta Ixlos surasi So‘ng: Attahiyyat Allohumma salli Allohumma barik o‘qiladi va salom beriladi. Namoz tugagach 70 marta salovot aytiladi: اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ النَّبِيِّ الأُمِّيِّ وَعَلَى آلِهِ وَسَلِّمْ Ma’nosi: “Ey Alloh! Ummi Payg‘ambar Muhammadga, uning ahli baytiga salovot va salom bo‘lsin.” Salovot tugagach “hojat sajdasi” qilinadi Sajdada quyidagi zikr 70 marta takrorlanadi: سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ Ma’nosi: “Farishtalar va Ruh (Jabroil)ning Parvardigori bo‘lgan Alloh barcha nuqsonlardan pok va muqaddasdir.” Sajdadan bosh ko‘tarib o‘tirilgan holatda quyidagi duo 70 marta o‘qiladi: رَبِّ اغْفِرْ وَارْحَمْ وَتَجَاوَزْ عَمَّا تَعْلَمُ فَإِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْأَعْظَمُ Ma’nosi: “Ey Robbim! Meni mag‘firat qilgin, menga rahm qilgin, bilgan gunohlarimdan o‘tib yuborgin. Albatta Sen Aziz va Eng Ulug‘ Zotdirsan.” Duo tugagach yana sajdaga boriladi Va yana yuqoridagi zikr 70 marta takrorlanadi: سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ Eslatma: “Bu duoni umrida bir marta bo‘lsa ham qilgan kishining duosi qabul bo‘ladi, deyiladi Manba: Al-Ghuniyya li-Ṭālibī Ṭarīq al-Ḥaqq Muallif: Shayx ʿAbd al-Qodir al-Jiyloniy رحمه الله Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • 25 дек.1 688516

    عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: «مَا مِنْ أَحَدٍ يَصُومُ يَوْمَ الْخَمِيسِ أَوَّلَ خَمِيسٍ مِنْ رَجَبٍ، ثُمَّ يُصَلِّي بَيْنَ الْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ اثْنَتَيْ عَشْرَةَ رَكْعَةً، يَقْرَأُ فِي كُلِّ رَكْعَةٍ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ مَرَّةً، وَ﴿إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ﴾ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، وَ﴿قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ﴾ اثْنَتَيْ عَشْرَةَ مَرَّةً، يُفْصِلُ بَيْنَ كُلِّ رَكْعَتَيْنِ بِتَسْلِيمَةٍ، فَإِذَا فَرَغَ مِنْ صَلَاتِهِ صَلَّى عَلَيَّ سَبْعِينَ مَرَّةً، ثُمَّ يَقُولُ: سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ سَبْعِينَ مَرَّةً، ثُمَّ يَسْجُدُ وَيَقُولُ فِي سُجُودِهِ: سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ سَبْعِينَ مَرَّةً، ثُمَّ يَرْفَعُ رَأْسَهُ وَيَقُولُ: رَبِّ اغْفِرْ وَارْحَمْ وَتَجَاوَزْ عَمَّا تَعْلَمُ، إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْأَعْظَمُ، ثُمَّ يَسْجُدُ الثَّانِيَةَ وَيَقُولُ مِثْلَ ذَلِكَ، ثُمَّ يَسْأَلُ اللَّهَ حَاجَتَهُ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، مَا سَأَلَ اللَّهَ شَيْئًا إِلَّا أَعْطَاهُ» Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladi. Rasululloh ﷺ dedilar: “Kim Rajab oyining birinchi payshanba kuni ro‘za tutsa, so‘ng shom bilan xufton orasida o‘n ikki rakat namoz o‘qisa — har bir rakatda bir marta Fotiha surasini, uch marta Innā anzalnāhu, va o‘n ikki marta Qul huvallohu ahadni o‘qib, har ikki rakatdan keyin salom bersa; namozni tugatgach, menga yetmish marta salovot aytsa, so‘ng yetmish marta: ‘Subbuhun quddusun robbul-malā’ikati war-rūḥ’ deb aytsa; keyin sajdaga borib, sajdada ham shu zikrni yetmish marta aytsa, so‘ng boshini ko‘tarib: ‘Robbim, meni mag‘firat qil, menga rahm et va Sen bilgan gunohlarimdan o‘tgin. Albatta, Sen Aziz va A’zam Zotdir’, desa; so‘ng ikkinchi bor sajda qilib, yana shuni aytsa va Allohdan o‘z hojatini so‘rasa — jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Allohdan nimani so‘rasa ham, albatta, beriladi.”

