Techmob.uz
Статистика🚀 Kanalimga Xush Kelibsiz! 💻Texnologiya olamidagi eng so'nggi yangiliklar, gadget sharhlari va foydali maslahatlarni qidiryapsizmi? Techmob sizga yordam beradi. Reklama : @techmob_admin Etgancha t.me/techmobyuklabot orqali videolarni yuklab oling
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 288
- 1/48двое суток
- 3 768
- 1/72трое суток
- 4 063
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🔥 POCO F9 Pro va F9 Ultra narxlari hamda xususiyatlari sizdirildi! Xiaomi’ning Xitoyda taqdim etilgan Redmi K100 Pro va K100 Pro Max modellari global bozorda mos ravishda POCO F9 Pro va POCO F9 Ultra nomi bilan chiqishi kutilmoqda. Asosiy farqlar — ranglar, batareya sig‘imi va, afsuski, narxda. (MT Today) ⚡️ POCO F9 Pro — 6.59” AMOLED, 185 Hz — Snapdragon 8 Elite Gen 5 V Series — 200 MP asosiy kamera + OIS — 50 MP telefoto, 2.5X optik zoom — 6330 mAh batareya — 100W simli + 50W simsiz quvvatlash — IP68/IP69 — Bose stereo ovoz — 12/256 GB 💶 Kutilayotgan narxi: 799 yevro (MT Today) 🚀 POCO F9 Ultra — 6.9” AMOLED, 185 Hz — Snapdragon 8 Elite Gen 5 — 200 MP asosiy kamera + OIS — 50 MP ultra-keng kamera — 50 MP periskop, 5X optik zoom — 8050 mAh batareya — 100W simli + 50W simsiz quvvatlash — IP68/IP69 — Bose 2.1 stereo tizimi + subwoofer — 16/512 GB 💶 Kutilayotgan narxi: 999 yevro (MT Today) 😬 Eng qiziq joyi — global versiyalarda batareya sezilarli qisqartiriladi. Xitoydagi K100 Pro’da 8580 mAh, K100 Pro Max’da esa 9070 mAh batareya bor. Global POCO’larda esa mos ravishda 6330 va 8050 mAh qolmoqda. (MT Today) ✅@techmobuz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bugun Toshkentda O‘zbekiston uchun tarixiy IT voqea boshlandi! 🇺🇿💻 Poytaxtimizdagi CAEx majmuasida IOI 2026 — 38-Xalqaro informatika olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Eng muhimi, O‘zbekiston tarixda ilk bor International Olympiad in Informatics — IOI’ga mezbonlik qilyapti. 🌍 Bu olimpiada dunyoning turli davlatlaridan eng kuchli yosh dasturchilarni bir joyga jamlaydi. Bugungi tadbirda xalqaro delegatsiyalar, ishtirokchilar, milliy bayroqlar va juda katta IT atmosferasini ko‘rish mumkin. IOI — shunchaki musobaqa emas. Bu bilim, texnologiya, tajriba va kelajak avlodni birlashtiradigan xalqaro maydon. Bunday darajadagi tadbirning aynan O‘zbekistonda o‘tayotgani mamlakatimizda IT-ta’lim va raqamli ekotizim rivojlanib borayotganini yana bir bor ko‘rsatadi. Bugungi ochilish marosimidan taassurotlar juda kuchli. 🔥 IOI 2026 — kelajak dasturchilari bugun Toshkentda! 🇺🇿🌍 #IOI2026 #IOI2026Uzbekistan #Uzbekistan @techmobuz
🔥 vivo X500 va iQOO 16 qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi! Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, vivo X500 va iQOO 16 Xitoyda aloqa tarmoqlariga ulanish uchun kerakli ruxsatlarni olib bo‘lgan. Bu odatda taqdimot yaqinlashayotganidan darak beradi. 👀 📱 vivo X500 seriyasi sentyabrning ikkinchi yarmida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Eng qiziq tomoni — u dunyoda birinchilardan bo‘lib 2 nm MediaTek chipiga ega smartfon bo‘lishi mumkin. ⚡️ iQOO 16 esa sentyabr oxirida taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Kompaniya uni yangi avlod 2 nm Snapdragon chipiga ega ilk smartfonlar qatoriga kiritishga harakat qilmoqda. Oldingi ma’lumotlarga ko‘ra: — vivo X500 — Dimensity 9600 Pro — iQOO 16 — Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro chiplarini olishi mumkin. Ammo hozircha bu protsessorlar rasman tasdiqlanmagan. Shuningdek, OnePlus 16 oktabr oyida chiqishi kutilmoqda, Honor WIN 2 esa eng yaxshi holatda oktabrda taqdim etilishi mumkin. 🔥 Ko‘rinishidan, sentyabr–oktabr oylarida Android flagmanlari orasida haqiqiy jang boshlanadi. Qaysi biri sizga qiziqroq: vivo X500 🔥 yoki iQOO 16 ⚡️? ✅@techmobuz
