Surxondaryo viloyati bandlik boshqarmasi rasmiy kanali
СтатистикаSurxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy Telegram-kanali https://surxondaryo.mehnat.uz http://www.youtube.com/@SurxondaryoviloyatiKQVBb-ut7ot https://t.me/surxonvakansiya
- Последний пост
- 11:29
- Последнее чтение
- 18:21
- Постов за неделю
- 26
- Всего постов
- 185
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 153
- 1/48двое суток
- 175
- 1/72трое суток
- 189
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Jarayon Surxondaryoda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish ishlari tahlil qilindi Bugungi kunda ishsiz aholini bandligini ta’minlash, fuqarolarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish hamda ularning barqaror daromad manbalarini yaratish dolzarb vazifalardan biridir. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyatida fuqarolarni vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilda viloyatdagi 50 ga yaqin o‘quv markazida 10 ming nafar fuqaroni o‘qitish belgilangan. Bugungi kunga qadar mazkur reja 107 foizga bajarildi. Kelgusidagi vazifalar, mavjud muammolar va tizimda kuzatilayotgan kamchiliklarni muhokama qilish maqsadida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida tuman shahar bandlikka ko'maklashish bo'limi rahbarlari, mas'ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Bandlik vazirligi departament boshlig‘i Toirxo'ja Maxamadxo'jayev ishtirok etib, ishsizlarni kasb-hunarga o'qitish va qayta tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar, ta’lim olgan fuqarolarning kelgusida bandligini ta’minlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan ko‘rsatkichlarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va aniq vazifalar berildi. #Surxondaryo #Bandlik #KasbHunar #Vaucher #AholiBandligi #KambagallikniQisqartirish Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook
Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаларининг ўтган ҳафта давомидаги фаолияти ОАВда: 📍 Қорақалпоғистон Республикаси ▪️Бизнес лойиҳаси билан 5 минг долларлик грант ютган ишбилармон аёл ▪️Ташаббус, меҳнат ва имконият уйғунлиги ▪️Оилавий бизнес:Қўшимча даромад топишнинг сири 📍 Бухоро вилояти ▪️ Маҳаладан жамиятга ▪️ Боғдорчилик ортидан яхшигина даромад ▪️ Ғиждувонда тадбиркорлик фаолияти ривожланиб бормоқда ▪️ Аёллар бандлиги таъминланмоқда ▪️ Олтин тумани маҳаллаларида ижобий ўзгаришлар давом этмоқда ▪️ «Фаол тадбиркор» — меҳнат ва ташаббус эътирофи 📍 Фарғона вилояти ▪️ Бир дастгоҳ — бир хонадон учун қўшимча даромад ▪️ Ўзбекистон туманидаги Қайнар маҳалласининг драйвери бўлган темирчилик аҳолининг асосий даромад манбаига айланган ▪️ Ўзбекистон туманининг Қулибек маҳалласида олча, ўрик ва шафтоли данаклари қайта ишланиб, даромад манбаига айланмоқда 📍Қашқадарё вилояти ▪️Камбағалликдан фаровонлик сари: Қашқадарёда амалий натижалар ▪️Экспортбоп маҳсулотлар етиштириш кўлами кенгаймоқда ▪️Қашқадарода ёшлар бандлиги ва касбий таълим интеграцияси амалда ▪️Қашқадарёнинг келажаги қандай бўлади? Муроджон Азимов билан эксклюзив суҳбат ▪️Китобда янги имкониятлар ▪️Касб — барқарор бандлик ва фаровон ҳаёт пойдевори ▪️Қашқадарёда хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда ▪️Қашқадарёда олис тоғли ҳудудлар ривожи — эътиборда ▪️Касб-ҳунар – фаровон ҳаёт калити 📍 Хоразм вилояти ▪️ Иш берувчининг меҳнатни муҳофаза қилиш соҳасидаги ҳуқуқлари нималардан иборат ▪️ Маҳаллада ободлик ва меҳр-саховат ойлиги ▪️ Корхоналарда меҳнатни муҳофаза қилишни молиялаштириш қандай тартибда амалга оширилади 📍 Сурхондарё вилояти ▪️Ҳоким ёрдамчиси кашф қилган тадбиркор йигит “Жасорат” медали билан тақдирланди ▪️Энди ҳосил олишнинг ўзи етарли эмас-экиннинг бозори, харидори ва даромади ҳам ҳисоб-китоб қилинади ▪️Аҳоли бандлиги таъминланмоқда ▪️Томорқада етиштилган 40 килограммлик ошқовоқ барчани ҳайратга солди 📍 Тошкент шаҳри ▪️Маҳалла еттилиги — аҳоли фаровонлиги йўлида муҳим бўғин ▪️Кеча ишхонада адолат излагандим, бугун иш излаяпман ▪️Яшнобод туманида бўш иш ўринлари ва касб-ҳунарга ўқитиш ярмаркаси 