Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
СтатистикаЯнги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси. Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг✅ Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
- Последний пост
- 5 июл.
- Последнее чтение
- 08:45
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️Техникум битирувчиларини ОТМларга 2-босқичдан суҳбат асосида қабул қилиш бошланди 5 июлдан бошлаб техникумларни муваффақиятли тамомлаган битирувчиларни олий таълим ташкилотларининг бакалавриат таълим йўналишларига суҳбат асосида 2-босқичдан ўқишга қабул қилиш жараёни бошланди. @TEXNIKUMLAR
🖥 Texnikumga qanday hujjat topshiriladi? ◼️ Texnikum uchun ham OTM bilan bir paytda hujjat topshiriladi. Bunda qabul oliy ta'lim qabuli bilan birga, "avval test, so'ng tanlov" tamoyili asosida amalga oshiriladi. 🔹 Abituriyentlar dastlab my.uzbmb.uz platformasida ro'yxatdan o'tib, fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududini tanlaydi. 🔹Texnikumlarda o'qishni istaganlar texnikum, kasb-mutaxassislik va ta'lim shaklini OTMlarga qabulning yakuniy natijalari e'lon qilingach, 10 kun ichida tanlaydi. 🔹Tasdiqlangan qabul parametrlariga nisbatan to'lmay qolgan bo'sh o'rinlarga qo'shimcha qabul Kasbiy ta'lim agentligi tomonidan amalga oshiriladi. @TEXNIKUMLAR
⚡️Texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlari tasdiqlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. @TEXNIKUMLAR
Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari diqqatiga! 2026-yil 3-8-iyun kunlari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun o‘tkazilgan attestatsiya yakunlandi va natijalar shu kunning o‘zida ishtirokchilarga e’lon qilindi. 📌Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan ishlab chiqarish ta’limi ustalari 2026-yil 18-iyun sanasi yakuniga qadar Kasbiy ta’lim agentligida tashkil etilgan Apellyatsiya komissiyasiga ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha bevosita yoki pedapellatsiya@edu.uz rasmiy elektron pochtasiga onlayn murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating @TEXNIKUMLAR
⚡️⚡️Техникум ўқитувчилари ва ходимларига 200 фоизгача устама тўланиши белгиланди Ҳукумат қарори (ВМҚ-51, 11.02.2026 й.) билан халқаро таълим дастурлари жорий этилган техникум ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг янги тартиби тасдиқланди. Қарорга кўра: ➖ 100 фоизлик устама: Халқаро дастурларга жалб қилинган директор, бош бухгалтер, ўқитувчи ва усталарга ҳар ойлик мажбурий устама берилади. ➖ Рағбатлантириш жамғармаси: Меҳнатга ҳақ тўлаш фондининг 50 фоизи миқдорида махсус жамғарма ташкил этилади. ➖ Натижага қараб мукофот: Юқори рейтинг балли тўплаган педагоглар базавий ставкасига нисбатан 200 фоизгача қўшимча рағбатлантирилади. @TEXNIKUMLAR
Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi. “Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz”, – dedi Prezidentimiz. Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi. 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishidir. Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarmoqda. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi. “Bu jarayonlar bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Sanoatda avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada aqlli texnologiyalar, transportda intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bo‘ldi. Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur”, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
⚡️Texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi. @TEXNIKUMLAR
Texnikumlarda 1 nafar ishlab chiqarish ustasiga 20 nafar o‘quvchi nisbati belgilandi Prezidentning PQ–316-son qaroriga ko‘ra, texnikumlarda bir nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:20 nisbatda belgilandi. Bunda ushbu tizim: 🔹 2026/2027-o’quv yilida Kasbiy taʻlim agentligi tomonidan tanlangan 50 ta; 🔹 2027/2028-o‘quv yilidan esa qolgan barcha texnikumlarda joriy etiladi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratiladigan ish haqi fondini hisoblashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi bazaviy tarif stavkasi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasiga teng miqdorlarda olinadi. Shuningdek, texnikum direktoriga ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida: ➖ ishlab chiqarish ta’limi ustasi shtat birliklari sonini tasdiqlash; ➖ mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti birinchi malaka toifali o‘qituvchisining tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama va qo‘shimchalarni mustaqil belgilash huquqi beriladi. Bunda bir nafar xodimning oylik ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha belgilanishiga ruxsat beriladi. @TEXNIKUMLAR
#eʼlon #kasbiy_taʼlim #attestatsiya ⚡️Attestatsiyadan o‘tadigan texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari diqqatiga❗️ 🔰Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoniga oid o‘quv adabiyotlari hamda sinov materiallari spetsifikatsiyasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Ushbu 153 ta metodik majmua pedagoglarning attestatsiya jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. ➡️Mazkur o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun o‘tkaziladigan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etuvchi nomzodlar uchun tavsiyaviy manba bo‘lib, ularning bilim hamda pedagogik kompetensiyalarini baholash mezonlariga mos tayyorgarlik ko‘rishga ko‘mak beradi. Metodik majmualar 👉 bu yerda Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ Texnikumdagi o‘qituvchi va ustalar diqqatiga! ➖ Maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi; ➖ Texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi; ➖ Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi; ➖ Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi. Manba: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi @TEXNIKUMLAR