  • وَمِنْ فَضَائِلِ شَهْرِ رَجَبٍ لَيْلَةُ الرَّغَائِبِ، وَهِيَ أَوَّلُ لَيْلَةِ جُمُعَةٍ فِيهِ، وَقَدِ اشْتَهَرَ عِنْدَ الصَّالِحِينَ أَنَّهُ يُسْتَحَبُّ فِيهَا الصِّيَامُ نَهَارَهَا، وَالصَّلَاةُ فِي لَيْلِهَا، وَقَدْ رُوِيَ فِي فَضْلِهَا أَنَّ مَنْ أَحْيَاهَا بِالصَّلَاةِ وَالدُّعَاءِ، غَفَرَ اللَّهُ لَهُ ذُنُوبَهُ، وَقَضَى حَوَائِجَهُ، وَأَمَّنَهُ مِنْ فِتْنَةِ الْقَبْرِ، وَكَانَ لَهُ نُورًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ. Rajab oyining fazilatlaridan biri — Rag‘oib kechasidir. U Rajab oyidagi birinchi juma kechasidir. Solih kishilar orasida mashhur bo‘lganki, bu kunda kunduzgi ro‘za tutish, kechasida esa namoz o‘qish mustahab hisoblangan. Bu kechaning fazilati haqida shunday rivoyat qilingan: kim uni namoz va duo bilan bedor o‘tkazsa, Alloh uning gunohlarini kechiradi, hojatlarini ravo qiladi, qabr fitnasidan omon qiladi va qiyomat kuni unga nur bo‘ladi. 📚 Manba: Al-Ghuniyya li-Ṭālibī Ṭarīq al-Ḥaqq Muallif: Shayx ʿAbd al-Qodir al-Jiyloniy رحمه الله Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • UNUTILGAN BUYUK SUNNATLARDAN BIR SUNNAT KECHA TAHAJJUD NOMOZI عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: «أَفْضَلُ الصِّيَامِ بَعْدَ رَمَضَانَ شَهْرُ اللَّهِ الْمُحَرَّمُ، وَأَفْضَلُ الصَّلَاةِ بَعْدَ الْفَرِيضَةِ صَلَاةُ اللَّيْلِ» “Ramazondan keyingi eng afzal ro‘za — Allohning Muharram oyidagi ro‘zadir. Farz namozlardan keyingi eng afzal namoz esa — tungi namozdir (Tahajjud).” 📚 Manba: Ṣaḥīḥ Muslim عَنْ عَائِشَةَ رضي الله عنها قَالَتْ: «كَانَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ يَقُومُ مِنَ اللَّيْلِ حَتَّىٰ تَتَفَطَّرَ قَدَمَاهُ» “Rasululloh ﷺ kechalari shunchalik ko‘p namoz o‘qirdilarki, hatto oyoqlari shishib, yorilib ketardi.” 📚 Manba: Ṣaḥīḥ al-Bukhārī Ṣaḥīḥ Muslim عَنْ بِلَالٍ رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: «عَلَيْكُمْ بِقِيَامِ اللَّيْلِ، فَإِنَّهُ دَأْبُ الصَّالِحِينَ قَبْلَكُمْ، وَهُوَ قُرْبَةٌ إِلَى اللَّهِ، وَمَنْهَاةٌ عَنِ الْإِثْمِ، وَتَكْفِيرٌ لِلسَّيِّئَاتِ» “Sizlarga tungi namozni lozim tutaman. Chunki u sizdan oldingi solihlarning odati bo‘lgan, Allohga yaqinlikdir, gunohlardan qaytaruvchidir va yomonliklarni o‘chiruvchidir.” 📚 Manba: Sunan al-Tirmidhī (hasan hadis) عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ ﷺ قَالَ: «يَنْزِلُ رَبُّنَا تَبَارَكَ وَتَعَالَىٰ كُلَّ لَيْلَةٍ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا حِينَ يَبْقَىٰ ثُلُثُ اللَّيْلِ الْآخِرُ، فَيَقُولُ: مَنْ يَدْعُونِي فَأَسْتَجِيبَ لَهُ، مَنْ يَسْأَلُنِي فَأُعْطِيَهُ، مَنْ يَسْتَغْفِرُنِي فَأَغْفِرَ لَهُ» “Har kecha tunning oxirgi uchdan biri qolganida, Parvardigorimiz (O‘zining shaniga loyiq tarzda) dunyo osmoniga nuzul qilib: ‘Kim Menga duo qilsa — ijobat qilaman, kim Mendan so‘rasa — beraman, kim Mendan mag‘firat so‘rasa — kechiraman’, deydi.” 