📱 Xiaomi yangi planshetlar ustida ishlayapti! Xiaomi yaqin orada bir vaqtning o’zida uchta yangi planshetni taqdim etishi mumkin: ▫️ Xiaomi Pad 8S Pro ▫️ Xiaomi Pad 9 ▫️ Xiaomi Pad 9 Pro Ma’lumotlarga ko’ra, barcha modellar Xitoyning MIIT sertifikatidan o’tgan. Bu esa rasmiy taqdimot unchalik uzoq emasligini anglatadi. 🔥 Kutilayotgan texnik xususiyatlar: ✅ Xiaomi Pad 8S Pro • 12.5” 3.2K LCD displey • 120 Hz (kutilmoqda) • 12 000 mAh batareya • 120W tezkor quvvatlash • 32 MP old kamera • 50 MP + 2 MP asosiy kamera • Xiaomi’ning yangi XRing O3 protsessori • HyperOS 4 (Android 17 asosida) (hozircha mish-mish) ✅ Xiaomi Pad 9 • Snapdragon 8s Gen 4 • 9720 mAh batareya • 45W tezkor quvvatlash ✅ Xiaomi Pad 9 Pro • 67W tezkor quvvatlash • Oddiy Pad 9’ga qaraganda tezroq quvvatlanadi. 📅 Rasmiy sana hali e’lon qilinmagan. Biroq sertifikatlash jarayonlari yakunlanayotganini hisobga olsak, Xiaomi ushbu planshetlarni navbatdagi flagman smartfoni bilan birgalikda taqdim etishi kutilmoqda. ✅@techmobuz
🍎 Apple sentyabr taqdimotiga tayyorgarlikni boshlab yubordi Mark Gurman ma’lumotiga ko’ra, Apple AQSHdagi Apple Store xodimlari orasida sentyabr oyidagi yirik taqdimotda ishlaydigan jamoani tanlash uchun maxsus lotereyani ishga tushirdi. G’olib bo’lgan xodimlar: • Mehmonlarni ro’yxatdan o’tkazadi • Navbatlarni boshqaradi • Demo zonalarida tashrif buyuruvchilarga yordam beradi 📅 iPhone 18 taqdimoti qachon bo’ladi? Insayderlarga ko’ra, tadbir 8 yoki 9-sentyabr kunlari o’tkazilishi mumkin. Yakuniy sana hali tasdiqlanmagan. Apple odatda taqdimotni Mehnat kuni (Labor Day) bayramidan keyingi ilk kunlarda o’tkazadi. Bu yangi iPhone’larni sentyabr o’rtalarida sotuvga chiqarish va chorak yakunigacha qo’shimcha daromad olish imkonini beradi. Yana bir muhim jihat — 1-sentyabrdan Jon Ternus Apple bosh direktori lavozimini egallaydi. Shu sababli kompaniya direktor almashinuvi va iPhone taqdimotini bir kunga to’g’ri keltirmasligi kutilmoqda. 🔥 Demak, rasmiy taklifnomalar va aniq sana yaqin haftalarda e’lon qilinishi mumkin. ✅@techmobuz
видео или голосовое, без подписи
📱 Redmi K100 seriyasi taqdimoti yaqinlashmoqda! Xiaomi rasmiy ravishda yangi flagman smartfonlari taqdimotiga taklifnoma e’lon qildi. Kompaniya 31-iyul kuni ChinaJoy 2026 ko’rgazmasida “katta yangi mahsulot”ni namoyish etishini tasdiqladi. Hozircha model nomi rasman oshkor qilinmagan bo’lsa-da, deyarli barcha ma’lumotlar bu Redmi K100 seriyasining ilk namoyishi bo’lishini ko’rsatmoqda. 🔥 Mish-mishlarga ko’ra, yangi flagman quyidagilarni taklif qilishi mumkin: • Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori • 185 Hz OLED displey • 200 MP asosiy kamera • 8500–9000 mA/soat sig’imli batareya • 100W tezkor va 50W simsiz quvvatlash (Обзор) uchun Buyurtma qilamizmi? ✅@techmobuz