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ Texnikum diplomi bilan qayerlarda ishlash mumkin? Texnikumlarda qanday mutaxassisliklar tayyorlanadi? O‘qishga qabul qilish tartibi qanday? Ayni shu kabi savollarga “O‘zbekiston24” radiosining “Dolzarb mavzu” eshittirishida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Manba: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi @TEXNIKUMLAR
Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi Joriy yildan boshlab oliygohlarda qabul kvotalarini investitsiya loyihalarida kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi. Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari o‘zlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar ko‘rayotgani, texnikumlar ham nimani o‘qitishni bilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi. Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi. Yig‘ilish davomida soha va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi, ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot qilindi. Manba: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi telegram kanali @TEXNIKUMLAR
⚡️Professional ta'lim muassasalari (tibbiyot texnikumlari) uchun yakuniy natijalar e’lon qilindi Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazildi. 📝 Abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballaridan kelib chiqib, o‘z tanloviga ko‘ra dastlab oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tanlovida ishtirok etdilar. 📆 Oxirgi bosqichda abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga qadar tibbiyot texnikumlarini tanladilar. 📊 Tibbiyot texnikumlariga talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganlik bo‘yicha yakuniy natijalar my.uzbmb.uz saytidagi abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida joylashtirildi. @TEXNIKUMLAR
⚡️Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3-sentabrdan boshlanadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi. Unga koʻra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha 2- va 3-kurs oʻquvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentabrdan boshlanadi. @TEXNIKUMLAR
⚡️Professional ta'lim muassasalariga (tibbiyot texnikumlari) tanlov bo‘yicha ✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 28-avgustga (shu kuni ham) qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (tibbiyot texnikumlar)ini tanlashlari mumkin. 👥 Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. @TEXNIKUMLAR
Bakalavr kirish imtihonida to‘plagan bali bilan tibbiyot texnikumlarini tanlash 28-avgustga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi Joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga abituriyentlarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 🔹Tibbiyot texnikumlariga qabul Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (tibbiyot texnikumlari)ning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkaziladi. Bunda my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, tibbiyot texnikumlariga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin. Qabul quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: ➡️Biologiya + kimyo yoki kimyo + biologiya asosiy fan blokini tanlagan abituriyentlar — jami to‘plagan ballar bo‘yicha. ➡️Asosiy fanlar blokida biologiya yoki kimyo bo‘lmagan abituriyentlar — majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida mutaxassisliklarni tanlashi mumkin. Tibbiyot texnikumlarini tanlash my.uzbmb.uz saytida 28-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 🔸Boshqa texnikumlarga qabul Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Saralash imtihonlari kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun yozma imtihon shaklida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. @TEXNIKUMLAR
❗️Академик лицейларга кириш тест натижалари тайёр(мандат) 2025/2026-ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари тасарруфидаги академик лицейларга кириш имтиҳонларининг ЯКУНИЙ НАТИЖАЛАРИ (мандат) эълон қилинди. Якуний натижаларни вазирликнинг my.edu.uz расмий веб-сайтидан “Шахсий кабинет”га кириш орқали билиш мумкин. Эслатма: Ўқувчи тўплаган бали асосида устуворлик бўйича танлаган академик лицейга ўқишга қабул қилинади. @TEXNIKUMLAR
#Диққат ‼️ Техникумларга ҳужжат топшириш муддати 10 августгача узайтирилди. 2025 йилда умумий ўрта таълимни (9-синф) тамомлаган битирувчилар 519 та техникумдан бирида ўқиш учун my.edu.uz платформаси орқали 10 августгача (шу куни ҳам) онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин. Қабул давлат гранти асосида кундузги ёки дуал таълим шаклида амалга оширилади. Шунингдек, 14 та техникумдаги халқаро таълим дастурларига ҳам грант асосида қабул очиқ. Ҳужжатлар — my.edu.uz орқали онлайн топширилади. @TEXNIKUMLAR
Bugun texnikum bitiruvchilarining OTMga maxsus qabulining so‘nggi kuni ➥ Batafsil: xabardor.uz/36173 Instagram | Facebook | Telegram | YouTube