📚 Manba: Ṣaḥīḥ al-Bukhārī Ṣaḥīḥ Muslim Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • Reşahât kitobida shunday deyiladi: > “Agar bir muridning gunohlari butun dunyo ahlining gunohlari miqdoricha bo‘lsa ham, u umidini uzmasin. Chunki ular — ya’ni mashoyixlar — uni doira (halqa) ichiga oladilar. Ammo u o‘zi rad etmasa.” Ya’ni: Sen qaror qilmaguningcha, Mevlâ Taolo sen haqingda qaror bermaydi. Sen o‘zingni tashqariga uloqtirmaguningcha, tashlab yuborilmaysan. 📚 Manba: Mahmud Efendi Hazretleri El Yazma Sohbetler, 1-jild, 84-bet (asosi: Reşahât ‘Ayn al-Ḥayāt) Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • “Yā Robbim! Bularni ilmga shunchalik oshno va qiziqqon qilginki, kechasi uyqularini tark etsinlar. Hatto qaymoq yeyotgan paytlarida ham qaymoqni tashlab, ilm bilan mashg‘ul bo‘lsinlar. Imom Muhammad (rahmatullohi alayh) bir kuni qo‘liga kitob oldi va ikki kun davomida ovqat xayoliga ham kelmadi. Shu sababli u mujtahid bo‘ldi. Imom Muhammad (rahmatullohi alayh) Imom Shofi‘iy (rahmatullohi alayh)ning onasiga uylangan edi. (Haskafiy, ad-Durr al-Muxtor, 13-bet) Bir kuni Imom Shofi‘iy (rahmatullohi alayh) onasining huzuriga mehmon bo‘lib keldi. Ikkovlari ham tahajjud namoziga turishdi. Imom Muhammad bir oz namoz o‘qidi-da, so‘ng chalqancha yotib oldi. Imom Shofi‘iy esa tinmay ibodat qilaverdi va ichidan shunday deb o‘yladi: “Nahotki ibodat shunchalik kam bo‘lsa?!” (Keyin Imom Muhammad o‘rnidan turib, tahorat olmasdan sunnat namozini o‘qigach, Imom Shofi‘iy ichidan: “Bu qanday hol o‘zi?!” deb o‘yladi.) Shunda Imom Muhammad (rahmatullohi alayh) yotgan joyidan unga javob berdi: “Men bu yerda bir soat ichida Alloh taoloning Kitobidan mingdan ortiq fiqhiy masalalarni chiqarib oldim. (Sen nafsing uchun amal qilding, men esa ummat uchun amal qildim. Nega chalqancha yotib qildim? Chunki bu holatda miyam yaxshiroq ishlaydi).” (Ismoil Haqqiy al-Bursaviy, Ruh ul-Bayon, 5/140) U chalqancha yotardi, tanasining og‘irligini yotoqqa berardi va shoshmas, bezovta bo‘lmas edi. Imom Shofi‘iy (rahmatullohi alayh) shunday degan: “Agar Imom Muhammad (rahmatullohi alayh)ning kitoblari bo‘lmaganida, men Imom Shofi‘iy bo‘lolmas edim.” —————————— Mahmud Efendi Hazratlari (quddisa sirruh) Qo‘lyozma suhbatlar, 2-jild, 16-bet Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: مَنْ صَامَ يَوْمًا مِنْ رَجَبٍ، وَقَامَ لَيْلَةً مِنْهُ، خَاصَّةً فِي الصَّلَاةِ، كَتَبَ اللَّهُ لَهُ بِكُلِّ يَوْمٍ سَبْعَمِائَةِ سَنَةٍ عِبَادَةً، وَبِكُلِّ لَيْلَةٍ سَبْعَمِائَةِ سَنَةٍ عِبَادَةً. O‘zbekcha tarjima Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh ﷺ shunday deganlar: “Kim Rajab oyidan bir kun ro‘za tutsa va o‘sha oyning bir kechasini, ayniqsa namozda qiyom (tik turib ibodat qilish) bilan o‘tkazsa, Alloh taolo u kishi uchun har bir kuniga yetti yuz yil ibodat savobini, va har bir kechasiga ham yetti yuz yil ibodat savobini yozadi.” 📚 Manba Umar an-Nasafiy, Kitābü’l-Yavāqīt fi’l-Mavāqīt O‘zbekiston Davlat Xalq Kutubxonasi, Sharq qo‘lyozmalari bo‘limi, raqam: 3176, varaq: 84-b Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • Muhammad at-Tusiy (rahimahulloh) rivoyat qilgan bir hadisda Nabiy ﷺ shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Kim Rajab oyining birinchi o‘n kunining har bir kunida 100 martadan quyidagi zikrlarni aytsa: 1️⃣ Birinchi o‘n kunning har bir kuni 100 marta: 📜 Arabcha matn: سُبْحَانَ اللَّهِ الْحَيِّ الْقَيُّومِ 🌿 Ma’nosi: “Haqiqiy tirik va barcha narsani tiklab turuvchi bo‘lgan Alloh taoloni poklayman.” 2️⃣ Ikkinchi o‘n kunning har bir kuni 100 marta: 📜 Arabcha matn: سُبْحَانَ اللَّهِ الْأَحَدِ الصَّمَدِ 🌿 Ma’nosi: “Yagona va muhtojsiz bo‘lgan Alloh taoloni poklayman.” 3️⃣ Uchinchi o‘n kunning har bir kuni 100 marta: 📜 Arabcha matn: سُبْحَانَ اللَّهِ الرَّؤُوفِ الْغَفُورِ الرَّحِيمِ 🌿 Ma’nosi: “Juda mehribon, gunohlarni ko‘p kechiruvchi va rahmati keng bo‘lgan Alloh taoloni poklayman.” “Agar kim shunday qilsa, Alloh taolo uning qalbini (ma’nan) tiriltiradi. Qalblar o‘ladigan kunda uning qalbi o‘lmaydi. Alloh taolo u kishini yengil hisob bilan hisob-kitob qiladi. Unga beriladigan savobni esa hech bir ta’riflovchi tasvirlab bera olmaydi. Bu amal bilan amal qilganlarga xushxabar bo‘lsin! Bu amaldan g‘ofil bo‘lib, uni tark etib qolganlarga esa afsus bo‘lsin!” Qo‘shimcha rivoyat “Uyunu-l-majalis” asarida zikr qilinishicha: Receb — “tahlil” (ya’ni “Lā ilāha illallāh” zikrini ko‘p aytish) oyidir. Sha’bon — “tasbih” oyidir. Ramazon esa “tahmid” (Alloh taologa hamd aytish) oyidir. 📚 Manbalar: Ahmad ibn ar-Rassom, ‘Iqdu’d-durari wa’l-la’ālī fī faḍā’ili’š-šuhūr wa’l-ayyām wa’l-layālī, 1/240 as-Safuriy, Nuzhat al-majālis, 1/138, 141 Muhammad Rahmiy, Anīsu’l-jalīs hoshiyasi, 194-bet Cübbeli Ahmet Hoca, Risāil-i Ahmadiyya, 15-risola (Receb-i Sharif risolasi), 265-bet Lâlegül jurnali, 2022-yil fevral, 108-son, 65-bet Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • Rajab, Sha’bon va Ramazon oylarida aytiladigan istig‘for haqida rivoyat “Kim Rajab, Sha’bon va Ramazon oylarida, peshin bilan asr orasida quyidagi zikrni aytsa: أَسْتَغْفِرُ اللّٰهَ الْعَظِيمَ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيَّ الْقَيُّومَ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ تَوْبَةَ عَبْدٍ ظَالِمٍ لِنَفْسِهِ لَا يَمْلِكُ لِنَفْسِهِ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا وَلَا مَوْتًا وَلَا حَيَاةً وَلَا نُشُورًا O‘zbekcha tarjima: “O‘zidan boshqa hech bir iloh bo‘lmagan, Hayy (doimo tirik) va Qayyum (borliqni tiklab turuvchi) bo‘lgan ulug‘ Alloh taolodan mag‘firat so‘rayman. O‘zi uchun na zarar, na foyda, na o‘lim, na hayot va na qayta tirilish ustidan ixtiyori bo‘lmagan, (gunohlar qilib) o‘ziga zulm qilgan bir bandaning tavbasi bilan Allohga tavba qilaman.” Shunda Alloh taolo, o‘sha bandaning savob va gunohlarini yozib borishga mas’ul bo‘lgan ikki farishtaga shunday vahiy qiladi: “Bu bandaning amal daftaridagi gunohlariga oid yozuvlarni o‘chirib tashlang!” 📚 Manba: Safuriy, Nuzhat al-Majālis, 1-jild, 140-bet Rosululloh(alayhissalom) aytdilar bir amalga dalolat(bir amalni boshqa bir insonga habar berish) usha amalni qilgan kabidir. Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • 20 дек.1 3789

    مَنْ أَحْيَا أَوَّلَ لَيْلَةٍ مِنْ رَجَبٍ لَمْ يَمُتْ قَلْبُهُ يَوْمَ تَمُوتُ الْقُلُوبُ “Kim Rajab oyining birinchi kechasini ibodat bilan o‘tkazsa (ihyo qilsa), qalblar o‘ladigan kunda uning qalbi o‘lmaydi.” 📚 Manbalar: Abu Nu‘aym, Faḍā’il al-Awqāt Ibn Rajab al-Hanbaliy, Laṭā’if al-Ma‘ārif خَمْسُ لَيَالٍ لَا تُرَدُّ فِيهِنَّ الدَّعْوَةُ: أَوَّلُ لَيْلَةٍ مِنْ رَجَبٍ، وَلَيْلَةُ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ، وَلَيْلَةُ الْجُمُعَةِ، وَلَيْلَةُ الْفِطْرِ، وَلَيْلَةُ النَّحْرِ “Besh kecha borki, ularda qilingan duolar qaytarilmaydi: Rajab oyining birinchi kechasi, Sha’bon oyining yarmi kechasi, Juma kechasi, Iydul-Fitr kechasi, Iydul-Adho kechasi.” 📚 Manbalar: al-Bayhaqiy, Şu‘ab al-Īmān ad-Daylamiy, Musnad al-Firdaws كَانَ بَعْضُ السَّلَفِ يُعَظِّمُونَ أَوَّلَ لَيْلَةٍ مِنْ رَجَبٍ، وَيَجْتَهِدُونَ فِيهَا فِي الدُّعَاءِ وَالْعِبَادَةِ “Salaflardan ba’zilari Rajab oyining birinchi kechasini ulug‘lar va bu kechada duo hamda ibodatda jon kuydirar edilar.” 📚 Manba: Ibn Rajab al-Hanbaliy, Laṭā’if al-Ma‘ārif Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • без подписи

  • Receb-i Sharif oyining birinchi kechasida, shom namozidan keyin o‘qiladigan yigirma rakat namoz Enas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan bir hadis sharifda u zot shunday deganlar: “Bir kuni Rasululloh ﷺ sahobalarga murojaat qilib dedilar: ‘Kim Receb-i Sharif oyining birinchi kechasida shom namozini o‘qib, undan keyin yigirma rakat namoz o‘qisa, har bir rakatda bir marta Fotiha surasini va 3 marta “Qul huvallohu ahad” surasini o‘qib, (har ikki rakatdan keyin) jami o‘n marta salom bersa, uning savobi qanchalik ulug‘ ekanini bilasizlarmi? Albatta, buni menga Ruhul-Amin (ya’ni Jabroil alayhissalom) bildirib qo‘ydi’, dedilar.” Sahobalar: “Alloh taolo va Uning Rasuli yaxshiroq biladilar”, — deganlarida, Rasululloh ﷺ ikki qo‘llarini ochib: “Alloh taolo uni o‘z joniga, oilasiga, mol-mulkiga va farzandlariga yetishi mumkin bo‘lgan barcha balo-ofatlardan asraydi. U kishi qabr azobidan najot topadi va hisobsiz hamda azobsiz holda Sirat ko‘prigidan chaqmoqdek o‘tib ketadi”, — dedilar. Shunda biz: “Yo Rasululloh! Bu namozni Receb oyining har bir kechasida bir martadan o‘qiladimi?” — deb so‘radik. Rasululloh ﷺ: “Siz menga qanday savol bergan bo‘lsangiz, men ham Ruhul-Amin Jabroilga shunday savol berdim. U esa: ‘Yo‘q, balki u oy davomida faqat bir marta o‘qiladi’, dedi”, — deb javob berdilar. Manbalar: Umar an-Nasafiy, Kitob ul-Yavoqit fi-l-Mavoqit, O‘zbekiston Davlat Xalq Kutubxonasi, Sharq qo‘lyozmalari bo‘limi, raqam: 3176, varaq: 55-b Abdulhaq ad-Dehlaviy, Ma sabata mina-s-sunna, 215-bet Alloma Laknaviy, al-Asoru-l-marfū‘a, 111-bet Yigirma rakat namozning o‘qilish tartibi Bu namoz har ikki rakatda bir salom berib o‘qiladi. 