📱 OnePlus 16 haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi OnePlus 16 dizayni avvalgi avloddan keskin farq qilmaydi. Insayderlarga ko‘ra, smartfon quyidagi xususiyatlarni saqlab qoladi: 🔹 Kvadrat shakldagi kamera bloki 🔹 6.78 dyuymli LIPO texnologiyasiga ega, juda ingichka ramkali displey 🔹 Yangi Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro flagman protsessori 🔹 Taxminan 9000 mA/soat sig‘imli ulkan batareya 📅 Taqdimot sentabr emas, balki oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sababi, sentabr oyida premium smartfonlar segmentida juda ko‘p taqdimotlar rejalashtirilgan. 👇 Siz OnePlus 16’dan nimani kutyapsiz? ✅@techmobuz
📹YouTube da Yangi Video marhamat yoqimli tomosha ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ Honor 600 Vs Samsung A57 🙋♂️Android ishlatuvchi Do'stlaringizga ulashish esdan chiqmasin ✅@techmobuz
📱 Xiaomi 18 Pro global bozorga chiqishga bir qadam yaqin! Xiaomi 18 Pro’ning global versiyasi sertifikatdan o’tayotgani ma’lum bo’ldi. Bu esa smartfon yaqin oylar ichida Xitoydan tashqaridagi bozorlarda ham taqdim etilishiga ishora qilmoqda. (Gizmochina) Hozircha ma’lum bo’lgan hududlar: 🌍 Yevropa (EEA) 🇹🇷 Turkiya 🇯🇵 Yaponiya 🇹🇼 Tayvan 🇷🇺 Rossiya Qizig’i, dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, Hindiston bu ro’yxatda yo’q. (Gizmochina) Avvalgi sizib chiqqan ma’lumotlarga ko’ra, Xiaomi 18 Pro flagmani yangi Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori, Leica kameralari va katta sig’imli batareya bilan taqdim etilishi kutilmoqda. Rasmiy texnik xususiyatlar esa hali e’lon qilinmagan. (Android Central) ✅@techmobuz
видео или голосовое, без подписи
📸 Samsung Galaxy S27 kamerasi nihoyat yangilanadimi? Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S27 va S27+ modellarida o‘zining ISOCELL sensori o‘rniga Sony’ning 50 MP asosiy kamera sensorini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu so‘nggi yillarda Galaxy S seriyasining oddiy modellaridagi eng muhim kamera o‘zgarishlaridan biri bo‘lishi mumkin. Biroq yangi sensorning o‘lchami va boshqa xususiyatlari hozirgi kameraga yaqin bo‘lishi aytilmoqda. Ultra keng burchakli kamera esa katta yangilanish olmaydi — unda yana 12 MP sensor qolishi mumkin. ⚠️ Hozircha bu faqat dastlabki ma’lumot. Avvalroq Galaxy S25 uchun ham Sony sensori haqida xabarlar chiqqan, ammo yakunda tasdiqlanmagan edi. Galaxy S27 seriyasi 2027-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda. ✅@techmobuz
Qisqartrilgan versiyasi buni ko'ring balkim sizi telizda yaxshi ko'rinishi mumkin
🔥 iQOO 16T allaqachon ishlab chiqilmoqda! Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Vivo iQOO’ning maksimal quvvat va nisbatan arzon narxga yo‘naltirilgan yangi flagmani ustida ishlayapti. ⚡️ Kutilayotgan xususiyatlar: — 2 nm texnologiyadagi Snapdragon 8 Elite Gen 6 — Muqobil variant sifatida Dimensity 9600 ham ko‘rib chiqilmoqda — Kuchli sovutish uchun korpus ichiga o‘rnatilgan maxsus turbina — Samsung ishlab chiqargan 2K displey Smartfon Redmi K100 Pro Max va Honor WIN seriyasiga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. ✅@techmobuz
Telegram Premium’ni 1 yilga 270 000 so‘mga, 1 oylikni esa 35 000 so‘mga oldim 🔥 Hammasi rasmiy — hech qanday fake, pirat yoki shubhali usul emas. Qanday olganimni videoda ko‘rsatdim 🙋♂️Do'stlaringizga ulashish esdan chiqmasin ✅@techmobuz