📍Жиззах вилояти ▪️ Жиззахда суперзавод: “КИА”да янги автозаводда 5000 иш ўрни яратилди ▪️ Арнасойда хотин-қизлар бандлиги та'минланмоқда ▪️Жиззахда туризм лойиҳалари ортидан янги иш ўринлари кенгайтирилмоқда ▪️Ногиронлиги бўлган фуқаролар бандлиги та'минланмоқда ▪️Маҳаллаларни ободонлаштириш ҳамда аҳоли бандлигини таъминлаш борасидаги ишлар ▪️ 3000га яқин иш ўринлари яратилган “АДМ Жиззах” корхонасида журналистлар учун пресс-тур ўтказилди ▪️Ортга қайтмас ислоҳотлар Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Хорезмскую область. #Mirziyoyev #safar #Xorazm Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🗣Jadidlar orzusi Ular millatni jaholatdan ma’rifat sari boshlashni, ilmli, tafakkuri yuksak avlodni tarbiyalashni orzu qildilar. Shu yo‘lda bor-budini, hatto hayotini ham ayamagan jadidlar va qatag‘on qurbonlarining hayoti bugun har birimizga ibratdir. ⏺️Tomosha qiling va yaqinlaringizga ham ulashing. Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook
#yangiruhiyat JADIDLAR OGOHLANTIRGAN ILLAT — BUGUN HAM DOLZARB Bir asr avval jadid bobolarimiz millat kelajagi uchun bong urgan edi.Ular bizni qulatayotgan dushman tashqarida emas, o‘zimizdagi isrof ekanini aytgan. 💬 “Bechora kosib yigirma yil mehnat qiladi, uch kun to‘yda barbod bo‘ladi…” 💬 “Uch kunlik to‘y — o‘n yillik qarzga sabab bo‘ladi…” Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook
🇺🇿🤝🇨🇳 O‘zbekiston (Surxondaryo) — Xitoy investitsiya forumining birinchi kun tadbirlari Forumning birinchi kunida mehmonlar tantanali kutib olindi, vohamizning tarixiy va diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirildi hamda delegatsiyalar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Termiz shahridagi "Etno shaharcha" majmuasida madaniy tadbir, ko‘rgazmalar hamda forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugun forum doirasidagi asosiy tadbirlar "Termiz xalqaro savdo markazi"da o‘tkaziladi. Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook
Hokim yordamchisi kashf qilgan tadbirkor yigit “Jasorat” medali bilan taqdirlandi Surxondaryolik tadbirkor Furqat Qurbonov nogironligi bo‘lishiga qaramay, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, nafaqat o‘zining, balki oilasining va mahallasidagi yana 5 nafar fuqaroning bandligini ta’minlab kelmoqda. Uning hayotdagi qat’iyati, mehnatsevarligi va tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatlari munosib e’tirof etildi. Prezident farmoniga muvofiq, Furqat Qurbonov yuksak davlat mukofoti — “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 📍Andijon: Vaucher – kasb o‘rganish uchun katta imkoniyat 📍Buxoro: G'ijduvonda tadbirkorlik faoliyati rivojlanib bormoqda 📍Qashqadaryo: Kasb-hunar — farovon hayot poydevori 📍Jizzax: Arnasoyda xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda 📍Namangan: Kambag’allikni qisqartirish borasidagi ishlar samarasi 📍Samarqand: Tomorqalar uchun suv ta’minoti yaxshilanmoqda 📍Sirdaryo: "Oqchangal" mahallasining ixtisoslashuvi zamonaviy tus oladi 📍Surxondaryo: Tomorqada yetishtilgan 40 kilogrammlik oshqovoq barchani hayratga soldi 📍Toshkent viloyati: Qibrayda Oltiariq tajribasi natija bermoqda 📍Toshkent shahri: Tibbiyot bitiruvchilari uchun munosib ish o‘rinlari 📍Farg'ona: Bir dastgoh — bir xonadon uchun qo‘shimcha daromad. 📍Xorazm: 100 mln so'mga 3 ta biznes loyiha 📍Qoraqalpog'iston Respublikasi: Bo‘zatovda imtiyozli ssuda orqali yangi daromad manbai yaratildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
"O‘zbekiston (Surxondaryo)-Xitoy" xalqaro forumi ishtirokchilari Termizda Joriy yilning 14-16-avgust kunlari "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasida ilk marta "O‘zbekiston (Surxondaryo)-Xitoy" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Bugun Termiz xalqaro aeroportida xalqaro forum ishtirokchilari tantanali kutib olindi. Manbalarda Markaziy va Janubiy Osiyo chorrahasida joylashgan Termiz o‘tmishdan yirik savdo, madaniy va sivilizatsiya markazi sifatida tanilgani qayd etilgan. Strategik joylashuvi tufayli Buyuk Ipak Yo‘li paydo bo‘lishidan oldin ham dunyoning muhim transport nuqtasi bo‘lgan. Qadimgi Surxondaryoning Xitoy bilan aloqalari Buyuk Ipak yo‘li orqali miloddan avvalgi II asrdan faollashgan. Bu davrda savdo-sotiq, buddaviylik va madaniyat almashinuvi rivojlangan. Xitoydan Surxondaryoga xom ipak va qimmatbaho ipak matolari keltirilgan. Xitoyga shisha buyumlar, zeb-ziynatlar va qimmatbaho toshlar yuborilgan. Arxeologlar bu yerda ikki sivilizatsiya mahsulotlari o‘zaro uyg‘unlashganini aniqlagan. Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/895112 Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
No comment | O‘zbekiston (Surxondaryo) — Xitoy investitsiya forumi ishtirokchilari tantanali kutib olinmoqda Forumning asosiy tadbirlari 14-16-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. 👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kelajak_kasblari 🤖 AI MURABBIY Sun’iy intellektga ham ustoz kerakligini bilarmidingiz? AI murabbiy — sun’iy intellektni "o‘qitish", uning javoblarini tekshirish va xatolarini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. 🔎 U nima ish qiladi? AI bergan javoblarni baholaydi, turli topshiriqlar orqali uni sinovdan o‘tkazadi va modelning insonlar bilan yanada to‘g‘ri va samarali muloqot qilishiga yordam beradi. Bu kasb kimlar uchun mos? Agar siz: ✅ tahlil qilishni yaxshi ko‘rsangiz; ✅ tillarga qiziqsangiz; ✅ mayda detallarga e’tiborli bo‘lsangiz; ✅ texnologiyalar bilan ishlashni istasangiz — bu kasb siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin. 🎓 Nimani o‘rganish kerak? Tanqidiy fikrlash, raqamli savodxonlik, muharrirlik bilim-mahorati va AI vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi. 👉 Sun’iy intellekt rivojlangani sari uni nazorat qiladigan, baholaydigan va takomillashtiradigan mutaxassilarga ham ehtiyoj ortib boradi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan bir guruh yurtdoshlarimiz “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor: 🏅Boqijonov Ilhomjon Ismoilovich - Sherobod tumanidagi “Nasaf universal form” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, 🏅Valnazarov Ravshanjon Xudoyberdi o‘g‘li - Denov tumanidagi “Ishonch sifatli halol xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, 🏅Jumayeva Malikaxonim Alisher qizi - Termiz shahridagi “Nova pharm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, 🏅Iminova Nargiza Djurayevna - Uzun tumanidagi “O‘ktam bobo shirinliklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, 🏅Ishkobilov Shaydulla Temirovich - Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Mexanika” xususiy korxonasi direktori, 🏅Murodov Muxibullo Gulmurodovich - Sariosiyo tumanidagi “Surxon hisori qo‘ylari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, 🏅Xidirov Mirolim G‘ayratovich - Boysun tumanidagi “Boysun ugol” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, 🏅Hasanov Begali O‘ralovich - Qiziriq tumanidagi “Xumoyiddin biznes klass servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi. 👏 Ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan vohadoshlarimizni samimiy qutlaymiz! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
#live #IshonchTV #Yoshlar_bandligi Surxondaryoda «Yosh mobilograflar maktabi» va «SMM maktab» loyihalari bitiruvchilarining taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. #Mustaqillik35 #Uzb35 Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook
#uzb_vaqti_bilan | 13.08.2026 Davlat mukofoti bilan taqdirlangan yosh fermer yigit #Mustaqillik35 #Uzb35 Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook
#IshonchTV #live Surxondaryoda «Yosh mobilograflar maktabi» va «SMM maktab» loyihalari bitiruvchilarining taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 𝘛𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘐𝘯𝘴𝘵𝘢𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘍𝘢𝘤𝘦𝘣𝘰𝘰𝘬 𝘠𝘰𝘶𝘛𝘶𝘣𝘦
Aholi bandligi ta'minlanmoqda Eslatma: "Mehnat kodeksiga sharh" Elektron platformasi ishga tushdi ➡️ e-kodeks.uz Rasmiy sahifalarimiz⬇️ Telegram|web-sayt|facebook