1-rakat: 1 marta Fotiha surasi 3 marta Ixlos surasi 2-rakat: 1 marta Fotiha surasi 3 marta Ixlos surasi Shundan so‘ng salom beriladi. (Shu tarzda jami 20 rakat ado etiladi.) Bir birimizga dalolat qilaylik(eslataylik). Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • 17 дек.1 23955

    Hujjatul Islom Imom Gazzoliy nasihatlar. قال الإمام الغزالي رحمه الله: > يَا أَيُّهَا الْوَلَدُ، إِنَّ الْعِلْمَ بِلَا عَمَلٍ جُنُونٌ، وَالْعَمَلَ بِلَا عِلْمٍ لَا يَكُونُ. Ey farzand! Amal qilinmagan ilm — telbalikdir, ilmga asoslanmagan amal esa bo‘lmaydi (qabul bo‘lmaydi) > يَا أَيُّهَا الْوَلَدُ، لَيْسَ النَّجَاةُ فِي كَثْرَةِ الْعِلْمِ، وَلَكِنَّ النَّجَاةَ فِي الْعَمَلِ بِهِ. Ey farzand! Najot ilmning ko‘pligida emas, balki unga amal qilishdadir. > يَا أَيُّهَا الْوَلَدُ، مَا دَامَتِ الْأَنْفَاسُ مَعْدُودَةً، فَاعْلَمْ أَنَّ الْوَقْتَ أَثْمَنُ مَا تَمْلِ Ey farzand! Nafaslar sanog‘li ekanini bilganingdan so‘ng, vaqt sen ega bo‘lgan eng qimmat ne’mat ekanini anglaysan. > يَا أَيُّهَا الْوَلَدُ، إِنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَذَابًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَالِمٌ لَمْ يَنْفَعْهُ عِلْمُهُ. Ey farzand! Qiyomat kuni eng qattiq azobga duchor bo‘ladigan kishi — ilmi o‘ziga foyda bermagan olimdir. > يَا أَيُّهَا الْوَلَدُ، فَكُلُّ عَمَلٍ لِغَيْرِ اللَّهِ فَهُوَ رِيَاءٌ، وَكُلُّ رِيَاءٍ شِرْكٌ. Ey farzand! Allohdan boshqasi uchun qilingan har bir amal — riyodir, riyo esa shirkdir. > يَا أَيُّهَا الْوَلَدُ، اطْلُبِ الْعِلْمَ لِلْعَمَلِ لَا لِلْجِدَالِ وَلَا لِلرِّيَاسَةِ. Ey farzand! Ilmni amal qilish uchun talab qil, bahs-munozara yoki martaba uchun emas. Manba: Imom Gazzoliy Ayyuhal Valad kitobi Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • Alloh taologa va Uning Rasuli ﷺ ga itoat qilgan kishilar, Alloh taolo O‘z ne’matini ato etgan to‘rt toifa zotlar bilan birga bo‘ladilar: 1. Payg‘ambarlar, 2. Siddiqlar, 3. Shahidlar, 4. Solihlar. Alloh taolo eng ko‘p ikrom qilgan zotlar ana shu to‘rt sinfdir. Râbıta ham aynan shu to‘rt sinf bilan birga bo‘lishdir. Ey Rahmlilarning eng Rahmlisi! Bizni dunyoda ham, oxiratda ham ushbu to‘rt toifadan ajratmagin! Bu yo‘lda itoat bor, muhabbat va hurmat bor, robıta bor, birga bo‘lish bor. Bu — ikki tananing birga bo‘lishi emas, balki ikki qalbning birga bo‘lishidir. Efendi Bobom (quddisa sirruhû) der edilar: “Qalbing qayerda bo‘lsa, sen ham o‘sha yerdasan va o‘sha yerda e’tiborli sanalasan. Agar qalbing Rasululloh ﷺ bilan bo‘lsa, sen ham U zot bilan birgasan. Agar qalbing shayxing bilan bo‘lsa, sen ham u bilan birgasan.” 