tgindex
Tibbiyot va zamon / Namangan

Tibbiyot va zamon / Namangan

Статистика
@tibbiyotvazamonузбекский

Namangan viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining “TIBBIYOT VA ZAMON” jurnali ilmiy-ommabop kanali Biz bilan bogʻlanish uchun @tibbiyot_va_zamon_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
16
Всего постов
83
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 243
−18 за 6 дн.
Сутки
−3
−0,24%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
79
40 постов
Вовлечённость
6,4%
к подписчикам
Постов в день
2,3
всего 83
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
45
1/48двое суток
51
1/72трое суток
55

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ✅ Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 13-yanvardagi buyrug‘i bilan salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan shaxslar uchun tegishli kasallik va holatlar ro‘yxati tasdiqlangan. ❓Xo‘sh, unga ko‘ra xavfsizlik kamari taqishdan kimlar ozod etiladi? 🎥 Yuqoridagi videorolik orqali bu haqda batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • #Ijtimoiy_rolik 🔴 ⭕️⭕️⭕️ 🫀Prezidentimiz tomonidan shu yil 20-yanvarda “O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror imzolangan edi. 📋Hujjatga muvofiq xalqaro dasturlar asosida Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi ishlab chiqildi. 🔬Unga ko‘ra, ayni paytda 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yiliga 1 marta o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha maqsadli tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. 🔺 Maqsad — yurak-qon tomir xastaliklarini erta aniqlash, infarkt va insultning oldini olish hamda nogironlik va erta o‘lim holatlarini kamaytirishdan iborat. 📹 Ushbu videorolik orqali mazkur tibbiy ko‘riklarning ahamiyati xususida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 🔴 #Mustaqil_yurt_tibbiyoti   ❓ Raqamli tibbiyot: DMED tizimi aholiga qanday qulayliklar yaratmoqda?   💻 Prezidentimizning tibbiyotga qaratib kelayotgan yuksak e’tibori bilan soha to‘liq raqamlashtirilmoqda. Shu maqsadda ishlab chiqilgan DMED tizimi yurtimizda joriy etilgan davlat raqamli tibbiyot axborot platformasi hisoblanadi.   📌 U shifokor qabuliga yozilish, elektron tibbiy karta yuritish, tashxis va tahlil natijaslarini saqlash, shuningdek, QR-kodli elektron retseptlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan.   🌀 Platformada hozirga qadar 38 milliondan ziyod aholining elektron tibbiy kartasi shakllantirildi. 🧑🏻‍💻 Ayni paytda tizimda 2500 dan ziyod IT-operatorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.   🖥 DMED imkoniyatlarini yanada yaxshilash maqsadida birgina 2025-yilda tibbiyot muassasalari uchun qo‘shimcha 33,2 mingta kompyuter sotib olinib, umumiy soni 88,6 mingtaga yetkazildi.   🖥 Joriy yil davomida mahalliy byudjet hisobidan 15 500 ga yaqin kompyuter va 13 400 dan ortiq planshet xarid qilish rejalashtirilgan.   🖥 DMED platformasi 2025–2026-yillarda 25 dan ziyod davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.   ✅ Tizimda "Elektron poliklinika", Yagona elektron tibbiy karta”, "Elektron shifoxona", "Elektron retsept", "Elektron navbat", "Elektron laboratoriya", “KPI”, “Omborxona-2” kabi 20 dan ziyod modullar joriy qilindi. 🔬 Yangi tashkil etilgan modul yordamida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 5 mingdan ziyod bemorlarning “Vaqf” fondi orqali ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan bepul davolanishi ta’minlandi.   ➡️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 6 ta yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi.   📈 Natijada Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamlashtirish holati reytingi 2023-yilning birinchi yarmida 44,45 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 84 ballga yetdi.   ‼️ Umuman, DMED platformasi tufayli qog‘ozli retsept va undagi o‘qilishi qiyin yozuvlar, dori vositasini noto‘g‘ri qabul qilish va shifokor qabulida uzoq navbat kutish kabi noxush holatlar o‘tmishga aylanmoqda.   🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • Коррупцияга қарши курашишда жамоатчилик ҳамкорлиги муҳим! Ҳурматли марказга даволаниш учун келган фуқаролар! Агар Марказ фаолиятида коррупциявий ҳолатлар ёки бошқа қонунбузилишлар ҳақида маълумотга эга бўлсангиз, қуйидаги алоқа воситалари орқали мурожаат қилишингизни сўраймиз: ☎️ Call-маркази: 1203 ☎️ Марказ ишонч телефони: (69) 224-67-15 ☎️ Марказ директори телефони: (99) 394-21-16 ☎️ Марказ юрисконсулти телефони: (99) 976-50-02 💬@Paxtalikul_korrupsiyaga_qarshi Коррупция ҳақида хабар бериш — ҳар бир фуқаронинг фуқаролик масъулиятидир. Барча мурожаатлар қонунчилик талабларига мувофиқ кўриб чиқилади ва махфийлиги таъминланади. Республика Пахталикўл Фтизиатрия ва пульмонология тиббий реабилитация маркази директори К.Махкамов