📚 Manba: Mahmud Efendi Hazratlari (quddisa sirruhû) El Yazma Sohbetler, 1-jild, 376-bet Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • Oxirgi zamonda unitilgan Rosulullohning(Alayhissalom) muborak sunnatlari. عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: مَنْ قَرَأَ بِالْآيَتَيْنِ مِنْ آخِرِ سُورَةِ الْبَقَرَةِ فِي لَيْلَةٍ كَفَتَاهُ. Abu Mas’ud Ansoriy (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dedilar: “Kim Baqara surasining oxirgi ikki oyatini kechasi o‘qisa, unga kifoya qiladi.” Manba: Ṣaḥīḥ al-Buxoriy, 5009 Ṣaḥīḥ Muslim, 808 > عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ ﷺ إِذَا أَوَى إِلَى فِرَاشِهِ كُلَّ لَيْلَةٍ، جَمَعَ كَفَّيْهِ، ثُمَّ نَفَثَ فِيهِمَا، فَقَرَأَ: ﴿قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ﴾ ﴿قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ﴾ ﴿قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ﴾ ثُمَّ يَمْسَحُ بِهِمَا مَا اسْتَطَاعَ مِنْ جَسَدِهِ. Oisha (r.a.) aytadilar: > Rasululloh ﷺ har kecha to‘shaklariga yotganlarida, ikki kaftlarini birlashtirib, ularga puflar edilar, so‘ng Ikhlos, Falaq, Nos suralarini o‘qir, va qo‘llari yetgan joyigacha badanlariga surtardilar. Manba: Ṣaḥīḥ al-Buxoriy, 5017 > عَنْ جَابِرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ لَا يَنَامُ حَتَّى يَقْرَأَ ﴿الم تَنْزِيلُ﴾ وَ﴿تَبَارَكَ الَّذِي بِيَدِهِ الْمُلْكُ﴾. Jobir (r.a.) aytadilar: > Rasululloh ﷺ uxlamas edilar, to “Alif Lām Mīm Tanzīl” (Sajda surasi) va “Tabārakallazī biyadihil mulk” (Mulk surasi) ni o‘qimagunlaricha. Manba: Sunan at-Tirmiziy, 2892 Musnad Ahmad, 14890 (hasan) قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: مَنْ أَحْيَا سُنَّتِي عِنْدَ فَسَادِ أُمَّتِي، فَلَهُ أَجْرُ مِائَةِ شَهِيدٍ. Rasululloh ﷺ dedilar “Ummatim fasodga uchragan zamonda kim mening sunnatimni tiriltirsa, unga yuz nafar shahidning savobi beriladi.” Hadis manbalari 1. Imom al-Bayhaqiy 📖 Shu‘ab al-Īmān (6/332, hadis № 3843) 2. Imom at-Tabaroniy 📖 al-Mu‘jam al-Kabīr 3. Imom as-Suyutiy 📖 al-Jāmi‘ as-Ṣaghīr (hadisni keltirgan) Rosululloh(alayhissalom) aytdilar bir amalga dalolat(bir amalni boshqa bir insonga habar berish) usha amalni qilgan kabidir. Улашинг https://t.me/suhbatlar123

  • “Shariat doirasida nima qilsang — mustahkamdir; shariatdan tashqarida bo‘lgan narsalarning barchasi chirigandir (bekorchi ishlardir).” Ulamolardan biri Imom G‘azzoliy (rahmatullohi alayh)ning kitobiga qarab: — “Bular mavzu’ (soxta) hadislar”, — dedi. Shunda Alloh taolo undan norozi bo‘ldi. Keyinchalik o‘sha kishi Imom G‘azzoliy (rahmatullohi alayh)ning kitoblaridan dars bera boshladi. (Imom G‘azzoliy haqida aytiladi:) “Sening aqling yetarmidi unga?” Ustozim Mustafa Efendi shunday der edilar: “Dangasaga ish buyur — u senga aql o‘rgatadi.” Efendi otam (Ali Haydar efendim.quddisa sirruhû) esa der edilar: “Agar Sünnati saniyyaga chinakam yopishsang, sen ham Imom G‘azzoliy bo‘lasan.” Улашинг https://t.me/suhbatlar123