  • без подписи

  • 13 авг.52из Абдулла Ғозиев

    без подписи

  • 13 авг.51из Абдулла Ғозиев

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • РАҲБАР ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ Бугун вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Аброржон Алижанов РШТЁИМ Наманган филиали мажлислар залида тиббиёт тизимида фаолият олиб бораётган ёшлар вакиллари билан учрашди. Одатдагидан бошқачароқ тарзда кечган мулоқотда соҳа раҳбари аввал қатнашчиларнинг таклиф ва мулоҳазаларини тинглади ҳамда уларни ечими бўйича фикрларини билдирди. Учрашувда тиббий хизмат кўрсатиш сифати ва самарадорлигини ошириш учун нималарга эътибор қаратилиши, аввало, соғлиқни сақлаш ходимлари билимини, касбий маҳоратини ошириш, тиббиётда кечаётган янгиланиш жараёнлари моҳиятини англаш муҳимлигига эътибор қаратилди. Оила шифокорлари, тор соҳа мутахассислари фаолиятини такомиллаштириш, эндокринология хизматини ривожлантиришга оид мулоҳазалар билдирилди. Рақамлаштириш ишлари натижадорлигини яхшилаш бўйича таклифлар ўртага ташланди. Шу ўринда қатнашчиларнинг ДMED тизимига оид кўникмаларини янада бойитиш мақсадида мутахассисларнинг бу борадаги фаолияти амалий тарзда кўрсатилди. Соҳа ишини янги босқичга кўтаришда телемедицина имкониятларидан қўлланиш бўйича тавсиялар берилди. Ёшларга тиббиётда кечаётган ислоҳотларни янада жадаллаштиришга қаратилган Президент Фармон ва қарорларида белгилаб берилаётган вазифаларни чуқур билиш ва амалда қўллаш тавсия этилди. Очиқ ошкора мулоқот чоғида иштирокчилар қатор ташаббус ва қимматли таклифларни ўртага ташладилар. Қизиқтираётган масалалар бўйича бошқарма бошлиғидан тегишли жавоблар олидилар.

  • без подписи

  • 🔴 🟦🟦🟦 ❗️ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi   👍 SSV Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi audiopodkastda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan "Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablari haqida so‘z yuritiladi. 🎤 Ovozli chat bugun, 13-avgust kuni soat 16.00 da Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy telegram kanali — @ssvuz orqali o‘tkaziladi. ➡️ Ekspert — Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilmurod Asatullayev. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringizni onlayn muloqot davomida berishingiz mumkin.   🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

  • 😎😎😎😎😎😎 #Мустақиллик_солномаси #35_йил_ҳуқуқ_билан ❗️Мустақиллик: шонли 35 йил, 1999 йилда амалга оширилган айрим муҳим ишлар. Батафсил инфографикада👆 Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

  • 12 авг.67из uzssgzt

    Savol: Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash uchun kimlar yordam olishi mumkin va yordam miqdori qancha? Ijtimoiy yordam quyidagi shartlardan biriga javob beruvchi oilalarga koʻrsatiladi: oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlishi; agar oila Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan bo‘lsa, oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan oylik o‘rtacha jami daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oshmasligi kerak. Hozirgi kunda minimal iste’mol xarajatlari miqdori bir kishi uchun oyiga 715 000 so‘mni tashkil etadi. 715 000 × 2 = 1 430 000 so‘m. Ijtimoiy yordam miqdori: bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50 baravarigacha (Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan belgilangan bazaviy narxlar doirasida) boʻlgan miqdorda beriladi. 412 000 × 50 = 20 600 000 so‘mgacha. Yordam bir yilda bir marta ko‘rsatiladi. Ijtimoiy yordam quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1-bosqich. “Mahalla yettiligi” tavsiyanomasi shakllantirilgandan so‘ng, fuqaro 2 oy ichida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotidan tibbiy xulosa oladi. Belgilangan muddatda tibbiy xulosa olinmasa, ariza bekor qilinadi. 2-bosqich. Tibbiyot muassasasi tomonidan davolanish uchun zarur mablagʻ hisoblab chiqiladi. 3-bosqich. Hisoblangan davolanish xarajatlari BHMning 50 baravaridan oshmagan taqdirda “Mahalla yettiligi” tomonidan qaror shakllantiriladi. BHMning 50 baravaridan oshmagan holatda ariza bekor qilinadi. 4-bosqich. Belgilangan miqdordagi mablagʻ Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va fuqaroning shartnoma asosidagi tibbiyot muassasasida davolanishi tashkil etiladi. 5-bosqich. Davolanish yakunlangandan soʻng, tibbiyot muassasasi tomonidan taqdim etilgan talabnomada ko‘rsatilgan mablag‘lar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, jamg‘arma tomonidan tegishli mablag‘lar tibbiyot muassasasiga o‘tkazib beriladi. Muhim izoh:ushbu yordam quyidagi holatlarda koʻrsatiladi: davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun belgilangan kasalliklar roʻyxatiga kirmasa; davlat tibbiy sugʻurtasi yoki boshqa manbalar ("Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari")dan aynan shu turdagi yordam uchun xarajatlar qoplanmagan boʻlsa.

  • #Бир_саволга_бир_жавоб ❓Савол: Йўлланма билан келган бемор қўшимча лаборатор текширувлардан ўтиши керак бўлса, бу пуллик ҳисобланадими? ✅Жавоб: Йўқ, агар бемор тор соҳа мутахассисига йўлланма билан келган бўлса ва қўшимча лаборатор текширувлар зарур деб топилса, шифокор йўлланма билан (кафолатланган пакет рўйхатига киритилган таҳлиллар) лабораторияга йўналтиради. 🩺ДТСЖ Матбуот ва PR хизмати Web-sayt|Instagram|Facebook |YouTube|Telegram|X

  • 11 авг.64из shifokorvahayot

    РАСМИЙ БАЁНОТ Ижтимоий тармоқларда Чуст тумани тиббиёт бирлашмасида гўёки биринчи ёрдам кўрсатиш учун ҳам дори-дармонлар мавжуд эмаслиги иддао қилинган чиқишлар тарқатилди. Туман тиббиёт бирлашмасидан маълум қилишларича, бу даволар ҳақиқатга тўғри келмайди. Шифохонага зарур дори воситалари вазирликнинг 382-сонли бўйруғи талаблари асосида farm.uz. электрон платформаси орқали электрон савдога қўйилади. Ушбу электрон савдо қўйилган дори-дармонлар рўйхати республиканинг барча вилоятларидаги мавжуд МЧЖлар томонидан кўрилиб, таклиф киритилади ва ушбу таклифлардан қай бири маъқул келганда, биржа орқали орқали харид қилинади. Баъзи ҳолатларда харид қилинган воситаларнинг етиб келиши кунлари орасида дори дармонлар таъминотида бир мунча узилишлар бўлиши мумкин. ТТБ маъмурияти бундай муаммолар юзага келишининг олдини олиш чораларини кўрмоқда. НАМАНГАН ВИЛОЯТИ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи